JOY RELYEFINING ASOSIY SHAKLLARI
Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan Yer tabiiy sirtining notekisliklari yig‘indisi relyef deyiladi. Relyef inson faoliyatida katta ahamityaga ega. Joy relyefi shahar va qishloq qurilishini, avtomobil, temir yo‘llar, kanallar, gidrotexnika va boshqa muhandislik inshootlarini, ekin dalalarini loyihalashda, jar yoqasidagi ihota daraxtzorlarini barpo etishda, zah qochirish va melioratsiya ishlarida, shuningdek, yerlarni tekislashda hisobga olinadi. Bu masalalarni loyihaviy yechimlari ko‘pincha topografik xaritalarda bajariladi. Joy relyefi xarakteriga qarab tekislik, tepalik va tog‘likka bo‘linadi. Tekislik joy relyefi bo‘sh ifodalangan shaklli yoki deyarli notekisliksiz bo‘ladi. Tepalik (adir) yerlarda balandliklari unchalik katta bo‘lmagan tepaliklar va botiqliklar almashib turadi. Tog‘lik joy dengiz sathidan 500 m dan ortiq bo‘lgan tepaliklardan tashkil topgan. Tog‘ tizimlari zanjiri vodiylar bilan almashinib turadi.
Yer yuzasi notekisliklari xilma-xil bo‘lishiga qaramay, har qan- day joy relyefini beshta asosiy shaklga ajratish mumkin (24-a rasm).
Tog‘lik (tepalik) — konussimon ko‘tarilish shaklida bo‘lib, uning eng baland nuqtasi — cho‘qqisi, yon tomonlari — yonbag‘ri (qiyalik), atrof bilan tutashgan chizig‘i tog‘ etagi deyiladi.
Chuqurlik — tog‘ shaklining aksi bo‘lgan, har tomondan o‘ralgan idishsimon botiqlik, uning eng chuqur nuqtasi — tubi, yonbag‘ri va atrofi bilan tutashgan chizig‘i chekkasi — etagi bo‘ladi.
Tizma tog‘ — cho‘zilgan va biror yo‘nalishda sekin-asta pa- sayadigan ko‘tarilish, uning ikki yonbag‘ri, tizma tog‘ning yuqori nuqtalari suv ayirg‘ich chiziqni hosil qiladi.
Soy — tizma tog‘ shaklining aksi ko‘rinishida biror yo‘na- lishda, bir oxiri ochiq, sekin-asta pasayadigan o‘yilma. Soyning eng past nuqtasidan o‘tuvchi chiziq suv yig‘uvchi chiziq deyiladi.
Bel — ikki qo‘shni tog‘ yonbag‘irlarining tutashishidan hosil bo‘lgan egarsimon joy, undan qarama-qarshi yo‘nalishda tarqa- ladigan ikki soy boshlanadi.
Tog‘ning cho‘qqisi, chuqurlik tubi va belning eng past nuqtasi relyefning xarakterli (o‘ziga xos) nuqtalari, tizma tog‘ning suv
2 8
a)
b)
rasm. Joy relyefini (a), ularni gorizontallar bilan tasvirlash (b).
ayirg‘ich chizig‘i, soyning suv yig‘uvchi chizig‘i relyefning xarak- terli chiziqlari deyiladi.
Xaritalarda relyef har xil usullarda tasvirlanadi: rangli bo‘yash (tog‘lar jigarrang, soylar yashil), shtrixlash, gorizontallar bilan (24- b rasm) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |