Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet62/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Mustaqillik va mahalla
Maxalla atamasi o‘zbek xalqining uzoq tarixida birinchi marta Asosiy qonunimiz - Konstitutsiyaga mustaqilliqdan so‘ng kiritildi. Unda aholining o‘zini o‘zi boshqaruvning noyob shakli sifatida konstitutsiyaviy maqom berildi va xukuqiy asoslari yaratildi. Konstitutsiyadan kelib chiqib, 1993 yilning 2 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari» to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining«Mahal- la» xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi 1992 yil 12 sentyabrdagi hamda «Mahalla» xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 1992 yil 8 oktyabrdagi farmonlari katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayni paytda, mahalla qo‘mitalari o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlan- gan oilalarga, nogironlarga, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam be- rish xdmda aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng miqyosli ishlarni olib bormoqda.
Keyingi yillarda ham fuqarolarning turmush tarzi- ga, ularning xulqi va kayfiyatiga, odagda, qishloq va mahalla qo‘mitalariga saylanadigan hurmatli oqsoqollar ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuch ekanligini hisobga olib, kishloq fuqarolar yig‘inlari va mahalla qo‘mitalarining roli va obro‘sini yanada mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash chora-tad- birlari ko‘rildi.
Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish maqsa- dida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun 1999 yil 14 aprelda Oliy Majlisning XIV sessiyasida yangi taxrirda qabul qilindi. Unda mahalla oqsoqollari va faollarining vakolatlari ancha kengayti- rildi.
O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillarida boshlangan davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish hamda za- monaviylashtirish jarayonlari natijasida mamlakatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rivojlanti- rildi. «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tash- kil etish to‘g‘risida»gi (12.9.1992), «Respublika «Mahalla» jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi (8.10.1992) Farmonlar, mahallalar faoliyatini qayta tashkil etib, va- kolatlari doirasini kengaytirdi. Ya’ni ular «Fuqarolik institutlari, nodavlat, notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinlikla- ri hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmokda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iktisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlash- ga ko‘maklashmoqda.
Bunday tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan ja- moatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli tobora or- tib bormokda. Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik na- zorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunga muvofiq mahalla faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyat- lar quyidagilar hisoblanadi:

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahal- liy davlat hokimiyati tizimiga kirmaydi;

  • mahalliy ahamiyatga molik masalalarni yechishda musta- qildirlar;

  • jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordamni amalga oshiradi- lar. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla, shaharcha, qishloq fuqarolar yig‘inlari) Prezident Sh.M. Mir- ziyoev ta’kidlaganidek, birinchidan, mahalliy xududlarda dav- lat boshqaruvi organlarining ba’zi vakolatlarini bajaradi. Ikkinchidan, fuqarolarning o‘z yaratuvchilik salohiyatlarini ro‘yobga chiqaradi, ularning ijtimoiy, iqgisodiy faolli- gini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Mamlakatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti mahalla faoli- yatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, uning vazi- falari ko‘lamini kengaytirish, joylarda mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni susay- tirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarni chuqurlashtirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmokda. Bu vazifalarni hal qilish uchun Prezident Sh.M. Mirziyoev quyidagilarni talab qiladi:

  • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliyaviy asoslarini mustahkamlash:

  • aholi ijtimoiy qo‘llab-kuvvatlash, xususiy tadbirkor- lik va oilaviy biznesni rivojlantirishga doir aniq yo‘nal- tirilgan;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish vazifalarini kengaytirish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini takomillashtirish bo‘yicha oqsoqollar, ular- ning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylani- shini ta’minlaydigan hamda aholining ijtimoiy faolligi- ni kuchaytirishda mahallaning rolini oshiradigan huquqiy- me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilishi darkor37.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruvning rivojlanishi o‘ziga xos ob’ektiv jarayon. Ularning vakolatlari va huquqlarini
belgilash har bir davlatning tarixiy an’analariga, xususiyatla- riga bog‘liq, faoliyatning samaraliligi jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichlarida qabul qilinadigan qarorlar bilan bog‘liq.
Darhaqiqat, maqalla - Urta Osiyoda shaharlar ichidagi hududiy birlik bo‘lib, u bizga o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan. Mahalla cheklangan xududda istiqomat qiluvchi fuqarolar birlashmasi. Unda odamlar faqat yaqin qo‘shnichilik rishta- lari bilangina emas, balki minglab yillar davomida yara- tilgan ichki tartib-qoidalar, ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar va an’analar bilan bog‘langan. Shuning uchun qam undan kishilarni faol ijtimoiy qayotga jalb etishda samarali vosita sifatida foydalanish lozim.
Uzini o‘zi idora qila olish fazilatlarini kuchaytirish, o‘z hayotini o‘zi tashkil etish tamoyillarini kundalik faoliyatga aylantirish nihoyatda murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayon. Bu siyosiy, iqgisodiy, xuquqiy va ma’naviy-axloqiy sohalarda yan- gicha tafakkur tarzini talab etadi. Mazkur jarayon chin ma’noda har bir fuqaro mehnati, yaratuvchilik qobiliyati orqali o‘z tur- mushini izga solishi asosida butun jamiyat hayotini mazmunan yangilash, unga butunlay yangi qiyofa baxsh etish bilan bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, jamiyatni tubdan isloh qilish jarayonida fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish mahalliy organlari faoli- yatini tubdan o‘zgartirishni, uni milliy an’analar va zamona- viy ehtiyojlar asosida qaytadan tashkil etishni taqozo etadi.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘ri- sida»gi Qonunning 1-moddasida belgilanishicha, o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini bajarish- da qatnashishga doir o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‘maklashadi, o‘z hududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik masalalarini hal etish, ommaviy-madaniy tad- birlar o‘tkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organla- riga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, mamlakat hukumatining qarorlarini bajarishda yordamlashadi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni ifodalovchi muhim belgilardan biri o‘z faoliyatini hududiy tamoyil aso- 206
sida tashkil etishdir. Ma’lum bir husudda birlashgan jamoa o‘zini o‘zi boshqarish idoralarini ma’lum turarjoy mavzesi, qishloq, posyolka, ko‘cha hududida tashkil etadi.
Mazkur qonunning 2-moddasida hududiy yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari alohida belgilangan. Jumladan, mahallalar faoliyat ko‘rsatayotgan hududlar fuqarolarining taklifiga ko‘ra tuman, shahar hokimi tomonidan belgilanib, qabul qilin- gan qaror tegishli hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun fuqarolar yig‘inida yoki majlisida qdror qabul qilishga imkon beruvchi huquqiy me’yorlar va imtiyozlar- ni ko‘rsatib bergan. Fuqarolar yig‘ini unda ishtirok etish xukuqiga ega bo‘lganlarning kamida yarmi, vakillar majlisi esa delegatlarning uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy kuchga kiradi. Iig‘inni rais yoki uning maslahatchilaridan biri olib boradi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va u hokimga yuboriladi.
Bularning hammasi mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idora- lari faoliyatining demokratik asoslari mahalliy sharoitga yaqinlashtirilganini, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berilganini va aholining jamiyatni boshqarishda mumkin qadar ko‘proq ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolar yig‘ini vakolatlari kengaytirildi. Ular qonun- ning 17-moddasiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv or- ganlari bilan kelishgan holda savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ish vaqtini aholiga kulay holda belgilashlari, ma’muriy ko- missiya tashkil etishlari mumkin. Bu mamlakatda fuqarolar faolligini oshirish, shu asosda o‘z turmushini yo‘lga qo‘yish va jamiyatning umumiy qiyofasini shakllantirish imkonini be- radi.
Mamlakatda mahalla ko‘mitalari raislari hamda kotibla- riga oylik ish haqi belgilandi. 1994 yil oxirlariga kelib respublikada 12,4 ming mahalla shakllantirildi. Ular o‘z fao- liyatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, o‘zlari haqidagi Nizomga, mahalliy hokimiyatning mahalla fuqarolarining yig‘ilishi haqidagi qarorlariga amal qilib ish tuta boshladilar.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organla- rini takomillashtirish kundalik hayotimizda demokratiyani chuqurlashtiradi, davlat rolini asta-sekinlik bilan mahalliy organlar zimmasiga yuklaydi. Bu hozirgi zamon jahon davlatchi- ligi ilg‘or tajribalariga mos keladi va dunyoviy davyaat tamo- yillarini boyitadi.
Yangi tahrirdagi qonunda avvalgisidan farqli ravishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mustaqilligiga oid muhim normalar o‘z aksini topdi. Xususan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati ti- zimiga kirmasligi ko‘rsatildi va ular faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari fao- liyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollari Kengashi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ish- lari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashla- ri tuzilishi mumkinligi nazarda tutildi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar natija- sida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari maqomi yanada aniqlashtirildi. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan fuqarolar yig‘ini tushunchasi, tuzilishi, fuqarolar yig‘inining Nizomi, respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengash- lari tuzilishi, vakillik normasi hokimlar tomonidan emas, balki tegishli muvofiqlashtiruvchi kengashlar to- monidan belgilanishiga oid va boshqa normalar, shuning- dek, fuqarolar yig‘inining o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasini tuzish, «mahalla pos- boni» jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlash va tuzilmaga a’zolar qabul qilish, fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisini tayinlash vakolatlari qonun bilan mustahkaml andi.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni mo- dernizatsiya va isloh qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil yangilanish va o‘zgarishlar jarayoni «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunni yanada takomillash- tirishni taqozo etmoqda. Bu, o‘z navbagida, mazkur qonunning Prezident Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilayot- gan hozirgi tezkor islohotlar va jadal taraqqiyot talablariga qanchalik javob bera olishini o‘rganish, tizimli taxdil qilish, shunintdek, qonunda belgilangan normalarning qo‘llanish da- rajasini, holagini aniqlash, baholash, istiqbolini prognoz qilish maqsadida uning monitoringini o‘tkazish zaruratini vu- judga keltirib chiqarmoqda.
Mazkur masalalarni hal etish Prezident Sh.M. Mirziyoev qarorida ko‘rsatilganidek, bir qator amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmokda.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish