Mavzuga doir material
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga shaxsan e’tibor qaratayotganingiz, jumladan, 2017—2021 yil- larga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi qabul qilingani, sud-huquq tizimida islohotlar amalga oshirilayotgani, xorij- ga viza asosida chiqish tartibini bekor qilish borasidagi sa’y- harakatlar uchun Sizga minnatdorlik bildirmoqchiman.
Mamlakatingizga tashrifim O‘zbekistonda inson huquq- larini har tamonlama ta’minlashdagi muayyan murakkablik- larni anglash, mamlakatingiz hokimiyati, fuqarolik jamiyati, inson huquqlarini himoya qilish milliy muassasasi va xalqaro hamjamiyatga Boshqarmamiz kumak kursatishi mumkin bo‘lgan sohalarni belgilab olish imkonini berdi.
O‘zbekiston men rahbarlik qilayotgan Boshqarma bilan sa- marali hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorman. Jenevada- gi qarorgohimiz hamkorligimizni davam ettirishga tayyor- ligidan, mening Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmam O‘zbekistonni bevosita kullab-quvvatlashidan mamnunman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiro- mimni qabul qilgaysiz.
Zayd Raad al-Husayn,
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari
2017 shp 1 iyun’.
Sudyalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning mehnatini munosib qadrlash masalalari farmonda alohida belgilangan. Jumladan, ularning mehnatiga haq to‘lash, pensiya ta’minoti mexanizmini shakllantirish, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish ta’kidlangan.
Albatga, sud hokimiyatining to‘la mustaqilligiga erishish sud ishlari samaradorligi va sifatini oshirishning, sus ja- rayonlari oshkoraligi va qonuniyligini mustahkamlashning muhim omili. Bu Prezident farmonida alohida ko‘rsatilgan. Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab berilgan. Jumladan, uning 67-moddasida kuyidagilar bayon etilgan:
ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;
ularning daxlsizligini ta’minlash;
qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatining sir tutili- shi va uni oshkor etishni talab etishning taqiqlanishi;
sudga xurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga ara- lashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgar- lik;
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish ta’minlanadi.
Yuqorida bayon etilgan masalalardan kelib chiqib, Prezi- dent Sh.M. Mirziyoev: «Sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlov- ni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun ja- vobgarlik mukarrarligini ta’minlash oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir»,- deydi. Bu bevosita odil sudlovni hayotga to‘la tatbiq etish, uni sama- rali joriy etishning qat’iy talabidir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan- tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strate- giyasini va «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga doir Davlat dasturida sud islohoti, sus ja- rayonlarini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunika- siya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qator vazifalar bel- gilab berildi. Jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |