Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


BMIning o‘rganilganlik darajasi



Download 162,61 Kb.
bet3/15
Sana22.04.2022
Hajmi162,61 Kb.
#573377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O`zb-Ross diplom Word

BMIning o‘rganilganlik darajasi. Mustaqil O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi va Rossiya Federasiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarining kengayib borishi kabi masalalar bir qator olimlarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. Jumladan, T.I.Doroshenko, U.A.Saliev, S.SHaropova, A.G.Xolliev, E.Z.Nuriddinov, X.I.Bekmuratov, N.SH.Ziyamov, SH.YAkubov, A.B.Sultanov, R.B.Asadova, I.Bekmuratov, D.Xolmurodov kabi olimlarning tadqiqotlarida mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi faoliyatining turli jihatlari yoritib berilgan.
BMIning ob’ekti va predmeti. Ishning ob’ektini O‘zbekistonning 1991-2021 yillar davomidagi Rossiya bilan tashqi aloqalari tashkil etadi. BMIning predmeti sifatida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning tarixiy ildizlari, ilm-fan sohalaridagi aloqalari tashkil etadi.
BMIning tuzilishi va hajmi. Mazkur BMI kirish, ikki bob, 6 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi .. betni tashkil etadi.


I BOB. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi va rivojlanib borishi

1.1. Ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining tarixiy ildizlari


O‘zbekiston hududi qadimdan jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘lkamizning turli hududlaridan nihoyatda boy madaniy arxeologik yodgorliklar topilgan.
Istiqlol yillarida Respublikamizda arxeologiya sohasida tadqiqotlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. O‘zbekiston arxeologiyasi dunyo ilm-fan darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ilm-fan sohasidagi hamkorlik rishtalari yildan yilga tobora rivojlanib bormoqda. Bu hamkorlik arxeologiya sohasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. YAngilanayotgan O‘zbekistonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasida topilayotgan madaniy yodgorliklar jahon arxeolog olimlarini Vatanimiz tarixiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin arxeologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘lami yanada kengaydi. Jahonning ko‘plab arxeolog olimlari mamlakatimiz hududida qazuv ishlarida ishtirok etish xohishini bildirib, bu sohada ham o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar, mazkur hamkorlik Rossiya olimlari bilan ham davom ettirilmoqda.
Rossiya imperiyasi istilosidan so‘ng ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati Turkistonning moddiy boyliklarini o‘rganish, ulardan ratsional foydalanishga yo‘naltirildi. A.P.Fedchenko, V.V.Dokuchaev, I.V.Mushketov va boshqalarning tuproqshunoslikka oid tadqiqotlari O‘rta Osiyoda mazkur yo‘nalishni fan sifatida qaror topishiga xizmat qildi4. SHarqshunos olim Vasiliy Vladimirovich Bartold 1895 yili Toshkent shahrida Turkiston arxeologiya Havaskorlari to‘garagini, ya’ni Markaziy Osiyoning birinchi sharqshunoslik ilmiy markazini barpo etadi. U paytda to‘garak so‘zi juda keng ma’noni anglatgan bo‘lib, uning a’zolari nafaqat arxeologiya, balki O‘rta Osiyo madaniy merosiga oid jiddiy ishlar olib borgan. Olimlar arxeologiyadan tashqari, o‘lka tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, shu hududda yashovchi xalqlarning tilini ham har tomonlama o‘rganishadi. To‘garakka Turkiston o‘lkasi tarixini o‘rganishga qiziquvchi har qanday havaskor a’zo bo‘lishi mumkin edi. 1886 yilda ularning soni 47 ta bo‘lmsa, yil oxiriga kelib 100 dan oshdi. Yigirma yil mobaynida mazkur to‘garak a’zolari Markaziy Osiyoning madaniy merosini o‘rganish, tavsiflash, saqlash ishlari bilan shug‘ullanganlar, bu to‘garakning nizomida qayd etilgan maqsadi ham edi. Bajarilgan ishlar yuzasidan majlislar o‘tkazilib, bayonnomalari yozib borilgan. Tadqiqot natijalari 1896 yildan boshlab “O‘rta Osiyyo xabarnomasi” jurnalida, 1898 yildan alohida to‘plamlarda nashr qilingan. Deyarli barcha tadqiqot ishlari mana shu to‘garak doirasida olib borilgan5.
Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dastlabki arxeologik izlanishlar ham aynan Rus arxeologik komissiyasi tomonidan 1886 yilda boshlangan edi. O‘sha paytda Toshkent atrofidan qazuv ishlari olib borilib, ilk yutuqlarga erishildi. SHundan so‘ng qazuv ishlari Sirdaryo, Samarqand va boshqa joylarda ham kengayib bordi.
O‘lka xalqlarining o‘tmish tarixi va madaniyatini faol tarzda o‘rganishga kirishgan rus mutaxassislari ushbu tadqiqotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mahalliy aholining peshqadam ziyolilari, ilg‘or fikrlovchi ulamolari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edilar.
Toshkentlik savdogar Akram Asqarov o‘zining ko‘p sonli, turli davrlarga oid qadimgi ashyolar kolleksiyasi bilan shuhrat qozongan edi. U N.I.Veselovskiy rahbarligidagi Turkistonda o‘tkazilgan qazuv-qidiruv tadqiqotlarida bir necha bor qatnashgan. Akram Asqarov qadimgi tanga va ashyolarni yig‘ishda katta tajribaga ega bo‘lgan, aksariyat hollarda tangadagi yozuvlarni o‘qiy oluvchi zukko shaxs edi.
Rossiya imperatorining arxeologiya jamiyati 1887 yili Akrom Asqarovni “Arxeologiyada erishgan yutuqlarnga yordam qilganligi uchun” kichik kumush medali bilan taqdirlaydi. Uni Parijdagi ilmiy arxeologiya jamiyati ham a’zolikka saylagan. A.Asqarov arab, rus tillarini bilgan o‘z zamonasining etuk ziyolisi edi.
Rus olimlari Turkiston o‘lkasini o‘rganish, O‘rta Osiyo xalqlari hayoti bilan tanishish davomida mahalliy ziyolilar, turli xalqlar vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘lishgan. N.I.Veselovskiy, V.V.Bartold, E.F.Kal, A.N.Samoylovich o‘z ilmiy tadqiqotlarida mahalliy madaniyat, tarix havasmandlariga tayandilar. Ularning ilmiy axborotlari, xabar va maktublarida mahalliy o‘lkashunoslar faoliyati keng tasvirlangan. Ayni paytda rus mutaxassislari bilan hamkorlik mahalliy ziyolilarda kollkeksionerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga rag‘bat uyg‘otgan edi.
Jumladan, samarqandlik Abu Said Maxsum eng o‘qimishli musulmon, hattotlik san’atini puxta egallagani uchun undan rus arxeologlari unumli foydalanishgan. Abu Said Maxsum rus olimi V.L.Vyatkinga Ulug‘bek rasadxonasi joylashgan joyni aniq ko‘rsatib bera olgan. 1909 yilda O‘rta Osiyoni o‘rganish komiteti uni rasadxona ochilishiga munosib hissa qo‘shgani uchun 100 rubl pul mukofoti bilan taqdirlaydi.
XIX asr oxiri- XX asr boshlarida mahalliy qiziquvchi, o‘z davrining bilimdonlariga tayangan rus sharqshunos-arxeolog olimlarini qidiruv qazilmalari natijasida topilgan ashyolar hozirgi kunda Rossiyaning Ermitaj, Etnografiya, Antropologiya va Etnografiya, San’atshunoslik va Xalq amaliy san’ati Davlat muzeylarida saqlanmoqda. Ular orasida Ayritomdan topilgan Friz (I asr) Termiz, Varaxsha (VI-VIII asr) kabi juda ko‘plab arxeologik ashyolar va kolleksiyalar bor.Hozirgi kunda davlatlararo kelishuvga muvofiq bu noyob ashyolarni respublikamizga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Istiqlol yillarida arxeologiya sohasidagi o‘zbek va rus olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Birgina misol, 1994 yilda O‘zRFA akademiyasining Arxeologiya instituti bilan Rossiya Fanlar akademiyasi Madaniyat tarixi instituti (Sankt-Peturburg) o‘rtasida Ohangaronda paleolit davri madaniyat yodgorliklarini o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi. Kelishuvga muvofiq tomonlar topilgan yodgorliklarni asrash, ilmiy ishlov berish, noyob topilmalar haqida ilmiy axborotlar berib borishni o‘z zimmalariga olishgan.
SHu boisdan har yili “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” nomli jurnal e’lon qilinmoqda. YAna shuningdek tomonlar arxeologik topilmalar haqida hisobot berib borishni ko‘zda tutishgan.
Ma’lumki, 1998 yili Toshkent yaqinidagi Obiraxmat g‘orida ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish uchun O‘zbekiston Arxeologiya instituti va Rossiya Fanlar Akademiyasi va Etnografiya instituti o‘rtasida ahdlashuvga erishildi. Ahdlashuvga muvofiq, tadqiqot ishlariga O‘zbekiston tomonidan O‘zR FA arxeologiyasining akademigi U.I.Islomov boshchilik qilgan bo‘lsa, Rossiya tomonidan esam akademik RFA A.P Derevyanko boshchilik qildi.
Topilgan moddiy madaniy dalillar o‘zga etnik guruhlar materiallari bilan solishtirilib, buning natijasida Qozog‘iston dashtlari, Sibir, O‘rolorti xududi, tog‘li Oltoy hamda Evrosiyoning dasht hududlarida yuz bergan iqtisodiy, etnomadaniy aloqalar ham o‘rganilmoqda.
Arxeologik topilmalar har tomonlama ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinib, ularning yoshi, er yuziga tarqalishi mezonlariga kimyoviy ishlov berilib (radio-karbon) va boshqa usullar bilan aniqlik kiritilmoqda.
Ma’lumki, Obiraxmat yodgorligi avval ham arxeolog R.H.Sulaymonov tomonidan ham o‘rganilgan edi. Tadqiqot natijasida paleolit davriga oid topilmalar genetik jihatdan ikkita A va B guruhlarga ajratilgan edi. Tajribali olim Obiraxmat madaniyatini matematik-statistik o‘rganish tajribasi haqida monografiya ham nashr ettirib, o‘sha davr paleolitshunosligiga birinchi marotaba o‘z uslubida tosh qurollarini o‘rganishga o‘z hissasini qo‘shgan edi.
SHuningdek, ilmiy-tadqiqotchilar so‘nggi paleolit hamda mezolit davri yutuqlarini ham keng miqyosda olib borishni o‘z oldilariga maqsad qilgan edilar.
1994-1995 yillarda Angren shahri yaqinida Ko‘lbuloq qishlog‘ida paleolit davriga xos manzilgoh ochib o‘rganildi. Mazkur arxeologik ekspedetsiyaga rossiyalik N.K.Anisyutkina boshchilik qildi. Arxeologik qazuv ishlari chog‘ida ilk paleolit davriga xos ko‘pgina ashyolar topildi: mehnat qurollari chopqich, to‘g‘nag‘ich, pichoq kabilar.
Bu manzilgoh ilgari tadqiqotchi olimlar O.M.Rostovsov, so‘ng M.R.Qosimov tomonidan ham (1962-1985 y.y.) o‘rganilgan edi. Unda anchagina tosh qurollar: tosh asri ustaxonalari topilgan bo‘lib, ushbu manzilgoh odamlari bu erdan tosh qazib olib, mehnat qurollari yasashgan. Qadimgi ajdodlarimiz bu erdan yovvoyi, ot, xo‘kiz, sayg‘oq, kiyiklarni ovlashgan.
SHunday qilib, 2007-2011 yillar davomida o‘zaro hamkorlikda olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida nafaqat ilk paleolit, o‘rta va so‘nggi paleolit davriga oid ko‘plab madaniy qatlamlar ochib o‘rganildi. O‘rganishlar mehnat qurollari takomillashtirilib borilganligi hamda mezolit davri madaniyatini vujudga kelganligini isbotladi.
Rossiya va O‘zbekiston arxeologlari tomonidan 2011-2015 yillar davomida Angrenga uyushtirgan ekspedetsiyalar natijasida Dodektam-2 va Qizilolma kabi manzilgohlar topib o‘rganildi.
Ilk paleolit davrini chuqur o‘rganib tahlil qilish hamda Ko‘lbuloqda o‘rta paleolit davrini qayta ko‘rib chiqishni arxeologlar o‘z oldilariga asosiy maqsad va vazifa qilib qo‘ygan edilar.
Arxeologik yodgorlik Ko‘lbuloq manzilgohi juda keng bo‘lib, u CHotqol tog‘ining janubiy sharqiy qismigacha cho‘zilib, qadimgi ibtidoiy odamlarning yashash joyi bo‘lgan. Bu joylar mil. avv. 40-25 ming yillar ilgari, olimlarning fikricha, talangan, o‘g‘irlangan yoki kuchli er qimirlashi natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. CHunki, olib borilgan qazuv tadqiqotlarda shu narsa ochiqlandiki, bu joyda moddiy resurslar, ov qilinadigan hayvonlar va o‘simliklar nihoyatda kamayib ketgan. Natijada odamlar yashash joylarini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelingan edi.
Mazkur ekspeditsiya davomida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari shuni ko‘rsatadiki, manzilgohda mehnat qurollariga ishlov berish texnologiyasi ilgariga nisbatan ancha takomillashgan. Mehnat qurollarining turi ko‘paygan: silliqlangan tosh pichoqlar, qirg‘ichlar, keskichlar va hk.lar.
Ta’kidlash joiz, arxeologik qazuv ishlari uch manzilgohda olib borilgan. SHulardan 2 tasi o‘rta paleolit davriga xos bo‘lgan, faqat bittasi ilk paleolit davriga tegishli ekanligi aniqlangan. Qazuv ishlari olib borilgan uchastka er maydoni 21 m2 ni tashkil qilgan. Manzilgoh tozalanib, keyingi qazuv ishlariga qoldirilgan.
YAqin yillarda, jumladan 2010-2015 yillardagi o‘zbek va rus arxeologlarining birgalikda o‘tkazgan ilmiy tadqiqot ishlari shu narsaga aniqlik kiritdiki, ibtidoiy odamlar yashash joylarini to‘liq tark etmagan. Ular shu joylarga moslasha olganlar, yashash uchun tabiiy g‘or va yarim erto‘lalardan foydalanilgan. CHunki, Ko‘lbuloq, Qizilolma va CHotqol atrofida yirik toshlardan yasalgan o‘choqlar, gulxan qoldiqlari ko‘rinishidagi makonlar buni tasdiqlaydi. Demak, qadimgi odamlar bu erni bir necha bor tark etib, yana qaytib kelishga muvaffaq bo‘lganlar. Ibtidoiy odamlar toshga ishlov berib ov qurollarini yanada takomillashtirib borganlar. Arxeolog tadqiqotchilar ularning xo‘jalikdagi hayvon ovi asosiy mashg‘uloti bo‘lganligini aniqladilar.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi arxeologiya sohasidagi hamkorlik aloqalari yildan yilga rivojlanishda davom etmoqda. Hamkorlikning bunday jadal rivoji O‘zbekistonning qadimiy boy madaniyatini yanada dunyoga tanitib, ikki do‘st mamlakat xalqlarining aloqa rishtalarini mustahkamlashga qat’i zamin yaratadi.



Download 162,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish