Pekarlar (Tayassuidae) oilasi vakillari Janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan bo`lib, 3 ta turi bor. Tanasining uzunligi 100 sm gacha va og‘irligi 30 kg gacha boradi. Tashqi ko`rinishidan cho`chqalarga o`xshab ketadi. Oyoqlari ingichka, orqa oyoqlarida 3 tadan barmoqlari bor. Oshqozoni ikki bo`lmali. Belida hid chiqaradigan muskus bezi bor. Pekarlar hammaxo`r, urg‘ochilari odatda 1-2 ta bola tug‘adi. Ov qilinadi.
Kavsh qaytaruvchilar (Ruminantia) kenja turkumiga juft tuyoqlilar turkumining eng ko`p turlari, ya`ni 180 dan ortiq turi kiradi. Kavsh qaytaruvchilarning yovvoyi turlari Avstraliya, Madagaskar va Antil orollaridan tashqari hamma yerda tarqalgan. . Kavsh qaytaruvchilar kenja turkumi 5 ta oilaga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |