“Fikringni bayon et”
usulidan foydalanib, har bir
guruhga bittadan savol beriladi. Ushbu savolga qaysi
guruh ko‘p, aniq va to‘g‘ri javob bersa, rag‘bat kartoch-
kasini qo‘lga kiritadi.
(Bu usulni
“Bir savolga o‘n javob”
deb nomlasa
ham bo‘ladi. Foydali jihatlari juda ko‘p. Yoshlar qiziquv-
chan va xotirasi kuchli bo‘lganligi sabab shunday dol-
zarb ma’lumotlar bilan darsni boyitadi. Bu usulni vaqtga
qarab ko‘proq davom ettirish mumkin).
Savol: So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qanday
o‘zgarishlar kuzatilmoqda?
“Aql” guruhi:
Keyingi bir yilda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining
ko‘pgina farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu tom
ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar ja-
rayonini boshlab berdi. Jumladan, 2017-yilning sentabr
oyidan umumta’lim maktablarida 10-sinfga, 2018-yil-
ning sentabridan 11-sinfga o‘quvchilarni qabul qilish
qay ta yo‘lga qo‘yildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilar-
ning xohish-istaklari inobatga olindi.
“Shijoat” guruhi:
2016–2017-o‘quv yilida umum-
ta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq
o‘quv chining 288 minggi, ya’ni 60 foizdan ziyodi 10-sinf-
da o‘qishni davom ettirdi.
“Ilm” guruhi:
“Harakatlar strategiyasi”ning ijtimoiy
sohani rivojlantirish yo‘nalishida ta’lim muassasala-
rining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi
ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini kapital ta’mir-
lash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya
jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanma-
lar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
“Aql” guruhi:
Yaqin-yaqingacha onkologik be-
morlarni dori-darmon bilan ta’minlash bor-yo‘g‘i 26 foizni
tashkil etar edi, bu borada olib borilgan sa’y-harakatlar,
xalq manfaatlarini ko‘zlab chiqarilgan qarorlardan so‘ng
onkologiya muassasalarini dori bilan ta’minlash hozir-
gacha uch barobarga oshgan.
“Ilm” guruhi:
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan
2017–2021-yillarda barcha viloyatlarni kompleks rivoj-
lantirish va shaharlashtirishning to‘liq amalga oshirilishi
ko‘zda tutilgan. Hukumat qarori bilan 2018–2019-yil-
larda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish cho-
ra-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Buning uchun 5 milliard
so‘m ajratildi.
“Aql” guruhi:
Jahon iqtisodiy forumi reytingiga
ko‘ra mamlakatimiz 2016–2017-yillarda iqtisodiy o‘sish
bashoratlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayot-
gan beshta mamlakat qatoridan joy olgani, albatta,
barchamizni sevintiradi. Bundan tashqari, Ming yillik
rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan
mukofotga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida
e’tirof etildi...
O‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, o‘qituv-
chi tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi. Eng
ko‘p va to‘g‘ri javob bergan guruh rag‘bat kartochkasini
qo‘lga kiritadi.
Darsning
Do'stlaringiz bilan baham: |