Uchinchidan, aholi bandligini ta’minlash va bu tizimni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda davom et- tiramiz. 2017 yilda Yangi ish o‘rinlari tashkil etish dasturi doirasida 390 ming kishini doimiy ish joyi bilan, 200 ming kishini - qishloq xo‘jaligi hamda qurilishda mavsumiy va vaqginchalik ish bilan, 309 ming kishini - shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandchilik va oilaviy tadbir- korlik hisobidan ish bilan ta’minlash choralarini ko‘ramiz.
To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi sohasini yanada isloh qilishni ustuvor vazifa deb hisoblaymiz. 2017-2020 yil- larga mo‘ljallangan Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturi qabul qilinib, uning doirasi- da ekin maydonlarini optimallashtirish va paxta ekishni bosqichma-bosqich qisqartirish rejalashtirilmoqda. Hal qiluvchi vazifa - yer va suv resurslaridan oqilona foydala- nish, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish, mahsulotni saqlash va chuqur qayta ishlash infratuzilmala- rini takomillashtirishdan iborat.
Sabzavot, dukkakli va ozuqabop ekin maydonlarini ken- gaytirish, intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish, eks- portga yo‘naltirilgan meva-sabzavot, oziq-ovqat va chorva mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek, kichik sanoat korxonalari tarmoqlarini tashkil etish va agrar xizmatlarni kengaytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Bu maqsadlar uchun qo‘shimcha ravishda 200 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega bo‘lgan sovutkichli ombor- xonalar barpo etish ko‘zda tutilmoqda.
Asosiy vazifalarimizdan yana biri - qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishning mavjud tizimini takomillashtirish- dan iborat. Bu ishlarni amalga oshirgan taqdirdagina biz kafolatlangan barqaror xosildorlikni, butun agrosanoat kompleksini rivojlantirishni va, eng muxlmi, fermerlar- ning moddiy manfaatdorligini oshirishni va qishloq joy- larda turmush darajasini yaxshilashni ta’minlay olamiz. Bu mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning mustahkam poydevori bo‘lishi zarur.
Beshinchidan, davlatning iqtisodiyotdagi rolini qis- qartirish, xususiy mulkni rivojlantirish va uni himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi oldimizda turibdi. Xususiy mulk va tadbirkorlik rivojiga xalaqit beradigan barcha to‘siq va cheklovlarni bar- taraf etish zarur.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldi- ni olish - siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi va birinchi da- rajali vazifasi hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda biz tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish tizimini tub- dan qayta ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratamiz.
Biz tadbirkorlarni sud yo‘li bilan himoya qilishni ku- chaytirish va ularning mas’uliyatini liberallashtirish, ayni paytda, xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashga- ni uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish, soliq boshqaruvi va bank faoliyatiga zamonaviy tartibga so- lish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ruxsat berish- ga oid hujjatlar va litsenziyalar berish tartib-taomillari- ni soddalashtirish orqaligina ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga erishi- shimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |