Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet18/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

4 N. Jo‘rasv
madaniy, xuquqiy va siyosiy qodisadir. Odil sudlovning ma’naviy tomoni - bu bevosita sudyaning har bir jinoyatchi- ga, eng avvalo, inson sifatida qarash, uning insonlik sha’- niga tegmaslik, qadru qimmatini poymol qilmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan axloqiy-ma’naviy darajasiga bog‘liq. Bunda qar qanday sudya mavqei va darajasidan qati nazar qonunni hurmat qilishi, unga rioya qilishi, pedagoglar iborasi bi- lan aytganda, «tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i lo- zim» aqidasiga amal qilmog‘i shart. Boshqacha qilib aytganda, qonun himoyachisining o‘zi, avvalo, qonunni, qonun orqali davlatni hurmat qilmog‘i lozim. Zotan, har qanday jino- yatchiga aybi isbot qilingan takdirda o‘g‘ri bo‘lsa, o‘g‘risan, qotil bo‘lsa, qotilsan deyishimiz mumkin. Lekin odam emas- san, deyolmaymiz. Chunki u har qanday holatda ham Inson. Uning shaxsini kamsitish mumkin emas.
Odil sudlovning madaniy jihatlari bu bevosita sud ja- rayonining yuksak madaniyatga asoslanganligi, insonparvar- lik g‘oyasining va fazilatining ustuvorligi bilan bog‘liq. Har qanday sudya sudlov madaniyatiga, odobiga, kasbiy eti- ketga rioya qilmog‘i lozim. Ana shunda odil sudlov tushuncha- sining insonparvarlik jihatlari ochiladi.
Odil sudlovning huquqiy jihatlari amaldagi qonun- larga to‘la asoslangan holda ish yuritishni taqozo etadi. Sud jarayonida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik, turli man- faatparastlik, tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarchilik va tamagirliklarning ta’siriga tushmaslik orqali qonunni hurmat qilish fazilatlarini yorqin namoyon etish holatlari bilan bog‘liq.
Odil sudlovning siyosiy jihati bu - bevosita davlat no- midan hukm chiqarish vakolatiga ega bo‘lish majburiyatini, javobgarligini his qilishda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan gapirish vakolatiga ega bo‘lgan sudya yonida davlat bayrog‘i, davlat gerbi turgan bir holatda har qanday hukm o‘qilishi bu siyosiy hodisa ekanligini tushunmog‘i va nomini tilga olayotgan davlatni hammadan kura ko‘proq xurmat qiladigan, unga e’tiqodi yuksak bo‘lgan shaxs ekanligini har lahzada namoyon qila olmog‘i kerak.
Harakatlar strategiyasida odil sudlov jarayoniga har qanday aralashishlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday aralashuv- lar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortili- shi ta’kidlanadi. Hech kim - yuqoridan ham, pastdan ham, atrof-tevaragidan ham sudyalarga, xalq maslahatchilariga zo‘ravonlik qilishi, o‘z manfaatiga mos keladigan talablarii ko‘ndalang qo‘yishi mumkin emasligi uqtiriladi. Har qanday jinoiy ish qonun doirasida xolisona ko‘rib chiqilishi ta’- minlanishi ta’kidlanadi.
Harakatlar strategiyasida Uzbekistonda sudyalar mavqeini oshirishga alohida e’tibor beriladi. Sudya- larning muddatlariga o‘zgartirish kiritildi. Jumladan, sudya lavozimida birinchi marta besh yillik, keyin o‘n yillik, agar ana shu muddatlarda tayinlangan sudya yuksak kasbiy mahorat va qonunga hurmat bilan yondashib o‘zini malakali sudya sifatida ko‘rsata olsa, muddatsiz davrga tayinlanishi mumkin.
Prezident Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 21 fevralda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilma- sini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligi- ni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi o‘rniga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi belgilan- di. Bu bilan birinchidan, uning mas’uliyati oshiriladi, sud xodimining maqomi kengaytiriladi, ikkinchidan, yordamchi- lik lavozimi orqali sud tizimining yangi, malakali, yetarli tajribani o‘zlashtirgan zamonaviy sudyalar zaxirasi shakl- lantiriladi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi tashkil etildi. Bunda sudyalik lavozimlariga nom- zodlarni tanlash va tayinlash tartibi o‘zgartirilib, ana shu Oliy Kengash vakolatiga kiritildi. Bu sud tizimini erkin- lashtirishning, kadrlar tanlash va ularni tavsiya qilishning jamoagchilik ishtirokidagi oshkoralik bilan bog‘liq. Ikkin- chidan, Kengashning asosiy vazifasi qilib sudyalik lavozim- lariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni rahbarlik darajasidagi sudyalik lavozimlariga tavsiya etish vazifalari yuklatildi.
* * *

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish