Jo`rayeva A


 – ma’ruza mavzusi: Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

11 – ma’ruza mavzusi: Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining 
o`zaro bog`liqligi. 
Reja: 
 
11.1. Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo`llari. 
 
11.2. Aminokislotalar azotsiz qoldig`ining almashinuvi. 
 
11.3. Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi. 
 
11.4. Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi. 
 
11.5. Uglevodlardan yog`larning biosintezi. 
 
 
11.1. Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo`llari. 
Tirik 
sistemalarning muhim struktura monomerlari – aminokislotalar, monosaxaridlar, 
yog` kislotalari, mononukleotidlar o`zaro uzviy bog`langan. Bu bog`liqlik 
monomerlarning parchalanishi va sintezlanish yo`llarida umumiy bo`g`in 
vazifasini bajaradigan kalit metabolitlar orqali amalga oshadi. Bunday 
metabolitlarga piruvat, atsetil-KoA, α-glitserolfosfat va Krebs siklining oraliq 
mahsulotlari (oksaloatsetat, malat, fumarat, suktsinil-KoA, 2-oksoglutarat, izositrat 
va sitrat) kiradi. Piruvat glyukoza va boshqa monosaxaridlar hamda ayrim 
aminokislotalar parchalanishi va sintezining kesishish nuqtasi hisoblanadi. Atsetil-
KoA ning esa metabolik bog`lari ko`proq tarmoqlangan. U orqali monosaxaridlar 
va aminokislotalardan lipidlarga ko`prik quriladi, ya’ni aminokislotalar (oqsillar) 
va glyukoza (umuman uglevodlar) ning lipidlarga almashinuv yo`llari ochiladi. 
Uglevodlar va lipidlar orasida yordamchi bog`lovchi bo`g`in vazifasini α-
glitserolfosfat 
bajaradi. 

orqali 
uglevodlarning 
ayrim 
lipidlarga 
(triatsilglitserinlar, fosfoglitseridlar) va aksincha, glitserin saqlovchi lipidlarning 
uglevodlarga o`tishi amalga oshadi. 
Bir monomerning ikkinchisiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar Krebs 
siklining oraliq mahsulotlari uchun xosdir. Krebs sikli orqali moddalar 
parchalanishi va sintezlanishining hamma asosiy yo`llari tutashadi. Shu sababli 
atsetil-KoA manbai hisoblangan yog` kislotalar uglevodlarga (Krebs siklining 
oksaloatsetati orqali glyukozaning yangidan hosil bo`lishi), aminokislotalarga 
(oksaloatsetat va 2-oksoglutarat orqali aspartat va glutamat kislotaga), porfirinlarga 
(suktsinil-KoA orqali) aylanadi. 
Monomerlar biopolimerlarning struktura bo`g`inlari hisoblanadi, shu sababli 
oqsillar, uglevodlar, lipidlar ovqatning asosiy komponenti sifatida nisbiy o`zaro 
almashinuvi bo`lishi mumkin. O`zaro almashinuv chegaralarini tushunish
faqatgina bir tarkibli ovqatlanishda modda almashinuvining buzilishini emas, balki 
ochlikda moddalar almashinuvi o`rnini to`ldirish mexanizmi, ya’ni bir moddaning 
boshqa endogen zahirasi hisobiga hosil bo`lishini tushunish imkoniyatini beradi. 
Bu ramkani avvalo aminokislotalar chegaralaydi. Sakkizta almashinmaydigan 
aminokislota organizmda sintezlanmaydi, yarim almashinadigan aminokislotalar 
biosintezi ham chegaralangan. Bunday aminokislotalarsiz organizm oqsil sintezlay 
olmaydi. Shu sababli aminokislotalar boshqa biomolekulalarga nisbatan kelib 
chiqishiga ko`ra birlamchi. 
Moddalar almashinuvi yo`llarining o`zaro bog`liqlik cxemasidan agar 
aminokislotalar va uglevodlar to`liq assortimentda va yetarli miqdorda iste’mol 


227 
qilinsa, organizm uzoq vaqt lipidlarsiz (yarim to`yingan lipidlardan tashqari) 
yashay oladi. Aminokislota va uglevodlar atsetil-KoA ning, uglevodlar buning 
ustiga NADF∙H
2
ning manbai bo`lib, yetarli miqdordagi lipidlarni sintezlash 
imkonini beradi. 
Shuningdek, odam organizmi uchun ovqat bilan birga purin va pirimidinli 
nukleotidlar talab etilmasligining sababi, ovqat tarkibida oqsil va uglevodlar
bo`lganda ular yetarli miqdorda sintezlanadi. Bundan kelib chiqadiki. Oqsil va 
uglevodlar organizm to`qimalarining hayotiy muhim komponentlarining va uning 
normal faoliyatini uzoq vaqt davomida ta’minlash imkonini beradi. Albatta bu 
holatning oqsil va uglevodlar bilan birga vitaminlar, suv va anorganik ionlar kirgan 
sharoitda imkoni bo`ladi. Odam zarur miqdordagi boshqa ovqat komponentlari 
kirgan taqdirda uzoq vaqt uglevodlarsiz ham yashashi mumkin. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish