Ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni shakllantirish, umuman axborotlashgan jamiyatni qaror top- tirish masalalarini tadqiq etish, interaktiv davlat xiz- matlari ko‘rsatishning yagona tizimi harakatlanishining huquqiy va metodologik bazasini yaratish yuzasidan chuqur ilmiy izlanishlar olib borish.
Bunda quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi: ax- borot tarmoqlarini rivojlantirishda global hamkorlik; elekgron kutubxonalarni shakllantirish; elektron muzey- lar va galereyalar yaratish; atrof-muhit va tabiiy resurslar elekgron bazasini yaratish; favqulodda holatlarni elektron boshqarish; sog‘liqni saqlashda axborot texnologiyalarini qo‘llash; elektron hukumatni shakllantirish; kichik va o‘rta biznes uchun virtual bozor yaratish va boshqalar.
Uchinchidan,davlat qurilishini erkinlashtirishda dav- lat boshqaruvi organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt- lar, tabirkorlik sub’ektlari va fuqarolar xususiy fao- liyatiga ortiqcha aralashuvini cheklash, uning me’yor va mezonlarini aniqlash. Shu yo‘l bilan bu boradagi mavjud tamagirlik va byurokratik illatlarga barqam berish.
To‘rtinchidan,mamlakat miqyosida «Boshqaruv madani- yati», «Ma’muriy madaniyat»ni shakllantirishga jiddiy e’tibor berish. Boshqaruv madaniyatini yaxlit jamiyat mada- niyatini oshiruvchi omil darajasiga olib chiqish.
Beshinchidan, davlat boshqaruvi organlari bilan fu- qarolik jamiyati institutlari qamkorligining usul va us- lublarini takomillashtirish, uning eng zamonaviy va sama- rador shakllarini joriy etish.
Oltinchidan,davlat boshqaruvi organlari tomoni- dan fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatla- rini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish, amaldagi qonunlar doirasida ularning manfaatlarini himoya qilish.
Yettinchidan, davlat boshqaruvi organlari ustidan ja- moatchilik nazoratini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalarini o‘rganish va uni takomillashtirish.
Sakkizinchidan, mahalliy davlat hokimiyati va bosh- qaruvi organlari faoliyatiga aholini keng jalb etishda umumiy muxokamalar va maxalliy referendum institutla- rini ilmiy taxdil etish6.
Harakatlar strategiyasida ana shu tarzda davlat boshqa- ruvini erkinlashtirish, uni modernizatsiya qilish va ochiq jamiyat qurish tamoyillari ilgari suriladi. Ana shu strate- gik maqsaddan kelib chiqib Prezident Sh.M.Mirziyoev Uzbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda: «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni, avvalo, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur», 7 -deb aloxida ta’kidladi.