Boʻlibdur mehr yaxshilar shiori,
Jahonda to qiyomat yodgori.
Soʻnggi misralarda ham Feruz Ogahiy bilan mushtarak fikrlaydi:
Kishiga mehrdek yoʻq yaxshi farzand,
Ki doim boqiy ul farzandi dilband.
Bu misralarda bir qarashda oddiy boʻlib koʻringan soʻzlar, sinchiklabroq fikrlasangiz, favqulodda teran mazmun ochadi. Shoir she’rni «yaxshi farzand» deyish bilan kifoyalanmaydi, balki uni «farzandi dilband», ya’ni yurakka bogʻlangan farzand, deya ardoqlaydi. Darhaqiqat, otaning aqli, yuragi hamisha farzandda boʻlganidek, shoirning ham diqqat-e’tibori hamisha she’r parvarishida boʻlmogʻi zarur. U parvona boʻlishdan bir lahzagina chalgʻisa, she’r «tarbiyasi buziladi». Feruz, aniqrogʻi, uning masnaviydagi obrazi Ogahiyga:
Do'stlaringiz bilan baham: |