Jo`rayeva A


Oqsillar va aminokislotalar almashinuvining boshqarilishi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/275
Sana29.01.2022
Hajmi3,82 Mb.
#417394
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   275
Bog'liq
biologik kimyo

10.5. Oqsillar va aminokislotalar almashinuvining boshqarilishi. 
Odam 
organizmidagi aminokislotalar muvozanati ovqat bilan birga kiradigan oqsilning 
to`la qiymatli ekanligiga bog`liq. Ovqat ratsionida birorta aminokislotaning 
bo`lmasligi yoki yarim almashinadigan aminokislotaning uzoq vaqt tushmasligi 
oqsillar va aminokislotalar sintezining buzilishiga olib keladi. Aminokislotalar 
muvozanatining buzilishi rivojlanadi. Normadagi biosintetik jarayonlarda 
aminokislotalarning sarflanishi jarayoni ularning kirish jarayonlari bilan 
muvozanatlashgan (to`qima oqsillarining gidrolizi, almashinadigan aminokislotalar 
sintezi). Aminokislotalar hujayradan hujayra atrofi suyuqligi va qonga oddiy 
diffuziya yo`li bilan erkin ajralib chiqadi. Ular qon bilan organ va to`qimalarga 
tashiladi. Ammo ular turli xil to`qimalarga, ayniqsa bosh miya to`qimasiga 
tanlanib o`tkaziladi, buning sababi unchalik tushunarli emas. Buyraklarda 
aminokislotalarning qonga qaytadan so`rilishi natijasida ular organizmda saqlab 
qolinadi va kam miqdordagi aminokislota siydik bilan ajraladi. 
Aminokislotalar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etuvchi omillardan 
biri – ularning ovqat tarkibida kirishidir. Ko`p miqdorda oqsilning iste’mol 


224 
qilinishi jigarga ko`p aminokislota kirishiga sabab bo`ladi. Unda aminokislotalar 
ularni almashinuvning oxirgi mahsulotlarigacha parchalovchi fermentlar 
(aminokislotalarning dezaminlanishi va mochevina sintezi fermentlari) faolligini 
oshiradi. Shu yo`l bilan organizmga ko`p miqdorda tushgan aminokislotalar 
bartaraf etiladi. Ochlikda, esa aksincha to`qimalarda oqsillarning parchalanishi va 
ularda erkin aminokislotalar hosil bo`lishi faollashadi. 
Aminokislotalar muvozanatining boshqarilishi ichak epiteliysi orqali 
(so`rilishda), periferik to`qimalarda (hujayra ichiga o`tishida) va buyrak 
kanalchalarida (reabsorbtsiyada) aminokislotalarning tashilish bosqichlarida 
amalga oshishi mumkin. Aminokislotalarning membranada tashilishi asosan 
insulin bilan stimullanadi. Bundan tashqari, insulin va boshqa gormonlar 
aminokislotalarning biosintez reaktsiyalarida ishlatilish tezligi yoki to`qimalarda 
parchalanish tezligini o`zgartirishi mumkin. Insulin, somatotropin, tireoid 
gormonlar, jinsiy gormonlar aminokislotalarning oqsillar biosintezida va boshqa 
sintetik jarayonlarda ishlatilishini kuchaytiradi. Glyukokortikoidlar turli xil 
to`qimalarda ikki xil jarayonni ham: ba’zilarida oqsillarning parchalanishi va 
aminokislotalar hosil bo`lishini, boshqalarida esa aminokislotalarning oqsillar 
biosintezida ishlatilishini tezlashtiradi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish