Ijtimoiy sohani rivojlantirish. «Islohot - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun» degan eng muhim tamoyillardan birini amalga oshirish
Bugungi kunda o‘z yechimini kutib turgan ijtimoiy ma- salalarni xdl qilish uchun biz mamlakatimiz miqyosidagi qator maqsadli dasturlarni amalga oshirishimiz zarur. Av- valo, qishloq aholisining ehtiyoj va talablarini hisobga olib, Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi qabul qilindi. Unga binoan, 2017 yilda ehtiyojmand oilalar uchun boshlang‘ich to‘lov hajmi ikki barobar kamaytirilib, to‘rt xil yangi namuna- dagi, qulay va arzon, bir va ikki qavatli 15 mingta zamonaviy uy-joy barpo etish muljallanmoqda.
Bundan tashqari, 2017-2020 yillarda shahar joylarda 945 ta ko‘p qavatli uylar qurish dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqsa. Dasturga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpo- g‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari va yirik shaharlarda 50 mingga yaqin uy-joyga muhtoj oilalar uchun ko‘p qavatli arzon uylar quriladi.
Qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini ish- lab chiqish va amalga oshirish biz uchun alohida dolzarb bo‘lgan muammolarni hal etish imkonini beradi. Kelgu- si besh yil davomida qariyb 9 ming kilometrlik ichim- lik suvi tarmoqlari, 1 ming 400 ta quduq va 3 ming 600 ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Bu esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida 3 mil- lion 200 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va mamlakatimizda ushbu ko‘rsatkichni 67 foizdan 84 foiz- ga yetkazish imkonini beradi. Bu vazifalarni amalga oshi- rish uchun Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etiladi hamda Moliya vazirligi huzurida «Toza suv» maxsus jamg‘armasi tuziladi.
Aholi va korxonalarga elektr quvvatini kafolatli va barqaror tarzda yetkazib berish maqsadida Shahar va qishloq aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash dastu- rini amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Dastur do- irasida elektr energiyasi ishlab chikarish quvvatlarini yanada oshirish, 25 ming 300 kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 5 ming 600 ta eskirgan transformator podstansiya- sini almashtirish nazarda tutilmoqda.
Mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarni hamda yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish dasturi doirasida umumiy foydalanishdagi 1 ming 700 ki- lometrlik avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilmokda. Shuningdek, aholi uchun o‘ta muhim bo‘lgan 10 ming 400 kilometrlik xo‘jaliklararo qish- loq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, tuman markazlari, ki- chik shaharchalar va qishloq joylardagi mahalla ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash mo‘ljallanmoqda.
Bu dasturni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi xu- zuridagi Io‘l jamg‘armasi va «Uzavgoyo‘l» kompaniyasining tash- kiliy tuzilmasi va faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
Qishloqlar va shaharlarda transport xizmatini yanada yax- shilash dasturiga asosan 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekon- struksiya qilinadi va yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yara- tilib, ularning xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘riladi. Yangi 3 mingta zamonaviy avtobus, 5 ming 700 ta mikroavtobus sotib olinib, 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi va mavjus yo‘nalishlardagi eskirgan avtobuslar yangilanadi.
Havo va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminalini barpo etish bilan bir qatorda Buxoro - Miskin temir yo‘l tarmog‘i qurilishini yakuniga yetkazish va elektrlashtirish, Qarshi - Termiz, Pop - Namangan - Andijon - Qo‘qon temir yo‘llarini elektrlashtirish ishlari ham nazarda tutilmoqda.
Qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya yo‘li bilan tozalash va utilizatsiya qilishni yanada yaxshilash dasturi shaharlarimiz va qishloq aholi punktlarining tozaligi va ozodaligini oshirish, atrof-muhitni zaharlaydigan, aholi salomatligi uchun xavf tug‘diradigan, noqonuniy chiqindilar tashlanayotgan joylarni yo‘q qilish imkonini beradi. Mai- shiy chiqindilar uchun, jumladan barcha viloyatlar markaz- lari hamda Qo‘qon, Marg‘ilon, Angren, Bekobod, Olmaliq va Xiva shaharlarida 168 ta maxsus joylar tashkil etiladi. Chiqindilarni tozalash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar qo‘shimcha ravishda 405 ta zamonaviy maxsus texnika bilan ta’minlanadi.
Aholiga ko‘mir yetkazib berish tizimini takomillashti- rish, uning narxi sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshiriladi.
Ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lgan maktab- gacha ta’lim-tarbiya tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Jumladan, davlatga qarashli 1 million 109 ming o‘rinli 2 ming 200 ta bolalar bog‘chasini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash masalalari hal etiladi.
Sog‘liqni saqlash sohasini yanada islohetish, aholigatib- biy xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida qishloq vrachlik punktlari, tez tibbiy yordam xizmati, ixti- soslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini yanada yax- shilash hamda xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlanti- rish bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi.
Muhtarama ayollarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Jamiyatimizda tinchlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishda o‘rni beqiyos bo‘lgan xotin-qizlarning ijti- moiy-siyosiy hayotimizdagi nufuzini yanada oshirishimiz za- rur. Ular uchun munosib shart-sharoitlar, yangi ish o‘rinlari yaratish, opa-singillarimizning og‘irini yengil qilish, ular- ning salomatligini mustahkamlash, iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish bizning doimiy va muhim vazifamiz bo‘lib qoladi.
Xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni e’zozlash, ularni hayotdan rozi qilish, qo‘limizdan kelganicha umrlarini uzaytirish asrlar davomida eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri bo‘lib kelmoqda. Bunday tabarruk insonlarga xizmat qilish, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar ko‘rishni ezgu va savobli ishimiz deb bilamiz.
Yoshi ulug‘ insonlar, yolg‘iz keksalar va imkoniyati chek- langan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish rejalashtirilmokda. «Nuroniy» jam- g‘armasining maqomi va mavqeini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |