TIBBIY SARALASHNI QANDAY QILIB O`TKAZISH MUMKIN?
Shikastlanuvchida hayot uchun xavfli jarohati bor yoki yo`qligi aniqlanadi;
Agar shikastlangan behush holatda bo`lsa, saralash “o`likmi-tirikmi” degan qoida bilan boshlanadi;
Fojia yuz bergan joyda o`lim kuzatilsa,u holda ko`proq bosh miya va ko`krak qafasi jarohati to`g`risida o`ylash kerak;
ko`krak qafasining og`ir shikastlanishida ko`krak qafasi deformatsiyasini ba`zida ko`z bilan ko`rish yoki har holda qo`l bilan ushlab qovurg`alarming qimirlayotganini qo`pol suyaklar g`ichirlashi borligidan bilish mumkin;
bosh chanog`ining o`ir jarohatlarida quloq va burun teshigidan qon ketishi, ko`krak qafasi og`ir shikastlanganda qon burundan va og`izdan oqishi mumkin;
teri qoplamalari rangi oqargan yoki ko`kargan, qorachiqlar kengaygan bo`lib, yorug`likda o`zgarmaydi. Qon tomirlar pulsatsiyasi (urishi) qo`lda ham, bo`ynida ham aniqlanmaydi, yurak urishi sezilmaydi. Nafasi to`liq to`xtaganlinini bemorning og`ziga yaqinlashtirilgan oyna bo`lakchasini terlaganligi aniqlab beradi.
BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH KETMA-KETLIGI • Bemorda nafas olish jarayoni buzilgan taqdirda og`iz bo`shligini ko`rish kerak, yopiq bo`lsa qo`l bilan salfetka yoki ro`molcha yordamida tozalash lozim; • agar arterial qon ketish hollari kuzatilsa, o`sha tomirning yuqori qismidan bosib turish yo`li bilan qonni to`xtatib, keyin jgut kabi qon to`xtatuvchi vositalardan foydalanish mumkin. • bemorda suyak sinishlari to`lik inkor etilmaguncha yurishga ruxsat berish kerak emas; • qo`shimcha jarohatlardan holi bo`lish uchun bemorning kiyimlariga tegish kerak emas, faqatgina nafas qisilishi kabi xolatlarda yoqasini va belini bo`shatish, zarur holatda kiyimini yirtish zarur yoki qisman yechiladi; • bemor tekis joyga yotqizilgach, yana bir marta nafas yo`llarining o`tkazuvchanligi tekshirilib, tili orqaga tushib qolgan bo`lsa, uni salfetka bilan ushlab o`ziga tortiladi; • agar umurtqaning bo`yin qismi sinmagan bo`lsa, uni yoniga burish mumkin; • nafas olishning qayta to`xtab qolishi oldini olib, bemorni yonboshlatib yotkiziladi; • nafas olish tiklanmasa sun’iy nafas beriladi. Buning uchun bemorning boshini orqaga bukib, nafas yo`llaridan havo o`tishi osonlashtiriladi; • ko`krak kafasining ochiq jarohati bo`lsa va u orqali havo kirayotgan bo`lsa, darxol uni steril salfetka yoki tozaroq mato yoki hech narsa bo`lmasa kaft bilan yopish lozim; • jarohatlanuvchida hayot uchun xavfli tashqi venoz qon (to`q qizil rangda) ketishi bo`lganda uni to`xtatish kerak. Buning uchun ko`pincha dastlab steril, so`ng bosuvchi bog`lam qo`yiladi. • arterial qon ketishda (och qizil pushti rangda) jgut qo`yish qoidasidan foydalangan xolatda yoki tomirni bosuvchi boshqa usullar qo`llaniladi. QON KETISHDA BIRINChI TIBBIY YORDAM KO`RSATISH Qon tomirlar shikastlanganda arterial, venoz va parenximatoz oqishlar tafovut qilinadi. Agar qon jarohatdan tashqariga oqayotgan bo`lsa, buni tashqi qon oqish deb ataladi, agar qon jarohatlangan tomirdan to`qimaga, ichki organlarga – ko`krak yoki qorin bo`shlig`iga oqayotgan bo`lsa, u holda buni ichki qon oqish deyiladi.
arterial qon oqishini to`xtatish hammaning qo`lidan keladigan eng oson va tezkor usul bo`lib, jarohatlangan joy teparog`idan arteriyani barmoq bilan bosib turishdir. Arteriya suyak yoniga yaqin joydan yoki uning ustidan o`tgan bo`lsa, uni bosib turish juda oson bo`ladi;
arteriyalarni barmoq bilan bosish ko‘p kuch sarflashni talab etadi va bu tadbirni hatto jismonan kuchli va chiniqqan kishi ham 15- 2 daqiqadan ortiq bajara olmaydi;
jgut (buragich) qo‘l va oyoqning yirik arterial tomirlari shikastlanganda qon oqishini vaqtincha to‘xtatishini asosiy usulidir. Jgut son, yelka (bir suyagi bor joyga) qo‘yiladi;
jgut qon oqayotgan joydan 15 sm yuqoridan jarohat yaqinidagi terini siqib qo‘ymaslik uchun kiyim yoki yumshoq bint ustidan bog‘lanadi;
jgut bog‘langandan so‘ng biriktirilgan qog‘ozga kuni,soati va daqiqasi yoziladi, qog‘oz jgut ostiga ko‘rinib turadigan qilib qistirib qo‘yiladi;
jgut qish mavsumida 1 soatga , yozda esa 1,5-2 soatga qo‘yiladi.Jgut qo‘yilgandan so‘ng 2 soat o‘tgan hollarda arteriyani barmoq bilan bosish, jgutni asta sekin pulsni hisoblab turib 5-10 daqiqaga bo`shatish va uni avvalgi joyining yuqorirog`idan yana qo`yish lozim;
jgut bo`lmaganda arteriyadan qon oqishida buragich qo`yish yoki qo`l- oyoqni maksimal bukishva uni shu vaziyatda bog`lash yo`li bilan to`xtatish mumkin;
venadan qon oqishini bosib turadigan steril bog`lov qo`yish va gavdaning shikastlangan qismini baland ko`tarib qo`yish bilan to`xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |