4.Patriarxat davrida jismoniy mashqlar.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot sohasidagi o‘zgarishlar oqibati-natijada jismoniy tarbiya sohasida ham bir qancha Yangi xodisalarning sodir bo‘lishligi sabab bo‘ldi. eski o‘yinlar ko‘pincha ilgarigi ovchilik terminlarini saqlagan holda harakatlar xarakteriga ko‘ra, jamoa ovchilik mashqlarining ilgarigi usullari va uslubiyatlariga endi bevosita munosabatda bo‘lmas edi. Masalan; ilgari, odatda, jamoa ovchilik o‘yinlari majmuasiga kirgan mushtlashish, kurashish, og‘irlik ko‘tarish va hakozalar asta-sekin erkaklarning individual mustaqil musobaqa turiga aylandi. Ovchilik o‘yinlari ovchilar turmush an’analarini aks etirib kelgan eski mazmunini yo‘qotdi. Ayni vaqtda dehqonlar va chorvadorlarning mehnati va turmushini aks etiradigan Yangi musobaqa o‘yinlari paydo bo‘ldi. “Zog‘ar”, “Tariq”,”Sichqon va mushuk”, “Kalxat” va boshqa shu singari xalq o‘yinlari aftidan, o‘z ildizlari bilan ibtidoiy jamoa tuzish davridagi musobaqa o‘yinlariga borib taqalsa kerak. Bu o‘yinlarda XIX asrdayoq ibtidoiy dehqonlar va chorvadorlarning o‘yinlari uchun xarakterli bo‘lgan marosim va musobaqa elementlari ancha aniq saqlangan edi. Ko‘pgina xalqlarda ho‘kiz bilan olishuv o‘yini keng tarqalgan edi. Bu o‘yinlarga yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish hamda usullarini aks ettiruvchi jismoniy mashqlar kirar edi.
Patriarxat davrida ibtidoiy jamoa odamlarining o‘yin ijodini tarkibiy elementlariga ajratish, ixtisoslashtirish jarayoni kuchayadi. Masalan, bug‘uchilik bilan shug‘ulanadigan qabilalarda bug‘u bilan olishuv o‘yini asosan bolalar o‘rtasida saqlanib qolgan. Qatnashganlar o‘rtasida esa bu o‘yinlardan faqat ayrim mashqlargina foydalanilgan: bu mashqlar sportning mustaqil elementlari sifatida tarkib topdi (bu usullarda tezlikda kim o‘zarcha poyga qilish, katta yuklarni tashishda poyga qilish, yugurib kelayotgan bug‘uning shoxiga arqon tashlab, bir joyda turgan buyumga va havoda aylanib turgan buyumga arqon tashlash, keng chang‘ilarda kim o‘zarga poyga qilish va hakozalar). Kurash singari musobaqa turi ham shaklan o‘zgardi. Agar ilgari hayvon terisiga o‘ralib raqs harakatlari va sakrashlari bilan kurashga tushilgan bo‘lsa, endi raqs mustaqil mashq sifatida ajralib chiqdi, kurash esa sport xarakteriga ega bo‘ldi. Hayvon terisiga o‘ralib sakrash musobaqaning mustaqil turi sifatida bajarila boshlandi. O‘yinlar va jismoniy mashqlarning bunday evollyuatsiyasi Kamchatkadagi bir qancha qabilalar va boshqa xalqlarda kuzatilardi.
Jismoniy tarbiya mehnat ehtiyoji tufayli vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya dastlab mehnat jarayonida taqlid qiladigan va unga tayyorlaydigan mashq hamda o‘yinlardan iborat bo‘lgan. Jamiyat urug‘chilik tashkilotlarining tushumini va rivojlanishi bilan o‘ynovchilarning o‘yinlari va harakatlari asta-sekin takomilashtirib borgan. O‘yin uchun suniy buyumlar snaryadlar, koptoklar, sharlar, chovgonlar, raketkalar, qoziqchalar va hakozalar paydo bo‘lgan. Bu hol kishilar ijtimoiy foydali faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lgan jismoniy tarbiya elementlari tartib topish bosqichining boshlanganligidan dalolat beradi. Jismoniy mashqlar, raqslar, jamoa musobaqa o‘yinlari va yakkama-yakka kurashlar diniy marosim bayramlaridagi urf-odatlarning ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
Ibtidoiy jismoniy tarbiya barcha urug‘ a’zolarining erkin jamoa mehnati negizida paydo bo‘ldi va ibtidoiy jamoa tuzumining ishlab chiqarish usuliga batamom muvofiq keladi. Ibtidoiy jismoniy tarbiya barcha urug‘ a’zolari boyligi bo‘lib, urug‘- qabila mehnat turmushi bilan chambarchas bog‘langan edi. Ibtidoiy jamoa tuzumining yyemirilishi davrida jismoniy tarbiya urug‘-qabila aslzodalari tomonidan o‘zini va o‘z drujinalarini harbiy jihatdan tayyorlash uchun foydalanildi, bu drujinalar boshqa qabilalarni har biri yo‘l bilan tanlash uchun mo‘ljallangan edi. Bu bilan jismoniy tarbiya urug‘-qabila aslzodalarining bundan keyingi boyishiga va sinfiy ajralishiga, sinfiy quldorchilik jamiyatining paydo bo‘lishiga imkon yaratdi.
Ibtidoiy jamoaning yyyemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo‘lib, ularda ham o‘ziga xos jismoniy mashqlar va o‘yinlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo‘lib basketbolga juda o‘xshab ketadigan o‘yin o‘ynash an’anaga aylangan. Ya’ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo‘lgan sport o‘yiniga asos solgan bo‘lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat harbiy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizmat qilgan. Turli qabilachilik holatlari o‘zaro jang, nizo va urushlarni keltirib chiqargan. Shu sababdan himoya qal’alari, qurol-yaroqlar yasash kabi Yangi faoliyatlar tarkib topib, ular yanada rivojlangan. Natijada, maxsus jangchilarni tayyorlash ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Jangchilarning jismoniy tayyorgarligida boshqa qabila va elatlarni bosib olish, ezish, ko‘pchilikni hukmron ozchilikka bo‘ysundirish uchun foydalanishni ko‘zda tutadigan jismoniy tarbiyaning Yangi tizimi namunalari tug‘ila boshladi. Bunday jarayonlar esa quldorlik tuzumini vujudga keltirgan. Quldorlikning dastlabki davrida qabilachilik munosabatlarining xalq hokimligi an’anasi saqlanib, qabila zodagonlari hokimiyatini cheklab turgan. Lekin qabilalar o‘rtasida to‘qnashuvlar jiddiy harbiy xususiyatlarga ega bo‘lgan. Ularning asosiy sababi boylik orttirish va o‘z hukmronligini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan. Harbiy dohiylar rahbarligida maxsus posbonlar paydo bo‘lgan. Dohiylar ko‘pincha qabilalarning yo‘lboshchisi ham hisoblangan. Xalq kengashlari yuzaga kela boshlagan. Ularning vazifalari jamoaning barcha a’zolarini himoya qilishdan iborat bo‘lgan. Qishloq istehkomlari paydo bo‘lib, chet el posbonlari hujumidan harbiy mudofaa qilish tarbiyasi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |