Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 28,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/88
Sana24.01.2022
Hajmi28,53 Mb.
#408022
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
til va adabiyot

schwarzhaarig wie 

Ebenholz

”. Ushbu parcha tarjimasida ham asliyatdagi 

simvolik vosita o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z berilmagan: 

“Shisha tobutda o‘zi qordek oq, qondek qizil yonoq, 

sochlari 

qora qo‘ng‘iroq

 Qorqiz uzoq yotibdi”.

Tarjimon simvol vositalarini asliyatdan o‘z ona 

tiliga to‘g‘ri va ishonchli berishi va bunda asar ruhini 

saqlashga erishishi uchun muallif mansub bo‘lgan 

xalq tili, madaniyati va urf-odatlarini chuqur o‘rganishi 

talab etiladi. Quyidagi fikr ham shundan dalolat beradi: 

“She’riy simvolni tarjima qilish bilan bog‘liq asosiy 

muammolar – simvolning yangi madaniy muhitga kirib 

kelishi, uning xarakterli xususiyatlarining saqlanishi, 

uni boshqa troplardan ajratib turadigan jihatlari, asosiy 

mohiyati, badiiy ifodaning boyligini ta’minlovchi, 

ko‘pma’noliligi, murakkab konstruksiyaga egaligi va 

ma’nolar silsilasining rivojidagi dinamikasi hisoblanadi” 

[1: 99].

Simvolning tarjimada qayta yaratilishi (muqobili 

orqali berilishi) tarjimaning mukammalligini ta’minlaydi. 

Asliyatdagi muayyan obrazli vositani o‘z ona tiliga 

berishda an’anaviy ramzlar tizimi arsenalidan ijodiy 

foydalanishni  nazarda  tutadi.  Tarjimon  Ya.Egamova 

“Yosh  Verterning  iztiroblari”  romanini  o‘zbekchaga 

o‘girishda simvollarni qayta yaratishga alohida e’tibor 

qaratgan.  Masalan:  “Jeder  Baum,  jede  Hecke  ist  ein 

Strauß  von  Blüten,  und  man  möchte  zum 



Maikäfer

 

werden,  um  in  dem  Meer  von  Wohlgerüchen 



herumschweben  und  alle  seine  Nahrung  darin  finden 

zu können”. Ya.Egamova tarjimasi: “Har bir daraxt, har 

bir butoq bamisoli guldastadek tuyuladi va xushbo‘y 

hidlar dengizida suzish hamda ulardan lazzatlanish 

uchun 

kapalak

 bo‘lib qolging keladi”.

Matndagi “der Maikäfer” simvoli o‘zbekchada 

“kapalak” so‘zi orqali berilgan. Aslida, “der Maikäfer” 

so‘zma-so‘z tarjimada “tillaqo‘ng‘iz” deganidir. Nemis 

badiiy adabiyotida keng qo‘llanilgan simvolning poetik 

ramz sifatida an’anaviylashganining boisi shundaki, 

“Qo‘ng‘iz qadimgi Misrda dastlab qayta tug‘ilish, 

keyinchalik esa baxt timsoli ma’nosida qo‘llangan 

[6:275]. Mutarjim matn tarjimasida “kapalak” so‘zini 

qo‘llab, to‘g‘ri yo‘l tutgan. Chunki manbalarda bu 

simvolik obraz quyidagi ma’nolarga egaligi qayd etilgan: 

“Kapalak – hayot va baxtning uzoq davom etmasligi, 

qisqaligining ramziy ifodasidir. Olov sari uchuvchi 

kapalak – halokatli, biroq qaytarib bo‘lmaydigan 

mushtoqlik timsoli. Kapalakni quvonch va er-xotinlik 

baxti bilan bog‘lagan qadimgi xitoyliklar uni uzoq umr 

ifodasi sifatida ham talqin qilishgan” [2:100]. 

Demak, muayyan asarni tildan tilga tarjima qilishda 

so‘zma-so‘z tarjima, simvolik vositani muqobili 

orqali tarjima qilish, muayyan simvolik vositaning 

tarjimada tushirib qoldirilishi orqali nemis va o‘zbek 

tillarining simvolik vositalari umumiy va lingvomadaniy 

xususiyatlari aniqlanadi.




Download 28,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish