Soʻz qabul ummidi birla demagil hosidgakim,
odam ma’qul qila olgʻay qachon shaytonga soʻz.
Demak, soʻz aytishdan, soʻz tinglashdan maqsad shoir yuqoridagi misralarda koʻrsatib berib ketgan illatlarning ziddi boʻlgan.
Soʻz, asosan, ushbu zamon uchun aytiladi. Soʻz Ushbu zamon uchun yoziladi. Demoqchimizki, Ogahiy zamon ahlining soʻzuqmaslari dastidan kelajakka, jumladan, bizga ham shikoyat qiladi. Binobarin, buyuk shoirimizning zamondosh johillari ustidan bizga qilayotgan shikoyati uning bizga bogʻlagan umidi, bizning zimmamizga yuklab ketgan mas’uliyati, bizga qoldirgan vasiyati hamdir. Biz Muhammad Rizo Ogahiyning umidini oqlab, zimmamizga yuklagan mas’uliyatini dildan his etib hamda vasiyatlariga amal qilib yashasak, SOʻZ qadrini, demakki, OʻZ qadrimizni ham biladigan dono va magʻrur avlodlar boʻlib kamol tolajakmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |