1. Ванечкова Г. Поэзия, символ, перевод. – Прага, 1990.
2. Mingboyeva D. Timsollar tilsimi. Ramz, belgi va timsollar tavsifi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
3. Becker U. Lexikon der Symbole. – Freiburg, 1992.
4. Gottschalk H. Lexikon der Mythologie. – München: Wilhelm Heyne, 1979.
5. Herder-Lexikon Symbole. Mit über 1000 Stichwörtern sowie 450 Abbildungen. – Freiburg: Herder, 1978.
6. Vollmar K. Symbole von A-Z. – Rastatt: Pabel-Moewig, 2004.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
39
Kichik tadqiqot
Til sohibi va til o‘rganuvchi o‘rtasidagi muloqotning
samarali bo‘lishida lingvokulturologik kompetensiyalarga
ega bo‘lish bilan birga o‘sha tilning o‘ziga xos jihatlarini
o‘rganish ham talab etiladi. Bu o‘rganilayotgan tilda
qabul qilingan stereotip, ya’ni o‘sha tilga xos bo‘lgan
milliy urf-odat, obrazli asosga ega frazeologizm va
troplardir.
Aslida, “madaniyat milliy qadriyatlarimiz va
qabul qilingan normalarimiz, tilimiz va boshqa
assotsiatsiyalarning umumiy yig‘indisi bo‘lib, o‘zlikni
anglash, e’tiqod, dunyoqarash va ijtimoiy muhitini ham
qamrab oladi. Madaniyat bizning o‘zga davlatlardan
kelgan insonlarga bo‘lgan munosabatimiz haqida
tasavvurga ega bo‘lishda asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi” [4: 23].
Milliylikni aks ettiradigan xususiyatlar ma’lum bir
madaniyatga xoslikdan dalolat beradi. Xalqlarning
o‘ziga xos milliyligi borasida V.A.Maslova shunday
degan: “Yuksak iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega
millatlar o‘zlarining aql, ishbilarmonlik, tadbirkorlik
xislatlariga ega ekanliklarini misol tariqasida keltirib
o‘tadi. Buning isboti sifatida S.G.Ter-Minasovaning
tadqiqoti xizmat qilishi mumkin. Olimaning o‘tkazgan
tadqiqotlariga ko‘ra, ingliz madaniyatida ko‘proq
professionallik, mehnatkashlik, mas’uliyatlilik, ruslarda
esa mehmondo‘stlik, kirishimlilik, haqqoniylik kabi
xislatlar ko‘proq qadrlanadi” [1: 108.]. Nemislarga
tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyat, aniqlik va shu kabi
stereotiplarning shakllanishi bilan birga ularning
tiliga oid ko‘pgina hikmatli so‘z va iboralar ham asrlar
davomida paydo bo‘ldi. Masalan, “Pünktlichkeit”
(aniqlik) to‘g‘risida XVIII asrda yashab ijod etgan
nemis yozuvchisi G.A.Lessing shunday degan: “Bester
Beweis einer guten Erziehung ist die Pünktlichkeit”,
ya’ni “Yaxshi tarbiyaning eng yaxshi isboti bu –
tartiblilikdir”. Nemis tilida bu konseptga oid juda ko‘p
aforizm va iboralar mavjud, misol uchun, “Aniqlik bu –
sahovat” yoki “Mening uchun aniqlik – sening vaqting
xuddi meni vaqtimdek qadrliligini ifodalash”. Albatta, bu
kabi ijobiy xislatlar madaniyatlararo muloqotda muhim
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: