QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YaNADA ISLOH QILIShNING USTUVOR
YO‘NALIShLARI
Haqiqiy erkinlik, erkin va ozod faoliyat amaldagi qonunlar doirasidagi faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, qaqiqiy demokratiya - qonunlar diktaturasi! Ana shundagi- na qonun ustuvorligiga erishiladi va barchaning qonun ol- dida tengligi ta’minlanadi.
Har qanday davlatning mustaqkamligi, uning adolat- li va qat’iyatli siyosati, ijtimoiy adolatni, qaqiqatni, fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar asosida quriladi. Ayni qonun doirasidagi erkin- lik, qonun doirasidagi erkin faoliyat ishlab chiqarish mada- niyatini ham, turmush tarzi ma’naviy me’yorlarini ham, dav- lat boshqaruvi tamoyillarini ham qadriyatga aylantiradi.
Sohibqiron Amir Temur: «Men mamlakatimning bu chegarasidan narigi chegarasigacha bir o‘spirin bola bir lagan tillani boshiga qo‘yib piyoda o‘tib ketsa, birov qo‘l cho‘zmaydigan saltanat qurdim», degan edi. Bu hikmatda qanchalar ma’no bor. Darhaqiqat, bugungi davlatchilik si- vilizatsiyasi atamalari bilan aytganda, mana sizga huquqiy demokratik davlat. Mana sizga qonun ustuvorligi. Mana sizga inson haq-huquqlarining to‘la kafolatlangani. Tari- xiy hujjatlar, adabiyotlar va manbalar Amir Temur dav- latchiligida adolat yuqori darajada ta’minlanganidan, har bir fuqaroning tinch va osuda hayoti to‘la kafolatlangani- dan dalolat beradi. Chunonchi, buyuk arab olimi Ibn Xal- dun xulosalariga ko‘ra: «Temur davri bashariyat tarixiy inkishofining eng yuksak nukgasidir. Dunyo yaratilgani- dan beri bunday bir davlat qurilmagandir. Bobil va Eron hukmdorlari va Iskandar bu buyuk turk hukmdoriga nisba- tan kulaga bo‘lib qoladi»9.
O‘zbek milliy davlatchiligi ana shunday chukur tarixiy tajribaga ega. Darhaqiqat, o‘zbek davlatchiligi genezisi jahon davlatchiligi ibtidosi bilan tengdosh. Bu bizning davlat va boshqaruv sohasidagi eng katga yutug‘imiz va mustahkam tayanchi- mizdir.
Harakatlar strategiyasida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni yanada takomillash- tirish, uning nufuzini oshirish, sud tizimini takomillash- tirish va ochiqligini ta’minlash masalalarining ko‘tarilishi yangi tarixiy sharoitlarda Sohibqiron Amir Temur davlatchi- ligi tajribalarini amalga oshirishning o‘zginasidir.
Fuqarolarning xukuq va erkinligini qatiy, izchil va ishonchli himoya qilish mexanizmini yanada takomillashti-
ликни янада
rish, uning faoliyatidagi samimiyatni, sha chuqurlashtirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ana shu yo‘l bilan jamiyatda sog‘lom ma’naviy va ruhiy kayfiyatning, hayotga va jamiyatga muhabbat tuyg‘usi bi- lan qarash hissining kuchayishiga, istiqbolga ishonch va katta optimistik qarashlarning mustahkamlanishiga zamin yaratiladi. Ana shu insoniy fazilatlar esa, jamiyat va dav- lat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Chunki, sog‘lom ma’naviy-ruhiy sharoitdagina har bir fuqaro: «Shu zamin me- niki. Shu Vatan meniki. U ajdodlarimdan qolgan muqaddas meros. Shu davlat meniki, O‘zbekiston degan ulkan, 32 mil- lionli oila mening oilam, mo‘tabar xonadonim, oltin ostonam. Uni asrash, uni qadrlash uchun, uning har tomon- lama ravnaqi uchun mas’ulman, javobgarman», degan fikrga boradi.
Sud hokimiyatini tashkiliy va tizimiy jihatdan tako- millashtirish Harakatlar strategiyasida alohida ta’kid-
langan. Chunonchi, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish, yagona oliy sud institu- tini vujudga keltirish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish, xuquqbuzarliklarning ol- dini olish tizimining samarali mexanizmini yaratish, mav- jud usul va uslublarini yanada takomillashtirish muxim vazifa qilib qo‘yildi. Sud-xukuq tizimida qonuniylikni yanada mustaqkamlash, qonun ustuvorligini, yagonaligini, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash chora-tad- birlarini ko‘rish talab etilmoqda.
Ma’lumki, qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda, huquqiy demokratik davlat sharoitida yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimi alohida ahamiyatga ega. Bunda advokatura, yuridik maslahatxonalar tizimi samaradorligi va ta’sir- chanligini ta’minlashni davrning o‘zi taqozo etmokda. Sir emas, yaqin o‘tmishimizdagi, aniqrog‘i, mustamlakachilik dav- ridagi qo‘rqitish, tazyiq o‘tkazish, zo‘ravonlik illatlari tu- fayli vujudga kelgan hadiksirash, ruhiy ozurdalik kayfi- yatlari ongimizda hamon saqlangan. Xoxdaymizmi yo‘qmi, sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari yonidan o‘tayotganimizda qandaydir ko‘nglimizda, ruhiyatimizda hadik va qo‘rquv pay- do bo‘ladi. Takror aytaman, bu eski tuzumdan qolgan psi- xologik holat. Ochiq jamiyat rivojlanib borayotgan, qonun ustuvor bo‘layotgan, huquqiy ongimiz oshib borayotgan bir sharoitda, huquq-tartibot organlari fuqarolarni jazo- lash vazifasidan ularning jinoyatlarini qonun oldi- dagi javobgarligi nuqtai nazaridan ko‘rsatib, qunda- lik hayotiga yordam beradigan, turli muammolarni qonun yo‘li bilan yechib beradigan, amaldagi qonunlar asosida fukarolarning iztiroblariga sherik bo‘ladigan idoraga aylanmog‘i lozim. Bu yaxlit jamiyatda huquqiy madaniyat- ning darajasini, saviyasini belgilaydigan omildir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, odil sudlov sudya- larning faoliyati erkinligi, ularning mustaqil ish yuri- tishi, qonunga qat’iy rioya qilgan holda davlat nomidan hukm chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda katta ma’naviy,
49
Do'stlaringiz bilan baham: |