38
Lipoproteidlar kompleksida qutblanmagan triasilglitserin va xolesterin
efirlari polipeptid zanjirlarining suvda eriydigan gidrofil qismlari va
fosfolipidlarning qutblangan “bosh”laridan tashkil topgan parda bilan o`ralib, ular
zarracha ichiga berkitilgan holatda bo`ladi. Shuning uchun lipidlarga boy bu
tuzilma suvda erish qobiliyatiga ega va yog` moddalarini ingichka ichakdan yog`
depolariga va boshqa to`qimalarga qon orqali tashish uchun qulaydir.
Qon plazmasi lipoproteidlari xilomikronlardan tashqari uch asosiy guruhga
bo`linadi: zichligi juda past lipoproteidlar (ZJPLP) – pre-beta-lipoproteidlar,
zichligi past lipoproteidlar (ZPLP) – beta-lipoproteidlar va zichligi yuqori
lipoproteidlar (ZYLP) – alfa-lipoproteidlar.
Xilomikronlar, pre-beta-lipoproteidlar va beta-lipoproteidlarda oqsilning
miqdori 30% dan kam, alfa-lipoproteidlarda esa 50% oqsil bo`ladi. Alfa-
lipoproteidlarda o`ramli, beta-lipoproteidlarda esa qatlamli konfiguratsiyaga ega
oqsillar
bo`lishi
taxmin
etiladi.
Lipoproteidlarning
tasnifi
lipoproteid
kompleksining zichligiiga asoslangan. Zichlik birligi esa o`z navbatida oqsil va
turli lipidlarning nisbatiga bog`liq. Lipidlarning miqdori qancha ko`p bo`lsa,
lipoproteidlarning tig`izligi shuncha past va ular qon plazmasini katta tezlikda
sentrifugalash davomida shuncha tezlik bilan yuqoriga suzib chiqadilar.
Keyingi vaqtlarda tibbiyotda qon plazmasi tarkibida lipoproteidlar
fraktsiyalarining miqdorini aniqlashga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki, juda
ko`p dalillar asosida ateroskleroz nomli og`ir va keng tarqalgan yurak-tomir
kasalligini paydo bo`lishi qonda ZPLP miqdorining kamayishiga bog`liq degan
fikr tasdiqlanmoqda. Plazma lipidlari tarkibidagi o`zgarish xolesterin va uning
efirlarini qon tomirlarining ichki yuzasida o`tirib qolishiga sabab bo`ladi.
Struktura lipoproteidlari biologik membranalar tarkibiga kiradi. Ularning
fizik-kimyoviy xossalariga ko`ra proteolipidlar deb ataladi, chunki ular qutbsiz
erituvchilar (xloroform-metanol 1:1 aralashmasi) da eriydi. Proteolipidlarning
bunday xossaga ega bo`lishining sababi ular molekulasining ichki qismini oqsil,
qobig`ini esa lipid komponenti tashkil etadi. Ular tarkibidagi oqsillar 65-85% dan
iborat. Proteolipidlar yurak, buyrak, o`pka, skelet muskullarida, o`simlik
hujayralarida, ko`proq nervlarning miyelinli qobiqlarida aniqlangan. Turli
organlardagi proteolipidlar tarkibi turlicha. Ular nerv tolalarining fiziologik
vazifalarini ta’minlashda va moddalarni o`tkazilishida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: