Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet20/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Birinchidan, sudyalar o‘rtasida ishlarni elektron mos- lamalar yordamida taqsimlash tartibini joriy qilish. Bu sud ishlarini tashkil etish va kompyuter texnologiyalaridan foy- dalangan holda sudyalar o‘rtasida teng, xolisona taqsimlash, shu bilan birga ish jarayonida vaqtni tejash imkonini beradi. Tajriba sifatida Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida yo‘lga ko‘yilgan bunday usul o‘zining ijobiy samarasini berdi.
Ikkinchidan, sudlarda elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yadigan, zamonaviy ish uslubini joriy etadigan mexa- nizmni ishga tushirish talab etiladi. Shuningdek, sud ish fao- liyati jarayonlariga axborot-kommunikatsiya tizimidan unumli foydalanish, sud ishlari ochiqligini ta’minlash maqsadida sud majlislarini videokonferensaloqa usulidan foydalanish za- rurligi uqgiriladi.
Uchinchidan, sud qarorlarining elekgron bazasini tash- kil etishda shaxs daxlsizligi va uning xdyotiga taxdidlarning bo‘lmasligini hisobga olgan holda sud ishtirokchilarining ro- ziligi bilan sud qarorlarini chop etish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan. Albatta, yopiq sud jarayonida ko‘rib chiqilgan ishlar yopiqligicha saqlanadi10.
Harakatlar strategiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Far- monidan kelib chiqib, zamon talablari va jahon tajriba- siga suyanib, suslar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texno- logiyalarini joriy etishning o‘ziga xos afzalliklari belgilab berildi. Jumladan:
sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi, sudlarda elektron hujjatlar aylanishini tezlashtiradi;
suslar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ishlash, tizimlashtirish va ularning saqlanishini ta’minlaydi;
fuqarolar va tashkilotlarning elektron vositalar orqali sudga murojaat qilish imkonini yaratib, ularga ortiqcha xara- jatlar sarflashning oldini oladi;
elektron vositalar orqali sud muhokamasi qatnashchilarini xabardor qilish va ularga sus hujjatlarini hamda boshqa xat- xabarlarni yuborish imkoniyatini kengaytiradi va ishni oson- lashtiradi;
sus ishi yurituvi bilan bog‘liq pochta, yo‘l va boshqa xarajat- larni qisqartiradi;
sus ishi yurituvini elektron shaklda olib borish sus qarorlari va boshqa kerakli hujjatlarni darhol qabul qilish yoki uzatish imkonini beradi, shunintdek, sudlarda qog‘ozsiz xujjat aylanishini joriy etishga olib keladi;
sus ishi yurituvida elektron arxivlash tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi va natijada, arxivdan foydalanish samaradorligini oshiradi11.
Ana shu tarzda zamonaviy sivilizatsiya yutuqlaridan suslar faoliyatida keng foydalanish, sus ishiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sus organlari faoliyati samaradorligi va sifatini oshiradi, turli sansalor- lik, o‘zibo‘larchilik illatlariga chek quyiladi, ortiqcha yugur- yugurlar, qog‘oz to‘ldirishlar kabi vaqg talab qiladigan ishlar- ga barhdm beriladi. Sudlar ishining yorqinligi, ochiqligi, tezkorligi va hozirjavobligi ta’minlanadi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish masalasi Harakatlar strategiyasida alohida bayon etilgan. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish va ularni kechiktirmay hal qilish har qanday byuro- kratik munosabatlarga barham berish, befarqlik, loqaydlik, rasmiyatchilik illatlaridan voz kechish talab etiladi. Ayni ana shunday nomaqbul yo‘l tutgan mas’ul shaxslar amaldagi qonunlar doirasida javobgarlikka tortilishiga oid cho- ra-tadbirlar ko‘rilishi ta’kidlanadi. Bu, albatta, jadal islohotlar jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, islohotlar samaradorligini oshiradi. Davlat va jamiyat o‘rtasidagi sog‘lom muhitni chuqurlashtiradi. Fuqarolarning amaldagi qonunlarga va davlat siyosatiga ishonchini yanada mustahkamlaydi. Ikkinchi tomondan fuqarolar murojaat- larini yuksak e’tibor bilan qabul qilish va ular ko‘targan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, serqirra hayotning bar- cha sohalarida ijtimoiy adolat mavjudligini, adolat tuyg‘usining barqarorligini ta’minlaydi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Dav- lat dasturining 66-bandida shunday bayon etilgan: «Uzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxs- larning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutiladi:
murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishning interak- tiv usullarini kengaytirish;
murojaatlarni ko‘rib chiqish nagijalarini nashr etib borish;12 takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish xususiyatlari, video- konferensaloqa yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish;
«Xalq qabulxonasi» institutining umumiy qoidalarini belgilash;
«Ishonch telefonlari» orqali murojaatni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari» va boshqalar bayon etilgan.
Darhaqiqat, yuqoridagi talablar va oldimizga qo‘yilgan vazifalar zamonaviy sivilizatsiya sharoitida ochiq jamiyat qurishning axborot almashishda ishonchli manbalar asosida jamoatchilik fikrini sog‘lom shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Aytish mumkinki, bu xozirgi jadal isloqotlar jarayonining samaralarini oshirishda muxim axamiyatga ega.
«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturida ham fuqarolarning murojaatla- rini o‘z vaqtida qabul qilish va qisqa fursatlarda talabla- rini hal etish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish