Qishloq xo'jalik mashinalarini rivojlantirish istiqbollari



Download 70,5 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2022
Hajmi70,5 Kb.
#573051
  1   2   3
Bog'liq
Qishloq xo\'jalik mashinalarini rivojlantirish istiqbollari


Qishloq xo'jalik mashinalarini rivojlantirish istiqbollari.

Reja:



1.Paxta etishtirishdagi mehnat sarfi, va mashinada paxta terib olishga qo’yiladigan agrotexnik talablar.
2. Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari.
3. Ko’sak terish va paxta tozalash mashinalarning tuzilishi va ishlashi.
4. G’'o'za-poya yulish, uyumlash va maydalash mashinalari.

1. Respublikamizda paxta etishtirishdagi mehnat sarfi gektariga 900-1000 odam-soatga, ya'ni AQShga nisbatan 10 marta ortiq. Buni traktor va qishloq xo’jalik mashinalarining texnik darajasi pastligi, ulardan Qoniqarsiz foydalanish bilan tushintirish mumkin.


Bizning paxtachilikda sarflanadigan mehnatning deyarli yarim hosil yig'ib olish davriga to'g'ri keladi. Agar respublikamizda bitta 2 qatorlik paxta terish mashiiasiga mavsum davomida o’rtacha 100 tonna paxta to'g'ri kelsa, AQSh da bitta shunday mashinaga 200-300 tonna paxta to'g'ri keladi. Mana shundan ko’rinib turibdiki,_mashinalardan foydalanish bo’yicha AQSh dan qanchalar orqadamiz. Paxta etishtirishda industrial texnologiyaning asosiy ilmiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:
ekish oldi ishlaridan 4 gildirakli 2-sinfdagi traktorlaming hamda keng qamrovli agregatlarni ishlatish;
go’zani tomchilatib sugorish texnologiyasini Qo’llash. Bunda paxta hosili 20 -30% ga oshadi va suv 50 % tejab qolinadi;
paxta terish o 'chun yangi texnologiya va mashinalarni ishlab chiqish va
ma vjudlarini takomillashtirish.
Mashinada paxta terishga qo’yidagi agrotexnik talablar qo’yilagan.
1. O’simlik barglari sun’iy to’ktirilgan bo’lishi kerak. Bunda to’kilgan barglar miqdori 90% kam bo’lmasligi kerak.
2. G’o’za mashina bob qilib yetishtirilgan bo’lishi kerak. Bir gektardagi tup son 85000 donadan kam bo’lmasligi kerak, g’o’zaning balandligi 105 sm dan baland 85 sm dan kam bo’lmasligi kerak.
3. Mashina terimiga ajratilgan dala begona o’tlardan tozalangan bo’lishi kerak.Yotib qolgan g’o’zalar miqdori 3 % ko’p bo’lmasligi kerak. G’o’za qator orasiga oxirgi marta sifatli kultivatsiya o’tkazilgan bo’lishi kerak.
4. Mashina terimiga ajratilgan dalaning bosh va etak qismida eni 8 metrdan kam bo’lmagan qayrilib olish polosalari tayyorlangan bo’lishi kerak.
5. Vertikal shpedelli paxta terish mashinasida birinchi mashina terimi ko’saklarning 65…70 % ochilganda boshlanadi. Ikkinchi mashina terimi 10…12 kun o’tgandan so’ng o’tkaziladi. Gorizontal shpedelli paxta terish mashinadalarida paxtani terish ko’saklarning 90…95% ochilganda bir marta amalga oshiriladi.
6. Mashinalar ochilgan ko’saklarning barchasidagi paxtani ifloslantirmasdan terib olishi kerak. Bunda to’kilgan paxta miqdori
3 % ko’p bo’lmasligi kerak. Bunkerdagi paxtaning iflosligi va namligi paxtani qabul qilishning davlat standaratlariga mos kelishi kerak.
2. Paxta terish mashinalari: 1) ishlash prinsipiga ko’ra-mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik bo’ladi;
2) traktor bilan agregatlanib ishlatilishiga qarab: a) o’rnatma; b) yarim o’rnatma; v) o’zi yurar;
3) teriladigan qatorlar soniga qarab:
a) bir qatorli; b) ikki qatorli; v) to’rt va olti qatorli.
4) Shpindelli (pnevmomexanik) paxta terish mashinalari asosiy ish organining joylashishiga qarab: a) vertikal shpindelli; b) gorizontal shpindelli (bu mashinalar murakkab konstruksiyada bo’lganligi sababli bizning sanoatimiz ishlab chiqarmaydi) mashinalarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda fakat vertical va gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari ishlab chiqarilmoqda.
Vertikal shpendlli paxta terish mashinasida apparat karkasi (ramasi) terish apparatining barcha qismlarini o’ziga birlashtiradi.Shuning uchun ham uning konstruksiyasi ancha murakkabdir.
Shpindelli baraban mashinaning asosiy ish organi bo’lgan shpindellarni malum vaziyatda tutib turib, harakatlantirish uchun xizmat qiladi.Har bir qatordagi g’o’za tuplariga ishlov berish uchun terish apparatiga to’rtta (ikkita o’ng va ikkita chap) shpindelli baraban o’rnatilgan bo’ladi.
Barabanlar podshipniklarining yuqorigi va pastki korpuslari bilan apparat ramasiga mahkamlanadi.
Shpindellar paxta terish mashinasining asosiy ish organi.Hozir qishloq xo’jaligimizda ishlatilayotgan paxta terish mashinalarida ikki xil shpiidel ko’proq ishlatiladi:
1.O’zida maxsus to’rt qator tishlar qirqilgan sterjen shaklidagi shpindel.
2.Tarkibiy shpindel (bunday shpindellarni mexanizatorlar yuvilmaydigan shpindellar deb atashadi).
Shpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng va chap shpindellarga bo’linib, o’zlariga mos barabanlarga o’rnatiladi.Shpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng yoki chapligini bilish uchun uning rolik qismidan qaraladi.Bunda tishlarining yo’nalishi soat strelkasi bo’yicha yo’nalgan bo’lsa, u o’ng va, aksincha bo’lsa, chap shpindel deb ataladi.Shpindellar diametri 24 mm, uzunligi 631 mm li trubadan tayyorlangan bo’lib, sirtiga chuqurligi va qadami 2 mm li to’rt qator tishlar ochilgan. Trubaning yuqorigi uchiga aylantirish roligi presslangan.Sharikli podshipnik shpindel qapqog’i bilan birga shpindelning yuqorigi tayanchini hosil qiladi, pastki tayanchi esa himoya kosachali barmoq va shpindelga presslab o’tkazilgan metall-keramik vtulkadan tuzilgan.
Oxirgi paytlarda olimlarimiz tarkibiy deb nomlangan shpindellarni yaratdilarki, bu shpindellar tishli shpindellarga nisbatan o’zining qator ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.Ammo bu xildagi shpindellarning kamchiligi ham bor: ularning tishli spiralining tebranishi tufayli tolani qirqib yuborishini ko’rsatish mumkin.
Cho’tkali ajratgichlar: shpindellarga ilashgan paxtani ajratib olish va uni' qabul kamerasiga uzatishga xizmat qiladi.Cho’tkali ajratgichlarning asosiy ish organi plankali cho’tka hisoblanadi.Sakkizta cho’tkali planka valga to’rt separator tutkichlari orqali boltlar bilan maxkamlangan bo’lib, cho’tkali ajratgich barabanini tashkil etadi.Ajratgichlar barabani harakatni Z=12 shesternyalar orqali oladi.
Terish apparatining osmasi apparatlarni yagona blokka birlashtirib, ularni bir butun holda ko’tarib tushirishga imkon beradi.
Tarqatish reduktori traktorning ketingi quvvat olish validan mashinaning asosiy ish organlari: terish apparatlari, ventilyatorlar va suv nasosiga harakat uzatish uchun xizmat qiladi.Tarqatish reduktorining konstruksiyasi ventilyator va suv tizimlarining ham bir vaqtda ishga tushishiga imkon beradi
Paxta terish mashinasining pnevmatik tizimi markazdan qochma tipdagi o’ng va chap ventilyator, so’rish va haydash trubalaridan iborat.
Boshqarish maydonchasida mashina ishini boshqaruvchi organlar joylashgan.
Mashina bunkeri terilib to’plangan paxtani qop qonorsiz tashish mashinalariga to’kishga mo’ljallangan.Bunkerning yuqorigi qismiga uning ichkarisiga tushib, xizmat ko’rsatib turish uchun maxsus lyuk qo’yilgan.
Mashinaning barcha ish organlariga harakat;traktorning quvvat ajratish validan tarqatish reduktori yordamida uzatiladi.
Mashina asosiy ish organi - shpindellarni yuvish uchun suv tizimi bilan jihozlangan.Elektr jihozlari kechasi ham ishlashga imkon beradi.
Boshqarish maydonchasining mashina old qismiga joylashishi mexanik haydovchi tomonidan uning ish jarayonini nazorat qilib borishiga imkoniyat yaratadi.
Paxta terish mashinasining texnologik ish jarayoni quyidagicha kechadi.
Mashina g’o’za egatlari bo’ylab harakatlanayotganda paxtasi terilayotgan qatorlardagi g’o’za tuplari tup ko’targich va tup yo’naltiruvchi chiviqlar yordamida terish apparatining ikki ko’shni (o’ng va chap) juft barabanlari orasiga, ish tirqishiga yo’naltiriladi.Bu yerda bir qatordagi g’o’za tuplariga to’rtta (ikkita o’ng va ikkita chap) shpindelli juft barabanlar hosil qilgan oldingi va orqa juft barabanlar xizmat qiladi.Mashina shu to’rtta shpindelli baraban bitta terish apparatini tashkil etadi.
Shpindelli barabanlar ish tirqishi terish zonasida mashina yo’nalishiga teskari tomonga aylanma harakat qiladi.Bu barabanlarning aylanma tezligi mashinaning ilgarilanma tezligidan 1,57 marta katta bo’lganligi sababli g’o’za shoxlari va poyalari ish tirqishiga qiyshaymasdan yoki og’masdan o’zi kirib boradi, ko’p shikastlanmaydi.
Juft barabanlar orasidan o’tayotgan g’o’za tuplari ish tirqishining kichikligi sababli birmuncha qisiladi.Mana shu yerda barabanlarga o’rnatilgan shpindellar, ularning rolikli qismiga qo’zgalmas qilib tashqaridan o’rnatilgan ponasimon tasmalarga ishqalanib,barabanlar harakatiga teskari yo’nalishda o’z o’qlari atrofida aylanma harakatga keltiriladi.Shpindellarning ish qismlari yuzasidagi tishlari vositasida ochilgan chanoqlardagi tolani o’zlariga ilashtirib o’rab oladi.Shpindellar ish tirqishida ham baraban bilan, ham ponasimon tasmalar orqali o’z o’qi atrofida aylanma harakatda ishtirok etadi, shu sababli ochilgan chanoqlardagi paxta tolasini o’z tishlariga ilashtirib, terish jarayonining birinchi bosqichini bajaradi.
Aylanayotgan barabanlar shpindellarni terish zonasidan olib chiqib, unga teskari yo’nalishda joylashgan qaytarib berish zonasiga keltiradi.Bu yerda shpindellar yana rolikli qismi bilan ichkaridan, yani baraban o’qi tomonidan teskariga aylantiruvchi kolodkalarga ishqalanib, o’z o’qi atrofida terish zonasiga nisbatan teskari yo’nalishda harakatlanadi.Mana shu paytda shpindellar maxsus cho’tkali ajratgichlar bilan ham tasirlashadi.Cho’tkali ajratgichlarning aylanish tezligi shpindellarnikiga nisbatan olti marta katta bo’lganligi sababli shpindellarga ilashgan paxta tolasi to’lik ajratib olinadi va markazdan qochma kuchlar vositasida qabul kamerasiga tashlanadi.Qabul kamerasiga tushgan paxta ventilyator hosil qilgan havo oqimi vositasida qabul kamerasidan) surilib, mashina bunkeriga olib ketiladi.Qabul kamerasining tubi yo’qligi sababli barcha og’ir narsalar (tosh, kesak, hom ko’sak va boshqalar) bunkerga uzatilmay, yerga tushib ketadi.
Ko’p yillik izlanishlar natijasi, shuningdek, ilmiy manbalar tahlili shuni ko’rsatayaptiki, vertikal shpindellar bilan paxta terish tarzi ham o’z muayyan imkoniyatlarini batamom topganicha yo'q, shuning uchun hukumatimiz 1996 yildan boshlab AQShning "Keys" firmasidan gorizontal shpindelli paxta terish mashinasini sotib olmoqda. Gorizontal shpindelli mashinasining
afzaliiklari quyidagilardan iborat:

Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish