84
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Masofaviy malaka oshirishda metodik xizmat o‘zining yangi shaklini namoyish qi
-
lib, bu yangilanish masofaviy malaka oshirish tizimining amaldagi va istiqboldagi ta
-
lablarini aniqlashdan iborat monitoring tahlili asosida zamon talabiga javob beruvchi
masofaviy malaka oshirish tizimini rivojlantiruvchi modellarni ishlab chiqishgacha bo‘l
-
gan maqsadlarga determinlashuvi (sababli bog‘lanishi)da aks etadi. Shuning uchun
ham masofaviy malaka oshirish metodik xizmati o‘zgaruvchan, sharoitga tez mosla-
shuvchan, dinamik xususiyatli va doimiy takomillashib boruvchi faollikka ega bo‘lgan
harakatga aylanadi.
Masofaviy malaka oshirish metodik xizmatini tarmoq tashkilotchilari, kurs yaratuv
-
chilar, xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari va masofadan o‘qitish tayanch resurs
maktablari, ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Modernizatsiyalash muammosi yuzaga kelganda tegishli ma’lumotlar
asosida
mavjud holatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga jarayonni zamonaviylash-
tirish nuqtayi nazaridan tahlil olib boriladi. Tarmoq tashkilotchilari masofaviy malaka
oshi rish tizimidagi tashkiliy-pedagogik ishlar va ta’lim sifati monitoringi natijalari asosi
-
da masofaviy malaka oshirishni joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asos
-
lari, namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va me’yoriy hujjatlarni takomillash
-
tirish, talab va ehtiyoj asosida tegishli mutaxassislarning masofaviy malaka oshirish
kurslari uchun o‘quv materiallarini ishlab chiqilishini tashkil qilish, tajribadan o‘tkazish
va joriy etishni ta’minlaydilar.
Muammo yangilash maqsadini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, mavjud ichki va tashqi ax
-
borotlar tahlili asosida tasavvur va ijodiy fikrlarga tayanib rivojlantirish
imkoniyatlari
ko‘rib chiqiladi. Bunday maqsadni ro‘yobga chiqarish chuqur ilmiy yondashuvlar, ma
-
sofaviy malaka oshirishdagi xalqaro tajribalar hamda ta’limning milliy modeli talablari
-
dan kelib chiqib olib boriladi. Shuning uchun bu muammo ta’lim tizimini rivojlantirishga
qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, xalq ta’limi tizimi xodimlarining
malakasini va kasb darajasini oshirish ishlarini tashkil etishga mas’ul idoralar zimma
-
sidagi vazifalar sirasiga kiritish mumkin.
Masofaviy malaka oshirish tashkiliy konsalting xizmati og‘zaki yoki qandaydir yu
-
zaki maslahatlar berish bilangina cheklanib qolmay, monitoring va tahlil hamda xulosa
va taklif tayyorlash bosqichlaridan iborat konsalting loyihasi shaklida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: