Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik



Download 162,61 Kb.
bet7/15
Sana22.04.2022
Hajmi162,61 Kb.
#573377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
O`zb-Ross diplom Word

2.2. O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ilm-fan sohasidagi aloqalar yanada rivojlanmoqda. Bu davrda O‘zbekiston FAning etakchi institutlari Rossiyaning bir qator ilm maskanlari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Ayniqsa matematika, fizika, kimyo, biologiya, axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik unumli bo‘ldi.
Ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasining bir qancha nufuzli ilm maskanlarining faxriy a’zosi bo‘lgan, mukofot va unvonlari bilan taqdirlangan. 2001 yil may oyidagi tashrif doirasida esa Birinchi Prezident Moskva Davlat Universiteti (MDU)ning ham faxriy professoridir. I.Karimovning ushbu nufuzli oliy o‘quv yurtiga tashrifi chog‘ida universitet rektori Viktor Sadovnichiy va boshqalar O‘zbekistondagi ta’lim sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlardan hayratga tushganini aytgandilar.
Rossiya Davlat teleradiokompaniyasi 2001 yil may oyida sobiq Ittifoq respublikalarining bugungi kuni va istiqboli masalalariga bag‘ishlangan 15 qismdan iborat hujjatli-publitsistik filmni suratga olgan. Film ijodkorlarini Birinchi Prezident Oqasaroy qarorgohida qabul qilgan edi. I.Karimov mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng qisqa davr mobaynida, xususan ta’lim sohasida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar va imkoniyatlarimiz haqida fikr bildirgan edi.
2002 yil 9 yanvar kuni Vatanimizga Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Igor Ivanov tashrif buyurdi. U O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi va ikki o‘rtada O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Moskva Davlat Xalqaro munosabatlar Universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan45.
O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari yaqin hamkorlikda ishlab, o‘zaro siyosiy munosabatlarni xalqaro siyosat maydonidagi hamjihatligini muvofiqlashtirib kelmoqda. Endilikda mazkur uchrashuvdan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida kadrlar almashish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatlari tug‘ildi. O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Moskva davlat xalqaro munosabatlar Universiteti ham o‘zi joylashgan mamlakatdagi tashqi siyosat mahkamasiga qarashli bo‘lib, asosan xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlaydi.
2003 yil 15 may kuni Oqsaroyda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasining “Andrey Pervozvannыy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi Vladimir YAkunin rahbarligidagi delegatsiya azolarini qabul qildi46.
Bu jamg‘arma davlat, hukumat, din va siyosatdan holi bo‘lib,uning o‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsadi ma’naviy-madaniy qadriyatlarni tiklash, saqlash va boyitish, inson qalbida o‘z xalqining tarixi va madaniyati bilan uzviy bog‘liq ma’naviy asoslarni mustahkamlashni targ‘ib etish va rag‘batlantirishdan iborat. Jamg‘arma Rossiyaning qadim “Andrey Pervozvannыy” ordenini qayta ta’sis etgan va zikr etilgan sohalarda beqiyos xizmat ko‘rsatgan shaxslarga uni taqdim etadi. Xalqaro miqyosda bunday xayrli ishlarga katta hissa qo‘shgan shaxslarga mazkur orden maxsus ta’sis etilgan “Sivilizatsiyalar muloqoti” xalqaro mukofoti tarzida beriladi.Unga YUNESKO Bosh direktori Kouchiro Matsuura, Maxmud Hotamiy kabi arboblar sazovor bo‘lganlar. Ushbu orden Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti maqomiga ega.
Uchrashuv chog‘ida Vladimir YAkunin O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga “Andrey Pervozvannыy” ordenini tantanali ravishda taqdim qildi. Mamlakatimiz rahbariga mazkur ordenning topshirilishi Birinchi Prezidentimizning sivilizatsiyalararo muloqot rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamfikrlikni rivojlantirish borasida yuritayotgan izchil siyosatining yorqin isboti edi.
Har bir mamlakatning taraqqiyot darajasini, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini belgilashdi undagi tinchlik, osoyishtalik va fuqarolararo totuvlikning nechog‘lik mustahkam ekani asosiy mezonlardan hisoblanadi. SHu ma’noda Vatanimizning eng yuksak qadriyati-jamiyatimizdagi tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikning barqarorligidir. 2004 yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasidagi Rus madaniyat markazining 10 yilligiga bog‘ishlangan tantanali yig‘ilish qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi matbuotda e’lon qilingandi47.
2004 yilda nafaqat Rossiya, balki butun dunyoda etakchi mavqega ega bo‘lgan bilim dargohlardan biri M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining 250 yillik yubileyi Rossiya Prezidenti farmoni hamda YUNESKO qarori bilan keng miqyosda nishonlandi. YUbiley bahonasida universitetni turli davrlarda bitirib, hozir butun dunyoda mashhur insonlarga aylangan sobiq bitiruvchilar bir joyga to‘plandilar, tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Delegatsiya tarkibida MDUda oliy talim iqtisodiyoti, investitsiya va marketing sohasida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan iqtisodiyot fanlar doktori Muhammad Ali Saidovning ta’kidlashicha, delegatsiya o‘n nafar olimdan tashkil etilgan bo‘lib, ular orasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori professor R.Ashurov, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti rektori akademik S.G‘ulomov, Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti rektori K.Utiniyazov, Qarshi Davlat universiteti rektori G.Xudoyberganov, akademik O.Salimov, professor SH.Alimovlar bor edi48.
Bizga ma’lumki, 2004 yil iyun oyida ikki mamlakat o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Mazkur bitimning 12 moddasida “Tomonlar ilmiy, madaniy, ijodiy, jamoat tashkilotlari va uyushmalari o‘rtasida aloqa va almashuvlarni o‘rnatish hamda qo‘llab-quvvatlash, ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va tadbirlarni amalga oshirish orqali gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantiradilar. Tomonlar milliy ta’lim va fan tizimlarining yaqinlashuvini har tomonlama rag‘batlantiradilar. Ular o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va loyiha konsruktorlik muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga, ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda akademik hamda amaliy xarakterga ega bo‘lgan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirishga ko‘maklashadilar.
Tomonlar professional kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratadilar. Ular olim va mutaxassislar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi vakillari:aspirantlar, stajyor va talabalarning muntazam almashinuvini amalga oshiradilar”49, - deb belgilangan edi.
Endilikda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda masofaviy ta’limni tashkil qilish va uning uslubiyoti bo‘yicha kurslar tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda 60 nafardan ortiq o‘qituvchi ushbu kurslarda malaka oshirdi.
Ta’lim sohasidagi hamkorlikni yuksaltirish borasida muzokaralar davom etmoqda. Agar korporativ hamkorlikdan keng foydalanilsa, milliy ta’lim tizimlariyanada jadal va barqaror rivojlanadi.
Ta’lim sohasidagi bu singari ijobiy ishlar ikki tomonlama hamkorlikning yorkin istiqbolidan darak beradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosiy yo‘nalishidan biri oliy ta’limni tubdan isloh qilish edi.SHu maqsadda mamlakatimizda jahonning etakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochila boshlandi.
SHunday oliy o‘quv yurtlaridan biri G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali 1995 yilda Toshkent shahrida ochildi. Bu Universitet jahonda o‘z nufuziga ega bo‘lib, unda 70 ming nafar talaba tahsil oladi. Moskva shahrining o‘zida esa 20 ming nafar talaba o‘qiydi.Ta’lim jarayonida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Faqat Moskvaning o‘zida 1800 o‘qituvchi, ulardan 330 nafari fan doktorlari, 1100 ta fan nomzodlaridir50.
Filiallardagi professor-o‘qituvchilarning umumiy soni 1700 o‘qituvchi, ulardan 240 tasi fan doktorlari, 780 tasi esa fan nomzodlaridir. Universitetning barcha tarmoqlarida magistrlar, aspirantlar va doktorantlar tayyorlanadi. Hozirgi kunga qadar respublikamizdagi filialda 2825ta bakalavrlar va magistrlar tayyorlandi.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot Universitetining faxriy doktori hisoblangan. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universitetini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom respublikamizda ham oliy ma’lumotlilikni bildiruvchi nufuzli hujjatdir. Mazkur diplomni butun dunyo oliy o‘quv yurtlari tan olgan, YUNESKO va Bolonya konvensiyasi bilan sertifikatlangan.
O‘zbekiston Respublikasida G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universitetining filialida iqtisodiyot, biznes va moliya fakultetlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz hukumati oliy ta’lim sohasida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirar ekan, bunda jahon ta’lim sistemasi tajribalaridan samarali foydalanilmoqda. Zero, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritar ekan,oliy ta’lim sohasidagi islohotlarni 2017-2021 yillar davomida hayotga samarali va izchil tadbiq etishni vazifa qilib qo‘ydi51.
2006 yil apreloyida Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”ning markaziy pavilonida “Rossiyaning zamonaviy ta’limi" ko‘rgazmasining taqdimoti tashkil etildi52. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Qosimov ishtirok etdi. Ko‘rgazmada Rossiyaning 15 ta etakchi oliy o‘quv yurtlari, xususan Rossiya Davlat boshqaruv universiteti, Volgograd davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat politexnika universiteti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi kabi oliy o‘quv yurtlarning faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘limlar tashkil etildi. 2005-2006 o‘quv yilida hamyurtlarimizning Rossiya oliy o‘quv yurtlarida magistratura, aspirantura va boshqa ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun davlat liniyalari bo‘yicha 140 ta stipendiya ajratilgan.
2006 yil sentyabr oyidan boshlab yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari yana bittaga ko‘paydi. Mamlakatimizda Rossiya Federatsiyasini Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent filiali faoliyatining boshlanishi ittifoqchilik munosabatlarining amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo‘lgandi.
2005 yil 12 avgustda O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasining ta’lim va fan vaziri A.Fursenko rahbarligida delegatsiya tashrif buyurganda,mehmonlar bunga yana bir bor ishonch hosil qilishdi. Delegatsiya rahbari mazkur sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, O‘zbekiston, haqiqatan ham kelajagi buyuk davlat ekanligini e’tirof etdi. YOsh avlodga e’tibor beruvchi davlatning, albatta kelajagi buyuk, dedi u. SHu bilan birga vazir O‘zbekiston tajribasini o‘rganish, kerak bo‘lsa, Rossiyada ham qo‘llash faqat foydali bo‘lishini qayd etdi. A.Fursenko o‘z vazirligining vakolati hakida shunday fikr bildirdi: u yoki bu muammolar muhokamasini iloji boricha qisqa muddat ichida tashkil etish, eksport hamjamiyatidan takliflarni olish, keyin shu takliflar asosida aniq qarorlarni, ularni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish. Davlat innovatsion dasturlarning moliyaviy ko‘magini amalga oshirishi kerak, lekin albatta hammasini emas. Bu fikr qaerda intellektual kapital ishlab turgan bo‘lsa shu sohalarga tegishli, chunki innovatsiyalar paydo bo‘layotgan muhitni saqlab qolish kerak.
Bu uchrashuvlar natijasida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligi o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi53. Mazkur bitim universitetlararo aloqalar ko‘lamini kengaytirish, axborot almashinuv uchun yanada qulay sharoit yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil aprel oyi boshlarida e’lon qilingan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni respublikamizda ta’limni rivojlantirishga sarmoyalar bevosita sarflanishi uchun yangidanyangi imkoniyatlar ochdi.
Oxirgi yillarda ikki davlat ta’lim tizimidagi aloqalar ijobiy natija bermoqda. Keyingi to‘rt yil davomida Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun har yili 40-60 tagacha grant ajratilmokda. Bu grantlar O‘zbekistonda ustuvor bo‘lgan ko‘p ta’lim yo‘nalishlariga berilgan.
Birgina 2005 yilda ta’lim uchun 70 ta grant ajratildi. Aspiranturada tahsil olish uchun 10 ta va doktorantura uchun 1 ta o‘rin berildi. O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yildanyilga jadallik bilan ravnaq topmokda. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlatiqtisodiyot universiteti, Al-Xorazmiy nomidagi Urganch Davlatuniversiteti va O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti M. V. Lomonosov nomidagi MDU bilan hamkorlik olib bormoqdalar. Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universiteti, Rossiya boshqaruv akademiyasi, G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, Moskva to‘qimachilik va engil sanoat instituti, Moskva avtomobil yo‘llari instituti bilan birgalikda bir qancha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, o‘qituvchi va talabalar almashish sohalarida yaqindan hamkorlik qilmokda.54
2005 yil avgust oyida professional ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida ikki taraflama kelishuv, noyabr oyida Toshkentda Moskva Davlat Universitetining filiali ochilishi to‘g‘risida protokol imzolangan edi. 2006 yil sentyabr oyidan boshlab filial o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlarni birgalikda o‘tkazish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashish hamda o‘quv qo‘llanmalarni yaratish yo‘nalishlarida yaqin aloqalarni yanada mustahkamlash ko‘zda tutildi.
Moskva oliy o‘kuv yurtlari bilan oldingi aloqalarini inobatga olib TDIU kutubxonasining zahirasi 2005 yil mart oyida Rossiyadan keltirilgan 4 mingdan ziyod monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar va 700 dan ziyod avtoreferatlar bilan boyidi55. Ushbu adabiyotlarni universitet professor-o‘qituvchilari o‘rganib chiqib, talabalarga tavsiya etish uchun yangilab, namunaviy o‘quv dasturlariga kiritishdi, shuningdek, ular asosida ma’ruza matnlari va o‘quv adabiyotlari yangilanmoqda. Ayrim kitoblar diski bilan bo‘lganligi tufayli virtual kutubxonalarda ulardan foydalanish mumkin. Bu esa ta’lim sifati yaxshilanishiga, barqarorlashishiga va yuqori malakali mutaxassislar etishib chiqishishiga imkon yaratadi.
Mamlakatimizda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi filiali bilan birgalikda har yili “Plexanov o‘qishlari” nomli xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. YUbiley xususiyatidagi an’anaviy “Plexanov o‘qishlari” Toshkent filiali O‘zbekistonda mutaxassislar tayyorlay boshlaganiga 10 yil bo‘lganligi munosabati bilan o‘tkazildi. 
Moskvada o‘tkaziladigan konferensiyalarda filial talabalarining doimiyishtirokian’anaga aylanib ulgurdi. Filial Moskvadagi akademiya bilan birgalikda seminarlar, respublikamizning iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilmokda. Filialrahbariyati, jamoasi doimo o‘qitishning yangi shakl va usullarini qo‘llamoqdalar.
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi rektori, taniqli olim V.I. Vidyapin aytganidek, ular filialni qisqa vaqt ichida ta’lim sohasidagi eng yaxshi standartlar darajasiga ko‘tara oldi. Endilikda, eng muhimi - ta’limdagi investitsiyalar. O‘qitishdek xayrli va foydali ishga Rossiya va O‘zbekistondagi etakchi mutaxassis va badavlat kishilarning diqqatini jalb qilish kerak, ular oliy ta’limga mablag‘ kiritishi mumkin. Davlat hamta’limni moliyalashtirish ishida xususiy kapital bilan teng huquqiy hamkorlik uchun imkoniyat yaratib berishi lozim. Bu imkoniyatdan foydalanib, G.V.Plexanov nomidagi iqtisodiyot akademiyasi o‘ziga xos tajribaga kirishdi: yirik kompaniyalardan biri bilan akademiyani xususiy kapital hisobiga moliyalashtirish yuzasidan shartnoma tuzdi.
Boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda masofaviy ta’limni tashkil qilish va uning uslubiyoti bo‘yicha kurslar tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda 60 nafardan ortiq o‘qituvchi ushbu kurslarda malakaoshirdi.
Ta’lim sohasidagi hamkorlikni yuksaltirish borasida muzokaralar davom etmokda. Agar korporativ hamkorlikdan keng foydalanilsa, milliy ta’lim tizimlariyanada jadal va barqaror rivojlanadi.
Ta’lim sohasidagi bu singari ijobiy ishlar ikki tomonlama hamkorlikning yorkin istiqbolidan darak beradi.
2006 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Toshkent shahrida “ I.N.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” Qaror qabul qildi.
Mamlakatimizda bunday oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochilishida ko‘plab mas’ul shaxslar ham jonbozlik ko‘rsatayotganliklarini ta’kidlash joyiz. Birinchi Prezident I.A. Karimov 2006 yil 12 dekabr kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Jahon Pollieva rahbarligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda Birinchi Prezidentimiz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishiga qo‘shgan hissasi uchun Jahon Pollievaga “Do‘stlik”, Moskva Davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiyga esa “Fidokorona xizmati uchun” ordenlarini topshirdi.
J. Pollieva va S. Sadovnichiy yuksak e’tibor va samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirdi56.
Toshkentda 2006 yil dekabr oyida “Fotosuratlar uyi”da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan “Strategik hamkorlik harakati” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu ko‘rgazma ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda erishilgan loyihalar amaliy natijalarining aks etganligi bilan alohida ajralib turadi.
2007 yil 12 yanvarda Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti qarori qabul qilindi57. Bu mamlakatimizda neft-gaz sohasida kadrlarni etishtirib berishni ta’minladi. Mazkur o‘zgarishlar ikki mamlakat hamkorligining yanada rivojlanishidan dalolat beradi.
2007 yil 29 yanvar kuniesa O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Farit Muxametshinni qabul qildi.
Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish yo‘lida xizmatlari uchun Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Farit Muxametshinga Vatanimizning yuksak “Do‘stlik” ordenini topshirdi58.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2007 yil 2 noyabr kuniRossiya Federatsiyasi hukumat raisi Viktor Zubkovni qabul qildi59. Tashrif davomida RossiyaFederatsiyasi hukumat raisi Viktor Zubkov O‘zbekiston RespublikasiBosh vazirining o‘rinbosari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Rustam Qosimov hamrohligida M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent filialida bo‘ldilar.Bu kabi tashriflar ikki tomonlama madaniy, ilmiy aloqalarning izchil sur’atda rivojlanayotganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi madaniy va gumanitar60 hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga asosan 1991-2015 yillar mobaynida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Misol uchun, shu vaqt davomida 100ga yaqin O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari xodimlari Rossiya oliy o‘quv yurtlarida konferensiya, simpozium va seminarlarda ishtirok etishdi. Faqat 2010 yilning o‘zidagina 40 nafar yuqori kurs talabalari Rossiya qishloq xo‘jaligi akademiyasi (CHelyabinsk)da tajriba almashish uchun borib kelishdi. 2011 yili esa o‘zbekistonlik 18 nafar o‘qituvchilar va 10 nafar magistrlar Rossiya oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirdilar hamda tajriba almashib keldilar.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirliklari kelishuviga muvofiq 2010-2015 o‘quv yillarida 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlarimiz vakillari Rossiya oliy o‘quv yurtlarida magistraturada ta’lim oldilar.22 ta oliy o‘quv yurtlarimiz vakillari esa Rossiya oliy o‘quv yurtlariga aspiranturaga yuborildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy ta’lim sohadagi hamkorlik ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ham qizg‘in davom ettirilmoqda. Birgina misol, Toshmuhammad Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy-tadqiqotlar instituti bilan N.A.Nekrasov nomidagi Kostroma Davlat universiteti o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda olib borish bo‘yicha shartnoma imzolangan61.Hamkorlikka asosan ilmiy va metodik sohada maqolalar chop etish, o‘zaro o‘qituvchilar bilan tajriba almashish, malaka oshirish, to‘plam va monografiya chop ettirish hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha ken ko‘lamli ishlar olib borildi.
2010 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda 785 ta rus tilida ta’lim beruvchi maktab faoliyat olib borgan bo‘lsa, shulardan 128 tasi to‘liq rus tilda o‘qitishga ixtisoslashtirilgan. YUrtimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida rus guruhlari mavjud. O‘zbekistonda har yili bu tilda 1,4 mln. nusxada 50 turdagi o‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlar, 82 ta gazeta va 20 ta jurnal chop etiladi62.
Respublikamizda 2015 yilga kelib rus va o‘zbek tillarida ta’lim berayotgan maktablar soni 800 dan oshgan. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining barchasida rus tilida tahsil beruvchi fakultetlar mavjud.
Toshkentda M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akdemiyasi, I.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti filiallari muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
2016 yil 25 aprelda Birinchi Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin bilan Moskva shahrida olib borgan muzokaralari paytida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi keng qamrovli shartnomaviy-huquqiy asosga ega ikki tomonlama ilm-fan sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotganligi ta’kidlandi. Bu hamkorlik ikki davlat xalqlarining do‘stlik aloqalarini yuksaltirishga yordam beradi63.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning yaqqol misoli tariqasida 2018 yil 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda mamlakatimiz tarixida ilk bor Ta’lim Forumi bo‘lib o‘tdi.Forumda Rossiyadagi 80 ortiq etakchi oliy o‘quv yurtlarining vakillari qatnashishdi.
YUqori saviyada tashkil etilgan tadbirda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti rektori, taniqli olim V.Sadovnichiy bugungi kunda O‘zbekistonda ilm- fan, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar o‘ziga xos dinamik tarzda rivojlanib borayotganligini alohida e’tirof etib, dunyo reytingining TOR 1000taligi ichida 12 ta Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rin olganligini, shuningdek, Moskva Davlat Universitetida 48 mingdan oshiq talabalarning tahsil olayotganligi, 28 ta fakultet, 132 ta kafedra faoliyat yuritayotganligini, universitetda 4 ta Nobel mukofoti sohibi, 12 ta akademik, universitet ilmiy salohiyatining 90%ni fan doktorlari tashkil etishini, kuchli TOR 200 talikda MDU 10 o‘rinda turganini va alohida ravishda Sadovnichiy 90% bitiruvchilar ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinganligini mamnuniyat bilan qayd etdi64.
Keyingi yillar mobaynida mamlakatimizda Rossiyaning etkchi oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish to‘g‘risida 130 dan ortiq kelishuv imzolandi. 2018 yil oktyabr oyidan boshlab Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. SHu yili maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha 150 nafar talabalar qabul qilindi. Ularga ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan fan doktorlari, malakali pedagoglar biriktirilgan bo‘lib, konchilik va metallurgiya sanoati bo‘yicha ilg‘or ishlanmalar hamda sanoati bo‘yicha etakchi ishlanmalar hamda usullardan foydalanilgan holda ta’lim berilmoqda. SHuningdek, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiallari ham o‘z faoliyatini boshladi. YAqin istiqbolda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti, Moskva energetika instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiallarini ochish rejalashtirilgan65.
Ta’lim sohasidagi o‘zaro aloqalar ham katta istiqbolga ega. O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlarida talabalarining tahsil olish ko‘rsatkichlari bo‘yicha etakchilar qatorida turadi. 2017 yilda o‘zbekistonlik 5500 dan ziyod yoshlar Rossiya oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi. Ularning 170 nafari Rossiya hukumati tomonidan ajratilgan ta’lim kvotalari asosida tahsil olmoqda. 2018 yilda mazkur kvota 203 o‘ringacha ko‘paytirildi. O‘z navbatida, o‘zbekistonliklar uchun jumladan, ijodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ham byudjet kvotalarini kelgusida yanada ko‘paytirishga doir kelishuv mavjud66. Ta’lim forumi davomida Rossiyaning etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari ikki tomonlama diplom olishga xizmat qiluvchi memorandum asosida shartnomalar imzolandi.
M.V.Lomonsov nomidagi Moskva Davlat universiteti bilan O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va boshqalar bilan tuzilgan bitimlar shular jumlasidandir. Misol tariqasida Rossiya Federatsiyasining Tula davlat pedagogika universiteti bilan Jizzax davlat pedagogika instituti o‘rtasida talabalarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ikki tomonlama diplom olishga xizmat qiluvchi memorandum va shartnomalar imzolandi. Endilikda mazkur hujjatga ko‘ra institutda tahsil oluvchi talabalar ichidan 30 ta nomzod saralab olinib, talabalarimiz o‘qishni Tula davlat pedagogika universitetida davom ettiradilar67.
SHunday qilib, O‘zbekistonning Rossiya oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu esa mamlakatimizda raqobatbardosh, zamon talabiga javob beraoladigan kadrlarni tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shadi hamda respublikamizda yangidan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni amaliy hayotda ro‘yobga chiqishida ko‘maklashadi.


Download 162,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish