Hazm a'zolari tizimi
Hazm a'zolari (systema digestorium) bosh, bo'yin sohasida, ko'krak, qorin va chanoq bo'shliqiarida joylashgan. Ular og'iz bo'shlig'i va unda joy lashgan a'zolar (tishlar, til, so'lak bezlari), halqum, qizilo'ngach, oshqozon, ingichka va yo'g'on ichak, jigar, oshqozon osti bezidan iborat (126-rasm). Bu tizim a'zolari organizmga tushgan oziqa moddalarni mexanik va kimyoviy parchalash, parchalangan oziqa moddalarni qon va limfa tomirlarga so'rilishi, so'rilmay qolgan qismini esa chiqindi (axlat) sifatida tashqariga chiqarib yubo rish vazifasini bajaradi.
Og'iz bo'shlig'i hazm a'zolarining bosh 5 lang'ich qismi bo'lib, bu yerda tishlar vosita sida uzib olingan ovqat mahsuloti maydala nadi, til yordamida aralashtirilib, so'lak bez 7lari ishlab chiqargan suyuqlik so'lak bilan yumshatiladi. Hosil bo'lgan ovqat luqmasi -8 halqum va qizilo'ngach orqali oshqozonga o'tkaziladi. Oshqozonda ovqat moddalari osh qozon shirasi ta'sirida suyultiriladi va par chalana boshlaydi. Ingichka ichakning bosh lang'ich qismi bo'lgan o'n ikki barmoq ichak da ovqat moddalari oshqozon osti bezi shirasi va jigarda ishlab chiqarilgan o't suyuqligi ta'sirida parchalanishda davom etadi. Och va yonbosh ichakda parchalangan oziqa modda lar qon va limfa tomirlariga so'riladi. Parchalanmay va so'rilmay qolgan ovqat moddalari yo'g'on ichakka o'tadi. Bu yerda suv so'rilib, qolgan moddalardan axlat hosil bo'ladi.
Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo'lib, homilada u og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon, va ichaklargabo'linadi. Ovqat hazm qilish a'zolari tizimi homila hayotining 4-oyidan faoliyat ko'rsata boshlaydi. Bu davrda homila ichagida barg rang mekoniy bo'lib, uning tarkibiga epiteliy hujayralari, shilliq, o't hamda homila yutgan amnion suyuqligi Larkibidagi moddalar bo'ladi. Shu davrdan boshlab ichaklarda ovqat hazm qilish fermentlari bo'ladi. Homila davrining so'ngida ovqat hazm qilish tizimi yangı tug'ilgan chaqaloqning hayotiy vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega boʻladi.
Hazm a'zolari devorining tuzilishi
Hazm nayining devori umumiy tuzilishga ega bo'lgani bilan, har bir a'zoda uning vazifasiga qarab ayrim xususiyatlarga ega. Hazm a'zolari ichki tomoni dan shilliq parda bilan qoplangan bo'lib, u shilliq osti asosi vositasida mushak qavatdan ajrab turadi.
Shilliq pardasi (tunica B mucosa) pushti rangda bo'lib, cho'ziluvchan, qalinligi 1-1,5 mm. Unino zasi shilliq bezlari ishlab chiqargan shilliq bilan qoplangan. Shilliq p epiteliy bilan qoplangan bo'lib u tashqi muhit hamda hazm a'z C o'rtasida to'siq vazifasini bajaradi. Bundan tashqari bu epiteliydan hazm uzimi bozlari taraqqiy etadi. Shilliq parda yuzasida burmalar, vorsinkalar boʻlib (127 rasm), ular a'zolar yuzasini kattalashtiradi va oziqa moddalarni so'rilishida ishtirok etadi.
Shilliq osti asosi (tela submucosa) biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan boʻ lib, unda qon va limfa tomirlar, nervlar, bezlar va limfoid follikulalar joylash gan (127-rasm). Shilliq osti asosi yordamida shilliq parda harakatchan bo'lib. burmalar hosil qiladi. U yo'q joylarda shilliq qavat mushak qavatga birikib bur malar hosil qilmaydi.
qoplangan.
Hazm a'zolari bezlari
Bezlar (glandulae) epiteliy hujayralari, biriktiruvchi to'qima, qon tomirlar va nervlardan tashkil topgan bo'lib, organizmning hamma qismida uchraydi. Bezlar tuzilishi, katta-kichikligi, hamda ajratadigan suyuqligi tarkibiga ko'ra turli xil boʻladi. Hazm a'zolarining bezlari ichak nayi shilliq pardasining epiteliy hujayralaridan taraqqiy etadi. Epiteliy hujayralari ma'lum sohalarda zo'r berib o'sishi natijasida bo'rtma, qopcha shaklida bezlar paydo bo'ladi. Bu bezlar o'zi ishlab chiqargan suyuqligini naycha (tubuli) orqali a'zo bo'shlig'iga chiqarsa tashqi sekretsiya bezlari deyiladi. Tashqi sekretsiya bezlari ikki xil: sodda va murakkab tuzilishga ega bo'ladi. Sodda bezlar bez alveolalari va sek ret ajratuvchi naychadan iborat bo'ladi. Sodda bezlar turkumiga og'iz bo'shlig'i mayda bezlari, halqum, qizilo'ngach, oshqozon va ichak bezlari kiradi. Ular ikki xil ko'rinishda: sodda naysimon va sodda tarmoqlangan shaklda uchraydi.
1. Sodda naysimon bezlarning bir uchi biriktiruvchi to'qimada yopiq holatda tugaydi, ikkinchi uchi epiteliy yuzasiga ochiladi. Bunday bezlarga ichak va oshqozon tubi bezlari kiradi.
2. Sodda tarmoqlangan bezlarning yopiq uchi bir nechta ikkilamchi nay chalar hosil qiladi. Bunday bezlarga oshqozonning pilorik bezlari va o'n ikki barmoq ichak bezlari kiradi. Murakkab tuzilgan bezlar alohida bo'lakchalardan (lobuli) iborat. Bu bo'lakcha naychalari bir-biriga qo'shilib umumiy naychani hosil qiladi va bez shu naycha orqali o'z suyuqligini ajratadi. Murakkab bezlarga oshqozon osti bezi, quloq oldi, pastki jag' osti va til osti bezlari kiradi.
Agarda taraqqiyot davrida bez toʻqimasi o'zi taraqqiy etgan epiteliydanajrab, chiqaruv nayi yo'qolib ketsa, ichki sekretsiya bezlari paydo bo'ladi. Bul bezlar suyuqligini (gormon) qonga yoki limfaga quyadi. Bunday bezlarga qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, gipofiz, epifiz va buyrak usti bezlari kiradi.Aralash bezlar (oshqozon osti bezi va jinsiy bezlar) ikki xil sekret ishlab chiqaradi.
Birlamchi ichak nayining boshlang'ich qismidan rivojlanuvchi a'zolar
Hazm fizimining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etadi. Bosh miyaning oldingi qismi tez o'sishi natijasida peshona bo'rtig'i, uning ostida esa botiqlik og'iz ko'rfazi hosil bo'ladi. Og'iz ko'rfazi chuqurlashib entodermadan hosil bo'lgan birlamchi ichak nayining oldingi uchiga yaqinlashadi va uni qoplagan ektoderma birlamchi ichak entodermasi bilan qo'shilib epitelial halqum pardasini (membrana pharyngea) hosil qiladi. Homila hayotining 3-haftasida bu parda so'rilib, og'iz ko'rfazi birlamchi ichak bo'shlig'i bilan qo'shiladi. Og'iz ko'rfazi yon va past tomondan I visseral ravoq hosilalari bilan chegara langan. Bu ravoqning yuqori jag o'simtasidan: yuqori jag', tanglay, yuqori labning tashqi qismi, lunj, burun bo'shlig'ining yon devori hosil bo'ladi. Juft. pastki jag oʻsimtasining birikishidan esa pastki jag', pastki lab, ogʻiz boʻshli g'ining tubi hosil bo'ladi. Yuqori jag' o'simtalari orasiga peshona bo'rtig'ining oʻrta burun o'simtasi kiradi va undan qattiq tanglayning keskich qismi va yuqori labning o'rta qismi hosil bo'ladi. Agar shu o'simta yuqori jag o'simta lari bilan birikmasa, yuqori lablar birikmay quyon lab (labium leporinum), yuqori jag o'simtasining tanglay plastinkasi birikmay qolsa, bo'ri og'iz (pala tum fissum) hosil bo'ladi.
Og'iz bo'shlig'i
Og'iz bo'shlig'i (cavitas oris, grekcha - stoma) hazm a'zolari tizimining boshlang'ich qismi (128-rasm). Og'iz bo'shlig'i pastdan og'iz diafragmasi (dia phragma oris), yuqoridan qattiq va yumshoq tanglay, yon tomondan lunjlar, old tomondan lablar bilan chegaralansa, orqada tomoq teshigi (fauces) vosita sida halqum bilan qo'shiladi. Tishlar va jag'larning alveolyar o'simtasi og'iz bo'shlig'ini ikki: og'iz dahlizi va xususiy og'iz boʻshlig'iga ajratadi. Og'iz dahlizi (yestibulum oris) tashai tomondan lablar va luni bilan, ichki
Og'iz dahlizi (vestibulum oris) tashqi tomondan lablar va lunj bilan, ichki tomondan esa tishlar va milk bilan chegaralanadi. Og'iz dahliziga kirish og'iz yorig'i (rima oris) lablar bilan chegaralanadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda tishlar boʻlmagani hamda jag' og'iz bo'shlig'i kichik bo'lib, og'iz dahlizi lablar, lunjlar va
larning alveolyar o'simtasi yaxshi rivojlanmagani uchun
milk qirralari o'rtasida joylashgan tor yorig'dan iborat. Milk (gingivae) yuqori va pastki jag'larning alveolyar o'simtasini qoplagan shilliq parda. U juda qalin va pishiq boʻlib, tish bo'ynini o'rab oladi va suyak usti pardaga mustahkam birikadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq milkini qoplagan shilliq parda qalinlashgan
bo'lib, bo'lajak tishlar o'rnida bo'rtiqchalar bo'ladi. Ustki va pastki labning (labium superius et inferius) asosini og'izning aylanma mushagi tashkil qiladi (128-rasm). Uni tashqi tomondan teri (pars cutanea), ichki tomondan shilliq parda (pars mucosa) qoplagan. Ularning o'rtasida oraliq qism (pars intermedia) joylashgan. Lablarning shilliq pardasi milkka davom etib oʻrta chiziqda ustki va pastki lab yuganchasini (frenulum labii superioris et inferioris) hosil qiladi. Ustki lab yuganchasi biroz yaxshi rivojlangan. Uning terisi markazida tikka yo'nalgan labdagi egatchasi (philtrum) bo'lib, ustki lab domboqchasigacha (tuberculum labii superioris) davom etadi. Ustki va pastki lablar og'iz yorig'ini chegaralab, ikki tomonda o'zaro birikib lablarning bitishmasini (commissura labiorum) hosil qiladi. Ustki lab lunjdan burun lab egati (sulcus nasolabialis) vositasida ajralib tursa. pastki lab engakdan ko'ndalang yo'nalgan engak lab egati (sulcus mento labialis) bilan ajrab turadi. Erkaklarda ustki lab terisida mo'ylov (mustax), pastki lab terisi, engak va bo'yin sohasida soqol (papus yoki barba) bo'ladi.
Lablarning shilliq osti asosida ko'p sonli lab bezlari (glandulae labiales)
bo'lib, ularning chiqaruv naylari shilliq parda yuzasiga ochiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq labi qalin, shilliq pardasi yupqa, so'rg'ichlar bilan qoplangan. Labning ichki yuzasida ko'ndalang bolishlar bor. Ustki lab o'rtasida balandligi 4 mm, kengligi 7 mm bo'lgan tepacha bo'lib (129-rasm), labni qolgan qismidan egat bilan ajratib turadi. Pastki labda esa shunga mos chuqurcha bo'ladi. Emizikli bola lablarida so'ruvchi mushaklar bo'ladi. Og'iz yorig'i atrofidagi og'izning aylanma mushagi yaxshi taraqqiy etgan.
Lunj (bucca) og'iz bo'shlig'ini o'ng va chap tomondan chegaralab turadi. Uning ichida lunj mushagi (m. buccina tor) joylashib, ichki tomondan shilliq parda, tashqi tomondan teri bilan qoplan gan. Teri bilan lunj mushagi o'rtasida lunjning yog'li tanachasi (corpus adipo sum buccae) joylashgan bo`lib, u bolalarda yaxshi rivojlangan. Emizikli davrda lunjning yog'li tanachasi og'iz bo'shlig'i devorining qalinlashuviga olib keladi. va emish vaqtida og'iz bo'shlig'iga atmosfera bosimi ta'sirini kamaytiradi. Lunjning shilliq pardasiga uning shilliq osti asosida joylashgan lunj bezlarining (glandulae buccales) chiqaruv naychalari ochiladi. Lunj shilliq pardasida II ustki katta jag' tishi sohasida quloq oldi bezi nayining so'rg'ichi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |