OGAHIYGA BAG`ISHLANGAN “ATOQLI SHOIR, TARIXCHI, TARJIMON” MAQOLALAR TO`PLAMINI O`RGANISH / 16
Ushbu to`plam 1999-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti tomonidan nashr qilingan bo`lib, kitob ogahiyshunos olimlarga, oliy o`quv yurtlari talabalariga hamda tariximizga qiziqqan barcha kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.
Muhammad Rizo Erniyozbek o`g`li – Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri bo`lib, Navoiydan keyin eng “ko`p va xo`b” she’r aytgan shoirlardandir. 1998-yil 23-sentabrda O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning farmoniga asosan shoirning 190 yillik tavallud sanasi nishonlangan. Ushbu kitob shu anaga bag`ishlangan bo`lib, Ogahiy ijodi va faoliyatini o`z ichiga qamrab olib, uning shoirlik, tarixnavislik va tarjimonlik iqtidorini tadqiq qiluvchi maqolalardan tartib berilgan. Maqolalar tarixiy manbalarga boyligi bilan diqqatga sazovor.
Quyida ushbu to`plamdan joy olgan maqolalar bilan tanishtirib o`tishni joiz topdim. To`plamda:
N. Jumaxo`janing “Ogahiyning ustozlik maqomi” maqolasi.
I. Haqqulning “She’r – yaxshilar shiori”, “Ogahlik sog`inchi” maqolalari.
B. Valixo`jayevning “Shoirning badiiy mahorati” maqolasi.
S. Dolimovning “Ogahiy she’riyatida mazmun va shakl” maqolasi.
A. Abdug`afurovning “Ogahlar ogahi” maqolasi.
N. Komilovning “Ogahiyning tarjimonlik mahorati” maqolasi.
A. Pirimqulovning “Ogahiy masnaviylarida badiiy tasvir” maqolasi.
A. Ahmedovning “Ogahiyning forsiy merosi” maqolasi.
N. Jabborovning “Ogahiy tarixnavis” maqolasi.
Q. Munirovning “Shohid ul-iqbol” maqolasi.
F. G`anixo`jayevning “Topilmalar” maqolasi
o`rin olgan.
Nusratxo`ja Jumaxo`janing “Ogahiyning ustozlik maqomi” maqolasining tub mohiyati Ogahiy va Feruz (Muhammad Rahimxon Soniy) hayot yo`li va ijodidagi o`xshashlik hamda ziddiyatli tomonlarini ochib berishga qaratilgan. Maqolani mutolaa qilar ekansiz, asli hayotda Ogahiy va Feruz siymolari bir-biriga qarama-qarshi olam vakillaridek tuyiladi, ya’ni “hijronda yillar ashkini suvday oqizishi” Ogahiy qismati bo`lsa, “martaba-yu maishat, ishq bobida ham feruzbaxt-u komron davr surish” Feruz nasibasi edi. Biroq ijod masnadida, adabiyot mazhargohida ular sinashta suvoriy, sadoqatli ustod-u shogird, chinakamiga feruzbaxt-u komron shoirlar edilar. Maqolada ayni shu jihatlar yaqqol ko`rsatib berilgan. Ayniqsa, Ustoz-shogirdning har bir janrdagi, har bir mavzudagi ijod namunalari solishtirilib, yutuq va kamchiliklari ochiq tasvirlanganligi, taqqoslash metodidan keng foydalanilganligi maqolaning yutug`I bo`lgan, deya ayta olaman.
I. Haqqulning “She’r – yaxshilar shiori” maqolasiga Ogahiyning “Kishiga she’rdin yo`q yaxshi farzand, Ki, doim boqi ul farzandi dilband” misralari epigraf etib olinganligining o`zidayoq, maqola mazmunidan darak berib turibdi. Maqola to`laligicha Ogahiy she’riyati va undagi mazmun-mohiyatni tarannum etadi. Ushbu maqolani o`qish natijasida Ogahiy o`zidan oldingi ulug` san’atkorlarning – Nizomiy, Nasimiy, Sa’diy, Jomiy, Navoiy, Bobur kabilarning tajribalarini mahorat bilan o`zlashtirganligini, ulardagi g`oya va mazmunni yuksak mohirlik bilan umumlashtirganiga ishonch hosil qilamiz. Bundan tashqari, I. Haqqul maqola orqali o`quvchiga Ogahiyning tasavvufiy shoir emasligini, aksincha, unga tasavvufning muhibi sifatida qarash lozimligini uqtiradi. Maqola mutolaasi orqali biz Ogahiy ijodiga mansub har bir misra mazmunidan tasavvufiy hayot go`zalligi, qalbni poklash, ruhni kamolga yetkazish, ishq zavqiga yetishish kabi ezgu g`oyalarni tashish vazifasini bajarishini va bunda Ogahiy tasavvuf ta’limoti va ko`rsatmalariga suyanganligini anglashimiz mumkin.
B. Valixo`jayevning “Shoirning badiiy mahorati” maqolasi orqali esa o`z ijodi bilan o`zbek adabiyoti tarixi xazinasini qimmatbaho durdonalar bilan boyitgan Muhammad Rizo Ogahiyning badiiy mahoratini ijtimoiylik fazilatlari bilan birga sinchiklab kuzatish badiiy ijodning ko`pgina masalalarini va o`z navbatida, o`ziga xosligini chuqurroq idrok etishga ko`maklashishini xulosa qilsak bo`ladi.
S. Dolimovning “Ogahiy she’riyatida mazmun va shakl” maqolasi Ogahiy ijodining mazmun va shakl tomondan xalqqa yaqinligi va hayotiyligini, uning she’riyatida gumanizmning, adolat va haqiqatning porloq yangrashini aks ettirishga yo`naltirilgan bo`lib, unda Ogahiy ijodining mazmundor, hissiyot, ichki kechinmalar va hayajonga boy ekanligini yaqqol isbotlab berilgan. Maqolani mutolaa qilgach, Ogahiy poeziyasining asosiy xususiyati go`zallik, jo`shqinlik, hayajon va badiiylik ekanligini anglab yetasiz. Ogahiyning kishilar yuragidagi dardni kuylaganligi, uning dardi xalq dardi bilan umumlashganligi alohida e’tiborga molik masaladir.
Barchamizga ma’lumki, Ogahiy Xorazm tarjimachilik maktabining asoschilaridan biridir. O`z davrida 19 ta asarni ona tiliga tarjima qilgan Ogahiy boshqa yosh ijodkorlarga ham homiylik, ustozlik qilgan. N. Komilovning “Ogahiyning tarjimonlik mahorati” maqolasi Ogahiyning tarjimachilik sohasidagi fidokorona mehnatlarini aks ettiradi. Maqolada har bir tarjima va asarning asli solishtirilgan, Ogahiy tarjimasining o`ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari ko`rsatib o`tilgan. Ogahiy har bir tarjima asarida alohida-alohida uslublarni qo`llagan, yangidan yangi ijodiy mo`jizalar yaratgan. Bunda har bir asarning o`ziga xos xususiyatlaridan, mazmun-mohiyatidan kelib chiqib ish ko`rgan. Bu orqali esa o`zining har bir holatda yirik san’atkor, mahsuldor va zahmatkash adib ekanligini isbotlagan.
“TA`VIZ UL-OSHIQIN” DEVONINING 1960-YILGI NASHRI BILAN TANISHISH. 6 JILDLIK ASARLAR TO`PLAMI USTIDA ISHLASH / 17
"Ta'viz-ul oshiqin” devoni taniqli va zahmatkash adabiyotshunos Sh.
Sharafıddinov Xurshid tomonidan nashrga tayyorlanib, 1960 yilda Chop etilgan. Bu
Ogahiyshunoslikda ulkan voqea bo'ldi. Hozirgi kunda ushbu devonni O'zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan va eng mukammal hisoblangan NP 938-raqamli nusxa asosida adabiyotshunos Sayfıddin Sayfulloh nashrga tayyorlagan. Bu nashr etilish arafasida Mana shu ikkala nashrda she'riy janrlar soni turlichadir. Jumladan, 1960 yilgi nashrda, g'azalar 333 tani tashkil etsa, S.SayfuIIoh nashrga tayyorlagan devonda 433ta ekanligi olim tomonidan ta'kidlanadi. Biroq adabiyotshunos F.G'anixdjaev "Ogahiy g'azallari 445 ta, ular 4036 baytni tashkil etadi” deb ma'lumot beradi.
Adabiyotshunos S. Sayfulloh 1960 yilgi nashrga kirmay qolgan 1 00 g'azal xususida tdxtalib, ularning diniy - tasavvufıy, ov-shikor tasviri, xonlarning ruhiy holati bilan bog'liq mavzularda bo'lganligi sabab dastlabki nashrdan drin olmaganini ta'kidladi biz bilan og'zaki suhbatda.
Yuqoridagilardan ham ko'rinadiki, g'azal Ogahiy ijodida katta drin egallaydi. Bu tasodifıy emas edi. G'azal yozish mumtoz adabiyotimizda anlana tusiga kirgan bolsa, uning tuzilish va ko'lami juda ixcham, o'qimishli, esda qolishi osondir. Shu bois ham mumtoz shoirlarimiz ishq-muhabbat mavzusidan tortib,
ijtimoiy-falsafiy masalalarda ham umriboqiy g'azallar bitganlar. Ma'lumki, g'azal janri xususida tojik adabiyotshunosi A. M. Mirzaev, o'zbek olimlari H.Sulaymonov, A. Haytmetov, O.Nosirov va boshqalar otz tadqiqotlarida ko'lamdor ma'lumotlar keltirganlar. G'azalning hajmi borasida adabiyotshunos T. Boboyev: ”0'zbek adabiyotida ko'pincha 7, 9 baytli g'azallar yaratilgan”, desa, H. Umurov: ”G'azal 3 baytdan 19 baytgacha bo'lishi mumkin” ligini ta'kidlaydi. Alisher Navoiyning "Xazoyin-ul maoniy” devonidagi 2600 g'azaldan 1747 tasi 7 baytli, 695 tasi 9, 2 tasi 5, qolganlari 12-13 baytlidir. Ogahiyning "Ta'viz- ul oshiqin” devonidagi g'azallar esa 2,1 3,1 5,1 7,1 8,23 baytli g'azallardan tarkib topgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, Ogahiy ijodida 23 baytli g lazal ham bor:
Hazin ko'nglumg'a sahboyi visoling aylagil ihson,
Ki oshti haddidin ichmak ango xunobi hijron. "E, ko'ngil” radifli g'azal esa 1 5 baytli bo'lsa, quyidagicha boshlanadigan g'azal 18 baytni tashkil etadi.
Ishq zavqini yetkur jong la har nafas, yo rab, Nafs komini bir dam qilma dastras, yo rab. Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, Ogahiy arab alifbosidagi 31 harf bilan tugaydigan radifda g'azallar bitgan. Ko'rinadiki, Ogahiy g'azalni shakl va hajm jihatidan ham yuksak cho'qqiga olib chiqqan.
Ogahiy klassik adabiyotdagi g'azal janriga ijodiy yondashgan, uni mazmun jihatdan boyitgan novator shoirdir... Ogahiyning g łazal janridan Olz maqsadlarini bayon etishda łoiła foydalanganini, traditsiya asoratida qolmasdan, bu janrga ijodiy yondashganini yaqqol ko'rsatadi.
Darhaqiqat, shoir ushbu janrni mazmun va shakl jihatdan boyitdi. An'anadan o'ziga xoslik tomon borib, g'azalning mavzu doirasini kengaytirgan.
Orifona, rindona, ishqiy, ma'rifiy, ijtimoiy, falsafiy mavzularda, tabiat, ov tasviriga bag'ishlangan g łazallar yozdi. Sharqning daho ijodkorlari Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Bedil, Navoiy, Fuzuliy kabi shoirlardan ijodiy o'rgandi.
Yaqin o'tmishdoshlari Kiromiy, Nishotiy, Ravnaq, Roqim kabi ijodkorlar an'analarini davom ettirib, amakisi, ustozi Munisdan rag'bat Olib, she'riyatni yuksak pog'onaga ko'tardi.
Ma'lumki, mumtoz adabyotimizda devon tuzish an'anasiga binoan debochadan so'ng hamd va na't g'azallar keltiriladi. Orifona, tasavvufiy ruhda yozilgan bunday g'azallarda Ollohning payg'ambarlarning sifatlari o'z aksini topadi. Bu an'anani ulug' shoirlar munosib davom qildirib kelganlar.
Navoiy:
Ne sun'ingdin ajab yuz ming jahon bo'lmoq yano paydo,
Ne mulkungga halal yuz ming jahondek botlsa nopaydo.
Fuzuliy:
Zihi zoting nihonu ul nihondin mosuvo paydo,
Gahi dardu firoqing xavfldin ranju taab paydo. Ustozlardan rag'bat olib, Ogahiy quyidagicha yozadi:
Zihi jonlarg'a vasling shavqidin ayshu tarab paydo,
Gahi dardu firoqing xavfldin ranju taab paydo. Ollohning yaratuvchanlik qudrati aks etgan ushbu baytlar bir-biriga o'xshasada, lekin unda har bir ijodkorning iqtidori boy ekanligini ko'rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |