Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Birinchidan, “so‘zning 
nomustaqil tarkibiy qismi” degan tushunchaning o‘zi yo‘q, 
ya’ni “so‘zning nomustaqil tarkibiy qismi” birikmasi hech nar-
sani, jumladan, biron-bir lingvistik tushunchani bildirmaydi. 
Shunday ekan, tilshunoslikning “so‘zning nomustaqil tarkibiy 
qismi”ni o‘rganadigan bo‘limi (ta’limot) borligi haqida gap 
bo‘lishi mumkin emas (O‘zi yo‘q narsa haqida qanday ta’limot 
bo‘lishi mumkin?!) 
(A.Hojiyev. O‘zbek tili morfologiyasi, mor-
femikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari. –Toshkent: 
Fan, 2010. 35-bet).
Mazkur manbadan olingan quyidagi matn parchasida ham 
insofdan bo‘lmaydi 
ifodasi “to‘g‘ri emas” mazmunining neytral 
emas, balki yumshoqroq aks etishi – ekspressiya bilan namo-
yon bo‘lishiga xizmat qilgan: 
Qolaversa, morfema bilan bog‘liq 
yuqorida ko‘rilgan fi kr-mulohazalar boshqa tilshunoslik, jum-
ladan, rus tilshunosligi uchun xos edi. O‘zbek tilshunosligida 
mavjud bo‘lgan fi krlar, asosan, rus tilshunosligidagi fi krlarning 
ko‘chirmasi edi. Binobarin, bu boradagi xato va kamchiliklarni 
biron-bir mutaxassisga taqash, biron-bir tilshunosning xatosi, 
kamchiligi deb hisoblash ham insofdan bo‘lmaydi
(29-bet).
Yana o‘sha manbadan olingan quyidagi parchada 
afsuski, 
chala-chulpa 
kabi birliklar ekspressivlikni yuzaga keltirishda 
ishtirok etganligini sezmaslik mumkin emas: 
Afsuski, bu ma-
salaga deyarli e’tibor qaratilgani yo‘q. O‘zbek tili sistemalari-
ni o‘rganish bilan bog‘liq ishlarimizning chala-chulpa holatda 
ekanligining sababi ham ana shunda 
(20-bet).
Ilmiy matnda ekspressivlikni yuzaga keltiruvchi lisoniy 
vositalarning turlari ko‘p. Xususan, yuklamalar (kuchaytiruv, 
ayiruv-chegaralov), turli darajadagi sifat va ravishlar, emot-
sional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar va hokazo. O‘xshatishlar, 
metaforalar va boshqa uslubiy fi guralar bayonga jonlilik, shi-
radorlik baxsh etishi barobarida murakkab, mavhum tushun-
chalarni aniqroq, yorqinroq ifodalashning o‘ziga xos maqbul 
usullaridan biri vazifasini ham o‘taydi.
9
Albatta, ilmiy matnda ekspressivlik haqida so‘z borar 
ekan, fanlarning o‘ziga xosliklarini ham yodda tutmoq joiz. 
Fanshunoslikda butun bilim sohalari aniq fanlar, tabiiy fanlar 
va ijtimoiy-gumanitar fanlar tarzida tasnif qilinadi. Aniq va tabiiy 
fanlarga oid matnlarda ekspressivlik va emotsionallik u fanlar-
ning mohiyatiga muvofi q yorqin va muntazam aks etmasligi 
mumkin, ammo muayyan darajada ularda ham mazkur xusu-
siyat mavjud bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo ijtimoiy-gu-
manitar fanlarga oid matnlarda ekspressivlik hatto zaruriy 
unsur ekanligi ta’kidlansa ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Taniqli 
qozoq adibi Oljas Sulaymonovning quyidagi gaplari haqiqat-
ni aks ettiradi: “Fizika va matematika o‘ziga xos tilga muhtoj. 
Bunday “jiddiy fanlar”ga taqlid qilish gumanitar fanlarni, ayniq-
sa, tilshunoslikni, sodda qilib aytganda, o‘ldiradi... O‘z tabiatiga 
ko‘ra ijtimoiy fanlar jamiyatga, hech bo‘lmaganda, tushunarli 
bo‘lishi lozim, aks holda ular o‘z vazifasini bajara olmaydi”
10
.
Matn, xususan, ilmiy matn maydonidagi lisoniy unsur-
lar harakati va hayotini raso o‘zanlarga solishga, chinakam 
tirik va tiniq matn yaratishga muallif qanchalik sa’y-harakat 
ko‘rsatsa, tahrir tashvishini iddaosiz bo‘yniga olgan muhar-
rir ham shunchalik mas’uliyatni his etmog‘i lozim. Ayniqsa, 
ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid matn tahririga bel bog‘lagan 
muharrir matnning ekspressivligi zaruriyatini yodda tutmog‘i 
kerak.
1
M.Yo‘ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008. 33-bet.
2
N.Mahmudov. Presuppozitsiya va gap // O‘zbek tili va adabiyoti, 1986. 6-son. 28–31-betlar.
3
M.Yo‘ldoshev. Ko‘rsatilgan asar. 87-bet.
4
Валгина Н.С. Теория текста. – Мoсква: Логос, 2003. С. 69–70.
5
Кожин А.Н., Крылова О.А., Одинцов В.В. Функциональные типы русской речи. – Мoсква: Высшая школа, 1982. С. 101.
6
M.Mukarramov. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili. – Toshkent: Fan, 1984. 64-bet.
7
Розенталь Д.Э. Практическая стилистика русского языка. – Мoсква: Высшая школа, 1974. С. 32.
8
Дядюра Г., Колесник Д. Категория экспрессивности в современных научных текстах // Управление и образование, т. VII (2), 2011. С. 24. 
www.conference-burgas.com/maevolumes/
vol7
/book%202% 20pdf/b2_03.pdf
9
Dyadyura G., Kolesnik D. Ko‘rsatilgan maqola. 24-bet.
10
Сулейменов О. Язык письма. – Алматы – Рим, 1998. С. 11–12.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
41
Tadqiqotlar
Badiiy so‘z san’atiga oid adabiy-tanqidiy qarashlar 
ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodining ajralmas 
bir qismini tashkil etadi. XX asr o‘zbek adabiyotshunosligi- 
da Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlari ancha mukam-
mal o‘rganilgan bo‘lib, bu mavzuning maxsus va mufassal 
tahlili A.Sa’diy, A.Hayitmetov, B.Valixo‘jayev, S.G‘aniyeva va 
H.Qudratullayev tadqiqotlarida amal ga osh irildi. Navoiyning 
so‘z san’atiga doir tushunchalari o‘zigacha ma’lum va 
mashhur bo‘lgan arab, yunon, fors-tojik, o‘zbek, ozarbay-
jon xalqlaridagi adabiy-tanqidiy qarashlar doirasida shakl-
landi, kamol topdi hamda uning ijodiy yondashuvi bilan 
yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. 
Navoiyshunos Abduqodir Hayitmetov o‘zining “Alisher 
Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari” (1959) nomli asari-
da buyuk shoirning adabiy-tanqidiy qarashlarini badiiy 
asarlari bilan bir butunlikda tekshiradi. Olimning ta’kid-
lashicha, Navoiy “badiiy so‘zning jamiyatdagi kishi ongi va 
psixologiyasiga ijobiy va salbiy tasir kuchi”ni har bir shaxs-
ga, ohang va mazmuniga ko‘ra ham turlicha ta’sir etishi 
mumkinligini asarlari orqali ko‘rsatib bergan
1
. Shuningdek, 
Alisher Navoiy adabi 
yotning asosiy materiali bo‘lgan 
so‘zga katta e’tibor berganligi, uni o‘z asarlarida ko‘p 
ma’noda ishlatganligini: “U (Navoiy – Z.Q.) “so‘z” termini 
ostida insoniyatning hamma ma’naviy boyligini – alohida 
ijtimoiy kategoriya bo‘lgan tilni ham, mafkura shakllaridan 
hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham tushuna be-
radi hamda ularni ko‘p vaqt bir-biridan farq qilmaydi”
2
, – 
deb izohlaydi.
Abduqodir Hayitmetov Alisher Navoiyni jahon adabi-
yotining A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, V.Gyote, O.Balzak 
singari namoyandalaridek professional tanqidchi sifatida 
emas, san’atkor tanqidchi, ya’ni ilmiy qarashlarini amal-
da isbotlaydigan tanqidchi, deya baholaydi. Olim Alisher 
Navoiygacha bo‘lgan adabiy-tanqidiy qarashlarni olti 
qismga bo‘lib o‘rganadi:
– adabiy majlislar, adabiy munozara va suhbatlar shak-
lida;
– fi lologik xarakterdagi nazariy asarlar shaklida yoki 

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish