Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 162,61 Kb.
bet2/15
Sana22.04.2022
Hajmi162,61 Kb.
#573377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O`zb-Ross diplom Word

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 20 mart kuni o‘rnatilgan. 2004 yilda davlatlar Strategik sheriklik to‘g‘risida, 2005 yilda esa Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida bitim imzolagan. O‘tgan 30 yil mobaynida Moskva va Toshkent birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlik o‘rnatish, xalqlarimizni bog‘lab turgan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlar o‘rtasida 27 ta oliy darajadagi tashrif tashkil etildi. SHu bilan birga, o‘zaro aloqalar, ayniqsa, so‘nggi yillarda alohida dinamika kasb etdi. Birgina 2020 yilning o‘zida turli darajadagi 100 ga yaqin ikki tomonlama tashriflar amalga oshirilgani ham buni yaqqol ifodalaydi.
O‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lish bilanoq jahon hamjamiyatiga qo‘shilish yo‘lini tutdi. Bu borada mamlakatimizda olib borilgan amaliy ishlarni sarhisob qilishdan oldin XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xalqaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim bo‘ladi.
Vatanimizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro munosabatlar tizimida munosib o‘rin egallashi, o‘z manfaatlarini siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy sohalarda samarali amalga oshirishi bilan belgilanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan davlatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o‘z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko‘ramiz. Biz, butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz”1.

Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. CHunki, sobiq SSSR tuzumi davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik usuli, mustabidlik asoratining saqlanib qolayotganligi sobiq saltanat tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar bilan aloqalar o‘rnatishda bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgan edi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi ham MDH g‘oyasini qo‘llab- quvvatladi.

MDH davlatlari orasida eng qudratli, katta salohiyat, ulkan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi bilan teng huquqli va o‘zaro manfatli aloqalar o‘rnatish O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida bo‘lib kelayotir. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti SH.M.Mirziyoev Rossiya Federatsiyasi bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalarni bundan keyin ham davom ettirilishini o‘z chiqishi va nutqlarida alohida takidlab kelmoqda2.


Respublikamiz Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi, shuningdek, o‘z navbatida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil 18-19 oktyabr kunlari mamlakatimizga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi.
Agar jamiyat hayotining tanasi iktisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi - ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz. Bugungi kunda biz mamlakatimizda inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat qurish uchun qat’iyat bilan xarakat qilmoqdamiz. Qanday qiyinchilik va sinovlarga duch kelmaylik, shu maqsadda boshlagan barcha islohotlarimizni, qabul qilgan dasturlarimizni izchil davom ettirmokdamiz.
YAngi 2021 yilni katta niyat va rejalar bilan boshladik. YAqinda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi muhim va dolzarb vazifalarni, ustuvor yunalishlarni belgilab oldik. Tan olishimiz kerak, jamiyatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlari qatori ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda xam hali echimini kutib turgan, o‘zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar oz emas. YAngi hayot, yangi jamiyat qurishga qaratilgan islohotlar jarayonida bu ishlarimizning nazariy asosi bo‘lgan milliy g‘oyani rivojlantirish, ayniqsa, g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev “Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq, avvalo, o‘z milliy g‘oyasi asosida birlashib, taraqqiy etgani, murakkab sinovlardan o‘tib kelayotganiga amin bo‘lamiz. Xabaringiz bor, yaqinda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ijtimoiy-gumanitar soxadagi taniqli olimlar, etakchi ekspertlar, faol ziyolilar ishtirokida yangi Milliy g‘oya konsepsiyasi loyixasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda “"Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan bosh g‘oya nazariy asos qilib olindi va bu boradagi eng muhim vazifalar belgilandi. “Milliy yuksalish” deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyotini yangi boskichga ko‘tarishni, jonajon diyorimizda yagona oila bo‘lib yashayotgan, o‘z tarkibida 130 dan ortiq millat va elatlarni birlashtirgan bag‘rikeng xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarib, ma’naviy dunyosini yanada boyitishni tasavvur qilamiz3”-deb alohida ta’kidlagan edi.
YAngilanayotgan O‘zbekiston sharoitida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik ham samarali rivojlanmoqda. Ushbu sohadagi aloqalar 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar hamkorlik sohasidagi hukumatlararo dastur asosida amalga oshirilmoqda. Ta’lim sohasida Rossiya universitetlari respublikamizga faol jalb etilmoqda. YOshlarni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbek yoshlari uchun onlayn-olimpiadalar va Rossiya oliy bilim yurtlariga kirish imtihonlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda Rossiyada 43 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olayapti va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonning 34 ta oliy o‘quv yurtida Rossiyaning 48 ta oliy o‘quv yurti bilan qo‘shma o‘quv dasturlari (“ikki tomonlama diplomlar” dasturi) doirasida yoshlarga ta’lim berilmoqda. Ilm-fan, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalari vakillarining o‘zaro almashuv tashriflari faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Download 162,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish