«Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» konsepsiyasini amalga oshirishni davom ettirish ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Shu maqsadda jamoatchilik nazoratining ta’sirchan me- xanizmlarini rivojlantirish, mahalla tuzilmasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, uning huquq va vakolatlarini kengaytirish va, shuningdek, moddiy- texnik bazasini mustahkamlash choralari ko‘riladi.
Ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish sohasida biz ularning iqtisodiy asoslari va moddiy ba- zasini yanada mustahkamlash, jurnalistlarning kasbiy fa- oliyatini himoya qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiramiz.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish. «Kuch - adolatda» tamoyilini
amalga oshirish
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash amalga oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligining kafo- latidir, aholi turmush darajasini oshirish, mamlakat- da tinchlik, totuvlik va barqarorlikni ta’minlashning eng muhim omilidir.
Shuning uchun ham sud-huquq sohasidagi islohotlari- mizning bosh vazifasi - bu sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini, odil sudlovning mustahkam kafolati- ni ta’minlashdan iborat.
Shu munosabat bilan sudyalarning vakolat muddatini uzay- tirish, adolatli qarorlar qabul qilishga qodir, mustahkam irodali, kjsak ma’naviy va kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan sudyalar korpusini shakllantirish, sud-tergov faoliyatiga ilg‘or ilmiy-texnika vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sud hokimiyatining mustaqilligi tug‘risidagi konsti- tutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligi prinsipiga og‘ishmasdan amal qilinishini ta’minlash biz uchun eng muhim masala bo‘lib qoladi.
Huquqni muhofaza qilish faoliyatida ochikdik va oshkora- likni ta’minlash, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan samarali xdmkorlik mexanizmlarini keng ko‘llashni asosiy vazifamiz deb bilamiz.
Odil sudlovni ta’minlashda taraflar tengligi prinsi- pini to‘liq ishlatish uchun advokatura sohasini isloh qilish, sud-tergov jarayonlarida advokatning vakolatlarini kengay- tirish va rolini yanada kuchaytirish bo‘yicha qator chora-tad- birlar ko‘rish zarur.
Davlat idoralarida yuridik xizmat samaradorligini ta’minlash maqsadida yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasi biz uchun dolzarb vazifa hisoblanadi.
Biz jinoiy jazolarni liberallashtirish siyosatini, ayrim jinoyat turlarini ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, yarashuv institutini qo‘llash imkoniyatlari- ni yanada kengaytirish siyosatini davom ettiramiz.
Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu- ningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini sa- marali yechish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.
Bu jarayonda mahalla imkoniyatlaridan samarali foydala- nish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga xurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik his- sini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqg oldini olish va ularning profilaktikasi samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaraggiladi. Bularning barchasi bizning dastu- rimizda muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |