Buĝuchalar (Tragulidae) oilasi vakillari kavsh qaytaruvchilar orasida eng pirimitivi hisoblanadi. 2,5-nchi barmoqlari nisbatan biroz uzun. Erkaklarining yuqori jag‘ida qoziq tishlari qayrilib, og‘izidan chiqib turadi. Boshqa kavsh qaytaruvchilardan farqli o`laroq bug‘uchalarning oshqozoni uch bo`lmali, qat qorini bo`lmaydi. Shoxi yo`q, orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun.Buĝu chalarning 4 ta turi bor. Ularning hajmi tovushqondek keladi.
Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoning nam va tropik o`rmonlarida tarqalgan. Tipik vakiliga suv bug‘uchasi (Hyemoschus aquaticus) kiradi. Uzunligi 75-85 sm. Afrikada tarqalgan, tunda faol. O`simliklar va mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Bitta bola tug‘adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |