Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet68/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Turmush tarzidagi bag‘rikenglik bu turli millat va- killarining milliy an’analari, urf-odatlarining o‘zaro ta’siri, ularning o‘zaro yaqinlashuvi natijasida ijtimoiy muvozanatni barqarorlashtirish demakdir. Bugun mamlakat- da faoliyat ko‘rsatayotgan 150 dan ortiq milliy-madaniy mar- kazlarning faoliyati xuddi ana shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Mahallada to‘ylar, marosimlar, milliy bayramlar tur- li millag vakillari ishtirokida o‘tkaziladi. Bu bir-bi-
'Qarang. Sh.Minavarov. «Din va davlat munosabatlari». «Hamjihatlik va bag‘ri- kenglik - hayot omili» tuplami. Baynalmilal malaniyat markazi. - T.: 2001. 75-bet.
rini tushunish, milliy qadriyatlarini hurmat qilish orqali jamiyatda umumiy ma’naviy-axloqiy fazilatlar mustahkamlanishiga olib kelmokda.
Bag‘rikenglik va ijtimoiy hamkorlik maktabi
O‘zbek xalqining bag‘rikengligi millat mentalitetiga xos fazilatdir. Xalqimizning hayotga katta ishtiyoq bilan yondashuvi, tabiat va jamiyatga xos barcha qadriyatlarga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, turli el va elatlar vakil- lari, maslagi va xarakteri, g‘oyaviy qarashlari rang-barang bo‘lgan fuqarolar bilan muloqotlarga kirisha olishi hamda bu munosabatlarni mustahkamlay bilishi milliy fazilat- ga aylangan. Bag‘rikenglik fazilati xalqimizning asl ta- biati, fe’l-atvori, milliy mentaliteti mohiyatidan kelib chiqadi. O‘tish davrida esa xalqimizning milliy ruhi, psixologiyasini aynan ifodalovchi bu konsepsiya murak- kab vaziyatlarda jamiyatda barqarorlikni saqlashga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi.
Xalqimiz tolerantligi O‘zbekistonda milliy hamjihat- lik ruhini tarkib toptirdi. Turli millat vakillari O‘zbekistonni o‘z vatani deb his eta boshlab, milliy madani- yati, san’ati, diniy munosabatlari va e’tiqodini namoyish etishda keng imkoniyatlarga ega bo‘ldilar. Mamlakatimizda turli milliy madaniyatlarning rivojlanishi nafaqat turli xalqlarning etnik o‘ziga xosligini saklab, uni takomillash- tirish imkonini beradi, balki ularning Vatan yagonali- gi, jamiyatning bir butunligini qalbdan his etishlariga ma’naviy shart-sharoitlar barpo etadi.
I.A.Karimov mamlakat fuqarolari birligini ta’- minlash va turli millatlar o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirishning siyosiy, ijtimoiy hamda ma’naviy jihatlari xususida: «O‘zbek xalqi ruhining tiklanganli- gi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarining shaklla- nishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik cham- barchas bog‘liq bo‘lgan xodisadir. O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar, o‘ziga xosligini yo‘qotmagan xolda, umuminso- nny ruxiyatga, xulq-atvor falsafasiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa mustaqillik yillari mobaynida millatlararo totuvlik manbai bo‘lib kelgan yagona ma’naviy-ruhiy ne- gizni vujudga keltirdi»38, - degan edi.
Demak, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq manfaati millati, elati va diniy mansubligidan qat’i nazar barcha uchun birday tegishlidir. O‘zbekistonda yashaydigan qar bir fuqaroda ana shu Vatan taqdiriga daxldorlik hissining ku- chayganligi, yurt taqdiri bilan o‘zining takdirini uyg‘un anglashi, mamlakat va xalq kamoloti, istiqboli uchun yuksak mas’uliyat hissini tuyishi muhim fazilatga aylandi. Ay- tish mumkinki, ana shu tuyg‘u O‘zbekiston fuqarolarini bir- biriga yaqinlashtirdi, ma’naviy yakdilligini ta’minladi. Oila - kichik Vatan. Mahalla - mo‘tabar maskan. O‘zbekiston degan xonadon saodati ana shu har bir oila va mahalla saoda- tidan boshlanadi.
Demokratik tamoyillar chuqurlashib borayotgan, erkin shaxs va erkin fuqaro shakllanayotgan bir paytda yukoridagi fazilatlar alohida ahamiyat kasb eta boradi. Vatan tuyg‘usi, el-yurt tashvishini qalbiga ko‘chirgan fuqarolargina jami- yatda erkinlik va ozodlik tushunchalarini chuqur anglaydi, uning asl mohiyati, tom ma’no-mazmunini bilib, demokratiya imkoniyatlarini suiiste’mol qilmaydi.
Bugun jamiyatimizda milliy g‘urur va milliy iftixor- ning yuksak madaniyat va yuksak axloq kategoriyalari bilan sintezlashgan shakli vujudga keldi. Xudbinlik, yovvoyi- lashgan millatchilik, soxta mag‘rurlik, kalondimog‘lik, boshqalarni kamsitish evazigao‘zini ustun qo‘yish qabilidagi g‘ayriinsoniy qusurlar barham topmokda. Mahalla, o‘z nav- batida, ana shunday ulkan tarbiya maskaniga aylandi. Aytish mumkinki, ko‘p millatli xalqimizning yuqoridagi fazilat- lari ayni mahallada dunyoga keladi, shakllanadi. Prezident Sh.M. Mirziyoev mahallaning xuddi ana shu o‘ta nozik jihatiga jiddiy e’tibor beradi. Muloqot va uchrashuvlarda buni tez-tez takrorlaydi.
Xalqlarning o‘zligini anglash jarayoni, qadimiy an’a- nalar, urf-odat va marosimlarni o‘zlashtirish orqali mil- liy xususiyatlarning takomillashtirilishi o‘sha millatga mansub bo‘lgan shaxsning milliy-madaniy darajasining rivojlanishiga olib keladi. Ayni paytda, aholining mil- liy-madaniy darajasi nechog‘lik oshgani sari global muhit, yaxlit olamga daxldorlik hissi kuchaya boradi. Yaxlit olam- dan ajralib qolish uni tanazzulga olib kelishi muqarrar ekanligini anglaydi. Ana shu ichki madaniy yangilanish, barkamollashish jarayoni, ya’ni olamni anglash shaxsni glo- ballashuv jarayoniga olib kiradi. O‘zligini anglagan shaxs tor tushunchalar qobig‘idan chiqib, o‘z milliy qadriyatlarini dunyoviy ko‘lamlar, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tara biladi.
Milliy madaniyatlar taraqqiyoti butun mamlakatning ma- daniyati taraqqiyotiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har bir etnos o‘zining etnik xususiyatlarini namoyon qilish orqali butun sayyoramiz taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lgan, umum- insoniy qadriyatlarga aylangan madaniyatni boyitishga muvaffaq bo‘ladi. Ana shularni nazarda tutib, Prezident Sh.M. Mirziyoev: «Mustaqillik yillarida mamlakati- mizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniya- tini rivojlantirish millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlod- ni ana shu asosida Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bular- ning barchasi hayotda o‘zining to‘liq ifodasini topdi»,- deydi.
Har qanday milliy madaniyat o‘z davrining tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan jahon madaniyatini angla- masdan, uni qabul qilmasdan, unga ergashmasdan taraqqiy
topmaydi. Har qanday millatning boshqa bir millat mada- niyatini o‘rganishga qodirlik darajasi fuqaroning ichki ma- daniyatidan, yakka-yakka shaxslarning madaniy-ma’rifiy da- rajasidan iborat bo‘lgan yaxlit millat mentalitetidan ke- lib chiqadi. Bu yaqin qo‘shni madaniyatlarning xayotiyligini, yashovchanligini, ayni paytda, ta’sirchanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga ana shu millat madaniyati umumjahon ma- daniyatining bir bo‘lagi sifatida o‘z qiyofasini ko‘rsatishga qodir bo‘ladi. Ana shunday xolatning o‘zi bir millatning boshqa millat qadriyatlarini anglashga, asrashga, o‘zaro mu- nosabatlarini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Ijti- moiy xamkorlik vaziyatini yuzaga keltiradi.
Umuman olganda, ijtimoiy xamkorlik qaerdan, nimadan boshlanadi? Inson tabiatan atrof-muxitga extiyoj sezadi- gan jonzot. U xamisha o‘zgalardan ruxiy madad oladi, fikr almashadi, yangi ma’lumotlar oladi. Ijtimoiy hamkorlik faqat moddiy asosda bo‘lmasligi mumkin. Chunki insonning o‘zi moddiy va ma’naviy jism hamda jon uyg‘unligida yaralgan. Ana shu nuqtai nazardan, inson hamisha ijti- moiy hamkorlikka ehtiyoj sezadi. Bu, eng avvalo, oila va mahalla sharoitida yuzaga keladi. Keyin yaxlit hayot va ja- miyat, qolaversa, umumplanetar mohiyat kasb etadi. Kon- stitutsiyaga ko‘ra, ijtimoiy hamkorlik hodisasiga muayyan tizim sifatida yondashuv, uning eng muhim jihatlari, xa- rakterli qirralari, tizim yasovchi belgilarini aniqlash talab qilinadi. Buning eng quyi va samarador mexanizmi mahalladir. Shuning uchun mazkur hodisani mahalla doira- sida tavsiflash maqsadga muvofikdir. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ijtimoiy hamkorlik jarayoni ishtirokchilari, ya’ni mahalla axdi oqilona me’yorlarga, adolat mezonlariga amal qilishlari lozim;

  • mahallada hamma bir-birini yaxshi bilganligi sababli ijtimoiy tengsizlikning xar qanday ko‘rinishlari barham topadi;

  • mahalla a’zolari ish bilan ta’minlanadi va farovon- lik imkoniyatlariga keng yul ochib beriladi;

  • mahallada tinchlik, murosa vaziyati barqarorlashadi. Kishilarning hayot kechirishlari va faoliyatlari uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhit yuzaga keladi;

  • mahalla a’zolarining ma’naviy-intellektual, mada- niy saviyalarining doimiy takomillashib borishiga imko- niyatlar kengayadi;

  • mahallada muloqotlar doirasi kengayib, bevosita tash- kilot hamda fuqarolararo munosabatlar tizimi tarkib to- padi, chuqurlashadi;

  • mahalla va jamiyat a’zolari tor millatchilik yoki mahalliychilik manfaatlari doirasida fikrlash darajasi- dan yuksalib, butun mahalla doirasida fikrlash malakasiga ega bo‘ladilar. Bu esa yaxlit jamiyat barqarorligiga zamin yaratadi.

Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan «Harakatlar strategiyasi»ning turtinchi va beshinchi yo‘- nalishlari mahalla instituti orqali jamiyat ijtimoiy va sotsial taraqqiyotining yangi davrini boshlab berdi. Hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, millatlararo munosabatlar- ning evolyusiyasi, tadrijiy rivojlanish bosqichlari O‘z- bekistonda yaxlit milliy-ma’naviy muhit shakllanayotgan- ligidan, millati va elatidan qat’i nazar har bir fuqaro ana shu muhitdan manfaatdor bo‘layotganidan dalolat bermoqda. Manfaatdorlik tuyg‘usi esa o‘zaro hurmat, yuksak madaniyat, yetuklik va komillikka intilish orqali mazmunan boyib bormokda. Bunda mahallada shakllangan yuksak qadriyatlar tizimi yaxlit jamiyat ma’naviy qiyofasini shakllantirgan- ligini ko‘rish mumkin.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish