Jizzax davlat pedagogioka institut



Download 5,81 Mb.
bet15/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

Internet saytlari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
4. www.edu.uz
5. www.lex.uz
6. www.bilimm
7.www.gov.uz
4- Mavzu: QADIMGI OLIMPIYA O`YINLARI.
REJA:

  1. Qadimgi olimpiya o‘yinlari haqida.

  2. Qadimgi Gretsiyadagi olimpiya o`yinlari tarixi

  3. Qadimgi Yunonistonda Olimpiya o`yinlari tarixi-yangi ajoyib musobaqalarning paydo bo`lishi.

  4. Olimpiya o`yinlarining kiritilish tarixi.

Qadimgi olimpiya o‘yinlari haqida.

Olimpiada o‘yinlari qadimgi yunon jismoniy tarbiyasi taraqqiyotini xarakterlovchi yorqin palla bo‘lgan. Bu o‘yinlar Olimpiyada Zevsi sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar bu bayramlarning boshlanishi eramizdan avvalgi 776-yilga to‘g‘ri keladi, deb ko‘rsatadi. Biroq ularning haqiqatda vudujga kelgan-yilni ancha ilgari davrlarga bog‘lash lozim bo‘lsa kerak. Eramizdan avvalgi 776-yilni bu bayramni yunonlar bayrami sifatida tan olingan-yil deb hisoblash lozim. Afsonada shu-yili Olimpiyada bayrami o‘tkazilishi ikki yunon davlati –Elida va Sparta davlatlari o‘rtasida tinchlik o‘rnatilish bilan bog‘lanadi. O‘yinlar o‘tkaziladigan vaqtda butun Gretsiya bo‘ylab muqaddas tinchlik elon qilinadi.



  1. Olimpiya bayrami o‘yinlari dastlab bir ko‘n o‘tkazilar edi. Eramizdan avvalgi V asrga kelib, bu bayramlar 5 kun davom etadigan katta tantanaga aylanib ketdi. Bu bayram vujudga kelgan paytda diniy bayram edi, lekin uning asosiy mazmunini atlentika musobaqalari tashkil etar edi. Olimpiyada musobaqalarining eng qadimgi turi 1-bosqichga (qariyib 192m) yugurishdan iborat edi. 14-o‘yinlardan boshlab, musobaqa dasturiga 2-bosqich chopish, 15 olimpiyada o‘yinlaridan boshlab chidamligini sinash uchun yugurish kiritiladi. 18-o‘yinlardan boshlab, musobaqa besh kurash musobaqasi bilan to‘ldirilib, bu musobaqa keyinchalik bayramning markaziy qismi bo‘lib qoldi. Bu vaqtlarda musobaqalar dasturiga kurash kiritilgan edi. Birmuncha keyinroq mushtlashish, qo‘sh g‘ildirakli aravada yurish va pankration (mushlashish bilan kurashning birlashuvi) qo‘shildi.

  2. Fuqaro huquqlaridan faqat erkin yunonlar-quldorlar foydalana olgan harbiy-quldorlik davlatlarining xususiyatlariga asoslanib, olimpiya o‘yinlariga faqat erkin bo‘lib tug‘ilgan fuqarolargina qatnashtirar edilar. Qullar va var-varlar (boshqa yurt odamlari) ning o‘yinlarida qatnashuvi qatiyan man etilar edi. Olimpiya qoidalari xotin-qizlarning ham olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘ymas edi. Buning ustiga xotinlarning hatto musobaqalarini tomosha qilishlari ham man etilar edi.

  3. Dastlabki vaqtda o‘yinlarda harbiy majburiyatlarini o‘tagan katta yoshdagicha yunonlargina qatnashar edi. 37-o‘yinlardan boshlab o‘yinlarda bolalar qatnasha boshladilar. Bolalarning chiqishlari uchun bayram paytlarida alohida ko‘n ajratilar edi.

  4. O‘yinlarga ellan odillar (hakamlar) rahbarlik qilar edi; ular elida fuqoralari orasida o‘yinlar boshlanishidan bir-yil oldin chek tashlash asosida (9 kishida 19 kishigacha) saylanar edilar. ellanodiklarning vazifasi musobaqalar joyini tayyorlashdan, musobaqa qatnashuvchilarini tanlashdan, musobaqalarning borishini ko‘zatib turishidan va nihoyat musobaqalarda g‘olib chiqqanlarga mukofotlar berishdan iborat bo‘lgan.

  5. Asosiy mukofot-muqaddas zaytun daraxti novdasidan qilingan gulchambar, beshkurash musobaqasida g‘olib kelgan kishiga berilar edi. Ko‘pincha navbatdagi o‘yinlargacha bo‘lgan to’rt-yilik davr ana shu g‘olibning nomi bilan atalar edi.

  6. Yilning birinchi kuz oyida olimpiyadada Zevs Gere xudosining xotiniga bag‘ishlangan, Geriada musobaqasi o‘tkazildi. Bu musobaqa Olimpiya miqyosida va ulug‘vorligi bo‘yicha bir muncha past keladi. Geriadada o‘tkaziladigan musobaqalarda asosan Sparta va qo‘shnilar bilan Olimpiyada shaharlarini qizlari qatnashdilar. G‘oliblar zaytun daraxti novdasidan qilingan gulchambar bilan mukofotlanganlar va o‘zlarini tasvirlarini ibodatxonaga qo‘yish huquqiga ega bo‘ladilar. Sitsiliyalik tarixchi Tiliy eramizdan avvalgi III asrda Olimpiyada bo‘yicha umumiy Gretsiya hisobini joriy qildi.

  7. Musobaqalashishni eng ko‘p tarqalgan turi stadionni uzunligiga teng bo‘lgan, yugurish musobaqasidir. Olimpiya stadioni eng katta bo‘lib, u 192 m 27 sm teng bo‘lgan. Delfa, Istme va Neame stadionlari kattaligiga olimpiyada stadionidan kichik bo‘lgan. Bitta stadionga yugurish g‘olibni ismi keyingi to’rt-yil davomida g‘olib bo‘lib qolgan. 18-Olimpiya o‘yinlaridan (eramizdan avvalgi 708 y) keyin o‘yin musobaqalari dasturiga umum-yunon bayramlariga kurash, pentalon, pankration va ot aravda o‘tkaziladigan musobaqalar kiritildi. Eramizdan avvalgi 632-yildan boshlab 20 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirinlarni (37 olimpiyadadan) musobaqalarda qatnashishiga ruxsat etildi, uni davom etishi 3 kunga ko‘paytirildi, bayramlar bilan birga qo‘shganda 5 ko‘nni tashkil etadi.

  8. Rodosli mashhur sportchi Leonidis stadionda (eramizdan avvalgi 164-152y) 2 stadiaga yugurishda va ekinirovkali yugurishda 12 marta g‘alabaga erishdi. U uch karra “doirada ” to’rt marta g‘oliblikka erishdi. Bu “doirada” olimpiya musobaqalari g‘olibligidan tashqari. Pifia, Istimia va Nemey o‘yinlarida g‘olib chiqanliklari ham kiradi. O‘yinlarda tarixchi Gerodot, yozuvchi Luqian, filolog Sokrot, notiq Demosfen, matematik Pifag‘orlar qatnashdilar. 84-Olimpiya o‘yinlaridan boshlab (eramizdan avvalgi 444 y). San’at konkurslari olimpiya musobaqalari dasturini bir qismi bo‘lib qoladi.

  9. Umumyunon olimpiya o‘yinlari bilan bir qator Gretsiyaning ko‘pgina shaharlarida kichikroq ko‘lamdagi o‘yinlar ham o‘tkazilar edi. Lekin bu o‘yinlar ham quldorlik davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynar edi. Bu o‘yinlarning hammasi u yoki bu polis ichidagi quldorlarning jipslashuviga erishishga qaratilgan bo‘lib, ayni bir vaqtda ularning harbiy qudratini ham namoyish qilar edi. Mahalliy o‘yinlar qatorida istmiyliyliklar, pakafiyliklar, pifeyliklar, nemeyliklar va boshqalarning o‘yinlari ajralib turar edi.

  10. Gretsiyada umumyunon va mahaliy o‘yinlarni o‘tkazish uchun juda ko‘p sonli stadionlar bor edi. Qazilmalar vaqtida Olimpiyada, Delfada, Pareyada, Maletda va bir qancha boshqa joylarda stadionlarning qoldig‘i topilgan.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish