1.3 Juft tuyoqlilarning kelib chiqishi va evolutsiyasi
Juft tuyoqlilarning kelib chiqishini òrganish uchun, dastlab sutemizuvchilarning kelib chiqish jarayonini òrganish lozim.
Sutemizuvchilar Ustki Toshkòmir va Perm davrida paydo bòlgan darrandasimon( Theromorpha) sudralib yuruvchilar kenja sinfiga kiruvchi yirtqich tishli sudralib yuruvchilar ( Theriodontia) dan kelib chiqqan.
Perm va Trias davrlari davomida darrandasimon sudralib yuruvchilar bir qancha òsimlikxòr, yirtqich va hammaxòrlar guruhlariga bòlingan, bòr davriga kelib ular qirilib ketgan. Lekin, nisbatan mayda guruhlari saqlanib qolgan.
Sutemizuvchilarning yirtqich tishlilardan ajralishi Trias davrining boshi va hatto Perm davrining oxiri, ya'ni Paleozoy erasining oxiri deb hisoblash mumkin. Sutemizuvchilar ajdodlariga yaqin formalar Yerda, Yura davrining òrtalarida paydo bòlgan, deb faraz qilish mumkin. Bular uch bòrtmalilar( Trituberculata) deb atalgan.
Qopchiqli va yòldoshli sutemizuvchilarning Trias davrida yashagan darrandasimon sudralib yuruvchilar- uch bòrtmatishli yirtqich sinodontlar ( Cynodontia) dan kelib chiqqanligi isbotlangan.
Eng qadimgi sutemizuvchilar eritroteriyalar kalamushdan kichikroq bòlgan.
Uchbòrtmatishlilar 3 ta asosiy guruhlarga( turkumga) bòlinadi: uch bòrtmatishlilar va simmetriya bòrtmatishlilar butunlay qirilib ketgan yon shoxchalar bòlib, 3-guruh haqiqiy uchbòrtmatishlilar(Rantotheria) saqlanib qolgan va qopchiqlilar( Marsupialia) bilan yòldoshlilar( Placentalia) ni paydo qilgan.
Mezozoy erasining oxiriga kelib iqlim yomonlashganligi sabab, reptiliyalarning aksariyat qismi muhitning bevosita ta'sirida, qisman sutemizuvchilar va qushlar bilan hayot uchun kurashda yengilib, qirilib ketgan va ularning òrniga tabiatda yòldoshlilar hukmron bòlib qolgan.
Yòldoshlilar ham uch bòrtmatishlilardan Bòr davrining boshida ajralib chiqqan. Ularning primitiv gruhi- hasharotxòrlar vakillari Mòĝulistonda ustki bòr qatlamlaridan topilgan. Ehtimol, yòldoshlilarning boshqa barcha turkumlari hasharotxòrlardan kelib chiqqan bòlsa kerak.
Ilmiy ma'lumotlarga qaraganda hozirgi yirtqichlar va kurakoyoqlilar kreodontlar( Creodonta) dan kelib chiqqan. Kreodontlarga hozirgi toq tuyoqlilarni paydo qilgan qadimgi qazilma toq barmoqlilar, hozirgi juft tuyoqlilarni paydo qilgan qadimgi qazilma juft barmoqlilar, hozirgi zamonda yashab turgan damanlar, xartumlilar, sirenlar ham yaqin turadi.
Uchlamchi davr oxirlarida, mamontlardan tashqari zubrlar, junli karkidonlar, shimol buĝulari, leminglar kabi turlarni òz ichiga olgan "mamont faunasi" deb ataluvchi shimoliy fauna, primitiv otlar, jirafalar, tuyalar kabi hayvonlarni òz ichiga olgan " gipparon faunasi" deb ataluvchi Janub faunasini siqib, Janub tomonga surilgan.Ushbu faunalardan hozirgi zamon faunalar kompleksi tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |