Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»


MAHALLA - TARAQQIYoT VA YeARQARORLIK BEShIGI



Download 219,48 Kb.
bet60/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

MAHALLA - TARAQQIYoT VA YeARQARORLIK BEShIGI
Asrlar sinovidan o‘tgan qadriyat
Inson dunyoga kelgach, oila muhitida ota-ona yarat- gan ma’naviy-axloqiy sharoit, dunyoqarashlar uyg‘unligi yuzaga keltirgan omillar ta’sirida o‘sadi. Bola fik- rlay boshlagach, ko‘chaga chiqib dunyoni mahalla bolalari- dan iborat deb tushunadi. Ilk do‘st, hamfikr, maslakdosh topadi. Insonning ijtimoiy mohiyati ayni ana shu pal- lada shakllana boshlaydi. Demak, mahalla inson - ij- timoiy mohiyatga ega bo‘lgan jonzot degan aqidaning beshigi. U sirli, sinoatli, Vatan degan mo‘tabar tuyg‘u, uy degan, oila degan muqaddas makon bilan birlashib ket- gan ulkan qadriyat. Demak, yaxshimi-yomonmi, umrimizning ilk daqiqalaridan tortib butun hayotimiz mahalla degan qon-qonimizga, jon-jonimizga, ongu shuurimizga singib ketgan, qalbimiz qo‘riga aylangan mo‘tabar makon bilan bog‘liq.
Inson ayni mahallada kamol topadi, shakllanadi. Pedagoglarning xulosalariga ko‘ra, bola to‘rt-sakkiz yoshlarda to‘plagan axborotlar bazasi uning butun umri mobaynidagi hayot yo‘lini, taqdirini, fe’l-atvorini, maqsad-muddaolarini belgilab berar ekan. Demak, bola- ning ilk tasavvuri mahallada shakllanadi, ayni shu yerda butun hayotiga, asosan, kelajagiga poydevor solinadi. Darhaqiqat, kim bo‘lishimizdan qat’i nazar hammamiz- ning bolaligimiz mahalla yoki qishloq muhitida shakl- langan. Mavjud qadriyatlar, urf-odatlar ongu shuurimiz- ga ta’sir etgan. Aqliy imkoniyatlarimizni, qalbimizni, ruhiyatimizni shakllantiradigan ma’naviy omillar oqi- mida voyaga yetganmiz.
Demak, mahalla muhiti bu odam - inson - shaxs degan ma’naviy-ruhiy formula yechimining genetik asosi. In- son xdli murg‘akkina qolatida, bir parcha go‘sht ko‘rinishida nafas olayotib, yorug‘ dunyoning nafaqat tabiiy, balki ij- timoiy, ma’naviy havosini simiradi. Mushtdakkina o‘pkasinigina emas, balki murg‘akkina qalbini ham shakl- lantiradi. Qalb manzaralarini asta-sekinlik bilan kun- lar, oylar, yillar mobaynida kamolotga yetkazadi. Ham jis- moniy, ham ma’naviy jihatdan qaysidir darajadagi inson sifatida voyaga yetadi.
Inson dunyoga keldimi, ilk hayot sabog‘ini mahalladan, oiladan oladi. Bu saboq qanchalik keng, qanchalik rang- barang bo‘lmasin, asrlar mobaynida shakllangan ma’naviy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar, turmush tarzi deb ataladigan qoidalar bilan cheklangan. Boshqacha qilib aytganda, hayot ham turli tabiiy va ijtimoiy fanlar singari kundalik voqealar, urf-odatlar, an’analar doirasida cheklangan ta’- lim rejasiga ega. Ana shu ta’lim qanchalik chuqur, qanchalik keng miqyosli bo‘lsa, bola ongi va shuuriga shunchalik ko‘p va samarali ijobiy ta’sir o‘tkazadi, ezgulik tuyg‘ularini ri- vojlantiradi. Shuning uchun inson kamolotida mahallaning o‘rni alohida mavqega ega. Xususan, turli g‘oyaviy xurujlar avj olayotgan, yengil yashashga moyillik kayfiyati kuchayayot- gan, axloqsiz G‘arb turmush tarzi, mafkurasi yoshlar ongini zaharlayotgan bir sharoitda davlatimizning, xususan, Prezi- dent Sh.M. Mirziyoevning mahalla tizimiga berayotgan kat- ta e’tibori bejiz emas. Bugun, aytish mumkinki, mahalla tizimi, uning huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy maqomi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Millat axloqiy, ma’naviy va ma’rifiy genofondi mahalla ekanligi bugun hech kimga sir emas. Yurtboshimizning «Harakatlar strategiyasi»da mazkur masalaga chuqur e’tibor beriladn.
Sharkda azaldan odamlar g‘uj bo‘lib yashash, turmushini jamoatchilik asosida qurish, turli quvonchli va sitamli damlarini birgalikda o‘tkazish yoki bir-birining quvonchiga sherik bo‘lib, og‘ir paytlarda bir-biriga ko‘makdosh bo‘lish kayfiyati hamisha ustuvor bo‘lgan. Bir necha ming yillik tariximiz bunga guvox.
Uzbek xalqining tarixiy taraqqiyoti bevosita ma’na- viyatga asoslangan. Axloqiy me’yorlar ustuvor bo‘lgan tur- mush tarzi, qarashlar va aqidalar asosida dunyoga kelgan. Har qanday sharoitda xam bir-birining ahvolidan xabar- dor bo‘lish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash ma’naviy-ruhiy va ijtimoiy jihatdan muhim mezon sifatida o‘zini namo- yon etgan. Turli qabilalar, urug‘larning jamoa bo‘lib yashash tartiboti kishilik jamiyatining ilk rivojlanish boskichi bo‘lgan.
Bundan uch ming yillar oldin - antik davrda, ibtidoiy hayot sharoitida bizning vatanimizda, aniqrog‘i, qadimiy Xorazmda zardushtiylik dinining dunyoga kelishi turli aqidalar va e’tiqodlar xilma-xilligi sharoitida, bir- biriga zid manfaatlar ustuvor bo‘lgan bir paytda yakkaxudo- lik g‘oyasini ko‘tarib chiqib, bir e’tiqod ostida jamoa bo‘lib yashash tamoyilini ilgari surdi. Qadimgi madaniy yodgorli- gimiz «Avesto»da ayni ana shu kishilik jamiyatining ilk qoidalari ilgari suriladi. Jumladan, katta oila jamoasi, «Nemana», urug‘ jamoasi «Vis», qabila jamoasi «Zantu» deb nomlangan. Jamoalarni boshqarish tartibi, qoidalari, ja- moa boshlig‘ining vazifalari, mas’uliyati va burchi alohida bayon etilgan. Jamoa boshlig‘i «Pate» nomi bilan atalgan. Masalan, katta oila boshlig‘i «Nemanapate», urug‘ jamoasi boshlig‘i «Vispate», qabila boshlig‘i «Zantupate» deb nom- langan. Ayni ana shu rahbarlik darajasi uning jamoaga rasman boshliq, jamoani yo‘naltiruvchi, ijtimoiy himoya qiluvchi, maishiy turmush darajasini yaxshilashga va tartib- ga solishga mas’ul inson sifatida tasdiklagan. Bu o‘z davrida mahalla tushunchasining ilk kurtaklari edi33.
Ana shu tarzda qadimiy Movarounnaxrda jamoachilik g‘oyasi shakllana borgan. Oqsoqol jamoa hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni oqsoqollar kengashi orqali amalga oshirgan. Qabila, urug‘ muammolarini birgalikda muhokama qilishgan. Ularni hal etish choralarini ko‘rishgan. Xususan, miloddan avvalgi uchinchi asrda tashkil topgan Qang, Davon davlatlari- da aholining ijtimoiy-iqgisodiy muammolari, odamlarning kundalik yashash uchun zarur masalalari tizimli tarzda shakl- langan oqsoqollar kengashida ko‘rilgan va hal etilgan. Odam- larni jamoat ishlariga, soliqlarni tayinlash va yig‘ish, urush holatlarida aholini safarbar etish va urushga yaroqsizlarni ijtimoiy himoya qilish, g‘animlar bilan sulh tuzish, urushlar- ning oldini olish va murosaga kelish vazifalarini bajargan.
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, odamlarning jamoa bo‘lib yashashi tarixini va jarayonlarini o‘rganar ekan, Abu Rayhon Beruniy «Odam ehtiyojining ko‘pligi, himoya qilish quroliga ega bo‘lmaganligi va dushmanning ko‘pligi tufayli bir-birini himoya qilish zarurligi o‘zini va boshqalarni ta’min etish zarur bo‘lgan biror ishni baja- rish uchun o‘z qarindosh-urug‘i bilan jamiyatda birlashishga majbur bo‘lgan»,34 degan xulosaga keladi.
Abu Nasr Forobiy esa: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tug‘ilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bun- day narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi», deydi. Demak, inson tabiatan atrof-muhit bilan hisoblashishga, o‘zini uning bir bo‘lagi deb his qilishga intiladi, yon-veridagi odamlar dav- rasida bo‘lishni istaydi. Garchi u moddiy jihatdan yetar- li imkoniyatga ega bo‘lsa-da, ma’naviy jihatdan o‘zgalarning fikrlariga, madadlariga, ruhiy sherikligiga, kayfiya- tiy yaqinligiga ehtiyoj sezadi, fikr almashadi, ichidagini bo‘shatadi, kunglining g‘uborini yozadi, orzu-maqsadlarini baham ko‘radi. Ularni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini izlaydi. Ana shu jihatdan Forobiy fikrini davom ettirib: «Yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishishi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ular- ning har biriga yashash va yetuklikka erishish uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson-shaxslar ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi»35.
Forobiy tasavvuridagi «inson jamoasi» bu - mahalla edi. Ular birlashib butun-butun jamoani tashkil etishdi va mai- shiy-ijtimoiy ehtiyojlarini osonlik bilan qondiradigan, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lishdi.
Urta asrlarga kelib tarixiy adabiyotlarda, falsafiy manbalarda, insoniyat tarixiy taraqqiyoti va ijtimoiy mohiyati haqidagi tadqiqotlarda mahalla tushunchasi ko‘p ming yillik tarixga egaligi to‘g‘risida katga ma’lumotlar bor. Masalan, Muhammad Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida mahalla atamasiga alohida ta’rif beriladi. Jum- ladan, uning arab tilidan kirib kelganligi, arab istilo- sidan so‘ng, Toshkent va Qo‘qon xonliklari hududlarida keng tarqalganligi haqidagi fikrlar bayon etiladi.
Bayhaqiy o‘zining «Tarixi Ma’sudiya» asarida mahallalar faoliyatiga alohida e’tibor beradi va tahlil qiladi. Jumla- dan, muallif turli bayramlarni mahallalarda uyushgan holda tashkil etish, shahar obodonchiligi uchun uyushib, uning ozo- daligini ta’minlash, xdrbiy sport o‘yinlarini tashkil etish kabi vazifalar ham kiringi haqidagi ma’lumotlarni keltira- di. Demak, o‘rta asrlarda mahalla to‘la shakllangan va u aniq tizimga ega, kundalik turmush tarziga bevosita daxldor va yaqin bo‘lgan boshqaruv mexanizmi sifatida o‘zini namoyon qilgan36.
Soqibqiron Amir Temur o‘zining «Tuzuklari»da jamoa bo‘lib yashash, ma’lum bir hudud odamlarining uyushgan holda turmushini tashkil etishi va ushbu tizimni boshqarish usul- lari haqida o‘zining qatiy xulosalarini keltiradi va taj- ribalarini misol sifatida tushuntiradi: «Amr qildimki, urush kunlarida va saltanat ishlarini boshkarishda ming- boshining hukmi yuzboshiga, yuzboshiniki o‘nboshiga, o‘n- boshiniki esa qo‘l ostidagilarga joriy etiladi. Agar bu tuzukka qarshilik qilsalar jazoga tortilsinlar». De- mak, har qanday sharoitda qat’iy intizom, boshliqqa rioya qilinishi, topshiriqning o‘z vaqtida bajarilishi sharqona boshqaruv fazilati hisoblanadi. Qat’iy hukmning har bir fuqarogacha yetib kelishi mexanizmi ana shu tarzda shakllan- tirilgan va joriy etilgan. Bu har qanday sharoitda har bir kishining jamiyat hayoti uchun daxldorligi, jamiyat oldi- dagi burchi va vazifasini chuqur anglashi bilan birga umu- miy manfaatlar atrofida daxldorlik tuyg‘usini chuqur his qilishga olib keladi. Bu insonning o‘zligini anglashi, o‘zini inson sifatida tushunishiga olib keladigan ma’na- viy-ma’rifiy jarayon.
Alisher Navoiy o‘zining falsafiy va siyosiy qarashlarini bayon etar ekan, mahalla tushunchasiga alohida e’tibor beradi. U o‘zining «Hayrat ul-abror» asarida mahalla haqida fikr bildi- rib, uni shahar ichidagi shaharcha deb ataydi:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish