Jo`rayeva A


-ma’ruza mavzusi: Buyrak biokimyosi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

18-ma’ruza mavzusi: Buyrak biokimyosi. 
Reja: 
 
18.1. Buyrakning organizmda bajaradigan vazifalari. 
 
18.2. Buyrakning regulyator-gomeostatik funktsiyasi. 
18.3. Buyrak to`qimasida me’yorda va patologik holatlarda moddalar
almashinuvi. 
18.4. Siydikning kimyoviy tarkibi. 
 
 
18.1. Buyrakning organizmda bajaradigan vazifalari. 
Katta odamlarda 
ikkala buyrakning og`irligi taxminan 300 g. Buyraklar muhim a’zolardan biri 
bo`lib, ularning asosiy vazifasi organizm ichki muhiti muvozanatini doimiy 
saqlashdir. 
Buyraklar suv-elektrolit balansini boshqarish, kislota ishqor muvozanatini 
saqlash, azot qoldiqlarini chiqarish, organizm suyuqliklari osmotik bosimini 
saqlash, qon bosimini boshqarish va boshqalarda qatnashadi. 
Buyrak to`qimasi 2 qismdan iborat: tashqi (po`stloq) va ichki (miya). 
Nefron buyrak parenximasining funktsional birligi hisoblanadi. Nefronning 
Baumen kapsulasidan qondagi suv hamda plazmaning boshqa past molekulali 
moddalari filtrlanib o`tadi; bu filtrlanishni harakatlantiruvchi kuchi koptokcha 
kapillyarlari bilan Baumen kapsulasi filtrati (birlamchi siydik) tarkibi va past 
molekulali moddalarni kontsentratsiyasi jihatidan qon plazmasidan farq qilmaydi. 
Nefronda 3 ta asosiy jarayon sodir bo`ladi: 
-
koptokchalarda filtratsiya; 
-
kanalchalarda reabsorbtsiya; 
-
sekretsiya. 
Filtratsiya davrida koptokchalardan har ikkala buyrak orqali 1 daqiqada 
1300 ml qon o`tadi. Buyrak koptokchalari umumiy filtrlanadigan yuzasi taxminan 
1,5 m
2
ni tashkil etadi. Koptokchalarda qon kapillyarlaridan buyrak koptokchasiga 
qon plazmasini ultrafiltratsiyasi sodir bo`ladi, natijada birlamchi oqsilsiz siydik 
hosil bo`ladi.
Kanalchalarda 99% suv, natriy, xlor, gidrokarbonat, aminokislotalar, 93% 
kaliy, 45% siydikchil reabsorbtsiyalanadi. Nefronlarda sutkada 180 l suyuqlik 
filtrlanadi va qaytadan so`riladi. 
Reabsorbtsiya natijasida birlamchi siydikdan ikkilamchi siydik hosil bo`lib, 
u kosacha va qovuqda to`planadi. 
Nefron proksimal qism hujayralari filtratga o`tgan glyukoza, aminokislota
vitamin, elektrolitlarni; birlamchi siydikdagi 6/7 suyuqlikni proksimal 
kanalchalarda reabsorbtsiyalaydi.
Distal kanalchalarda natriy qo`shimcha reabsorbtsiyalanadi, unda nefron 
bo`shlig`iga kaliy ionlari, ammoniy, vodorod ajralishi mumkin. Hujayradagi ATF 
ning 80% energiyasi natriy reabsorbtsiyasida faoliyat ko`rsatuvchi “natriy nasosi” 
ga sarflanadi. Proksimal qismda suvning so`rilishi natriyning faol so`rilishi 
hisobiga passiv amalga oshiriladi. Distal qismda natriy ionlari so`rilishga bog`liq 
bo`lmagan holda antidiuretik gormon yordamida boshqariladi. 


279 
Natriydan farqli ravishda kaliy nafaqat reabsorbtsiyalanadi, balki sekretsiya 
ham qilinadi, bu “natriy-kaliy nasosi”ning ishi hisobiga boradi. Turli moddalarning 
reabsorbtsiya va sekretsiyasi MNS va gormonlar yordamida boshqariladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish