Nazorat savollari
О‘zbeklarning eng qadimiy xalq ekanligi.
Sirdaryo va Amudaryo oraligi (Movarounnaxr)da yashab о‘tgan qadimiy urug‘lar, qabilalar, elatlar. О‘zbeklarning xalq sifatida shakllanishi xaqida tarixiy man’balar.
О‘zbek xalqining mentalitetida tarixan shakllangan о‘ziga xos xususiyatlar. О‘zbek xalqining millat sifatida shakllana borishi, bunda milliy g‘oya va mafkuraning tutgan о‘rni.
О‘zbek xalqining Markaziy Osiyo xalqlari orasida tutgan tarixiy mavqei va Sharq sivilizatsiyasiga qо‘shgan xissasi.
JAVOBLAR:
1. Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy va madaniy tarixini o’rganishning ba’zi
masalalari, qadimiy ma’naviyat va madaniyat yodgorliklari, islomiy tafakkur
muammolari, temuriylar davrida ma’naviy-madaniy hayot, Markaziy Osiyo
xalqlarining birinchi va ikkinchi Uyg’onish davrlariga xos bo’lgan ilmiy-madaniy
merosini, o’zbek va o’zbek xalqining kelib chiqishi tub negizlarini, bu xalqning
jahon va boshqa xalqlardan farq qiluvchi xususiyatlarini, milliy hamda
umuminsoniy qadriyatlarini, oila, maxalla turmush madaniyatini, Turkistonda
ma’rifatchilik madaniyati, jadidchilik harakatinig mohiyati va buyuk siymolar ijodi,
tarixiy ajdodlarimizning mumtoz merosini o’rganishga sharoit yaratadi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng
qadimiy markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bunday baholanish mezoni, albatta tarixiy
arxeologik, poleontologik xamda antropologik tekshiruvlar natijalariga tayanadi.
Ko’plab qazilma hamda tekshiruvlar Markaziy Osiyo zaminining barcha
hududlarida olib borilganligini bilamiz. Eramizdan million yillar burun bu zaminda
kishilar yashab kelganligi ham isbotlangan.
Miloddan ilgarigi III-ming yilliklar boshlarida, ya’ni bundan 30-26 asrlar
muqaddam Markaziy Osiyoda o’troq dehqonchilik rivoj topishi, ibtidoiy jamiyat
emirila borib quldorlik tuzumining vujudga kelishi, Sug’d, Xorazm, Baqtriya kabi
davlatlarning paydo bo’la boshlashi, yangi diniy karashlarning shakllanishi
natijasida o’sha davrga xos bo’lgan turmush tarzini ifodalovchi an’ana, rasmrusumlar, marosim va bayramona qadriyatlar yuzaga kelgan.
Fargona vodiysining So’x tumanida topilgan Sulungur g’oridagi ashyoi -
atiqalar, Anov va Namozgoh, Sopollitepa qazilmalarining namunalari
ajdodlarimizning qadimgi makonlari qanday bo’lganligi, hayot va turmush tarzi,
ma’naviy-madaniy xususiyatlari to’grisida ma’lum tasavvurlar hosil kilishga imkon
beradi.
2. «O’rta Osiyo ikki daryo
oralig’i tipi» turkiy va sug’diy tili qabila va elatlarning qadimgi tiplari asosida,
ularining uzoq davom etgan etnomadaniy qorishuvi natijasida Sirdaryoning o’rta
havzalarida antik davrda tarkib topganligi aniqlandi. Hozirgi o’zbeklar va voha
tojiklari «O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i» tipiga kiradilar.
«Buyuk cho’l»dagi og’ir ekologik sharoit, turli siyosiy voqealar natijasida,
milodiy III-IV asrlardan boshlab O’rta Osiyoga, jumladan Ustrushona hududiga
ko’chmanchi chorvador xalqlarning kirib kelishi kuzatiladi. Eftaliylar va ayniqsa
Turk xoqonligi davrida bu jarayon yanada kuchayadi. Ilk o’rta asrlarda
Ustrushonada aniq hududiy chegaralanish yuz beradi. Mamlakatning ma’muriy va
madaniy markazi Bunjikat poytaxt maqomini oladi. Ustrushonada davlat boshlig’i
bo’lmish hukmdorlarni afshinlar deb atashgan. Afshinlar sulolasi hukmronligi
o’lkani 893 yilda vohani, somoniylar davlati tarkibiga kirishi bilan tugatiladi.
Tarixchi olimlar «afshin» nomini ko’chmanchi turkiy qavmlarning kirib kelish
Ustrushonaga VII asrdan boshlab so’g’d tomondan qarluq qavmi kirib kela
boshladi. Arablardan quvilgan qarluqlar Badaxshon va Qorako’l xududlariga
ko’chib o’tishgandan keyin asta-sekin Buxoro orqali Samarqandga» keyinchalik
O’ra-tepa atroflariga kelib joylashganlar.
O’rta Osiyo G’arbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirgan davrda, nazariy jihatdan
mahalliy aholida mo’g’uliylik oshishi kerak bo’lgan bir paytda, buning aksi
kuzatiladi. Buning ikki sababi bor edi: birinchidan vohaga o’rnashgan barcha
turkiylar mo’g’uliy qiyofada emas edi, ikkinchidan arab bosqini turkiy tilli
qabilalarning sharqdan doimiy ravishda kirib kelishini to’xtatdi yoki susaytirdi.
3. Akademik K.Shoniyozov «O’zbek elati IX-X asrlarda shakllandi» deb
hisoblaydi. Akademik. A.Asqarov esa «o’zbeklarning etnogenezi XI asrgacha
davom etadi... XI-XII asrlarda o’zbek xalqi uzil kesil shakllandi» degan fikrni olg’a
suradi.
Yuqorida keltirilgan tarixiy dalolatlar qadimiy Ustrushona hududida o’zbek
tilida so’zlashuvchi qorluq-chig’il, qipchoq va o’g’uz laxjalariga xos urug’-
qabilalarning qadimdan yashaganligi, voha o’zbeklarning etnogenezida ishtirokini
ko’rsatadi.
Toshkent antropologiya maktabi vakillari tadqiqotlarida o’zbek xalqini ikkiga
bo’lib o’rganadilar ya’ni: Urug’-qabilachilik an’anasiga ega bo’lmagan o’zbeklar;
Urug’-qabilachilik an’anali o’zbeklar. Urug’-qabilachilik an’anasiga ega bo’lmagan
o’zbeklar mustasnosiz barchasi evropoid belgilari bilan harakterlanadi va mahalliy
aholining ajdodlari bo’lib hisoblanadilar degan fikrga olib keladi. Etnologik
kuzatuvlarga ko’ra: O’ra-tepa atrofidagi Topqoq, Nijoni, Yangiqo’rg’on;
Yangiobod tumanidagi Jo’langar, Sarmich, Balandchaqir, Zomin tumanida
Pishog’ar xududlarida istiqomat qiluvchi o’zbek aholilarida urug’ qabilachilik
an’analari unitilgan bo’lib mahalliy etnos avlodlari jumlasiga kiritish mumkin.
Urug’-qabilachilik an’analari unitilgan o’zbeklar mazkur hududda istiqomat qilishi
Akademik K.Shoniyozovning «Turkiyzabon xalqlarning turg’un yashovchi qismi
nafaqat Ustrushona viloyatida, Movarounnahrning barcha viloyatlarida qadim
davrlardan yashab kelganligi tarixdan ayon» degan fikrining tasdig’idir.
Urug’ qabilachilik an’anasiga ega bo’lgan qabilalar, olimlar tomonidan ularni
Movarounnaxrga kelgan vaqtlariga qarab «ilk» va «kech» kirib kelganlar deb talqin
qilinadi. Ushbu bo’linishga ko’ra mo’g’ullargacha kelgan va mo’g’ullar bosqinidan
keyin kirib kelgan Dashti Qipchoq qavmlari tarzida tadqiq etiladi. Elshunos olim
T.U.Salimov vohaga «ilk» o’rnashgan qavmlar ajdodi tarzida Beshbuloq, Ravot,
Ko’rpasoy turklari shuningdek, Yom qishlog’i qarluqlarini e’tirof etadi. Mazkur
qavmlar va tojiklar o’rtasida aralash nikohlar juda ko’pdir.
Vohada istiqomat qiluvchi o’zbek turklarida «turk-u tojik bir xalq» degan naql
mavjud. Ko’lob viloyati qarluqlarini etnologik o’rganilishi jarayonida ular
tojiklarning yaqin qarindoshi hisoblanishi, tojiklar bilan yaqinlik darajasi tog’a va
jiyandek ekanligi haqidagi fikrlar uchratilgan. O’zbek turklari va qarluqlar O’rta
Osiyo ikki daryo oralig’i tipiga mansub bo’lib mo’g’uliylik elementlari kam seziladi
va o’zbek xalkining asoslarini yaratgan qavmlardan hisoblanadi.
Nurota tog’ etaklarida unga tutash cho’llarda yashagan o’g’uz-saljuqlari asrlar
davomida mahalliy etnoslar bilan yonma-yon yashaganlar, o’z navbatida, o’zbek
etnik guruhlari tarkibiga kirib ketgan. Shuning uchun ham bo’lsa kerak keyingi
avlodlari o’zlarini o’zbek turkmanlari yoki «Nurota turkmanlari» deb ataganlar,
deydi akademik K.Shoniyozov Zomin, O’ra-tepa tumanlarida Sirdaryo sohilida
mavjud turkman qishloqlarida o’zbek turkmanlari istiqomat qilishayotgani o’g’uz
etnik guruhi o’tmishidan nishonadir.
4. Turkiston tog’ tizmalari old qismida Xo’janddan Zominga qadar bo’lgan
qishloqlar tarkibida Qipchoq, Xoldorqipchoq kabi etnonimlarning mavjudligi etnik
guruhlarning o’tmishidan dalolat beradi. Zomin tumanida tojik millatiga mansub
aholi kamchilikni tashkil etsada, O’ra-tepa, Shahriston, Xo’jand, Konibodom atrofida o’zbek va tojik xalqlari birin ketin joylashgan qishloqlarda istiqomat
qilishadi. Mazkur xududda istiqomat qiluvchi o’zbek va tojiklar ikki tilli etnoslar
bo’lib, o’zaro suhbatlarida bir-birlarini bemalol tushuna oladilar, turmushi, to’ytantanalarida, moddiy-ma’naviy madaniyatlarining deyarli barcha jabhalarida
uyg’unliklar ko’p bo’lib, hattoki ko’p xollarda quda-andachilikda ham ko’rishimiz
mumkin. Mazkur nuqtai nazardan tadqiqotlar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |