O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
QIShLOq Xo’JALIGINI mexanizaTsiyalashtirish VA AVTOMATLAShTIRISh
fanidan ma’ruza darsi.
11-mavzu: MELIORATSIYA VA SUG‘ORISH ISHLARIDA QO‘LLANILADIGAN MASHINALAR
Reja:
. 1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning o‘ziga xosligi va agrotexnik talablar;
2.Sug‘orish usullari va mashinalari;
3. Suvdan samarali foydalanishni tashkil etish.
Tayanch iboralar: ekinlarni sug’orish usullari agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar. 1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning o‘ziga xosligi va agrotexnik talablar Sug‘orish ishlari (2.68-rasm) sirtdan, yomg‘irlatib, tuproq ostidan va tomchilatib sug‘orish usullariga bo‘linadi.
2.68-rasm. Sug‘orish usullari 2. Sug‘orish ishlarini mexanizatsiyalashtirish usullari va mashinalari Sug‘orish ishlarida mehnat sarfini kamaytirish uchun amalda qo‘llanilib kelinayotgan sirtdan sug‘orish usulida muvaqqat ariqlar, o‘qariqlar yordamida sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun maxsus polietilen va kapron trubalardan keng foydalanish mumkin. Ular sug‘orish tarmoqlari va o‘qariqlar o‘rnini bosadi, suvchining ish unumi 1,5...2 barobar ortadi, suv sarfi 8...10 foizga kamayadi.
2.69-rasm. Ekinlarni polietilen (a) va kapron (b) turbalari yordamida sug‘orish. Yomg‘irlatib sug‘orish ishlari asosanzanjirli traktorlarga o‘rnatilgan, xarakatlanib ishlaydigan DDA-100MA agregati (2.70-rasm) va ko‘chma-bir joyda turib ishlaydigan DDN-70 va DDN-100 rusumli nasosli yomg‘irlatish mashinalari yordamida amalga oshiriladi.
2.70-rasm. Yomg‘irlatib sug‘orish agregatlari: a-DDA-100M; b-DDN-70; v-DDN-100. Ekinlarni tuproq ostidan va tomchilatib sug‘orishda suvni bevosita har bir o‘simlikning ildizi joylashgan joyga etkazib berilishi to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan hamda kompyuterlar tizimi bilan ta’minlangan maxsus tizimlar orqali amalga oshiriladi.
2.71- rasm. Tomchilab sug‘orish tizimining sxemasi: 1-elektrodvigatel; 2-nasos; 3-suv berkitgich; 4-tozalagich; 5-suv o‘lchagich:6-bosim ko‘rsatgich; 7-oziqlantirgich; 8-injektor; 9-magistral quvur;10-taqsimlovchi naychalar; 11-tomchilatgich; 12 hovuz.
Tomchilatib sug‘orishni qo‘llashning asosiy afzalliklari.
Ekinlar hosildorligi ortadi va sifati yaxshilanadi(2.7-jadval);
Sug‘orishga ishlatilayotgan suv odatdagi usullarga nisbatan 20-60 % gacha kamayadi;
Tuproq eroziyasi to‘xtaydi, er osti suvi sathi ko‘tarilishi va tuproq sho‘rlanishi kamayadi.
Ekin
turi
Suv
tejalishi,%
Mehnat sarfining kamayishi, %
Hosildorlik oshishi,%
Paxta
30-40
50-60
90-150
Bog‘-tokzor
40-60
25-30
20-25
Sabzavot-poliz
50-55
50-60
55-65
Tomchilatib sug‘orishni qo‘llash samarasi 3. Suvdan samarali foydalanishni tashkil etish Suv sarfi me’yorlarini belgilash va undan foydalanishda quyidagilarga:
- sizot suvlar er betiga yaqin joylashgan maydonlarda ularni joylashish chuqurligiga qarab, sizot suvlar 2...3 m chuqurlikda joylashgan erlarda suvga bo‘lgan ehtiyojning 15 foizi; 1...2 m chuqurlikda bo‘lsa 35 foizi va 1 m gacha chuqurlikda joylashganda esa 60 foizi ana shu suvlar hisobiga qondirilishi;
- haydalma qatlam osti shag‘al bo‘lgan kuchsiz tuproqlarda ekinlarni sug‘orishlar soni va me’yori taxminan 15 foizga ko‘paytirilishi;
- ekinlarning rivojlanish bosqichlari va sizot suvlarining joylashish chuqurligiga qarab ularni ekinlar gullay boshlangunga qadar o‘sish davrida beriladigan suvning 25...30 foizi, gullash va hosil to‘plash davrlarida 50...60 foizi va hosilni etilish davrida esa qolgan qismi berilishi talab etiladi.
Tavsiyaviy xulosa. Sug‘orish usulini tanlashda joyning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan, suv sarfi eng kam bo‘lgan va uni iloji boricha mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin bo‘lishiga alohida e’tibor berilishi kerak
Nazorat savollari: 1.Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda asosan qanday dehqonchilik usuli qo‘llaniladi?
2. Qanday sug‘orish usullarini bilasiz?
3.Nima uchun paxtachilikda yomg‘irlatib sug‘orish ishlari qo‘llanilmaydi?
4. Tuproq ostidan va tomchilatib sug‘orish usullarining bir-biridan qanday farqi bor? E'tiboringiz uchun rahmat!