276
gidrofil guruhlar hosil bo`ladi va moddaning suvda eruvchanligi ortadi. Natijada
organizmdan chiqarib yuborilishi osonlashadi.
Yo`g`on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo`lgan skatol, indol,
indoksil va indoksilsulfatning kaliyli tuzlari, hayvon indikani miqdorini tekshirish
amaliyotda ichakda chirish jarayonining borishi, jigarning
zararsizlantirish
vazifasi haqida ma’lumot beradi.
Turli dori moddalar ham jigarda metabolik o`zgarishlarga uchraydi.
Masalan, lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko`rsatilganidek, oksidlanishga va
konyugatsiyaga uchrab, oksifenobarbitalglyukuronid
shaklida zararsizlantirilsa,
atsetilsalitsilat kislotasi (aspirin) esa o`ziga xos o`zgarishlarga uchraydi.
Dastlab aspirin deatsillanish reaktsiyasi natijasida salitsilat hosil qilib,
so`ng UDFG ishtirokida salitsilatglyukuronidga aylanadi.
Hosil bo`lgan moddani oksidlanishi, gomogentizinat kislotasini glitsin
kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat kislotasini hosil bo`lishiga
va organizmdan
chiqarib yuborilishiga olib keladi.
Ayrim moddalarning zararsizlantirilishi metillanish yoki demetillanish
bilan ham boradi. Vitamin PP (nikotinamid) metilnikotinamid holatida
zararsizlantirilib chiqariladi.
Nitrozaminlar zararsizlantirilishining buzilishi turli a’zolarda xavfli
o`smalar hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin.
Sog`lom hujayralarning o`sma hujayralariga aylanishiga sababchi bo`lgan
modda kanserogen deb ataladi. Benzantratsen va zamburug`lardan hosil bo`ladigan
aflotoksinlar kanserogen moddalar bo`lib, jigarda epoksidlanish yo`li bilan
zararsizlantiriladi.
Jigarda turli xildagi biologik aktiv moddalar (adrenalin,
noradrenalin,
gistamin,
serotonin,
tironin)
aminooksidazalar
ta’sirida
oksidlanib
zararsizlantiriladi, estrogen, androgen, kortikosteroid gormonlar esa oksidlanib
ketosteroidlar holatida siydik bilan chiqarib yuboriladi.
Yangi tug`ilgan bolalarda jigarning ksenobiotiklarni zararsizlantirish
qobiliyati yetilmagan bo`ladi. Masalan, bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi
glyukuroniltransferaza, atsetillovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi
katta yoshdagilardagiga nisbatan to`rt-besh marotaba past bo`ladi. Shuning uchun
bolalar organizmida hosil bo`lgan zaharli moddalarning
va berilgan dorivor
moddalarning metabolizmi sust boradi. Shuning uchun bolalarga tavsiya etiladigan
dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi.
Jigarning
pigmentlar
almashinuvidagi
ishtiroki
jigardagi
RES
hujayralarida xromoproteidlarni bilirubingacha parchalashda namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: