veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
43
Tadqiqotlar
uchun”, “Yuksak original asarlar yaratish yo‘lida”,“San’at-
da haqqoniylik uchun”
deya nomlanishidan ham tadqiqot
oldidagi asosiy maqsad-muddao Alisher Navoiy adabiy
qarashlari uning badiiy asarlarida qay tarzda ro‘yobga
chiqqanligini tekshirishdan iboratligi anglashiladi.
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da Husayn Boyqaro
she’riyatiga alohida bob bag‘ishlab, uning poetik mahora-
tini atrofl icha tahlil qiladi. Abduqodir Hayitmetovning biz
so‘z yuritayotgan monografi yasida
bu bob tahlilga tortil-
maydi. Adabiyotshunos 1982-yilda yozgan “Navoiyda
lirika tahlili” maqolasida bu mavzuga qaytib, Navoiy to-
monidan Husayn Boyqaro she’riyatiga berilgan talqinlarga
munosabat bildirib o‘tadi. “Majolis un-nafois”da eng ko‘p
tahlilga tortilgan Sulton Husayn Boyqaro devonidir. Bunda
Navoiy uning 160 g‘azali matla’yi munosabat bildirib o‘ta-
di. Vohid Juzjoniy nashrida Sulton Husayn Boyqaroning
202 ta g‘azali keltirilgan. Demak,
Navoiy vafotidan keyin
u qirqtacha g‘azal yozgan. Navoiy bu shoir devonini dun-
yoviy ada biyot miqyosida baholab, undagi yaxshi, tak-
rorlanmas deb bilgan baytlarini Lutfi y, Sakkokiy va unga
o‘xshash “turkigo‘ylarning” she’rlari bilan qiyoslagan”
10
.
Abduqodir Hayitmetov o‘zining ko‘pgina tadqiqotlarida
turli munosabat bilan Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy
qarashlari haqida fi kr bildirib o‘tgan. Masalan, “Yagonayi
asr”, “Navoiy she’riy mahorat haqida”, “Xisrav Dehlaviy va
o‘zbek adabiyoti”, “Alisher Navoiy va Hasan Dehlaviy” kabi
maqolalari shular jumlasidan.
Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlarida mumtoz
badiiy
tasvir vositalaridan tortib, asar kompozitsiyasigacha
tuyuq, changiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, turkiy
singari
o‘z davri uchun yangilik hisoblangan o‘zbek she’riyati janr-
laridan tortib, ijodkor badiiy mahoratigacha bo‘lgan il miy-
nazariy tushunchalarning xususiyatlari, o‘ziga xosliklari
qamrab olingan.
Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Alisher
Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari o‘zbek ada-
biyotshunosligining tarixiy yo‘lidir. Ustoz Abduqodir
Hayitmetov esa ana shu adabiy haqiqatni bizga il miy-
nazariy jihatdan xolisona yoritib bergan.
1
A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 79-bet.
2
O‘sha manba, 78-bet.
3
B.Valixo‘jayev. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993. 9-bet.
4
A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 30-bet.
5
B.Valixo‘jayev. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993. 39–40-betlar.
6
A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 39-bet.
7
M.Shayxzoda. Tazkirachilik tarixidan // Navoiyga armug‘on. – Toshkent: 1968. 49-bet.
8
A.Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959. 76-bet.
9
O‘sha manba. 57-bet.
10
A.Hayitmetov. Navoiyda lirika tahlili // Navoiyxonlik suhbatlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 125-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: