O’zbekiston aholisi 29 million 500 ming kishidan ziyod bo’lib (2012-yil 1-yanvariga ko’ra), shahar aholisi 15 696 ming kishini tashkil etadi (2011). Aholi zichligi 1 km2 ga 62 kishi. O’zbekistonda O’rta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan ko’prog’i yashaydi.
Demografik rivojlanish tarixi
O’rta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga to‘g‘ri keladi. Jez davrida O‘zbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar o’rtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |