Jizzax davlat pedagogioka institut



Download 5,81 Mb.
bet10/285
Sana06.02.2022
Hajmi5,81 Mb.
#433590
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   285
Bog'liq
жис тарбия тарихи

2. Sparta tizimi
Miloddan avvalgi IX asrda Sparta shahri vujudga kelib, uning aholisini 9 mingga yaqin quldorlar oilasi, shuningdek, 30 ming hunarmandlar, savdogarlar va yer egalari, 200 ming qul tashkil etgan. Quldorlar (spaitiatlar) qullardan saqlanish va o‘zlarini himoya qilishga tayyorlanish maqsadida o‘ta qattiq tarbiyaviy tizimdan foydalangan. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan. Bu davrda ularni qorong‘ulikdan qo‘rqmaslik, sovuqqa, tashnalikka ochlikka chidashga o‘rgatganlar va chiniqtirishga katta ahamiyat berganlar. 7 yoshdan 14 yoshgacha bolalar va o‘smirlar davlat tizimidagi tarbiya muassasalarida asosan jis­moniy tarbiya bilan shug‘ullanganlar. Ularni sovuq va ochlikka bardosh berish, chaqqonlik va og‘riqlarga chidash kabi faoliyatlarga o‘rgatib, chiniqtirganlar. Yoshlarni nayza va disk uloqtirish, yugurish, sakrash, kurash va harbiy o‘yin­lar, yovvoyi hayvonlarni ovlashga orgatganlar. Qo‘shiq aytish, musiqa va raqs kabi sohalarga ham ko‘p vaqt ajratilgan. Davlat tomonidan belgilangan rahbarlar (pedonom) yosh spartiatlarni mardlik, jasorat, qullarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalaganlar. Shu maqsadda kechalari qullarga qarshi hujumlar, bosqinlar uyushtirganlar, shubhali qullarni o‘ldirishgan.
18-20 yoshli tarbiyalanuvchilar efebiya qatoriga qabul qilinib, ular jismoniy va harbiy tayyorgarlikni o‘taganlar. Keyinchalik esa ularni harbiy darajalarga ajratib, qariguncha harbiy xizmatda ushlab turishgan.
Sparta tizimida qizlarning jismoniy tarbiyasiga ham katta e’tibor qaratilgan. Sog‘lom bolalarni dunyoga keltirib, ularni sog‘lom qilib o‘stirish uchun oilalar ham o‘ta sog‘lom bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli ham qiz bolalarni yugurish, kurash, nayza va lappak uloqtirish kabi mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullantirishgan. Sparta xotin-qizlari ko‘proq qullarni saqlashda xizmat qilganlar.
Sparta davlati tarbiya tizimini va harbiy sohadagi eng kuchli qismi Gretsiyada tashkil etilgan. Ular uzoq-yillar davomida yyengilmas deb nom qozondi. Sparta atletikachilari ko‘pgina olimpiya, pif va boshqa o‘yinlarda qatnashib, g‘alabalarni qo‘lga kiritgan.
Doriyliklarning Lakoniyani bosib olish natijasida eramizdan avvalgi IX asrning o‘rtalarida vujudga kelgan Sparta davlati dastlab harbiy jihatdan uyushgan urug‘chilik ittifoqi xarakterga ega edi. Sparta bu ittifoqning ko‘pgina xususiyatlarini deyarli butun tarixi davomida saqlab kelgan. Bosib olingan mahalliy aholi bosqinchilar-doriyliklar tamonidan juda qattiq ekspluatsiya qilish obyektiga aylanadi. Mahalliy aholi bosqinchlarni barcha qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari bilan ta’minlashga majbur edi; harbiy jamoalarga uyushgan bosqichlarning o‘zlari esa faqat harbiy ish bilan band edilar. O‘z zamonlariga qarshi tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turadigan pedonomlar va iloatlar ommasi ustidan hokimlikni qo‘llab-quvvatlash zarurligi spartaliklarni doim jangovar holatda turishga majbur qiladi va jamoaning shunga muvofiq harbiy lager uyushmasining yuzagi kelishiga sabab bo‘ladi. Spartaning 20 yoshidan 60 yoshigacha bo‘lgan har bir fuqarosi armiya safida bo‘lar, buning ustiga ko‘p vaqtning oilasidan uzoqda, har kuni biror ma’lum bo‘linmaning jangchilari yig‘iladigan jamoat oshxonalarida (sissitiyalarda) o‘tkazishiga majbur bo‘lar edi. Harbiylar lager hayoti sharoitlarida o‘ziga xos tarbiya tizimi ham rivojlanib borar edi.
Spartaliklar tarbiya sohasida o‘z e’tiborini asosan kuchlilik, chidamlilik va epchillikning o‘sishiga qaratar edilar, chunki spartaliklarning qurollanishi xarakteri va taktikasi shuni talab qilar edi. Tarbiya maqsadi bo‘lajak jangchilar hamjihatligini, kuchini va chidamligini ta’minlaydigan jismoniy fazilatlarini kamol toptirishdan iboratdir. Spartada tarbiya masalalariga katta e’tibor berilar edi. Go‘dakning tug‘ilgan kunidan boshlab uning hayoti davlat nazorat ostida bo‘lar edi. Maxsus tashkil qilingan ijtimoiy internat uylarida o‘qitganlar. Plutarxning aytishiga qaraganda, biror jismoniy kamchilik bilan tug‘ilgan barcha bolalarni o‘ldirganlar,
Ular jismoniy mashqlar (yugurish, kurashish, irg‘itish, sakrash va boshqalar) yordamida har qanday qiyinchiliklarni engishga o‘rgatar, o‘z kuchlari va chidamliklarini o‘stirar edi. Ularning murabbiylari va rahbarlari davlat tomonidan belgilanadigan pedonomlar edi. Har-yili shu yoshdagi guruhga turuvchi bolalar uchun sinov (uy) lar tashkil etilib, bu sinovlarda o‘g‘il bolalar o‘zlarining jismoniy fazilatlarini rivojlantirish borasida bir-yil ichida erishgan natijalarni namoyish qilar edilar. 14 yoshga etgan o‘smirlar uchun sinov-yili deb ataluvchi alohida-yil belgilanar edi; bu o‘smirlar qurol olar, maxsus otryadlarga guruhlashtirilar va o‘z murabbiylari rahbarligida politsiya hizmati va harbiy xizmatni o‘tar edilar. Bu sinov-yili davomida ular tungi yugurishlar uyushtirar edilar, bunday tungi yugurishlar vaqtida ularga yo‘lda uchragan har bir ilotni o‘ldirishga, ilotlarning qishloqlariga hujum qilishga, bu qishloqlarni vayron qilib tashlashga huquq berilgan edi. Bu yurishlar ilotlarni qo‘rqitish va yosh spartaliklarni yurish vaqtidagi jangovor holatiga, ilotlarning qo‘zg‘olonlarini bostirishga o‘rgatish maqsadida uyushtirilar edi.
Sinov-yilni tugashi bilan o‘smirlar eyrenlar razryadiga o‘tkazilar edi. Eyrenlar (15 yoshdan 20yoshgacha bo‘lagan yigitlar) tizimli jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanar va ayni bir vaqtda kichik yoshdagi sinfdagi o‘g‘il bolalarning tarbiyalashishida pedonomlarga amaliy yordam ko‘rsatar edilar.
Yosh spartalik 20 yoshga to‘lishi bilan yana sinovdan o‘tar va ediblar razryadiga o‘tkazilib, ular qatorida 30 yoshgacha bo‘lar edi. ediblar qo‘yishlar sostaviga kiritirar, yugurishlarda qatnashar edilar. Ular muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar o‘zlariga uchun zarur bo‘lgan fazilatlarini tarkib toptirar edilar.
Sparta yoshlarning yerlar jinsi jismoniy tarbiyasining qattiqligi spartalik qizlarning ham qattiq tarbiyasiga muvofiq kelar edi. Qizlar yigitlar bilan bir qatorda jamoat bayramlarida ishtirok etib, musobaqa va raqslarga qatnashar edilar: yugurish, sakrash, irg‘itish va hatto kurashishga doir mashqlar ko‘proq shug‘ullanar edilar. Qadimga manbalarning ko‘rsatishicha, qizlarni bunday tarbiyalashdan maqsad “bu qizlardan tug‘iladigan bolalardan baquvvat va kuchli bo‘lishi uchun ularning tanasini kuchli baquvvat qilishidan iboratdir”.
Quldorlarning Afinada vujudga kelgan tarbiya tizimi Spartadagi qattiq, bir tomonlama tarbiya tizimidan (bu yyerda aqliy ta’limga e’tibor berishar edi) farq qiladi.

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish