Nizomiddin MAHMUDOV,
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
direktori fi lologiya fanlari doktori, professor,
ILMIY MATNDA EKSPRESSIVLIK EHTIYOJI
Annotatsiya.
Mazkur maqola ilmiy
matndagi ekspressivlik masalasiga bag‘ish-
langan. Unda ilmiy matnlarda ham ekspres-
sivlik bo‘lishi haqidagi g‘oya ilgari suriladi va
o‘zbek tili materiallari asosida isbotlanadi.
Kalit so‘zlar:
matn, ilmiy matn, ekspres-
sivlik, kommunikativlik, estetik vazifa.
Аннотация.
Данная статья посвя-
щается вопросам показа экспрессивно-
сти в научных статьях. В ней выдви-
гаются идеи о существовании экспрес-
сивности в научных текстах, выводы
обосновываются на основе материалов.
Ключевые слова:
текст, научный
текст, экспрессивность, коммуника-
тивность, эстетическая задача.
Annotaion.
This article is devoted to
the issues of expressiveness in scientifi c
articles. Put forward the idea of the existence
of expressiveness in the scientifi c texts and
justifi ed on the basis of materials.
Key words:
text, scientifi c text,
expressiveness, communicativeness,
aesthetic task.
farqlash zaruriyatini qayd etar ekan, M.Yo‘ldoshev shunday
yozadi: “Asosiy maqsad-mohiyatida kommunikativ vazifa ye-
takchilik qilgan matnni nobadiiy matn deb, asosiy maqsad-mo-
hiyatida estetik vazifa yetakchilik qilgan matnni esa badiiy
matn deyish ma’qul”
3
. Rus tilshunosi N.S.Valgina nobadiiy va
badiiy matnning muhim belgilari sifatida ko‘pincha quyidagilar
qayd qilinishini aytadi: 1) inson faoliyati va matn o‘rtasida be-
vosita aloqaning mavjudligi/mavjud emasligi; 2) estetik vazi-
faning mavjudligi/mavjud emasligi; 3) mazmunning eksplitsit-
ligi/implitsitligi (tagma’noning mavjudligi/mavjud emasligi); 4)
bir xil tushunishga yo‘nalganlik/bir xil tushunishga yo‘nalma-
ganlik; 5) real borliqni aks ettirishga yo‘nalganlik/noreal bor-
liqni aks ettirishga yo‘nalganlik (badiiy matnlar real borliq mo-
delini emas, balki ongli ravishda ataylab tuzilgan ehtimoliy real
borliq model larini namoyon qiladi). U ayni paytda badiiy matn
assotsiativ-obrazli tafakkur qonunlari asosida, nobadiiy matn
esa mantiqiy tafakkur qonunlari asosida tuzilishini, badiiy matn
inson shaxsining emotsional sezgisiga, nobadiiy matn esa in-
tellektual jihatiga ta’sir qilishini va, nihoyat, bu ikki tip matnlar
vazifasiga ko‘ra farqlanishi, ya’ni nobadiiy matn kommunika-
tiv-informatsion, badiiy matn esa kommunikativ-estetik vazi-
falarga xizmat qilishini alohida ta’kidlaydi.
4
Bir-biridan tamo-
man farqli bo‘lgan o‘zbek va rus tillariga oid matnlar borasidagi
ikki olimning mulohazalari bir-birini to‘ldiradi.
Albatta, nobadiiy matnlar tipologiyasida ilmiy matnlar alo-
hida o‘rin tutadi, kommunikativ-informatsion vazifa bajarishga
xoslangan ilmiy matn kommunikativ-estetik vazifa uchun xos-
langan badiiy matndan mohiyatan keskin farq qiladi. Ammo
alohida ta’kidlash joizki, bu fi krlardan ilmiy matnga estetiklik
yoki, aytaylik, ekspressivlik umuman xos emas, ilmiy matn eks-
pressivlikdan mutlaqo xoli, degan xulosa chiqarish to‘g‘ri emas.
Aniqki, badiiy matndagi ekspressivlik darajasi bilan ilmiy
matndagi ekspressivlikni tenglashtirib bo‘lmaydi, ammo bu
ilmiy matnga ekspressivlik mutlaqo begona degani emas.
Shunga qaramasdan, ko‘pchilik nazarida ilmiy matn ekspres-
siyasiz bo‘lishi kerak, degan bir yanglish qanoat shakllangan,
hatto ayrim tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlari bayonida im-
kon qadar ekspressiv ifoda va tasvirlardan qochishga harakat
qiladilar. Ilmiy uslubning aniqligi, mantiqiyligi, neytralligi kabi
bir qancha sifatlari go‘yoki ekspressivlik-emotsionallik ifodal-
anishiga monelik qiladiganday talqin qilinadi, shu tasavvurga
ko‘ra bu uslubda bitilgan matn tili anchayin “quruq”, “shirasiz”
bo‘lib qolishi ham hech kimga sir emas. Bunday matnlardagi
axborot bayonining tili, ifoda tarzi aksar hollarda o‘quvchida
huzur va hayrat uyg‘otmasligi ham bor gap.
Rus tilining ilmiy uslubini tavsifl ar ekan, O.A.Krilova quyi-
dagi qat’iy hukmlarni bayon qiladi: “Rus tilining ilmiy uslubiga
emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik begonadir. Ilmiy uslubga
xos bo‘lgan leksika ham, morfologik shakllarni tanlash ham,
Tadqiqotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |