Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»


Mahalla - murosa madaniyati o‘chog‘i



Download 219,48 Kb.
bet63/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Mahalla - murosa madaniyati o‘chog‘i
«O‘z uyim - o‘lan to‘shagim», deydi xalqimiz. Darhaqiqat, qanchalik keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan shinam va sarish- ta joylarda yurmang, qasru saroylarga o‘xshagan koshonalar- da bo‘lmang, baribir, o‘z uyingizni, aziz xonadoningizni sog‘inasiz. Unga yetishgach, o‘zingizni erkin his qilasiz, yayrab-yayrab, chuqur-chuqur nafas olasiz. Ruhiyatingiz, vuju- dingiz shirin oromni his qiladi. Mahalla ana shunday sir- ga, sinoatga, ta’riflab bo‘lmas mo‘jizaga ega.
Bunda millat tanlanmaydi, irqiy yoki diniy begonalik yo‘q. Mahalla butun bir xonadon, ulkan oila. Bunda har kim o‘z urf-odati, milliy qadriyatlari, diniy e’tiqodi doirasi- da yashaydi. Biroq, umumiy manfaatlar atrofida birlashish, xonadon tinchligi, osoyishtaligi, bir-biriga ko‘makdoshlik tuyg‘usi, daxldorlik hissi hamma narsadan ustun.
Ko‘p millatli mamlakatda millatlararo murosa muhitini yaratish katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, O‘zbekistonday 130 dan ortiq millat va elatga mansub tur- li dunyoqarash va turmush tarziga ega bo‘lgan aholi yashaydi- gan, 10 dan ortiq diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatda ijtimoiy murosa muhitini yaratish favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni amalga oshirishning eng to‘gri va samarali usuli mahalla imkoniyatidan foyda- lanish, odamlarning turarjoylaridagi muhitni sog‘lom- lashtirish edi. Davlat mamlakatda yurt tinchligini ta’- minlash va barqaror muhitni yaratish, millatlararo muno- sabatlarni muvofiqlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning nazariy asoslarini ishlab chiqdi va amaliyotda faol- lik bilan joriy eta boshladi. Natijada, mamlakatimizda ijtimoiy murosa - muvozanat konsepsiyasi dunyoga kel- di. Bu konsepsiya amalda mahalla timsolida o‘z samarasini berdi.
Darhaqiqat, jamiyatda muayyan ijtimoiy me’yorlar- ga ega bo‘lish, turli diniy va g‘oyaviy qarashdagi aholi tabaqalari intilishlarini uyg‘unlashtirish, ularni mam- lakat taraqqiyotini belgilaydigan g‘oya atrofida birlashti- rib yo‘naltirishdek murakkab ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aholi turarjoylarida, qo‘ni-qo‘shnilar davrasida amalga oshirish odamlar kayfiyatini yaxshilaydi, o‘zaro tushunish muhitini yaratadi.
Millatidan, irqidan va dunyoqarashidan qati nazar mam- lakat fuqarosi o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun barcha im- koniyatlarga ega bo‘lishi, o‘z hayotini ixtiyoriy tanlov asosida yo‘lga qo‘yishi kerak. Ayni paytda, u jamiyatda barqarorlik muvozanatini saqlash, murosaga kelish va bir-birini tushu- nish, bahsli tomon dalillariga adolat mezonlari bilan yon- dashishga, umumiy hamjihatlik ruhini tarkib toptirishga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Mahalla ayni ana shunday yuk- sak insoniy tuyg‘uni shakllantiradi.
Jamiyat yangilanayotgan, milliy va umuminsoniy qad- riyatlar tiklanayotgan bir paytda turli millatlar o‘rtasidagi munosabatlar, millatlararo totuvlik masalasini yangicha ta- moyillar vositasida hal etish kun tartibidagi eng muhim masaladir. Ana shunday jarayonda eng samarali va ta’sirchan vosita bu mahalla instituti imkoniyatlaridir. Bunda ish joylari - korxonalar, muassasalardagina emas, balki kunda- lik turmush tarzida, maishiy hayot sharoitida mahallalarda izchil asosli ta’sirchan targ‘ibot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish ustu- vor vazifa bo‘lib, etnik muammolarni hal etishda davlat faqat adolatga tayansagina, uning siyosatida milliy, irqiy, diniy mansubligidan qat’i nazar yaxlit mamlakat fuqarosi takdiri qamrab olinsagina milliy totuvlik hodisasi umuminsoniy qadriyatga aylanadi. Bunda mahallaning roli benihoya katta. Chunki kun bo‘yi ishlab, horib uyga qaytgan har qanday odam tinchlik istaydi, orom olgisi keladi. Bun- da millatning, ijtimoiy kelib chiqishning daxli yo‘q. Qo‘shnilar bilan birpas gurunglashib ko‘ngling g‘uborini yoz- sang, bas. O‘zaro hurmat, fikrdoshlik, hamdardlik insonni tushunishning asosiy omili.
O‘zbekistonda milliy va millatlararo munosabatlarni muayyan tizim sifatida tartibga tushirish, bu jarayonlarni demokratik tamoyillar vositasida boshqarish xuddi ana shu asoslarda amalga oshirilmoqsa. Natijada, mustaqillikning dastlabki yillarida ro‘y berishi muqarrar bo‘lgan murakkab siyosiy buhronlar, iqtisodiy tangliklar, ma’naviy-ruhiy parokandaliklarning oldi olindi, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan fojialarga juda katta siyosiy-ma’rifiy qat’iyat bi- lan barham berildi. Bu, bevosita, odamlarning yashash joyla- rida, qo‘ni-qo‘shnichilik sharoitida mahalla tushunchasining mohiyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Millatlararo totuvlik bu konkret hayot muammolari, ti- riklik ehtiyoji, har bir fuqaro kundalik turmush talabla- ri bilan bog‘liq bo‘lgan va ana shu talablar, ehtiyojlar qay darajada qondirilayotgani bilan uzviy bog‘langan, serqirra hayotning barcha jabhalarini o‘zida mujassam etgan ijtimo- iy-ma’naviy hodisadir. Kundalik hayot tamoyiliga, turmush tarziga aylangan qadriyat. Ana shuni nazarda tutib, Prezi- dent Sh.M. Mirziyoev: «...qadimiy va saxovatpesha zamini- mizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ez- gulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi», - deydi.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish