Fosfoproteidlar
– oqsil molekulalarining fosfat kislota bilan hosil qilgan
kompleksidir. Ular gidroliz qilinganda, aminokislotalardan tashqari, fosfat kislota
ham ajralib chiqadi. Fosfoproteidlar molekulasida fosfat kislota serin va boshqa
oksiaminokislotalar bilan efir bog`i orqali birikkan deb hisoblanadi. Ularga sut
oqsili kazein, tuxumdan ajratib olingan ovovitellin va baliq urug`idan olingan
ixtulinlar kiradi. Fosfoproteidlarda oqsilning fosforillanishi uning vazifasini ham
o`zgartiradi. Maxsus fermentlar ishtirokida oqsillarning fosforillanishi va
defosforillanishi (masalan, glikogenfosforilaza, lipaza) ularning hujayradagi
vazifasini boshqaradi. Gistonlarning fosforillanishi ularning DNK bilan
bog`lanishini susaytiradi va DNKning matritsa faolligini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |