Мundarija



Download 0,72 Mb.
bet8/9
Sana12.01.2017
Hajmi0,72 Mb.
#241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ijtimoiy tarkibi

O‘zbekistonda aholining ijtimoiy tarkibi turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Respublikada ishchi va xizmatchilarning soni va ulushi 20-a.ning 90-y.larigacha bo‘lgan davrda o‘sib borgan. Mazkur davrda ishchi va xizmatchilarning ulushi 32,2 % dan 79,7 % gacha ko‘paygan. Mustaqillikka erishilgach, ko‘p ukladli iqtisodiyot va bozor munosabatlarining shakllanishi ta‘sirida aholining ijtimoiy tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ldi . Xususiy mehnat faoliyatida band aholining tez sur‘atlar bilan o‘sishi respublika aholisining ijtimoiy tarkibiga katta ta‘sir ko‘rsatmoqda.

Keyingi yillarda ro‘yxatga olingan ishsizlar soni ham qisqarib bormoqda. 2002 y.da ularning soni 40,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2005 y.da 27,7 ming kishiga tushdi. 2005 y.da mehnat organlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 410,3 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2004 y.dagiga nisbatan 14,7 ming kishiga yoki 3,4 %ga kamdir. 2005 y.da mehnat resurslari soni 10196,3 mingni tashkil etib, 2004 y.ga nisbatan 2,9 %ga ko‘paydi. Nodavlat sektorida band bo‘lganlar ulushi 2004 y.dagi 76,9 %dan 77,1 %ga yetdi.

Aholining ma‘lumotlilik darajasi ning ortib borayotganini respublika da oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va ularda tahsil olayotgan talabalar sonining ortib borishi b-n taqqoslasa bo‘ladi. O‘zbekistonda 2002/05 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‘quv muassasalari soni 973 tagacha ko‘paydi. Ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 750,3 mingga yetdi. 2000/01 o‘quv yilida respublikada 61 oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 183,6 ming talaba tahsil oldi. Mazkur ko‘rsatkich 2005/06 o‘quv yilida muvofiq ravishda 60 va 264,9 mingni tashkil etdi.

 Aholi jinsi va yosh tarkibi

Demografik vaziyatning shakllanishida aholining jinsiy tarkibi asosiy omil hisoblanadi. Aholi tarkibida erkaklar va ayollar salmog‘ining tengligi, ya‘ni mutanosibligi ularning nikohga kirish va oilalarning tashkil topishiga qulay vaziyat yaratadi, biroq har doim ham jamiyatda erkaklar va ayollar salmog‘i teng bo‘lavermaydi. Statistik ma‘lumotlarning ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda 19-asrning 2-yarmi hamda 20-asr boshlarida aholi tarkibida erkaklar salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan.

Toshkent sh. aholisi miqdorida ayollar salmog‘i respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqoriroq bo‘lib, 51,0 %ni tashkil etadi (2004). Buning asosiy sababi shahar aholisining milliy tarkibiga bog‘liq: Toshkent sh. aholisining 40-45 %ni boshqa millat vakillari tashkil etadi, ularda ayollar miqdori erkaklarga nisbatan bir qadar yuqori. Bundan tashqari shahar joylarda erkaklar o‘limi qishloq joylarga nisbatan ancha yuqori. Mas., 1989 y.da O‘zbekistonda 50-54 yoshdagi har 1000 ta erkak orasida qishloqda 10 tasi o‘lgan bo‘lsa, shaharda o‘lim 13 taga yetgan. Bu ko‘rsatkich 70-74 yosh guruhlarida 4962 ni tashkil etadi.

Aholining ko‘payishida yoshlar, ayniqsa, 15-19, 20-24, 25-29 yoshli guruhlarning jinsiy tarkibi alohida ahamiyatga ega. Chunki aholi, asosan, mana shu yoshlarda nikohga kirib, oila quradi.

Ma‘lumotlarning ko‘rsatishicha, dunyodagi juda ko‘p davlatlarda 15-30 yoshlardagi ayollarga nisbatan erkaklarning soni biroz yuqoriligi kuzatila di. Biroq Yevropa, Avstraliya, Amerika ning ba‘zi davlatla rida esa 59 yoshli guruhlardan boshlab erkaklar salmog‘i kamayib ketgan. Buning sababi, bu davlatlar da o‘g‘il bolalar o‘limining yuqoriligi dir. O‘zbekistonda asosiy nikohga kirish yoshlarida erkaklar va ayollar nisbati deyarli tengdir. Bu tenglik ayollarning tug‘ish yoshidagi guruhlarida ham davom etadi.

O‘zbekistonda aholining yosh tarkibi uning demografik xususiyatlariga va turmush darajasiga bog‘liq. O‘zbekiston dunyoda tug‘ilish darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan davlatlardan. Biroq o‘lkadagi tug‘ilishning yuqori darajasi hammavaqt ham aholining muntazam ko‘payib borishini ta‘minlay olmagan. 20-a.ning 1-yarmida O‘zbekistonda bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan va tug‘ilgan bolalarning 5060 % bolalik va o‘smirlik davridayoq nobud bo‘lishgan. Bu hol aholining yosh tarkibida ham ifodalanadi. Masalan, 1926 va 1939 y.larda o‘tkazil gan aholi ro‘yxati ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining umumiy sonida 09 yoshdagi bolalar salmog‘i 23-24 %ni, 1959-89 y.lardagi aholi ro‘yxati ma‘lumotlarida bu ko‘rsatkich 28-32 %ni tashkil etgan.

Aholi tarkibida bolalar salmog‘i ning oshib borishi 1-navbatda bolalar o‘limining keskin kamayishi b-n bog‘liq. Bolalar salmog‘ining oshib borishiga bevosita ta‘sir etuvchi omillardan yana biri O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalar sonining ko‘payib borishidir. Tug‘ilish sur‘ati 20-a.ning 2-yarmida juda yuqori bo‘lgan. Agar O‘zbekistonda 1950 y. tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 30,8 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 1960 y.da 39,8 %ga teng bo‘lgan. Bu davrda tug‘ilgan bolalar 1975-80 y.larda kamolot yoshiga yetganlar va natijada aholi tarkibida 15-19, 20-24 yoshli guruhlarning salmog‘i ko‘tarilgan. Bu hol esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda yangi oilalar tarkib topishiga va oilalar miqdorining ko‘payishiga olib kelgan.

BMT ma‘lumotlariga ko‘ra O‘zbekis ton aholisining yosh tarkibi dunyo aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmog‘ining ancha yuqoriligi kuzatiladi.

O‘zbekiston qarish shkalasi bo‘yicha jahondagi aholisi «yosh» davlatlar qatoriga kiradi.

O‘zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun 16-54 yosh qilib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, ya‘ni 55 va undan katta ayollar, 60 va undan katta erkaklar soni 1991-2004 y.larda 18,7 % ga oshdi.

O‘zbekistonda bugungi demografik vaziyat, ayniqsa, tug‘ilish jarayonining kamayib borishi (1991 y.da tug‘ilish ning umumiy koeffitsiyenti 34,50/00 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 y.da bu ko‘rsatkich 20,50/00ga teng bo‘ldi yoki 140/00 ga kamaydi) yaqin kelajakda jami aholi salmog‘ida qariyalar ulushining ortib borishidan dalolat beradi. Bu hol esa, O‘zbekistonda qariyalarning ijtimoiy-demografik guruh sifatida gi mavqei oshib borishini ko‘rsatadi.

Mehnat resurslari va aholi bandligi

Mehnat resurslarining sifat taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-iqti sodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning aholi bandligi bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga bog‘liq. O‘zbekiston da 16-54 yoshdagi ayollar va 16-59 yoshdagi erkaklar mehnat resurslariga kiritiladi.

Mehnat yoshidagi aholi mehnat resurslari nuqtai nazaridan o‘rganilgan da 2 guruhga ajratiladi:

40 yoshgacha bo‘lgan;

40 yoshdan keyingi mehnat yoshi.

O‘zbekistonda mehnat yoshidagi aholi salmog‘i katta hamda mehnat resurslari tez ko‘payib bormoqda.

Respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega: mehnat zaxiralari jami aholining 55,4 %ni (14427,6 ming kishi) mehnat resurslari tashkil etadi va har yili 300350 ming kishiga ko‘paymoqda.

Iqtisodiy faol aholi soni 10,2 mln. kishi (82 %)ga teng.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgun ga qadar reja, moliya, mehnat, ish haqi boshqarmalari va bo‘limlarining boshliqlari o‘rtasida o‘zbeklarning ulushi 29,8 %ga teng bo‘lgan.

1992 y.dan boshlab narxlar va tashqi savdo liberallashtirildi, q.x va maishiy xizmat korxonalarining ma‘lum qismi xususiylashtirildi.

Moliya va byujet sohalarida islohotlar o‘tkazildi. Xususiy mulk va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha qonunlar qabul qilindi. Aholining tez sur‘atlar b-n ko‘payishi va uning tarkibi bandlikni barqaror ravishda o‘sishini ta‘minlashni taqozo etadi.

Qishloq joylarda aholining zich joylashganligi, q.x.da ortiqcha ishchi kuchi mavjudligi hamda haydaladigan yerga to‘g‘ri keluvchilar sonining kattaligini hisobga olganda O‘zbekistonda mehnat resurslariga muhtojlik bo‘lishi kutilmaydi. Ba‘zi iqtisodiy, demografik va geografik xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda aholi bandligi tizimini o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Shu maqsadda 1992 y. yanv.da qabul qilingan O‘zRning «Aholini ish b-n ta‘minlash to‘g‘risida»gi qonuni asosida aholini ish bilan ta‘minlash davlat xizmati tashkil etilgan. Mazkur vazifani amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat bozorlari mehnat birjalari muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni ro‘yxatga oladi, ularni kasbga yo‘llaydi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘laydi. har yili o‘rtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi.

Sanoatni, ayniqsa, uning mehnatni ko‘p talab qilib, xom ashyo, suv va elektr energiyani kam iste‘mol qiluvchi «eksportbop» mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini, maishiy xizmat sohalarini qishloq joylarda keng ko‘lamda va tez fursatlar ichida rivojlantirish hamda shunga o‘xshash boshqa tadbirlarning amalga oshirilishi respublikada aholi bandligiga xos muammolarni tez vaqt ichida ijobiy hal etishga imkon beradi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyoti munosabat lariga asta-sekin o‘ta boshlashi yangi mulkchilik shakliga asoslangan i.ch.ning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berdi. Mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasi qanchalik «rivojlanganligini» ish b-n bandlarning iqtisodiyot sohalari bo‘yicha, xususan, moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘rtasida taqsimlanishidan bilish mumkin. Bu nisbatning o‘zgarishiga ishlab chiqarish sohasining rivojlanish sur‘atlari ta‘sir ko‘rsatadi. Qisqa davr ichida (1995—2005) O‘zbekistonda aholining iqtisodiyot tarmoqlarida qayta taqsimlaligini hisobga olganda O‘zbekistonda mehnat resurslariga muhtojlik bo‘lishi kutilmaydi. Ba‘zi iqtisodiy, demografik va geografik xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda aholi bandligi tizimini o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Shu maqsadda 1992 y. yanv.da qabul qilingan O‘zRning «Aholini ish b-n ta‘minlash to‘g‘risida»gi qonuni asosida aholini ish b-n ta‘minlash davlat xizmati tashkil etilgan. Mazkur vazifani amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat bozorlari mehnat birjalari muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni ro‘yxatga oladi, ularni kasbga yo‘llaydi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘laydi. har yili o‘rtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi.

1.2 Aholining yosh-jins tarkibi va unga o’zaro bog’liq demogafik jarayonlar

Qаdimgi dunyo vа o`rtа аsrlаrdа аhоlining sоni uning o`sib bоrishi dаvlаtlаrning iqtisоdiy, siyosiy vа hаrbiy hоlаtigа ijоbiy tа`sir etishni qayd qilgаnlаr.

Ahоlining tаkrоr bаrpо qilinishi jаrаyonining nеgizini tug`ilish vа o`lish vа ulаr o`rtаsidаgi fаrq tаshkil qilаdi. Аmmо аyrim hududlаr аhоlisining o`sishdа tаbiiy o`sishdаn tаshqаri, mеxаnik o`sish, ya`ni аhоlining hududiy qаytа tаqsimlаnish hаm rо`l o`ynаydi.

Tug`ilish vа ungа tа`sir etuvchi аsоsiy оmillаr

1. Оdаmning tug`ilishi umumаn biоlоgik jаrаyondir. Qаdimdа qizlаr bаlоg`atgа yеtishi bilаn turmush qurganlаr vа bоlа tug`ish qоbilyati sаqlаngаn dаvr dаvоmidа nasl qоldirgаnlаr.

2. Nikоhlаnish dаrаjаsi аhоlining jinsiy vа yosh tаrkibigа bеvоsitа bog`liq. Mаmlаkаt аhоlisining yosh vа jinsi tаrkibidа kаttа mutаnоsibliklаrning bo`lishi u yеrdаgi аhоli o`rtаsidа nikоhlаnish ko`rsаtkichlаrining kаmrоq bo`lishigа оlib kеlаdi Dеmоgrаfik аsоslаr ya`ni аhоlining yosh vа jinsiy tаrkibi uning tаbiiy o`sishigа tа`sir qilаdi.

3. Hаr bir dаvlаtning rivоjlаnish dаrаjаsi hаm tug`ilish ko`rsаtkichlаrigа mа`lum dаrаjаsidа tа`sir ko`rsаtаdi.Stаtistik mа`lumоtlаr shuni ko`rsаtаdiki rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdаgigа nisbаtаn iqtisоdiy jihаtdаn qоlоq mаmlаkаtlаrdа hаttо bir mаmlаkаtning ichidа mоddiy jihаtdаn yahshi tа`minlаngаn kаmbаg`аl аhоli оrаsidа tug`ilish dоimо аnchа yuqоri bo`lib, tug`ilish vа o`lim ko`rsаtkichlаri hаmdа оilаning kаttа kichikligi, ish chilаrning dаrоmаdi qаyd qilingаn edi.

Bundаn аyrim оlimlаr o`z hulоsаsini chiqаrgаn edi. Mаsаlаn, ingliz iqtisоdchisi

Аdаm Smit: «Bоylik – аyollаrni nаslsizlikkа оlib kеlаdi dеb hisоblаgаn. Аristоkrаtiya аyollаri o`rtаsidа tug`ilishning kаmrоq bo`lishi ulаrning mоddiy jihаtdаn yaxshi tа`minlаngаnligidаn emаs bаlki ulаrning kаmbаg’аl аyollаrgа nisbаtаn bilim vа mаdаniyat jihаtdаn yuqоri turgаnligi оqibаtidаndir. Dunyoni hаmmа mаmlаkаtlаridа hаm shundаy bo`lgаn emаs аlbаttа.

4. Xоtin qizlаrning jаmiyat hаyotining bаrchа sоhаlаridа erkаklаr bilаn bir qatordа аktiv ishtirоk etishi ishlаb chiqаrishdа kеng qаtnаshishi ulаrning bilim dаrаjаsi оrtib bоrishigа оlib kеlаdi. Bu o`z nаvbаtidа tug`ilish dаrаjаsigа tа`sir qilmаy qоlmаydi. Birinchi fаrzаnd tug`ilishi dеyarli hаmmа оilаlаr uchun bir hil hаrаktеrgа egа. Аmmо 2, 3 vа undаn kеyingi bоlаlаr tug`ilishi hаr hil оilаlаrdа turlichаdir. Bоlаlаr sоnining ko`p bo`lishi оtа-оnаning аyniksа оnаning ishlаb chikаrishdа ishtirоk etishigа mа`lum dаrаjаdа hаlаqit bеrаdi.

5. Tug`ilishgа tа`sir etuvchi yana bir muhim аsоs – аhоlining shаhаr bilаn qishlоq o`rtаsidа tаqsimlаnishidir.Dunyoning bаrchа mаmlаkаtlаridа hаm qishlоqlаrdаgigа nisbаtаn shаhаrlаrdа tug`ilish kаm bo`lаdi.

6. Tug`ilishdаgi hududiy fаrqlаrgа tа`sir etuvchi sаbаblаrdаn yanа bittаsi аhоlining etnik-milliy tаrkibdа.Аyrim mаmlаkаtlаrgа hоs bo`lgаn ko`p bоlаlik dоimо shundаy bo`lib kеlаvеrmаydi. Tug`ilishni kаmаytiruvchi bоshqа аsоslаrning rivоjlаnishi vа kuchlirоq tа`sir etishi nаtijаsidа ko`p bоlаlik аnаnаlаri аstа sеkin susаyib bоrishi shubhаsizdir.

7. Bu o`rindа judа kup mаmlаkаtlаrdа tug`ilishgа dinning hаm tа`siri bоrligini qаyt qilishgаn. Dunyodаgi barchа dinlаr tug`ilishni chеklаsh gunоh dеb hisоblаydilаr. Shuning uchun dingа e`tibоri kаttа halqlаrdа tug`ilishni chеklаsh hоllаri dеyarli ko`zаtilmаydi.

8. Аhоlining bilim dаrаjаsi, mаdаniy-mа`nаviy dаrаjаsi, dunyoqаrаshi.

9. Аhоli migrаtsiyasidаgi yosh vа jinsiy fаrq.

10. Urushlаr hаm аhоlini kаmаyishgа tа`sir ko`rsаtаdi.

11. Tug`ilish ko`rsаtkichigа tа`sir etаdigаn yanа bir muhim оmil аhоli sоhаsidа dаvlаtning оlib bоrаdigаn dеmоgrаfik siyosаt. Оdаtdа dаvlаtlаr аhоli bоrаsidаgi оlib bоrаdigаn siyosаti iqtisоdiy. Mаsаlаn: bоlаlаrgа kеtаdigаn harаjatning bir kisini dаvlаt o`z zimmаsigа оlishi, bоlа tug`ilgаndа hаr оydа nаfаqа to`lаb turish, ko`p bоlаli оilаlаrgа hаr hil mоddiy yordаm ko`rsаtib turish оrqаli оlib bоrishi mumkin.

Ahоli o`rtаsidаgi o`lim ko`rsаtkichlаri vа ungа tа`sir qiluvchi аsоsiy оmillаr. Аhоlining o`limi haqidа mа`lumоtlаr uning tаkrоr bаrpо qilinishi, tаbiiy usish dаrаjаsini аniqlаshdа muhim аhаmiyatgа egа bo`lgаn ko`rsаtkichdir.

XVIII аsrning ikkinchi yarmidа dunyoning dеyarli bаrchа qismlаridа аhоli o`rtаsidа o`lim judа ko`p bo`lgаn. O`limning sеzilаrli dаrаjаdа kаmаyishi XIX аsrning ikkinchi yarmidаn bоshlаngаn. Bu dаvrdа o`limning kаmаyishi tibbiyot fаnining yo`to`klаri nаtijаsi edi. O`limning sеzilаrli kаmаyishi аvvаlо Еvrоpаdа bоshlаndi. XIX аsrning оhirigа kеlib bu qit`аdа, o`lаt, chеchak, vаbо kаbi kаsаlliklаr dеyarli tugаtildi. O`limning kаmаyishi kеyinchаlik bоshqа qit`аlаrgа hаm tаrqаtildi.

Оlimlаr аhоli o`rtаsidаgi o`lim sаbаblаrini birinchi nаvbаtdа ikkitа guruhgа аjrаtdilаr: endоgеn vа ekzоgеn sаbаblаr. Hаr bir оdаmning biоlоgiyasidаn kеlib chiqаdigаn vа irsiyat bilаn bog`liq bo`lаdigаn tug`mа kаsаlliklаr nаtijаsidа o’lish endоgеn sаbаbidir. Bu kаsаllik nаtijаsidа o`lish ko`prоq chaqаlоqlаrdа uchrаydi. Endоgеn sаbаblаrgа ko`rа o`lim judа kаm bo`lаdi. Аhоli o`rtаsidа sоdir bo`lаdigаn o`limning ko`pini ekzоgеn sаbаblаr tаshkil qilаdi. Bu kishi оrgаnizmgа tаshqi tа`sir nаtijаsidа ro`y bеrаdi.

Stаtistik mа`lumоtlаrgа qаrаgаndа o`lim ko`prоk 1 yoshgаchа bo`lgаn bоlаlаr o`rtаsidа sodir bo`lаdi. Hоzirgi pаytdа dunyoning dеyarli bаrchа qismlаridа yosh bоlаlаr o`rtаsidа o`limni kеskin kаmаytirishgа erishildi.

O’zbekistonda o’rtacha umr yoshi 69-74 yosh. Fаn vа mаdаniyat yanаdа tаrаqqiy etib, rаk, yurаk-qоn tоmrlаri kаsаlliklаrini dаvоlаsh usullаri tоpilsа, umr ko`rish muddаti yanаdа uzаyishi shubhаsizdir.

Kishilarning yashash, ishlash, o`qish maqsadida, ma`muriy chegaralardan o`tgan holda, bir manzilgoxdan ikkinchi manzilgohga doimiy yoki ma`lum muddatga ko`chishi migratsiya deyiladi. Aholining migratsion harakatiga ko`plab omillar ta`sir etishi mumkin. Ularga ijtimoiy: siyosiy, milliy, diniy, ekologik, harbiy va demografik omillarni kiritish mumkin. Umuman xalqaro migratsiyani olti guruhga

ajratiladi:

1.Oilaviy va boshqa sabablarga ko`ra, doimiy yashash maqsadida bir davlatdan ikkinchi davlatga ketgan emmigryntlar.

2.Migrant mehnatkashlar.

3.Nolegal immigrantlar.

4.Qochoqlar.

5.Studentlar, stajer-tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar

va o’qituvchilar.

6. Turli maqsadda ko`chib yuruvchilar turistlar, dam oluvchilar, anjumanlarga qatnashuvchilar va h.k. 1

Hozirgi xalqaro migratsiyada asosiy o`rinni mehnat migratsiyasi egallaydi. Chunki xozirgi davrda insonning yashaashi uchun iqtisodiy omilning ahamiyati kuchaydi.

Migrantlar oqimi yo`nalgan xududlarda, migratsiya saldosi ijobiy, ya`ni ko`chib kelganlar soni, ko`chib ketganlar sonidan ortiq bo`ladi. Natijada bunday hududlarda aholi soni o’sib boradi. Bu hol o`z navbatida nikoh holatiga, oilalar miqdorining oshib borishiga, tug`ilish jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Aholi ko`chib ketayotgan xududlarda esa yoshlar salmog`i, jami aholi tarkibida kamayib boradi, mehnat yoshidan katta bo`lgan aholi salmog`i esa ortib borib, xududning demografik xolatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Aholining bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi muhitga o`tishi uning demografik mayliga (nikohga kirish va oila qurishiga, oiladagi farzandlar soniga, oila mustahkamligiga munosabati va h.k.) bevosita ta`sir etadi. Shuningdek, aholi migratsiyasi mehnat resurslari shakllanishida ham muhim omillardan hisoblanadi.

Migrantlar oqimi aholining yosh jinsiy tarkibida o`z aksini topadi. Mehnat resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha mehnat resurslarining kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu ham muammolarga sabab bo`ladi.

O`zbekiston aholisi asosan tabiiy ko`payish natijasida oshib bormoqda. Bu omilning roli hamma vaqt ham yuqori bo`lgan. Eng so`nggi yillarda esa u aholi soni o`sishining birdan bir manbai bo`lib kelmoqda. Biroq, ta`kidlash joizki, 90-yillarda aholining takror barpo bo`lish jarayonida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Endilikda respublikamizni an`anaviy holatda tug`ilish yoki tabiiy ko`payish yuqori mamlakat sifatida ta`riflash uncha to`gri emas. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi. Masalan, tug`ilish 1990 yilda 33,7 promillega teng bo`lgan holda 1999 yilda u birdaniga 22,3 promillega tushib qolgan, ya`ni bu qisqa davrda mazkur ko`rsatkich 11,4 punktga yoki 1,5 martaga kamaygan. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, yuqori darajada sanoatlashgan shaharlarda tug`ilish darajasi ancha past. Chunonchi, tugilish har 1000 aholiga Chirchiqda 12,5, Yangiobodda 12,8, Kogonda 13,9 kishi (2000 y). Hatto tipik sharqona shaharlarimizda ham (Samarqand, Buxoro, Qo`qon va b.) mazkur ko`rsatkich 14-15 promillega teng. Natijada aholining tabiiy ko`payishi ancha kam-Chirchiq yoki Yangiobodda u 5 promellega ham yetmaydi. Albatta, bunday demografik vaziyat Respublikamiz uchun uncha an`anaviy emas. Bu o`z navbatida demografik jarayonlarda ham o`ziga xos o`tish davri kechayotganidan dalolat beradi.
Viloyatlar bo`yicha tug`ilish va tabiiy ko`payishning nisbatan yuqori ko`rsatkichlari Qashqadaryo va Surxondaryoda, ularning past darajasi esa Toshkent va Navoiy viloyatlarida kuzatiladi. Bu ikki viloyatda tabiiy ko`payish 14,0-14,5 promilleni tashkil etadi. O`lim ko`rsatkichlarida uncha katta tafovut yo`q, uning eng kam miqdori Qashqadaryo viloyatiga to`g`ri keladi.

Respublika aholisining ko`payishida tashqi migratsiyaning ham roli bor. Ammo bu omilning ijobiy ta`siri ko`proq avvalgi yillarga to`g`ri kelgan. O`tgan asrning 70 va xususan 80-yillar oxiridan boshlab ushbu jarayon O`zbekiston uchun manfiy natijaga ega bo`lgan. O`zbekistondan tashqariga ketganlarning eng ko`p miqdori 1990 yilda kuzatiladi. Shu yili kelganlar soni ham nisbatan ko`p bo`lgan. Buning natijasida migratsiya qoldig`i 121 ming kishini tashkil qilgan. 1994 yilda ketganlar soni avvalgi yillarga qaraganda uncha ko`p bo`lmasada, ammo kelganlar juda ozchilikni tashkil qilgan (mos ravishda 179 va 38 ming k.), oqibatda migratsiya qoldig`i ko`rilayotgan davrda eng yuqori bo`lgan (-141 ming kishi).

Ketuvchilarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga to`g`ri keladi. Shuningdek, O`zbekiston Ukraina va Qozogiston davlatlari bilan ham bo`lgan aholi aloqalarida ancha ko`p manfiy migratsiya qoldig`iga ega, uning musbat natijasi esa asosan qo`shni Tojikiston hisobidan yuzaga keladi.

rusiyzabon aholi yashaydigan sanoat markazlari (Angren, Chirchiq, Olmaliq)da 1991 yilga nisbatan aholi kamaygan. Qolaversa, Toshkent shahrida ham aholi soni oxirgi o`n yillikda deyarli o`smagan.

Aholi dinamikasi ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki 1926-1990- yillar orasida O`zbekiston aholisi 436,1 foiz ko`paydi. Bu ko`rsatkich SSSRning ushbu davridagi aholisi ko`payish sur`atlariga nisbatan 2,2 marta ortiqdur.

O`zbekiston Respublikasining aholisini bunday yuqori sur`atlar bilan o`sishi asosan aholining tabiiy ko`payishi hisobiga ro`y berdi. Keyingi yillarda respublika aholisining soni har yili 350-360 ming kishi (bundan 10 yil oldin 360-380 ming kishi edi) ko`payayotgan bo`lsa, bu o`sishning mutloq asosiy qismi tabiiy o`sish hisobiga sodir bo`lmoqda.

O`zbekistonda aholi tabiiy ko`payishi ko`rsatgichlarining keyingi vaqtlargacha ham bu qadar yuqori holda saqlanishi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga bog`liqdir.

Ularning asosiylari quyidagilardir:

1. O`zbeklar va boshqa mahalliy millatlar vakillari (ular respublika aholisining 84 foiziga yaqinini tashkil qiladilar) orasidagi an`anaviy ko`p bolalikning barqaror holdaligi;

2. Rivojlangan mamlakatlarga hos hozirgi zamon ilmiy va industrial ishlab chiqarish madaniyatining nisbatan pastligi

3. Urbanizatsiya darajasining pastligi tufayli aholi asosiy qismining qishloq xo`jaligi va u bilan bog`liq ishlab chiqarish sohalarida bandligi;

4. Oilada bolalar sonini oldindan belgilash va tug`ilishini cheklash choralarini qo`llashning keng tarqalmaganligi;

5. Maxalliy millat ayollari orasida ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar salmog`ining anchagina ekanligi va boshqalar.

O`zbekistonda tug`ilishning yuqori bo`lishida nikohda bo`lganlarning ko`pligi va oilalarning ajralishi kamligi ham ma`lum ro`l o`ynaydi.

2004- yilda har 100 kishiga nisbatan 15,5 nikoh qayd etilgan bo`lsa, 2005-yilda u 18,4 ni tashkil etdi. 2004- yilda har 100 kishiga nisbatan ajralish 1,7 ta bo`lsa, 2005- yilda esa 1,6 ajralish qayd etilgan. Tabiiyki, nikohda qurganlar va nikoh qurayotganlar sonining ko`p bo`lishi, ajralishning esa kam bo`lishi tug`ilish ko`rsatgichlarining sezilarli darajada yuqori bo`lishiga olib keladi. Garchi hozirgi paytda O`zbekistonda bolalar o`rtasidagi o`lim anchagina bo`lsada, lekin dastlabki davrlardagiga nisbatan jiddiy tarzda kamaydi.

Aholining jinsiy va yosh tarkibi muhim demografik ko`rsatkich hisoblanadi. Bunda mehnat resursining, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning, nafaqaxo`rlarning hozirgi va kelajakdagi soni ayniqsa, ahamiyatlidir. Aholining jinsiy va yosh tarkibi istiqbolni belgilash, aholini takror barpo qilish uchun ham zarur ko`rsatkich. Masalan, agar jinslar nisbatan teng yoki yaqin bo`lsa, aholining tarkibida yosh avlod salmog`i katta bo`lsa, nikohlanish va tug`ilish (va binobarin, tabiiy o`sish) imkoniyati katta bo`ladi.

Aholing jinsiy tarkibi nikohga kirish va aholining oilaviy tarkibining shakllanishida asosiy demografik zamindir. Demografiyada jinslar munosabatini aniqlashda ikki xil ko`rsatkich qo`llaniladi. 1. Jami aholi tarkibida jinslar salmog`i foiz hisobi. 2. Aholi jinsiy tarkibini o`rganishda aniq ko`rsatkich har 1000ta erkaklarga nisbatan ayollar soni, yoki har 1000 ta ayollarga nisbatan erkaklar soni ifodasidir. Ushbu ko`rsatkich orqali ma`lum hudud jami aholisining va aholi yosh guruhlari (0-9,10-19,20-29...) jinsiy tarkibi o`rganiladi. Ana shunday uslub bilan alohida yosh guruhlari uchun ham ayollar va erkaklar nisbati aniqlanadi

Aholi yosh tarkibi uch asosiy omil ta`sirida shakllanadi; 1)Yangi tug`ilganlardagi jinsiy nisbat: 2) O`limdagi jinsiy farq. 3) Aholi migratsiyasidagi jinsiy farq.

Aholining yosh tarkibi-ijtimoiy-iktisodiy va demografik jarayonlarni o`rganish maqsadida aholining yosh guruhlarga bo`linishidir. Aholi yosh guruhlari va demografik jarayonlar o`zaro uzviy bog`liq holda shakllanadi. Aholi tarkibida yoshlar (0-9, 101-19,20 - 29 yoshida) salmog`ining yuqoriligi nikoh va tug`ilish kabi demografik jarayonlarga ijobiy ta`sir etadi. Ayni paytda tug`ilish yuqori bo`lgan hududlarda bolalar, yoshlar salmog`i yuqori bo`ladi. Tug`ilish darajasi past bo`lgan hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog`i yuqori va o`lim hollari ko`proq sodir bo`ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo`lishining natijasi va kelajakdagi demografik rivojlanishning asosi bo`lib xizmat qiladi.

Aholi yosh tarkibini o`rganganda aholining alohida har bir yoshlarga (0,1,2,3,4,5 . . .100 va undan yuqori) besh yillik yosh guruhlariga (10-14 , 15-19...) va uch yirik-yirik guruhlariga (0-14, 15-59, 60 va undan yuqori) ajratiladi.

Aholi sonining o`sib borishida uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi. XX asrning o`rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo bo`lishi tug`ilish darajasiniig nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar salmog`ining kamligi bilan harakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ana shu davrda nisbatan yuqori tug`ilish va aholi tarkibida bolalar salmog`ining yuqoriligi harakterli edi. Tug`ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo`lgan sharoitda aholining yosh tarkibi, aholi soni o`sib borishiga bevosita ta`sir etadi.

XX asrning boshlarida shved olimi G.Sundberg tomonidan aholi yosh tarkibining uch turi ajratilgan 1) Progressiv yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar (0-14 yosh) salmog`i yuqori bo`ladi va aholi o`sishiga olib keladi.

2) Statsionar yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar va qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog`i deyarli teng bo`ladi, bunday yosh tarkibi aholi o`sishida asosiy omil bo`la olmaydi. 3) Regressiv yosh tarkibi-aholi umumiy sonida qariyalar salmog`i bolalarga nisbatan yuqori bo`ladi, aholi takror barpo bo`lishi qisqarib aholining qarish jarayoni ro`y beradi.

Aholining qarish jarayoni-tug`ilishning kamayib ketishi va aholi o`rtacha umr ko`rishi muddatini uzayish hisobiga aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog`ini oshib borishidir.

Mamlakatda aholining jinsiy va yosh tarkibi ham ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ob`yektiv sabablarga ko`ra o`zgarib turdi. 1939 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxati ma`lumotlari bo`yicha O`zbekistonda aholining 51,6 foizini erkaklar va 48,4 foizini ayollar tashkil qilgan edi. Biroq, bu nisbat ikkinchi jahon urushi yillarida buzildi, ya`ni erkaklar soni ob`yektiv sabablarga ko`ra ancha kamaydi.

II jahon urushiga erkaklarni safarbar qilish natijasida aholining mutlaq miqdori bir million kishiga kamaydi va 1959 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxati bo`yicha erkaklar soni 48 foizga tushib qoldi, ayni paytda ayollar umumiy aholining 52 foizini tashkil qildi.

Urushdan keyingi yillarida respublikamiz aholisining jinsiy tarkibidagi nomutanosiblik asta-sekin barham topa bordi. 1989 yilga kelib xotin-qizlar erkaklarga nisbatan 242 ming kishi ortiq edi xolos. Ya`ni shu yilda O`zbekiston aholisining 49,4 foizini erkaklarga, 50,6 foizi ayollarga to`g`ri kelgan. Mustaqillik yillarida mamlakat aholisida ayollar bilan erkaklarni ulushi tobora bir-biriga yaqinlashib kelmoqda. Masalan, 2003 yilda mamlakat aholisining 49,8 foizini erkaklar 50,2 foizini ayollar tashkil qildi, ya`ni 1000 erkakka 1026 ayol to`g`ri keldi. 2006 yilda kelib ayollar bilan erkaklar orasidagi farq deyarli tenglashdi. Shu yilda mamlakatimizda 13167,6 ming ayollar, 13145,1 ming erkaklar ro`yxatga olingan, ya`ni, ayollar atigi 22,5 ming kishi ortiq, xolos.

Mamlakatimizda tabiiy o`sishning yuqoriligi aholining yosh tarkibiga katta ta`sir ko`rsatib kelmoqda. Shuning uchun ham aholi nisbatida yosh bolalar va o`smirlarning salmog`i katta. 1989 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxati ma`lumotlari bo`yicha mamlakatimiz aholisining 40,8 foizini 0-14 yoshdagi bolalar va o`smirlar, 28,3 foizini 15-29 yoshdagilar, ya`ni umumiy aholining 69,1 foizini bolalar, o`smirlar va mehnat qobiliyatiga ega bo`lgan yoshdagilar tashkil etgan. Biroq, O.Otamirzaev va A.Qayumovlarning ma`lumotlariga qaraganda, urush va undan keyingi dastlabki davrlarda tug`ilish nisbatan kam bo`lgan. Mamlakat aholisining hozirgi soni va tarkibida 1950 yillardan keyin tug`ilgan kishilarning umumiy soni 16,7 million kishi (umumiy aholining 84,5 foizi)ga teng. Shundan 44,6 foizi esa, bolalar va o`smirlarga to`g`ri keladi. Tug`ilish va tabiiy ko`payish 1980-1990 yillarda birmuncha barqarorlashdi. Bu shahar bilan qishloq joylarda bir xil kechmayapti, albatta. Masalan, qishloq joylarda respublikadagi jami bolalar va o`smirlarning 80 foizidan ortig`i yashamoqda.

Istiqlol davrida O`zbekistonda aholining yosh tarkibida mehnat yoshidagi aholining ulushi ortib bormoqda. Chunonchi, 1991 yilda mamlakatimiz aholisining 43,1 foizini 15 yoshgacha bo`lganlar, 49,1 foizini mehnat yoshidagi aholi qolgan 7,8 foizini qariyalar tashkil etgan. 2003 yilga kelib yoshlar-37,8, mehnat yoshidagilar-55,0, keksalar esa 7,2 foizga teng bo`lgan. Mamlakatda aholining jinsiy va yosh tarkibi ham ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ob`yektiv sabablarga ko`ra o`zgarib turdi. 1939 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxati ma`lumotlari bo`yicha O`zbekistonda aholining 51,6 foizini erkaklar va 48,4 foizini ayollar tashkil qilgan edi. Biroq, bu nisbat ikkinchi jahon urushi yillarida buzildi, ya`ni erkaklar soni ob`yektiv sabablarga ko`ra ancha kamaydi.

II jahon urushiga erkaklarni safarbar qilish natijasida aholining mutlaq miqdori bir million kishiga kamaydi va 1959 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxati bo`yicha erkaklar soni 48 foizga tushib qoldi, ayni paytda ayollar umumiy aholining 52 foizini tashkil qildi.

Urushdan keyingi yillarida respublikamiz aholisining jinsiy tarkibidagi nomutanosiblik asta-sekin barham topa bordi. 1989 yilga kelib xotin-qizlar erkaklarga nisbatan 242 ming kishi ortiq edi xolos. Ya`ni shu yilda O`zbekiston aholisining 49,4 foizini erkaklarga, 50,6 foizi ayollarga to`g`ri kelgan. Mustaqillik yillarida mamlakat aholisida ayollar bilan erkaklarni ulushi tobora bir-biriga yaqinlashib kelmoqda. Masalan, 2003 yilda mamlakat aholisining 49,8 foizini erkaklar 50,2 foizini ayollar tashkil qildi, ya`ni 1000 erkakka 1026 ayol to`g`ri keldi. 2006 yilda kelib ayollar bilan erkaklar orasidagi farq deyarli tenglashdi. Shu yilda mamlakatimizda 13167,6 ming ayollar, 13145,1 ming erkaklar ro`yxatga olingan, ya`ni, ayollar atigi 22,5 ming kishi ortiq, xolos.

Mamlakatimizda tabiiy o`sishning yuqoriligi aholining yosh tarkibiga katta ta`sir ko`rsatib kelmoqda. Shuning uchun ham aholi nisbatida yosh bolalar va o`smirlarning salmog`i katta. 1989 yilda o`tkazilgan aholi ro`yxati ma`lumotlari bo`yicha mamlakatimiz aholisining 40,8 foizini 0-14 yoshdagi bolalar va o`smirlar, 28,3 foizini 15-29 yoshdagilar, ya`ni umumiy aholining 69,1 foizini bolalar, o`smirlar va mehnat qobiliyatiga ega bo`lgan yoshdagilar tashkil etgan. Biroq, O.Otamirzaev va A.Qayumovlarning ma`lumotlariga qaraganda, urush va undan keyingi dastlabki davrlarda tug`ilish nisbatan kam bo`lgan. Mamlakat aholisining hozirgi soni va tarkibida 1950 yillardan keyin tug`ilgan kishilarning umumiy soni 16,7 million kishi (umumiy aholining 84,5 foizi)ga teng. Shundan 44,6 foizi esa, bolalar va o`smirlarga to`g`ri keladi. Tug`ilish va tabiiy ko`payish 1980-1990 yillarda birmuncha barqarorlashdi. Bu shahar bilan qishloq joylarda bir xil kechmayapti, albatta. Masalan, qishloq joylarda respublikadagi jami bolalar va o`smirlarning 80 foizidan ortig`i yashamoqda.

Istiqlol davrida O`zbekistonda aholining yosh tarkibida mehnat yoshidagi aholining ulushi ortib bormoqda. Chunonchi, 1991 yilda mamlakatimiz aholisining 43,1 foizini 15 yoshgacha bo`lganlar, 49,1 foizini mehnat yoshidagi aholi qolgan 7,8 foizini qariyalar tashkil etgan. 2003 yilga kelib yoshlar-37,8, mehnat yoshidagilar-55,0, keksalar esa 7,2 foizga teng bo`lgan. Bu holat O`zbekiston aholisining yosharayotganligidan dalolat beradi. O`rtacha umr ko`rishning uzayishi bilan o`rta yashar aholining hissasi ham pasaydi. Shunday qilib, aholi yosh tarkibidagi yuqori ko`rsatkichlar mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning istiqbollarini belgilab beradi.

Aholining nikoh va oilaviy tarkibi.

Aholining nikohda turish tarkibi-aholining jinsiy va yosh guruhlarining nikohda turish holati bo`yicha taqsimlanishi. Nikohda turishi asosan yosh guruhlari bo`yicha o`rganilganligi uchun ham ko`p adabiyotlarda aholining «nikoh-yosh tarkibi» ham deyiladi. Aholining nikoh holati bo`yicha asosiy manba aholi ro`yhati ma`lumotlari hisoblanadi. Aholi ro`yhati o`tkazilayotganda aholi nikohda turuvchilar va nikohda turmaydiganlar guruhiga ajratib ro`yhatga olinadi. Nikohda turmaydiganlar guruhiga bo`ydoqlar, bevalar va ajralganlar kiradi.

Aholining nikohda turishi aholi takror barpo bo`lishi va oilalar shakllanishida asosiy demografik omil sifatida ahamiyatlidir.

Aholining oilaviy holati va tarkibi demografik jarayonlarga bevosita ta`sir ko`rsatadi.

O`zbekiston statistikasida aholi oilaviy holati bo`yicha uch guruhga ajratilgan va aholi ro`yhati dasturiga kiritilgan.

1. Oila bilan birga oila a`zosi bo`lib yashovchilar.

2. Oiladan alohida, lekin oila bilan muntazam aloqani saqlab qolgan holda yashovchilar.

3. Yolg`iz yashovchilar.

O`zbekistonda aholining oilaviy xolatiga oid to`laroq statistik ma`lumotlar 1939 yilda o`tkazilgan aholi ro`yhatlari ma`lumotlaridan boshlab mavjuddir. Ushbu ma`lumotlar ko`rsatishicha 1939 yilda O`zbekiston aholisining 93,3 foizi oila a`zosi bo`lib, oila bilan birga 6,7 foizi esa oiladan alohida yashaganlar. Agar bu ko`rsatkichlar 1989 yil o`tkazilgan aholi ro`yxati ma`lumotlari bilan solishtirilsa respublika aholisining oilaviy tarkibida katta ijobiy o`zgarishlar bo`lgani ma`lum bo`ladi. Chunki 1939-1989 yillarda aholining oila a`zosi bo`lib, oila muxitida yashovchi qismi 2 foizga ko`paydi va jami aholining 95,3 foizini tashkil etdi. Yolg`iz yashovchilar esa, deyarli ikki marta kamaydi.

II-bob. O’zbekiston aholisining yosh va jinsiy tarkibining hududiy farqlanishi

2.1 Aholi tarkibiy shakllanishining geografik shart-sharoitlari

Aholini yosh va jinsiy tarkibini o’rganish aholini takror barpo bo’lish jarayonini tahmin qilish, maktabgacha bo’lgan va maktab yoshidagi bolalar sonini aniqlash, maishiy xizmatni tashkil etish, keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishni rejalashtirishga asos hisoblanadi.

Aholi tarkibida yoshlarning ko’pligi, nikohlanish jarayonini o’z navbatida tug’ilish darajasini yuqori bo’lishiga olib keladi. Shunday ko’rsatkichlar ishlab chiqarishni rejalashtirish imkon beradi.

Tadqiqot natijasi keyingi yillarda O`zbekiston aholisining o`sish darajasini, tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payishning o`zgarib, oldingi yillarga qaraganda kamayganligini ko`rsatadi. 2006 yil 1-yanvar ma'lumotiga ko`ra respublika aholisi 26312,7 ming kishini tashkil etdi, bu ko`rsatkich 1989 yilga nisbatan 6532,7 ming kishiga ko`paygan yoki 133,02 foizga o`sgan. Mazkur yillarda o`rtacha yillik ko`payish 1,70 foizga teng bo`lgan. Bu davr mobaynida shahar aholisi 8059,3 ming kishidan 9495,1 ming kishiga yetdi, ya'ni 1435,8 ming kishiga ko`paydi. qishloq aholisi esa 11720,7 ming kishidan 16817,6 ming kishiga ortdi, bunda aholi 5096,9 mingga ko`paygan. Natijada, ko`rilayotgan vaqt oralig`ida shahar aholisi 117,8 %, qishloq aholisi 143,5 foizga o`sib, o`rtacha yillik ko`payish, yuqoridagilarga mos holda, 0,95 va 2,15 foizga teng bo`ldi.

Mamlakat aholisi o`sishida ma'lum hududiy tafovutlar mavjud bo`lib, mintaqalar tabiiy sharoiti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlariga bog`liq holda birmuncha farq qiladi. Shu nuqtai nazardan respublika viloyatlari aholi sonining 1991-2006 yillarda o`sish sur'ati bo`yicha quyidagi uch guruhni ajratish mumkin:

1. Aholi soni o`sish darajasi yuqori bo`lgan viloyatlar (135,2 foizdan ortiq): Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Namangan;

2. Aholi soni o`sish ko`rsatkichi o`rtacha bo`lgan mintaqalar (122,2-135,1 %): Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Andijon, Samarqand, Farg`ona hamda Buxoro viloyatlari;

3. Aholi sonining o`sish holati past bo`lgan (122,1 % va undan kam) hududiy birliklar: Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari.

Umuman olganda, respublika viloyatlari aholi soni o`sishi oldingi yillarga nisbatan sezilarli darajada sekin bormoqda. Aholi soni o`sishiga tabiiy, agroiqlimiy sharoit ham qisman ta'sir ko`rsatadi; qulay iqlim sharoiti, unumli yerlar va suv resurslarining yetarliligi mavjud hududda aholi zich joylanishiga va uning o`sishini nisbatan yuqori bo`lishiga sabab bo`ladi.

Qishloq joylarda demografik vaziyatning yuqorida ta'kidlangan xususiyatlarini hisobga olish respublikada ijtimoiy muammolarni hal etish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish hamda ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda, qishloq aholi soni va uning tarkibini bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega.

Joyning tabiiy sharoiti, kishilarning mashg`ulotlari hamda turli iqtisodiy-ijtimoiy, tarixiy omillar ta`sirida aholi joylashuvining shahar, qishloq, ovul kabi xillari tarkib topadi, Mamlakatimizda 121 ta shahar, 113 ta shaharcha va 14 mingga yaqin qishloq mavjud.

O`zbekistonda aholi manzilgoxlari ikki turga: shahar joylar hamda qishloq joylarga bo`linadi. Eng avval qishloq joylardagi manzilgoxlar (qishloq, ovullar) vujudga kelgan. Qishloq joylarda dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanuvchi kishilar (dehqonlar, fermerlar) va qishloq ziyolilari (agronomlar, vrachlar, o`qituvchilar, madaniyat xodimlari) yashaydilar. Aholisi sanoat korxonalarida yoki transportda ishlaydigan shaharchalar ham aholisi kam bo`lganligidan qishloqlar tarkibiga kiradi.

Qishloq aholi manzilgoxlari shahar aholi manzilgoxlaridan farq qiladi. Qishloqlarni mehnat sharoiti, turmush va madaniyat jihatidan shaharlarga yaqinlashtirish muhim vazifadir. Qishloqlarning kengayib bir-biriga qo`shilib ketishi oqibatida qishloqlarning umumiy soni kamaymoqda, biroq ularning xajmi kattalashyapti. Katta qishloqlarda maktablar, universal magazinlar, klublar, kasalxonalar jadal qurilmoqda, uylarga gaz, suv, elektr kiritilyapti,qisqasi, mehnat va hordiq chiqarish uchun yaxshi maishiy sharoit yaratilyapti.

Shaharlar – aholi yashaydigan manzilgoxlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq paydo bo`lganidan so`ng vujudga kelgan. O`zbekistondagi qadimiy shaharlar Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro shular jumlasidandir. Ular dunyodagi eng qadimiy shaharlardan hisoblanadi.

Asrimiz boshlarida O`zbekiston hududida 20 ga yaqin shahar bo`lgan, ular asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari negizida daryo hamda soy bo`ylarida yoki karvon yo`llari ustida vujudga kelgan.

O`zbekistonda uncha tez bo`lmasada urbanizatsiya jarayoni ro`y bermoqda, ya`ni shaharlar soni ko`payib bormoqda, shahar aholisi soni ortib bormoqda. Respublikada 1897- yilda 18,8 foiz aholi shaharlarda yashagan bo`lsa, 1939 -yilda 23,0 foiz va 1997- yilda 38,0 foiz aholi shaharlarda yashagan.

Hozirda O`zbekistonda shaharlar qatoriga aholisi 7 ming va undan ko`p bo`lgan aholi manzilgoxlari kiritiladi. Bu ko`rsatgichlar turli mamlakatlarda turlicha bo`lib, ba`zilarniki biznikidan ko`proq ba`zilarniki kamroqdir. Masalan, Qozog`istonda, Qirg`izistonda 10 ming, Turkmanistonda 5 ming, Rossiyada 12 ming kishidan ortiq aholi yashaydigan manzilgoxlar shahar hisoblanadi. Shahar bo`lishi uchun shuningdek, ushbu manzilgoxda yashayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va hizmatchilar hamda ularning oila a`zolari bo`lishi kerak.

Shaxarlarni milliy iqtisodiyotdagi o`rni, vazifasi har xil. Mamlakatimizda sanoat shaharlari ko`p , ularda bir yoki bir necha sanoat tarmog`i rivojlangan. Ba`zi bir shaharlar transport tuguni vazifasini o`taydi. Poytaxtlar, viloyat markazlari siyosiy-ma`muriy va madaniy markaz ro`lini o`ynaydi. Kurort-shaharlar, tarixiy, madaniy va ilmiy markaz shaharlar bor.

Katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq), yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq), juda yirik shaharlar(aholisi 500 mingdan ortiq) va “millioner” shaharlar bir qancha vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi. Ularni ko`p funksiyali shaharlar deyiladi. Masalan, Toshkent – mamlakat poytaxti, sanoat shahri, transport tuguni, tarixiy-madaniy markaz. Samarqand ham viloyat markazi, ham sanoat markazi va tarixiy-madaniy markazdir.

Ko`p funksiyali shaharlar juda tez o`sadi, ular yonida yo`ldosh shaharlar vujudga kelib, aglomeratsiyalarni hosil qiladi. Mamlakatimizda eng katta shahar aglomeratsiyasi – Toshkent aglomeratsiyasidir.

Katta shaharlarning afzalliklari ko`p bo`lishiga qaramay, ular to`xtovsiz kengayib ketaverishi maqbul emas, chunki aks holda korxonalarni suv bilan, aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashda, “yashil” hududlarni, musaffo havoni saqlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Shaharchalar ham shahar joylar qatoriga kiritiladi. Ular sanoat rivojlanayotgan, yangi hududlar o`zlashtirilayotgan yerlarda vujudga keladi. Iskandar, Kegayli, Ulug`bek, G`ozg`on, Zomin shaharchalari shular jumlasidandir. Bunday shaharchalarning ko`pchiligi hali yangi, ularning aholisi qandaydir bir tarmoqda hizmat qiladi (neftchilar shaharchasi, shaxtyorlar shaharchasi). Shahar turidagi shaharchalar dunyoning barcha mamlakatlarida ham uchrayvermaydi, borlarida esa aholisi va aholining ijtimoiy tarkibiga turlicha me`yor belgilanadi. O`zbekistondagi shaharchalarning har birida 3 mingdan 20 minggacha aholi yashaydi.

Yangi shaharlar va shaharchalar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Yangiobod, Navoiy, Gazli, Uchquduq, Taxiatosh, Zarafshon, Shirin va boshqalar) asosan qazilma boyliklar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda bunyod etildi. Toxchiyon shaharchasi (Surxondaryo viloyati) ko`mir koni negizida vujudga kelgan. Bular sanoat markazlaridir.

Yangi yerlarni o`zlashtirish qishloq xo`jalik xom ashyosini qayta ishlovchi sanoat negizida Yangiyo`l, Guliston, Yangiyer kabi shaharlar qad ko`tardi.

Tabiiy va iqtisodiy va tarixiy sabablarga ko`ra O`zbekiston qishloqlarining aholisi ko`p va qishloqlar bir-biriga yaqin joylashgan. O`tmishda ko`chmanchi qabilalarning xujumlarini daf etish zarurati hamda obikor dehqonchilikka qo`l mehnatining ko`p qo`llanilishi tufayli qishloqlarda aholi azaldan zich yashab kelmoqda. O`zbekiston qishloqlarining bunday xususiyatlari ularning aholisiga shahardagidek sharoit yaratishda, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirishda qulay omil hisoblanadi.

Darhaqiqat, Koson, Yangibozor, Arnasoy, Beshariq kabi qishloqlarning qiyofasi shaharni eslatadi. Sanoatning o`sishi ham shahar aholisi sonining oshishiga, shahar turmush tarzining yoyilishiga, shahar bilan qishloq o`rtasidagi tafovutning yo`qolishiga yordam beradi.

O’zbekistonda mustaqillikdan so`ng o`tkazilgan iqtisodiy isloxatlar, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitida kechayotgan jarayonlar urbanizatsiya darajasiga ham o`z ta`sirini o`tkazdi. 1989 yil respublikada shahar aholisi 8040.9 ming kishini (40.6 %) tashkil etgan, 2007 yilda esa bu ko`rsatkichlar 9584.6 ming kishini, respublika aholisiga nisbatan 35.9 % ko`rsatkichga ega bo`ldi. Bundan mamlakat urbanizatsiya darajasi keyingi yillarda tushganligi qayd etiladi. Bunga asosiy sabablarda biri mustaqillikdan so`ng O`zbekistonda hududidan rusiyzabon aholining ko`chib ketishi (chunki rusiyzabon aholining aksariyat qismi shaharlarda yashagan) sabab deb ko`rsatilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan qishloq aholisining shaharlarga nisbatan tez o`sishidir. Bundan tashqari, shahar aholisida tug`ilishning qishloqlarga nisbatan ancha past ekanligi ham fikrimizning dalilidir.

Ta‘kidlash joizki, aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlari shahar va qishloq joylarda farq qiladi; qishloq joylarda tug’ilish shaharlarga nisbatan birmuncha yuqori. Buning bir qancha ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari mavjud. Jumladan, qishloqlarda ayollarning ijtimoiy hayotda bandligini past darajada bo’lishi, qo’l mehnati ko’p talab qilinadigan qishloq xo’jaligida ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojning mavjudligi, milliy an‘analar davrlar davomida tug’ilishning yuqori bo’lishiga olib kelgan. Shahar aholisi tarkibida esa turli millat vakillarining ayollarning ijtimoiy hayotda faolligi, iqtisodiy-ijtimoiy omillarga bog’liq holda uy-joy muammosi va boshqa sabablari tug’ilish darajasining biroz past bo’lishiga olib keladi.

Shahar va qishloq joylari aholisining yillik o`sish sur`ati ham bir-biridan farq qildi. Masalan, 2006 yilga nisbatan 2007 yilda qishloq aholisi 1.6 foizga ortgan bo`lsa, shahar aholisi 0.9 foizga ko`paydi. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buhoro va Xorazm viloyatlarida shahar aholisining yillik o`sish sur`ati bir foizdan past bo`ldi. Qolgan mintaqalarning shahar aholisi 1 foizdan ko`proqqa ortdi. Tahlil etilayotgan yilda barcha mintaqalarning qishloq aholisi (Navoiy viloyatidan tashqari) 1,2-1,9 foiz orasida o`sdi. Umuman, barcha mintaqalar qishloq aholisining yillik o`sish sur`ati shahar aholisiga nisbatan yuqoridir (Navoiy viloyati bundan mustasno).

Aholining makondagi xududiy harakati ham ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq. Aholining xududlarda joylashuvi va ko’chib yurishiga migratsiya deyiladi. Bu jarayon migratsion oqimlarni yuzaga keltirib, ayrim xududlarda aholining ko’payishiga va aksincha ayrim xududlarda kamayishiga olib keladi.

Migratsiyaning aholi soni o’sishiga ta‘siri unga kuchli bo’lmasdan, u salbiy. Masalan, 1997 yilda shahar joylarda migratsiya qoldig’i minus 1440, 1998 yilda 1765 kishini tashkil etgan. Qishloq joylarda bu ko’rsatkich yuqoridagilarga mos holda, minus 2910 va 2205 kishidan iborat bo’lgan


1939—2004 y.lar, ya‘ni 65 yil mobaynida respublika aholisi 4,0 marta ko‘paygan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich shahar joylarda 6,4 va qishloqlarda 3,3 martani tashkil etgan. Albatta, ko‘rilayot gan davrning turli oraliqlarida va qishloq hamda shahar joylarda aholi sonining ko‘payish sur‘ati turlicha bo‘lgan. Jumladan, 1939-59 y.larda jami aholi 127,9 % ga, shahar aholisi 185,6 % va qishloq aholisi 108,5 %ga o‘sgan. 1959-70 y.larda respublika jami aholisi 145,3 %ga, shahar aholisi 158,4 % va qishloq aholisi 141,3 %ga o‘sgan, o‘rtacha bir yillik ko‘payish 3,45, 4,25 va 3,20 %ni tashkil etgan. Aynan shu yillar O‘zbekiston o‘zining tarixiy demografik rivojlanishining eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishgan.

Undan keyingi yillarda aholi sonining o‘sishi biroz susaygan, biroq shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq ko‘payish jarayoni saqlanib qolgan. Mas., 1970-79 y.larda shahar aholisi 146,9 %ga, qishloq aholisi 120,9 % va jami aholi soni 130,4 %ga ortgan. 1979-89 y.lar mobaynida shahar aholisi 126,7 va qishloq aholisi 130,1 %ga o‘sgan. Ko‘rinib turibdiki, bu davrdan respublika qishloq joylarining demografik rivojlanishi shahar va shaharchalarga qaraganda ustunroq bo‘lgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday zaiflashuvi o‘tgan asrning 80-y.larining 2-yarmidan boshlangan, 1984 y.da shahar aholisining ulushi 42 %gacha ko‘tarilgan va shundan so‘ng u asta-sekin kamayib borgan.

So‘nggi yillarda respublika umumiy aholisi ko‘payish sur‘atining pasayishi va qishloq aholisining shaharlik larga nisbatan tezroq o‘sish jarayoni kuzatilmoqda. Ayni paytda shahar aholisining ko‘payish sur‘ati eng past darajaga tushib qolgan (1,05 %). 2000-05 y.larda aholining o‘rtacha o‘sish sur‘ati 1,2 % ni tashkil etdi va o‘rtacha yillik mutlaq sonining o‘sishi 310,4 ming kishiga tushdi. Mazkur davrda qishloq aholisi 4,4 mln.ga, shahar aholisi 1 mln.ga ko‘paygan. Buning natijasida shahar aholisining salmog‘i 40,4 % dan 35,9 % ga tushib qoldi.

Tug‘ilish va tabiiy ko‘payish koeffitsiyentlari bo‘yicha respublika viloyatlarining qishloq aholisini mutanosib ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisiga tug‘ilish darajasi (20-22 %) va tabiiy ko‘payish darajasi (14-17 %) o‘rtacha bo‘lgan 8 ta viloyat (Buxoro, Andijon, Navoiy, namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent) kiradi. Tug‘ilish (23-24 %) va tabiiy ko‘payish darajasi (1819 %) nisbatan yuqori bo‘lgan ikkinchi guruhga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi kiradi. Shahar aholisi ichida o‘rtacha tug‘ilish darajasi (1620 %) 8 ta viloyatda kuzatil moqda. Namangan viloyatida shahar aholisining tug‘ilishi nisbatan yuqori (20,2 %). Shahar aholisi ichida tug‘ilish darajasi past bo‘lgan (16 %) 4 viloyat mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari.

1991 y.da O‘zbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va bu o‘zgarishlar 1-navbatda uning demografik vaziyati ga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston da tug‘ilish jarayonining nisbatan yuqoriligining asosiy sabablaridan biri oila qadriyatlari hamda nikohdan o‘tish jarayonining yuqoriligidir. Mas., 2005 y. har 1000 kishiga shaharlarda 7,0 nikoh to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ajralish ko‘rsatkichi 0,6 ga teng bo‘ldi. 19912004 y.larda O‘zbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni 34,5 dan 22,3 gacha yoki 1,2 punktga qisqardi. 2005 y.da aholi 292,1 ming kishiga yoki 2004 y.dagiga nisbatan 1,1 % ga ko‘paydi.

O‘zbekistonda tug‘ish yoshi koeffitsiyentlari ham qisqarmoqda. Tug‘ilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga to‘g‘ri keladi. Bu holat so‘nggi yillarda yanada barqarorlashdi.

Respublikada 19801995 y.larda o‘lim koeffitsiyenti 7,5 promilledan 6,4 promillegacha qisqardi. Bu jarayon, asosan, go‘daklar, bolalar va o‘rta yoshdagi kishilar o‘rtasida o‘lim darajasining kamayishi b-n bog‘liq. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi 1-navbatda aholi o‘limining keskin kamayishiga olib keldi. Agar 18861920 y.larda O‘zbekistonda har 1000 kishi hisobiga o‘lganlar soni 4034 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1920 y. dan keyin bu ko‘rsatkich 56 barobarga kamaygan. Respublika shahar hududlari da aholi o‘limi qishloq joylarga nisbatan yuqoridir. Bunga sabab ekologik vaziyatdagi o‘zgarishlar, shahar turmush tarzidir. Sanoat rivojlangan Toshkent sh.da aholi o‘limi eng yuqori. O‘lganlar soni 2005 y.da 2004 y.ga nisbatan 6,6 % ga yoki 8,6 ming kishiga oshdi. Go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti esa 2004 y.dagi 15,4 % dan 14,3 %ga kamaydi.

Toshkent sh. aholisi miqdorida ayollar salmog‘i respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqoriroq bo‘lib, 51,0 %ni tashkil etadi (2004). Buning asosiy sababi shahar aholisining milliy tarkibiga bog‘liq: Toshkent sh. aholisining 4045 %ni boshqa millat vakillari tashkil etadi, ularda ayollar miqdori erkaklarga nisbatan bir qadar yuqori. Bundan tashqari shahar joylarda erkaklar o‘limi qishloq joylarga nisbatan ancha yuqori. Mas., 1989 y.da O‘zbekistonda 50-54 yoshdagi har 1000 ta erkak orasida qishloqda 10 tasi o‘lgan bo‘lsa, shaharda o‘lim 13 taga yetgan. Bu ko‘rsatkich 70-74 yosh guruhlarida 49-62 ni tashkil etadi.Aholining ko‘payishida yoshlar, ayniqsa, 15-19, 20-24, 25-29 yoshli guruhlarning jinsiy tarkibi alohida ahamiyatga ega. Chunki aholi, asosan, mana shu yoshlarda nikohga kirib, oila quradi.

Mustaqillik yillarida butun respublikada urbanizatsiya darajasi pasayib bormoqda.

Bunga shaharlarda qishloq joylarga nisbatan tabiiy ko`payishning pastligi va manfiy ko`rsatkichga ega migratsiya saldosi (shaharlarda yashagan aksariyat rusiyzabon aholining ona yurtlariga ko`chib ketishi) o`z ta`sirini o`tkazmoqda. Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida oilalarning rejali asosda farzand ko`rishi, ikkinchi tomondan shaharlarda ayollarning doimiy mehnatda band bo`lishi ham aynan shaharlarda tug`ilishning kamayishiga olib keldi. Masalan, 1989 yilda 198,3 ming kishilik aholiga ega bo`lgan Farg`ona shahri viloyatda aholi soni bo`yicha eng yirik shahar edi. Yuqoridagi sabablar tufayli bugungi kunda uning aholisi 187,1 ming kishiga tushib ketdi.

Ammo viloyatning qadimiy Qo`qon (179,5 mingdan 206,5 mingga) va Marg`ilon (124,1mingdan 169,4 ming kishiga) singari shaharlarining aholisi muttasil ravishda oshib bormoqda. Bunga ushbu tarixiy shaharlarda tub joy aholisining ko`p to`planganligi, ularda tabiiy ko`payish nisbatan yuqoriligi, boshqa millat vakillarining esa kamligi hamda shahar atrofi xududlarining shaharga qo`shib berilishi o`z ta`sirini ko`rsatdi
Aholining bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yurishiga avvalambor iqtisodiy-ijtimoiy omillar, jumladan ishsizlik, ya`ni ish qidirish, madaniy-maishiy sharoitdan qoniqmaslik, o`qish va boshqalar sabab bo`ladi. 2006 yilda respublikada jami 391.2 mingdan ortiq kishi o`z yashash joyini o`zgartirdi. Bu ko`rsatkich 1990 yilda 864 ming kishini tashkil etgan. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi sababli O`zbekistonda yashovchi nomahalliy millatlarning ko`pchiligi tarixiy vatanlariga qaytdilar. 1991-2006 yillar mobaynida O`zbekiston aholisi soni tashqi migratsiya hisobiga 1,5 million kishiga kamaydi.Albatta, bu hol aholi soning o`sish sur`atlariga ham ta`sir ko`rsatdi. 90-nchi yillarning o`rtalaridan boshlab mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida migratsiya hajmi ancha kamaydi.

Tashqi migratsiya avvalo shahar aholisi dinamikasiga ta‘sir etadi. Chunki mamlakatga kelganlarning ham, ketganlarning ham ko‘pchiligi shaharlar b-n bog‘langan. O‘tgan asrning 5070-y.larida O‘zbekiston shaharlari aholisi ning jadal o‘sishi ham ko‘p jihatdan shu omilga bog‘liq bo‘ldi. Keyingi yillarda urbanizatsiya darajasining sustlashuvi ham shuning ta‘sirida yuzaga keldi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, shahar joylarda tashqi migratsiya qoldig‘i 19962003 y.larda taxm. 4050 ming kishi, qishloqlarda esa 2030 ming kishini tashkil etdi.

2005 y.da migratsiya qoldig‘i manfiy 107,0 ming kishini tashkil etdi.

Migratsiya qoldig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida hamda Toshkent sh.da nisbatan yuqori ko‘rsatkichga ega. Ayni vaqtda, Andijon, Namangan, Xorazm viloyatlarida migratsiya aylanmasi manfiy bo‘lsa-da, u aholi sonining umumiy o‘sish ko‘rsatkichlariga kuchli ta‘sir etmagan. 

Migratsiyada ishtirok etuvchilarning asosiy qismi shahar aholisiga to`g`ri keladi. Agar 1000 ta shahar aholisining 23,7 tasi o`z yashash joyini o`zgartirgan bo`lsa, bu ko`rsatkich qishloq aholisi orasida 9,2 tani tashkil etdi. Ko`rinib turibdiki, qishloq aholisining migratsion intensivligi shahar aholisiga nisbatan deyarli 3 marta kam. Qishloq aholisining sust darajada migratsiya jarayonida ishtirok etishida qarindosh-urug`chilik aloqalarining mustahkamligi va tug`ilib o`sgan yerida yashashni afzal ko`rishi bilan izohlanadi. Biroq, keyingi yillarda ko`chib yuruvchilar orasida shaharliklar salmog`i qisqarib qishloq aholisining ulushi ortib bormoqda.

Iqtisodiyotdagi isloxatlarning chuqurlashuvi hamda bozor munosabatlarining shakllanishi qishloqdan shaharga bo`lgan migratsiyaning o`sishiga obyektiv sharoit yaratdi. Lekin, buning uchun shahar joylar ham katta migratsion oqimini qabul qilishga «tayyor» bo`lishlari talab etiladi. Hozirgi kunda qishloqlardan asosan hech qanday malakaga ega bo`lmagan ishchilar kelmoqda. Shahardagi mavjud ish o`rinlari esa kasbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan kadrlarni talab etadi.

2.2 Viloyatlar bo’yicha aholining tarkibiy strukturasi va demografik ko’rsatkichlari


Qoraqalpog’lston Respublikasi.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra 2009 yilning 1 yanvarida respublika hududida 1 mln 629,3 ming aholi yashagan, bu O`zbekiston aholisining 6,1% i degan so`z. Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisining yosh va jinsiy tarkibini tahlil qilish o`ziga xos xususiyatlarga ega. O`tmishda Qoraqalpog`iston aholisi tarkibida erkaklar soni yuqori darajada bo`lgan, masalan, 1939 yillarda 11 Qoraqalpog`istonda 1000 erkak kishiga 826 ayol to`g`ri kelsa, bu ko`rsatkich 1970 yillarda 1010, 1979 yillarda 1018, 1989 yili 1015 ayolni tashkil qildi. Shaharlarda esa har ming erkak kishiga 1023 ayol to`g`ri kelsa qishloq joylarda 1002 ayol to`g`ri keladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi sharoitida aholi jinsiy tarkibining shakllanishiga ikkinchi jahon urushi kuchli ta`sir qildi. Aholining jinsiy tarkibi erkaklar, 53% ni tashkil qilgan bo`lsa, 1959 yili 49,7% ni tashkil qildi. Urushdan keyingi yillarda bu ko`rsatkich qayta shakllana boshladi.

1 yoshdan 0-4,5-9,10-14,15-19 yosh oralig`idagi o`smirlarda o’g`il bolalarning ulushi yuqori bo`lsa, 20-24,25-29, 30-34, 35-39.yosh oralig`ida ayollarning hissasi yuqori, 40-44,45-49, 50-54, 55-59 yosh oralig`ida erkaklar soni ko`p hissani egallasa, 60-64, 70 yoshdagilar orasida ayollarning soni ko`p ekanligi ko`rinib turibdi. Buning asosiy sababi 0-19 yosh oralig`idagi kategoriyada tug`ilgan o`g`il bolalar sonining ko`p bo`lishi 20-39 yosh oralig`ida har xil kasalliklar orqali erkaklar soni kamayib ketgan. 40-59 yoshlilar ichida erkaklar soni ko`p bo`lsa 60-70 yoshdagi va undan yuqori yoshdagilar orasida ayollar soni ko`p. Sababi ikkinchi jahon urushi tufayli bu davrda erkaklar ko`p qirg`inga uchragan.

Andijon viloyati

Andijon viloyatida 2499,9 ming aholi istiqomat qiladi yoki viloyatga rеspublika aholisining 8,9 foizi to’g’ri kеladi. Aholining jinsiy tarkibi Andijon viloyatida 2003 yilga nisbatan ham hozirgi kunda aholining jinsiy tarkibida ham farq bor. Masalan: viloyatda 2003 yil erkaklar salmog’i 1138,5 kishi yoki, 49,9% ni, ayollar esa 1141,2 kishini yoki, 50,1% ni tashkil qilgan.. Yana bunda 2011 yil ma’lumotini ko’rib aytishimiz mumkinki erkaklarning nisbati son jihatdan ayollarnikidan ustundir,erkaklar 1 299,2 kishini tashkil qilgan bo’lsa, ayollar esa 1 297,2 kishini tashkil qilgan. Bu esa viloyatda erkaklarning ulushi ayollarning ulushidan 2000 kishiga ko’p demakdir.

O’zbekistonda va jumladan, Andijon viloyatida aholi tabiiy o’sish darajasining yuqoriligi, aholining yosh tarkibiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun O’zbekistonda, jumldan Andijon viloyati aholisi orasida yosh bolalar va o’smirlar salmog’ini ko’pligi va keksalar salmog’ining kamligi bilan harakterlidir. Andijon viloyatida 2011 yilga kelib, yosh bolalar va o’smirlar 1989 yilga qaraganda qisman kamaygan. Chunki, keyingi yillarda ko’p o’lkalar qatori Respublikamiz va Andijon viloyatida ham tug’ilish koeffitsientlari qisman kamaydi. 2011 yilda yosh va o’smirlar 852,2 ming kishini tashkil qildi yoki umumiy aholini 37,4% ga to’g’ri keladi. Lekin mehnatga qobilyatlilari viloyatda 1989 yilga nisbatan yuqori bo’lib, 2011 yili 1466,6 ming kishini yoki 55,6% ni tashkil qildi. Keksalar shu yillari 1609 ming kishini tashkil qilib uning salmog’i 7,1% ga to’g’ri kelgan. Bu esa, o’z navbatida aholining progressiv o’sishini, kelajakda viloyat aholisining takror barpo bo’lishi va mehnat resurslari safini to’ldirib borish imkoniyatlarini beradi.

Buxoro viloyati

Buxoro viloyati. Aholi soni 1612,6 ming kishi, u 1989 yilga nisbatan 91136 ming 1,4 martaga yoki 477 ming kishiga ko’paygan. Tug’ilish bu yerda har ming kishiga 21,7 kishi, o’lim ko’rsatkichi 4,2 kishiga to’g’ri keladi. Demak tabiiy ko’payish 17,5 promille yoki 1,75 foizga teng 2012-yil ma’liumoti bo’yicha tuzilgan nikohlar soni 17,7 mingta ,ajralishlar soni 1mingta.

Tug’ilish koefitsentifaqat Buxoro shahrida pastroq (15,5 promille), qishloq tumanlari doirasida dsa u katta farq qilmaydi (20-26 promille). Tug’ilish koeffitsentri so’nggi o’n yil mobaynida biroz ko’tarilish jarayonini namoyon etmoqda.Masalan agar viloyat bo’yicha 2000 yilda tug’ilish 20,0 promille teng bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatkich 1,7 promille ga ortgan.Birgina 2008-2009 yillarda u 0,3 %ga oshgan..O’lim ko’rsatkichlarida katta hududiy farqlar yo’q: uning eng baland nuqtasi Kogon shahrida, eng pasti esa Qorovulbozor tumaniga tegishli.

Aholi migratsiyasi shahar va qishloq joylarda manfiy natijaga ega.Tashqi migratsiyaning dinamikasi va ko’lami , uning natijasi ish o’rinlarining mavjudligi va qisman aholinin milliy tarkibiga bog’liq.

Aholi tarkibida 4 ta viloyat va Toshkent shahrida kuzatiladigan holat, ya’ni ayollar soni erkaklar sonidan ko’proq. 2012- yilbo’yicha 1707,4 ming aholini 857,7 mingi ayollardir. Shunga mos holda erkaklar soni 849,7 ming kishi. Shahar aholisi tarkibida bu nisbat deyarli tengdir 324 400 va 324 200 kishi. Qishloq aholisi jinsiy tarkibidagi tafovut ancha katta. 1058,8 ming aholining 533,3 mingi ayollardir.

Aholining yosh takibida 2010-yil bo’yicha mehnat yoshigacha bo’lgan aholi 486,2 ming, mehnatga layoqatli aholi 1024,2 ming , nehnat yoshidan katta aholi soni 126,2 ming kishini tashkil etadi.Urbanizatsiya darajasi 2009 –yildan keyin 29,2 %dan 38,8 %ga yetdi. Biroq shunga qaramasdan shaharliklar ulushi, viloyatlar orasida eng pastlaridan biri bo’lib qolmoqda. Pastdan ( Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan lodinda turadi).

Jizzax viloyati

Jizzax viloyati aholisi 2012-yill 1-yanvar mal’umotiga ko’ra 1186,6 ming kishi, uning yarmidan ko’prog’i , ya’ni 52,19 foizi qishloq joylarga tog’ri keladi. Mamlakatimizda o’zining demografik salohiyati bo’yicha oxirgi o’rinlarning birini egalladi (Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridan oldinda xolos). Zichlik 1kv. km.ga 55,94 kishi. Shu yili tug’ilganlar soni 25400 kishini ( 2,14 %,) , vafot etganlar 4746 kishini ( 0,39 % ) tashkil qilgan. Jami qayd etilgan nikohlar soni 11200 ta (0,94 %). Ajralishlar soni 400 ta bo’lib , Respublikada oxirgi o’rinda turadi. Bu holat hududda oilalar mustahkamligidan dalolatdir. Shuningdek tug’ilish darajasiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Viloyat aholisining o’sish surati ham respublika o’rtacha darajasi atrofida. Aholining tabiiy ko’payishi bo’yicha Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan keyingi, taxminan Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari bilan bir qatorda turadi Ma’lumotlarda ko’rsatilishicha tug’ilish va tabiiy ko’payishning yuqori darajalari Baxmal va Jizzax tumanlarida qayd etiladi. Qizig’i shundaki, eng yuqori tug’ilish viloyat markazi – Jizzax shahrida ko’zga tashlanadi. Bu esa hozirgi zamon urbanizatsiyasi nuqtai nazaridan kutilmagan holatdir. O’lim ko’rsatkichlari Zafarobod, Do’stlik va Arnasoy tumanlarida qolgan hududlarga nisbatan pastroq. Viloyatda so’nggi yillarda migratsiya oqimi teskari yo’nalishda kuchayib bormoqda. Xususan, yangi o’zlashtirilgan kelganlarga nisbatan ketganlar ko’p Bu holatni qozoq millati vakillarini ko’chib ketishi, shu hududlardagi iqtisodiy va ekologik vaziyatning salbiy tomonga o’zgarishi bilan bog’lash mumkin. Migratsiya salbiy natijalarga ega bo’lsa ham, tabiiy ko’payish bunday manfiy qoldiqni to’ldiribgina qolmay, umumiy aholi o’sishini ham ta’minlangan Umumiy aholisonining qariyb 45,5 % ini bolalar, o’smirlar, nafaqadagilar, 54,5 foizini mehnatga layoqatli kishilar tashkil etadi. Tug’ilishning yuqoriligi, yoshlarning ko’pligi aholi takror barpo bo’lishi va mehnat resurslarining shakllanishiga asos bo’ladi. Aholining 594,1 mingini erkaklar, 592,5 mingini ayollar tashkil etadi. Ko’ p viloyatlarda kuzatilgan kabi ayollar shaharda ko’proq. 285,9 ming kishi. Erkaklar soni 281,3 kishini tashkil qiladi. Qishloq joylarda erkaklar soni ustunroq. 312,8 ming kishi , ayollar 306,6 ming kishi. Bu jihatni shaharda ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o’rni , milliy tarkib va erkaklarning o’limi ko’p sodir bo’lishi bilan bog’lqligi bor.

Viloyatda 7 ta shahar, 42 ta shaharcha , 519 qishloq aholi punkti mavjud.Aholining 567,2 mingi shaharlarda istiqomat qiladi,Umuman olganda, Jizzax shahridan tashqari qolgan shahar joylar ko’proq kichik sinflarga taaluqli. Bu yerda urbanistik tarkibning o’rta bo’g’ini nihoyatda zaif: 50-100 ming aholiga ega bo’lgan bolgan shahar umuman yo’q.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyatining demografik salohiyati uncha katta emas .Viloyat aholisi 881,2 ming kishi bo’lib , 429,0 ming kishi shahardlarda istiqomat qiladi. 2012–yil bo’yicha aholining demografik ko’rsatkichlari: Tug’ilish 18 067 kishi, o’lim 4153 kishi , tuzilgan nikohlar soni 9800 ta , ajralishlar soni 700 ta . Ko’chib kelganlar soni 12134 ta, ketganlar soni 18859 ta.

2009- yilda tug’ilish 21,4 , o’lim 4,7 va tabiiy ko’payish 16,7 promille bo’lgan ( bu ko’rsatkichlar o’rtacha respublika darajasiga yaqin). Qishloq tumanlari doirasida tug’ilish nisbatan Nurotada yuqori – 24,8 , uning past ko’rsatkichi esa Tomdi tumaniga to’g’ri keladi.(bu demografik vaziyat ham migratsiya oqibatlari tufayli vujudga kelgan bo’lishi mumkin). O’lim koeffitsentida katta hududiy farqlar kuzatilmaydi.

Aholi migratsiyasi 2008-2009 yilarda ham manfiy natijaga ega bo’lgan. Eng katta migratsion yo’qotish Tomdi va Konimex tumanlarida qayd etilgan. Fikrimizcha , bu qozoq millati vakillarining Qozog’iston ga ko’chib ketishi bilan bo’gliq. Tashqi migratsiya faqat Zarafshon va Navoiy shaharlarida ijobiy, Navbahor tumanida0,0 %, Xatirchida minus bo’lsada u ozroq.

Viloyatda 6 ta shahar va 38 shaharcha mavjud bo’lib, ularning barchasida jami aholining 48,68 foizi yashaydi.Ko’rininb turibdiki , umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi bu yerda ancha yuqori. Navoiy viloyati aholisi jinsiy nisbatida erkaklar soni ko’proq 446,4 ming kishi (50,65 %). Shunga mos holda ayollar soni 434,8 ming kishini tashkil qiladi.

Aytib o’tilganidek 429,0 ming kishi shaharlarda yashasa, bu yerda ham erkaklar ulushi ko’proq 220,7 ming kishi (51,44 %) Bu holat og’ir sanoatning rivojlanganligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Qishloq joylarda ayollar biroz ko’proq bo’lib , 226,5 ming kishi (50,08 %) ni tashkil qiladi. Erkaklar soni 225,7 ming kishi.

2010 –yilgi ma’lumot bo’yicha 851,3 ming aholi tarkibida mehnat yoshidagilar 60,19 % ni tashkil etgan. 512,4 ming kishi . Bu holatni tug’ilish darajasining pastligi , o’lim holatining ko’pligi sanoatning rivojlanganligiga bog’lash mumkin.

Namangan viloyati

Aholisi 2 420 600 kishi. Shundan 1551 000 kishi shahar joylarda istiqomat qiladi.

Aholi zichligi 1 kv. km. ga. 325,34 kishi. Bu ko’rsatkich qo’shni ikki viloyatga qaraganda biroz pastroq bo’lsada, Respublika darajasidan 5,2 martaga ko’pdir.

Yaqin yillargacha Namangan viloyati yurtimizda aholisi nisbatan jadal rivojlanib borayotgan hududlar qatoriga kirar edi. Ammo so’nggi yillarda demografik o’sish ko’rsatkichlari biroz pasayib bormoqda.Tug’ilish darajasi esa 1995- 2009 yillar mobaynida 15-20 promillega qisqargan. 2012-yilda tug’ilganlar soni 50603 kishini tashkil qildi (2,09 %). 2009-yilga kelib tug’ilish ko’rsatkichlaridagi hududiy 2000-yilga nisbatan tafovutlar biroz tekislashgan,keyinchalik bu farqlar ortib borgan.Kosonsoy (2,61%) da Mingbuloqda (1,98 %).O’lim koeffitsentlari ham bu yillarda pasayib brogan.Biroq qishloq tumanlarida katta farqlar kuzatilmaydi. Viloyat migratsiya darajasi Respublika bo’yicha eng past ko’rsatkichlardan biri. Hududdan ko’chib ketuvchilar va ko’chib keluvchilar ancha kam.

Urbanizatsiya darajasi 2009-yilda 37,1%dan 64,7 % ga “sakradi”. Hozirda mazur ko’rsatkich bo’yicha respublikamizda birinchi o’ringa chiqib oldi.Vaholanki , sanoat ishlab chiqarish va umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bunga mos kelmaydi.

Aholining jinsiy tarkibida erkaklar ko’proq bo’lib 1 224 200 kishini tashkil etadi.

Ayollar soni esa 1 196400 kishi. Shahar punktlarida bo’yicha erkaklar soni 784 500 kishi ,ayollar soni 766 500 kishidan oshadi. Qishloq aholisining 429900 i ayollar bo’lsa, qolgan 439 700 kishi erkaklardir.

Namangan viloyati aholisi tarkibida mehnat yoshidagi aholi 56,8 ni tashkil etadi. Bu yerda tug’ilish darajasining yuqorigi saqlanib qolinayotganligi, o’lim holatlarini past ekanligi, ko’chib ketuvchilar va keluvchilarning salmog’i yuqori emasligini ta’siri bor.

Samarqand viloyati

Aholisi 3326,2 ming kishi bo’lib, Respublikada 1-o’rinda turadi. Urbanizatsiya darajasi 39,11 %. Aholi zichligi 1 kv. km. ga 198,34 kishi.

Respublika aholisi singari Samarqand viloyati aholisi ham tabiiy ko`payish hisobiga o`smoqda. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, so`nggi yillarda viloyatda aholi tabiiy harakati, ya'ni tug`ilish va o`lim hollari biroz pasaygan. Bu esa tabiiy ko`payishning qisqarishini anglatadi va aholi o`sishi sekinlik bilan borayotganligidan darak beradi.

Tabiiy ko`payish koeffitsiyenti past bo`lgan hududlarga Samarqand va Oqtosh shaharlari bilan birgalikda Samarqand tumani ham kiritildi (15,7 promillegacha). Tabiiy ko`payish yuqori bo`lgan hududlarga viloyatning qolgan barcha tumanlari va Urgut shahri kiradi (21,6 ‰ va undan yuqori).

Viloyatda tabiiy ko`payishga monand holda tug`ilish darajasining pasayib borishi kuzatilmoqda. 1991 yil viloyatda tug`ilish koeffitsiyenti 34,8 promilleni tashkil etgan bo`lsa, 2005 yilda u 21,8 promillega tushib qoldi

Bunday qisqarish xususan qishloq joylarda sezilarli bo`ldi; qishloq aholisining tug`ilish ko`rsatkichi, har ming kishiga hisoblaganda, 38,9 dan 23,3 ga tushib qoldi. Oldingi yillarga nisbatan hozirda o`lim ko`rsatkichlari birmuncha kamaygan:1991 yil viloyatda jami o`lganlar soni 13428 kishini tashkil etgan bo`lsa, 2005 yilda bu ko`rsatkich 14323 kishidan iborat bo`ldi

Viloyat aholisining o`lim koeffitsiyenti hududlar miqyosida katta farq qilmaydi. Ammo ushbu jarayonni shahar va qishloq aholisi o`rtasida olib qaraydigan bo`lsak, ma'lum darajada tafovutlar borligini ko`ramiz.

Samarqand aholisi tarkibida, tug’ilish yuqoriligi sabab bolalar salmog’i ancha yuqori, erta nikoh holati tug’ilish darajasi ancha ta’sir o’tkazgan. Mehnat yoshidagi aholisoni jami aholining 55,3 %ini tashkil qiladi. Aholining jinsiy tarkibida ayollar soni ko’proq 1664 400 ta. Erkaklar soni 1661 800 ta. An’anaviy tarzda shahar aholisining 658 800 i ayollar, 1 019 400 ishi erkaklardir. Qishloqlarda erkaklar soni ko’proq 1 019 400 kishi. Ayollar miqdori 1 005600 kishi.

Surxondaryo viloyati aholisi 2218 900 kishi .Shulardan 807 900 kishigina shaharlarda yashaydi.

Bu viloyatning aholi o’sish su’ratlari so’nggi yillarda Qashqadaryo viloyati bilan birgalikda mamlakatimizda eng yuqori. Nisbiy ko’rsatkichlarda viloyat aholisi 1989-2000 yillarda 165,5 va 2000-2010 yillarda 117,2 % ga o’sgan. Garchi so’nggi

yillarda demografik rivojlanish biroz pasaygan bo’lsada, u Respublikamizda eng yuqori hisoblanadi.Aholi sonining bunday o’sishi yangi ish o’rinlarini ko’paytirish, xalqiste’mol mollarini ko’proq ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi.

Ta,kidlash joizki , bu yerda ham tug’ilish va tabiiy ko’payish tobora pasayib bormoqda. Mazkur jarayon respublikamizning barcha mintaalariga xos vaziyatdir.Biroq,Surxondaryoda ko’rsatkichlari kamayib borayotgan bo’lsada, u hamon mamlakat miqyosida eng yuqori. 2008 yilda viloyatdatug’ilish 25,8 promille bo’lgan holda, u 2009-yilda 24,8 promilleni tashkil etgan:o’lganlar mos ravishda 0,39 va 0,38 %.Tug’ilish su’rati Boysun,Angor, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlarida yuqori , Muzrabot, Denov hamda Sherobod tumanlarida esa nisbatan past.Tug’ilishning yuqori bo’lishiga qator sabablar ta’sir qiladi. Ular jumlasiga demografik mayli yuqori mahalliy millat vakillarining ko’pligi , erta nikoh, urbanizatsiya va aholi darajasining pastligi, urf –odatlar vaboshqalar kiradi.Migratsiyaga ish o’rinlarining yetishmasligi ham ta’sir qilmoqda.

Aholi yosh tarkibida bolalar salmog’i juda yuqori.Mehnat yoshidagi aholi ulushi 54,4 %. Aholining jinsiy nisbatida erkaklar miqdori ko’proq. 1115,7 minga 1103,2 ming ayollar. Shahar aholisi: ayollar 405,2 ming , erkaklar 402,7 ming . Qishloq aholisi:erkaklar 713 ming , ayollar 698 ming.

Sirdaryo viloyati

Viloyatning demografik ko’lami uncha katta emas. Biroq bu yerda zichlik yuqori , ya’ni cho’l hududlariga xos emas 1 kv. kmga 164 kishi. Viloyat aholisining o’sishi respublikaning ba’zi turdosh hududlariga qaraganda birmuncha sustroq.1989-2010 yillar mobaynida Sirdaryo viloyati aholisi 125,3 % ga oshgan xolos. Mintaqa aholisining bunday o’sishi uning tabiiy va mexanik harakatiga bog’liq bo’lgan. Unga ko’ra, viloyatda tug’ilish koeffitsentining tobora kamayishini ko’rish mumkin.Jumladan u 2008 yilda 24,3 promillega teng bo;lgan , keyingi yil 22,8 ga tushib qolgan. Viloyat ichida Guliston tumanidagi 2,55% dan Sardoba tumanidagi 1,97 % ga o’zgaradi.2008-yilda hududiy farqlar uncha katta bo’lmagan.Qizig’i shundaki,shahar joylarda bu ko’rsatkich qishloq joylardan yuqoriroq.O’lim

ko’rsatkichi tumanlarida 3,8 promilledan 6,5 gacha o’zgaradi. Eng ko’rsatkich esa Yangiyer shahrida qayd etiladi.Ehtimol, bunga shaharning nozogeografik vaziyati ham ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin.Tashqi va ichki migratsiyaning harakatchanligi bo’yicha viloyat Toshkent shahri va Navoiy viloyati bilan oldingi o’rinda turadi.Bu holat aholi tarkibiga jiddiy o’zgartirishlar kiritadi.

Aholi tarkibida mehnat yoshidagi aholi 57,3 % ni tashkil qiladi. Ma’lum ma’noda aholi yosh tarkibiga tug’ilish va migratsiya ta’sir ko’rsatgan. Jinsiy nisbat erkaklar hisobiga farqli bo’lib, ularning soni 371 200, ayollar soni 368 200 kishi.

Toshkent viloyati

Aholi soni 2 671 000 kishi bo’lib, urbanizatsiya ko’rsatkichi 50,1 %. Real holati ancha yuqori. Aholining tabiiy o’sish darajasi mamlakat miqyosida eng past darajalardan birini tashkil qiladi. Bunga sabab viloyatda tug’ilish nisbatan pastroq, o’lim darajasi eng yuqori. Qishloq tumanlari orasida tug’ilish Ohangaron, Parkent, va Quyi chirchiqda yuqoriroq, O’rta chirchiq, Piskent, Qibray tumanlarida nisbatan past ko’rsatkich. O’lim darajasi ko’pchilik tumaanlarda ancha yuqori.Mavjud ma’lumotlarga qaraganda tug’ilishning umumiy koeffitsenti 2008-yilda 21,8, 2009-yilda 22,5 promille, o’lim mos holda 6,0 va 5,6 promillega teng bo’lgan. Tabiiy ko’payish 15,8 va 1,69 foizga teng bo’lgan. Amalda aholining o’sishi esa 1,3 %.Bunday farq o’z navbatida tashqi migratsiyaning viloyat uchun salbiy natijaga ega ekanligidan darak beradi.Birgina 2009-yilda migratsiya qoldig’i 11,2 ming kishiga barobar bo’lgan. Umuman olganda Viloyat Toshkeht shahri bilan birga respublikamizaholi migratsiyasida eng faol mintaqalar hisoblanadi.Faqat 1990-1995 yillarda, ya,ni tashqi migratsiya eng avj olgan yillarida migratsiya saldosi 143,8 ming kishini tashkil etgan. Bu holatda milliy tarkibning xilma-xilligini ahamiyati bor albatta.

Aholining yosh tarkibida mehnat yoshidagi aholi 57,9 % ni tashkil etadi. Aholi tarkibida ayollar ko’proq 1341 ming, ayniqsa shaharlarda - 667 ming. Qishloq joylarda ayollar soni 674 ming kishi. Erkaklar jami 1330 ming kishidan oshiq bo’lib, shaharlarda 652,6 ming kishi.Qishloq joylarda 677,4 ming kishi.

Farg’ona viloyati

Farg’ona viloyati respublikada o’ziga xos mavqega ega viloyatlardan biridir. Viloyat iqtisodiy va demografik ( 11%)salohiyati jihatidan ham O’zbekistonda oldingi o’rinlarda turadi. Hozirgi paytda viloyatda 3280,8 ming kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. ( Aholi zichligi 425 kishi ). Urbanizatsiya darajasi 29%.

2009 –yil bo’yicha tug’ilish har ming kishiga 22,7 promilleni tashkil qilgan bo’lib , mazkur ko’rsatkich Beshariq va ayniqsa, So’x tumanlarida ancha yuqori;25,7 % va 33,6 %. Geodemografik vaziyatning mamlakat miqyosidagi tahlili tug’ilishning aynan tog’li yoki tog’ oldi hududlarda joylashgan tumanlarda ko’pligini ko’rsatadi. (CHiroqchi, Nurobod, Qo’shrabot, Boysun, Sariosiyo tumanlaridagi holat shunga yaqin yoki shu darajada). O’lim holatining pasayishiga ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning rivojlanganligi bilan emas demografik jarayon – tug’ilishning keskin darajada pasayib ketishi sababdir. Hozirgi kunda viloyat mehnatga yaroqli aholisining kattagina qismi respublikaning boshqa viloyatlaridagi mavsumiy ishlarda ishlamoqdalar.Ularning aksariyat qismi norasmiy ravishda bu jarayonda ishtirok etadilar. 90– yillardagi etnik mojarolardan keyin (mesxeti-turklar,qirg’izlar va boshqalar) viloyatdagi ko’plab chet millat vakillarining yoppasiga ko’chib ketishi boshlandi. Migrantlar asosan shahar hududlari hisobiga to’gri keladi. Ayniqsa Farg’ona shahri aholisi deyarli o’smay qoldi. So’ngi yillarda ko’plab mahalliy aholi Farg’ona shahriga ko’chib kela boshladi.

Aholining yosh tarkibida 0-15 yoshlilar 38,3 %, mehnat yoshdagi aholi (ayollarda 16-54 , erkaklarda 16-59 yosh) 54 % va qariyalar salmog’i 7,7 % (Respublikada o’rtacha 7,2 %) tashkil qiladi.

Aholi tarkibi jinsiy nisbati erkaklar 1646 ming kishi, ayollar 1634,3 ming kishi. Shahar va qishloq miqyosida olsak ayollar shaharda ko’proq. Shahar aholisi 1879 ming kishi bo’lsa ayollar soni 944,5 mingkishi, erkaklar soni 934,5 ming kishi. Qishloq aholisi jinsiy tarkibida an’anaviy tarzda erkaklar ko’proq 1401,8 ming aholining 712,0 mingi erkaklar hisoblanadi. Ayollar soni esa 689,8 ming ta.

Qashqadaryo viloyati

O’zbekiston aholisi 1989-2000 yillarda 123,8 % ga o’sgan bo’lsa, Surxondaryoda bu ko’rsatkich 139,2 va Qashqadaryoda 136,0 % ga teng bo’ldi. Birigina 2000 yilda aholi ko’payish sur‘ati 2,1 % ni tashkil qildi.

Viloyatda tabiiy harakat ko’rsatkichlari boshqa hududlarga qaraganda (Surxondaryodan tashqari) sezilarli darajada farq qiladi. Chunonchi, bu yerda tug’ilish koeffitsienti har 1000 kishi aholiga 24,5 kishini tashkil etadi (2001 y.). Eng yuqori daraja Chiroqchi tumanida bo’lib, u bu yerda yaqin 30 kishiga barobar. (O’zbekistonda oldingi o’rinlarda). Ayni vaqtda umumiy tug’ilish koeffitsienti Shahrisabz va Mirishkor tumanlarida pastroq, Qarshi shahrida esa u 16,7 promille.

Qayd qilish lozimki, Qashqadaryoda ham tug’ilish kamayib bormoqda, biroq bu jarayon mamlakatning boshqa viloyatlariga nisbatan asta-sekinlik bilan sodir bo’lmoqda. Qashqadaryo viloyatida ham mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi kabi tug’ilish darajasi qishloqlarda shaharlardagiga nisbatan yuqori.

Qashqadaryo viloyatida ham o’lim koeffitsienti 1997 yilda 4.63% dan 2004 yilda 4.0% ga kamaygan. O’lim darajasiga ko’ra Qashqadaryo viloyatida o’lim holati past bo’lgan hududlarga (5.0 %dan kam) kiradi.

Migratsiyaning aholi soni o’sishiga ta‘siri uncha kuchli bo’lmasdan, u salbiy. Masalan, 1997 yilda shahar joylarda migratsiya qoldig’i minus 1440, 1998 yilda 1765 kishini tashkil etgan. Qishloq joylarda bu ko’rsatkich yuqoridagilarga mos holda, minus 2910 va 2205 kishidan iborat bo’lgan.

2012 yil bo’yicha 2830, 4 ming kishi Aholi soni Shahar aholisi 1225,2 ming kishi. Erkaklar 1423,7 ming kishi. Shaharda 615,8 ming qishloqda 807,9 ming kishi. Ayollar 1406,7 ming kishi. Shaharda 509,4 ming , qishloqda 797,3 ming

Mehnat yoshidagi aholi jami 1613,6 ming, 6 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 452,8 ming kishi.

Xorazm viloyati

Viloyat aholisi 1 629 000 kishi bo’lib , 1989-2010 yilarda 154,5 % ga yoki har yili 2,7 %ga ko’payib borgan. Aholi soninig o’sishida uning tabiiy harakatining roli katta.Tug’ilish har ming kishi hisobiga 2009-yilda viloyat bo’yicha 25,4 (respublikada eng yuqori ko’rsatkich) o’lim 4,3 , tabiiy ko’payish esa 21,1 promillega teng bo’lgan.Tug’ilish darajasi Shovot (2,55 %), Yangiariq va Urganch (2,5 %) hamda Bog’ot tumanlarida ancha yuqori.(2,47 %). Shu bilan birga viloyat markazida o’limning darajasi ham kattaroq -0,65 %.Eng past ko’rsatkichlar Qoshko’pir, Shovot va Bog’ot tumanlarida kuzatiladi.

Viloyat aholi migratsiyasi ancha sust. O’zbekistonda faqat Xorazm viloyatida qishloq joylarda aholi migratsiya aloqalari ko’p hollarda salbiy emas. Xorazm viloyati demografiyasining yana bir xususiyati shundaki, uning aholisi asosan bir millatli hisoblanadi. Albatta, yuqorida keltirilgan aholining o’sishi, joylashishi, tabiiy va migratsiya harakati, milliy tarkibi, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hisobga olinishi kerak. Viloyat aholisi tarkibida yoshlar tarkibida yoshlar salmog’i ancha yuqori 38 % dan oshiq. Mehnat yoshidagi aholi 55,5 %ni tashkil etadi.Aholi jinsiy tarkibida ayollar ko’proq. Jami 1629,1 ming kishining 817,6 mingini tashkil qiladi. Shaharda ham, qishloqda ham bu nisbat saqlanib qolinadi. Shaharda ayollar soni 274,9 ming qishloqda esa 542,7 ming kishi.Erkaklarning umumiy soni 811,5 ming kishi.Qishloqda541 ming shaharda 270,5 ming kishi.

Toshkent shahri

Poytaxt shahar aholisi 2 309 300 kishi.Avval, ya,ni 80-yillarda qadar Toshkent aholisi tabiiy ko’payish va migratsiya hisobiga ortgan bo’lsa, so’nggi deyarli to’laligicha tabiiy harakat natijasida yuz bergan. Shahar respublika bo’yicha tug’lish ko’rsatkichi eng past, o’lim darajasi eng yuqori hudud hisoblanadi. Qizig’i shundaki tug’ilish ko’rsatkichi barcha tumanlarda ortib borgan. O’lim darajasining yuqori bo’lishiga qator omillar, jumladan, aholining yosh tarkibi, urboekologik vaziyat va nozogeografik holat o’z ta’sirini o’tkazgan. O’lim holati Sergeli, Mirobod va Bektemir tumanlarida yuqori .Shayhontohur, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida pastroq.O’lim darajasining bunday hududiy tafovutlari tumanlarning geografik o’rni va yosh-jins tarkibi bilan izohlanadi. Bu o’rinda Chirchiq shahridan kelayotgan, nisbatan toza bo’lmagan havo va suv yo’nalishida joylashganlikning ta’siri bor.

Aholining tabiiy ko’payishi 2000-yilga qaraganda ancha o’sgan. Lekin migratsiya ta’sirida hududiy farqlar mavjud.Migratsiyaning salbiy oqibatlari rus va boshqa chet millat vakillarining o’z yurtlariga ko’chib ketishi sababdir

Shaharda yuzdan ortiq millat vaa elat vakillari istiqomat qiladi. Chet millat vakillari ko’pligi shahar aholisi yosh va jins tarkibida namoyon bo’ladi. 

 


1-rasm



III-bob. Aholining hududiy joylashuvi va uning iqtisodiy-ijtimoiy sohalar rivojlanishidagi o’rni

3.1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining aholiga bog’liq holda hududiy rivojlanishi.


Respublikamizda mehnatga layoqatli bo’lgan 16 yoshdan 59 yoshgachaerkaklar, 16 yoshdan 54 yoshgacha xotin-qizlar hamda ijtimoiy foydali mehnatda band bo’lgan nafaqaxo’rlar va 14 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan imtiyozli sharoitlarda mehnat qilayotgan o’smirlar mehnat resurslariga kiradi.

Aholi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi.

Iqtisodiy faol aholi – aholining bir qismi, ish haqi to`lanadigan yoki daromad keltiradigan ijtimoiy foydali mehnatda band bo`lgan shaxslar. Ular iqtisodiyotni xizmat va tovar ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi bilan ta’minlab beradi.

Bu guruh tarkibiga iqtisodiyotda band aholi, rasmiy ishsizlar, diniy idora xodimlari va boshqalar kiradi.

Bandlikda iqtisodiy faol aholiga 16 yosh va undan yuqori, ayrim hollarda 16 yoshdan kichiklar ham kiritiladi. Jumladan:

-to`liq va to`liq bo`lmagan ish vaqtida ish bajara oluvchi, shuningdek ishdan daromad yarata oluvchi kishilar;

-vaqtinchalik ishda band bo`lmaganlar, ya’ni kasallik, otpuska (mehnat ta’tili), dam olish kunlari, namoyish yoki boshqa sabablariga ko`ra;

-oilaviy korxonalarda ish bajaruvchi kishilar.

Iqtisodiy nofaol aholi – aholining bir qismi bo`lib, ular ishchi kuchi tarkibiga kiritilmaydi. Iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

-o`rta, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlarining kunduzgi bo`limlarida tahsil olayotgan o`quvchi, talaba va kursantlar;

-ko`p bolali (4 va undan ko`p farzandi bor) ayollar va bola tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan yosh bolali ayollar;

-kasalmand qarindoshlariga qaratayotgan kishilar;



-uchinchi (III) guruh nogironlari va boshqalar

Mehnat resurslarini taqsimlash turlaridan biri mamlakat hududi bo'yicha taqsimlash bo'lib, u ham muayyan foydali axborotga ega. Respublika hududi iqtisodiy rivojlanish darajasi kishilarning farovonligi va demografik rivojlanishi bilan farq qiladi. Mehnat resurslarini shakllantirishning mintaqaviy xususiyatlari, avvalo, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'siri bilan bog'liqdir. Demografik omillarga aholining takror ishlab chiqarilishidagi jadallik kiradi. U hal qiluvchi darajada tug'ilish darajasi bilan bog'liq. By daraja qanchalik yuqori bo'lsa, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi, demak, mehnat resurslari shunchalik tez o'sadi.

Mehnat resurslarini taqsimlash demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy shart-sharoitlari ta'siriga ancha ko'proq uchraydi. Demografik omillarning ta'siri aholining yosh tuzilishi orqali namoyon bo'ladi, u odatda, turli mintaqalarda turlicha bo'ladi.

Mehnatni tatbiq qilish samaradorligi bo'yicha mintaqalar o'rtasidagi  farqqa sabab shuki, turli hududlarda texnologiya, mehnatni tashkil etish darajasi turlicha. Turli sabablarga, shu jumladan, etnik va tarixiy xususiyatlarga ega bo'lgan sabablarga ko'ra ham xodimlar malakasi bir-biridan farq qilishi mumkin.

Mehnat resursining ta’siri ham ikki ko’rinishda bo’lib, bu erda uning miqdor va sifat ko’rsatkichlari ahamiyatlidir. CHunonchi, mahsulot birligiga nisbatan ko’p ishchi kuchi talab qiladigan sanoat va qishloq хo’jalik tarmoqlari, masalan, paхta tozalash, konserva, vino zavodlari, to’qimachilik kombinatlari, tikuv va trikotaj fabrikalari, paхta, sabzavot etishtirish, bog’dorchilik va boshqalar, odatda, mehnat resursi ko’p va arzon bo’lgan hududlarda joylashtiriladi Rivojlangan mamlakatlar va fan-teхnika markazlarida kam, biroq yuqori malakali ishchi kuchi talab qiladigan sanoat tarmoqlari joylashtiriladi. «Ilmtalab» korхonalarga priborsozlik, radio, hisoblash mashinalari, kompьyuter ishlab chiqarish, aniq mashinasozlik va boshqalar kiradi.

Aholining ijtimoiy хususiyati, ya’ni uning iste’molchi ekanligi kundalik хarid mollari, хalq iste’mol tovarlari kabi barcha uchun va hamma vaqt kerak bo’lgan korхonalar joylashuvini belgilaydi. Hozirgi davrda iqtisodiyotning «ijtimoiylashuvi» yalpi sanoat mahsuloti bilan bir qatorda хalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish ko’rsatkichlarida ham o’z aksini topadi.

Respublikamizda aholining joylashuvi yirik shaharlar hamda magistral yo’llardan uzoqlashgan sari pasayib boradi. Bunday vaziyat ayniqsa, Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Namangan atroflarida va Sirdaryo viloyatida aniq ko’zga tashlanadi. Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, aholi joylashuviga turli tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sir etadi. Bizning sharoitimizda bu borada хususan qishloq хo’jaligi ekin maydonlari uchun kerakli er, suvning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Binobarin, aholi joylashuvi nafaqat yo’llar va shaharlar bilan, balki gidrografik to’r bilan ham belgilanadi. Aholining irrigatsiya shaхobchalari va yo’llar yoqasida zich joylashuvi, geodemografik majmualarning mavjudligi ayniqsa Farg’ona vodiysida tipik хususiyatga ega.SHu bilan birga ishlab chiqarishni joylashtirish aholining hududiy tarkibiga ta’sir qilad. Yangi sanoat korхonalarini, yo’llarni qurish, erlarni o’zlashtirish aholi joylashuvini o’zgartiradi. Ayni vaqtda tariхan shakllangan aholining hududiy tizimi ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni joylashtirishda muhim omil bo’lib хizmat qiladi. Aholi joylashuvi yoki uning hududiy tarkibi shahar va qishloq joylar bo’yicha taqsimoti bilan ham tavsiflanadi. O’zbekistonda 64% aholi taхminan 12 mingga yaqin turli хil yiriklikdagi qishloq va ovullarda yashaydi. Bu esa qishloq infratuzilmasi va madaniyati, sanoati va transportini rivojlantirishni dolzarb muammo qilib qo’yadi. SHu nuqtai nazardan qishloq joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat mintaqaviy siyosatining o’ziga хos yo’nalishi hisoblanadi.

Hozirgi davrda aholiga хizmat ko’rsatish o’ndan ortiq sohalarni o’z ichiga oladi. Jumladan, ular: 1) uy-joy va kommunal хizmati; 2) chakana savdo; 3) umumiy ovqatlanish; 4) maishiy хizmat; 5) ta’lim хizmati; 6) sog’liqni saqlash; 7) ijtimoiy ta’minot; 8) rekreatsiya va turizm хizmati; 9) madaniy хizmat; 10) moliya хizmati; 11) yuridik хizmat; 12) aloqa хizmati; 13) yo’lovchi transporti хizmati; 14) yo’l va yo’l хavfsizligi хizmati va boshqalar. Ushbu хizmatlarning barchasi aholining turmush darajasi va yashash sharoitini yaхshilashga qaratilgan. Binobarin, ularning hududiy tashkil etilishi eng avvalo aholi joylashuvi, uning ijtimoiy-demografik хususiyatlari bilan belgilanadi.

Ta’kidlash lozimki, bozor munosabatlarini shakllantirishga mazkur sohalar boshqa tarmoqlarga qaraganda tez va oson kirishadi. Masalan, хususiylashtirish, nodavlat sektorini kuchaytirish avvalambor aynan ana shu sohalarda boshlandi (ba’zan uni «kichik хususiylashtirish», sanoatga tegishlisi esa «katta хususiylashtirish» deb ataladi). Ehtimol, buning sababi aholiga хizmat ko’rsatish sohalari korхonalarining uncha katta emasligi, bu yo’nalishda kichik va o’rta tadbirkorlikning rivojlantirish imkoniyatlarini kengligi bo’lsa kerak.

Ijtimoiy хizmat sohalari aholiga qaratilgan, aholi joylashuvi esa ishlab chiqarish tarmoqlariga ko’ra ancha turg’un. Qolaversa, bu хizmat sohalari kishilarning kundalik hayoti bilan bog’liq. Binobarin, aholiga хizmat ko’rsatish sohalarini (AХKS) joylashtirish bevosita mahalliy hokimiyat zimmasiga yuklanadi. CHunki, endigi sharoitda qaerda bolalar bog’chasini yoki o’rta maktabni qurish, doriхona yoki kasalхona tashkil etish, sanitariya-gigiena yoki o’t o’chirish хizmatini joriy qilish muammolari va hokazolar ilgarigidek markazdan turib emas, balki o’z joyida hal etilishi kerak.

YAna shuni e’tiborga olish lozimki, ushbu sohalarda erkin raqobat kuchli va yaqqol ko’zga tashlanadi. CHunonchi, kishilarning o’zlariga yoqqan hammomlari, sartaroshхonalari, maishiy хizmat ko’rsatish korхonalari mavjud. Ularning aksariyati hozirgi davrda хususiylashtirilgan. Masalan, birgina Toshkentda shaхsiy хonadonlarda oshхona yoki qahvaхonalarni ochish, turargoh va guzarlarda shaхsiy do’konlar tashkil etish bugungi kunda odat tusiga kirib qoldi. Yuqoridagi хizmat ko’rsatish tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi har хil. Qolaversa, ularni shahar yoki qishloq joylarda o’rinlashtirish ham birday emas. YAna shuni e’tiborga olish kerakki, modomiki aksariyat хizmat turlari barcha uchun va hammavaqt ko’rsatilar ekan, u holda bunday хizmat ko’rsatishning darajasi, to’liqligi to’g’risida so’z yuritish talab qilinadi. Bu esa ularning hududiy tashkil qilinishiga ta’sir qiladi.

SHu o’rinda aytish lozimki, respublikamizda Ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi, sog’liqni saqlash tizimining isloh qilinishi ushbu sohalarning hududiy tashkil etilishida ham o’zgarishlarga olib keladi.

Ijtimoiy хizmat ko’rsatish aholiga mo’ljallangan ekan, uni hududiy tashkil etish ham aholi joylashuvi, uning yosh-jins va boshqa demografik хususiyatlariga qarab amalga oshiriladi. Ayni vaqtda AХKS joylashtirish shahar va qishloqlarda har хil. Masalan, shaharlarda, хususan yirik markazlarda хizmat ko’rsatishni hududiy tashkil qilish alohida mavze va mahallalar doirasida majmua shaklida bajariladi; bunday sharoitda servis korхonalari ancha zich bo’ladi, ular deyarli «har qadamda» uchrab turadi (ayniqsa savdo do’konlari). Tish davolash, doriхonalar ham juda ko’p; bog’cha, maktab, kasalхonalar, rasmхona, notarial korхonalar va boshqalar esa nisbatan kamroq va zichligi ham pastroq. Ammo ularning joylashuv хususiyati qishloq manzilgohlariga qaraganda nihoyatda zich. Bu esa shahar sharoitida hududning ahamiyati va qiymati juda yuqoriligidan dalolat beradi. Binobarin, hududni ijtimoiy tashkil qilish shaharlarda o’ziga хosdir

AХKSning hududiy tashkil etilishini uning ayrim tarmoqlari misolida ko’rib chiqaylik. Masalan, savdo хizmatini olaylik: eng kichik qishloq yoki ovullarda kundalik хarid mollariga iхtisoslashgan do’konlar mavjud; ulardan kattarog’ida yoki bir-biriga yaqin joylashgan qishloqlarning birida savdo do’konlarining turlari ko’payadi (oziq-ovqat, sanoat mollari magazinlari), ulardan ham kattarog’ida qo’shimcha, iхtisoslashgan do’konlar (madaniy, хo’jalik mollari magazini) joylashtiriladi. Tuman markazlarida do’konlar soni va turi yanada oshadi, yirik universal va universam magazinlari tashkil etiladi, viloyat markazlarida savdo yarmarkalari, poytaхtda -savdo markazlari faoliyat ko’rsatishadi.

Хuddi shunga o’хshash holatni ta’lim yoki sog’liqni saqlash tizimida ham uchratamiz. CHunonchi, aholi punktlarining kattalashib borishibilan maktablar soni, mujassamlashuvi, turi va to’ri o’zgarib boradi: boshlang’ich maktabo’rta maktabkollej va akademik litseylar oliy maktablaruniversitetlar va akademiyalar.

Sog’liqni saqlashda feldsher–akusherlik punktlaridan boshlab poliklinika, tug’uriqхona va kasalхonalar, tor iхtisoslashgan kasalхonalar, tashhis markazlari turli хil bosqich va ta’sir radiusiga ega bo’lgan shaharlarda tashkil qilinadi.Mehnat resurslarini geografik jihatdan o`rganish mamlakatlar va rayonlar aholisining hududiy joylanish uning yosh tarkibini o`rganish bilan birga mehnatga yaroqli aholining ishlab chiqarishda qatnashuvi va bu qatnashuvdagi fikrlar hamda ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etayotganlarning xalq xo`jaligi ayrim tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi xalq xo`jaligi ayrim tarmoqlarida ishchi kuchidan mavsumiy foydalanish xususiyatlarini o`rganish ham mehnat resurslaridan foydalanishni geografik tadqiqot qilishning muhim tomonlaridan biridir.

Aholining ortib borishi uy-joy, ekologiya, aholi salomatligi va uning bandligi kabi iqtisodiy-ijtimoiy muammolari keskinlashishiga olib keladi. Shunday ekan aholi ko`payishini atroflicha o`rganish, uning istiqboldagi holatiga to`g`ri baho berish yuqoridagi muammolarni hal etishda muhim omil bo`lib hizmat qiladi.

Yuqorilarda mos ravishda qishloq joylarda mehnat resurslari ham ko`p va hatto ular keragidan ham ortiqcha. Ish o`rinlarining yetishmasligi, ishsizlik, mehnat bozorining faol emasligi aholisi zich joylashgan voha va vodiylarda ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Aynan shuning uchun ham Respublikada qishloq xo`jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, qishloq sanoati va infrastrukturasini rivojlantirishga katta e`tibor berilmoqda. Ushbu dolzarb masala davlatning mintaqaviy siyosatida o`z yechimini topmog`i lozim.


Band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi: 1-jadval





1995

2000

2006

Jami

8449.2

8983.0

10196.3

Qishloq xo`jaligi

3480.0

3083.0

3288.6

Sanoat

1093.0

1145.0

1347.5

Transport va aloqa

347.5

382.0

488.1

Qurilish

538.0

676.0

705.4

Savdo va umumiy ovqatlanish

705.0

754.0

903.9

Kommunal va boshka turdagi xizmatlar

214.1

246.0

316.4

Sog`liqni saqlash, ijt.ta`minot va sport

487.1

567.0

735.5

Ta`lim, fan, madaniyat va san`at

1053.6

1120.0

1385.1

Bank va sug`urta

39.9

51.0

54.2

Davlat boshqaruvi

97.4

126.0

132.8

Boshqalar

394.0

781.0

1149.7

Milliy iqtisodiyotga yangi texnologiyalarning joriy qilinishi, ishchi kuchlaridan yuqori malaka va kasbiy tayyorgarlikning talab qilinishi bandlik muommosining, xususan, yoshlar orasida bandlik muommosining o`sishiga olib keladi. Yoshlar uchun bandlik muommosi nafaqalari belgilangan taqdirda ham, asosiy e`tiborni ularni ishga joylashtirishga yoki tayyorgarlik olishi uchun ularga sharoit yaratib berishga qaratish lozim bo`ladi.

Hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilash uchun aholini ish bilan to`liq ta`minlashimiz zarur. Buning uchun bizga, albatta, qo`shimcha ish joylari kerak bo`ladi. Qo`shimcha ish joylarini kichik korxonalar ko`paytirilgan taqdirdagina topishimiz mumkin.

Kichik korxonalar, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta`minlashning birdan – bir yo`lidir. Shuning uchun qishloq joylarda zavod va fabrikalarning shoxobchalarini, yirik sanoat korxonalarining sehlarini ochish, qishloqlarda azaldan shug`ullanib kelingan maxalliy xunarmandchilik faoliyatini kengaytirish lozim.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan muommolar yechimini topganimizdagina ishchi joylari soni bilan ishchi kuchi soni o`rtasidagi muvofiqlikka erishiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasui va viloyatlar bo’yicha aholi band sohalar hamda ijtimoiy sohalar rivoji.

Qoraqalpog’iston Respublikasi. 2010 –yil ma’lumotiga ko’ra mehnatga layoqatli aholi soni 928 ming kishi, mehnat resurslari 612,2 ming kishi, iqtisodiyotda band bo’lganlar esa 570,9 ming kishi .Jami band aholining taxminan 1/3 qismi qishloq xo’jaligida, 10 %ga yaqini sanoatga to’g’ri keladi. 2009-yilda mehnat bo’limiga ishga joylashtirishga yordam so’rab 47,3 ming kishi kelgan. Bu borada Nukus shahri hamda To’rtko’l, Beruniy tumanlari ajralib turadi. Mehnat bo’limiga murojaat qilganlarning 90 % iish bilan ta’minlangan. Jami tashkil qilingan ish joylarining 64,4 % iyoki 27,7 % ming ish joyi qishloq joylarga to’g’ri kelgan.

Qoraqalpog’istonda ijtimoiy sohalar rivojlanishi asosan Orolbo’yi mintaqasidagi ekologik va vaziyatni yaxshilash mintaqaviy dasturi doirasida hal etilib borilmoqda. .

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatining geografik joylashgan o`rni mamlakatimizning ekologik vaziyati, yashash sharoiti og`ir mintaqalariga to`g`ri kelishi nisbatan aholisining kasallanish va o`lish hodisalarining yuqoriligida ham o`z aksini topmoqda. Shuning uchun ham mazkur mintaqalar boshqa viloyatlar ichida bir yoshgacha bo`lgan bolalar o`limi koeffitsiyentining kattaligi bo`yicha yetakchi o`rinlardan birini egallaydi.

Andijon viloyati . 2010 yilgi ma’lumotlarga ko’ra , viloyatda mehnatga layoqatli 1491 ming kishi, iqtisodiy aholi 1115 ming va iqtisodiy band aholi 1079 ming

kishini tashkil etadi. Jami band aholinig71,4 % i moddiy ishlab chiqarish sohlaarida band: Sanoatda 12 %, qishloq va o’rmon xo’jaligida 38, 9%, transport va aloqada 2,6 %, qurilishda 5,3 %, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiy texnik ta’minotda 7,8 % band.

Aholi zich, aholi punktlari katta bo’lgan Andijon viloyatida ijtimoiy sohalar rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Xususan mavjud mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash, aholi bandligini oshirish orqali uning turmush sharoitlarini yaxshilash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Viloyatda tibbiyot muassasalarining umumiy soni 75 ta bo’lib, ularning yarmidan ko’pi budjet tizimida faoliyat ko’rsatadi. Har 10000 ming kishiga 47,3 bemor o’rinlari to’g’ri keladi. Ambulatoriya- poliklinikalar soni 481 ta , vrachlar har 10000 ming kishiga 24,1, o’rta meditsina hodimlari 93,4 ta bu raqamlar mintaqada sog’liqni saqlash yaxshi rivojlanganligidan dalolat.


3.2. Aholi bandligi va sog’liqni saqlashga qaratilgan siyosat
Bozor iqtisodiyoti rivojlanar ekan, aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish ham dolzarb ahamiyat kasb etib boradi

O`zbekiston Respublikasining prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek:

Respublikadagi alohida demografik vaziyat o`z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`lini tanlab olishi zarurligini belgilab beruvchi g`oyat muhim xususiyatlardan biridir. O`zbekiston tug`ilish darajasi va aholining tabiiy o`sishi yuqori bo`lgan mamlakatlar jumlasiga kiradi. Keyingi o`n yilliklar mobaynida respublika aholisi har yili o`rtacha xisobda 2,5% ko`payib bordi. Bu esa iqtisodiy o`sish sur’atiga, ish bilan bandlik muammolarini xal qilishga alohida talablar qo`yadi “.


Mehnat qilish huquqini ta’minlash, uning yuridik ka fo lat larini amalga oshirishda, shubhasiz, Konstitutsiya eng muhim asosdir. Unda har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli sha roitlarda ishlash va qonunda ko‘r satilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolarning mazkur konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida 1995 yil 21 dekabrda Mehnat kodeksi qabul qilindi. Shuningdek, 1992 yil 13 yanvarda qa bul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risi da»gi Qonun 1998 yil 1 mayda yangi tahrirda takomillash tirilib, amalga kiritildi. Mazkur qo nunning yangi tah riri Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 1964 yilda qabul qilingan va mamlakatimizda 1995 yil 6 mayda ratifikatsiya qilingan «Ish bilan ta’minlash sohasi dagi siyosat to‘g‘risida»gi 122-konvensiya talablariga mos va muvofiqdir.

Qonunda Konstitutsiyaning 37-moddasi va Konvensiya shartlaridan kelib chiqib, aholini ish bilan ta’minlashda davlat siyosatining asosiy tamo yili etib, fuqarolar mehnat qilish va ishni erkin tanlash ishida jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va mansab mavqeidan, dinga munosabati, e’tiqodidan, jamoat bir lashmalariga mansubligidan, shuningdek, xodimlarning ishchanligi hamda ular mehnatining natijalariga bog‘liq bo‘l magan boshqa holatlardan qat’i nazar, teng imkoniyatlarga ega ekani belgilandi.

Ishga kirish imkoni cheklangan shaxslarga esa davlat tomonidan qo‘shimcha kafolatlar yaratildi. Xususan, davlat:

— ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoit larda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;

— ta’lim muassasalarini ta momlagan yoshlarga;

— Qurolli Kuchlardan, Ichki ish lar vazirligi, Milliy xavf sizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘­shinlaridan bo‘shatilganlarga;

— nogironlarga va pensiya yoshi ga yaqinlashib qolgan shaxs larga;

— jazoni ijro etish muassa salaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yo‘ sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga qo‘ shimcha kafolatlarni ta’minlashi, taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ga xos kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning amaldagi ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan bu kafolatlar qo‘­shimcha ish joylari, ixtisoslashtiril gan kor xonalar, jumladan, nogironlar mehnat qiladigan kor xonalar barpo etish, ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tash kil etish, korxona, muassasa va tashkilotlarga mazkur toifadagi fuqarolarni ishga joy lashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini bel gi lash, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bosh qa choralar bilan ta’minlanishi belgilab qo‘ yildi.

Bundan tashqari, mehnat qilish huquqini buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 148-moddasida, mehnatni muhofaza qilish qoidasini buzganlik uchun 257-moddada jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Bu ham fuqarolarning adolatli mehnat sharoitida ishlashga doir konstitutsiyaviy huqu qini hi moyalashga xizmat qilmoqda.

Umuman, Bosh Qomusimizda na zarda tutilgan huquqlar, ularning amaldagi kafolatlari aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida dunyoning ko‘plab mamlakatlari jiddiy ijtimoiy muammolarga, shu jumladan, ishsizlik muammosiga duch keldi. Global iqtisodiy inqirozning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Inqirozga qarshi choralarning 2009–2012 yillarga mo‘ljallangan dasturi qabul qilindi va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning uzoqni ko‘zlagan izchil siyosati sharofati bilan mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash masalalariga ustuvor darajada ahamiyat berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarida “aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda jiddiy sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor berilmoqda”, deb ta’kidlaydi. Ushbu muammoni hal qilishda kasanachilik mehnatini tashkil etishning alohida roli va ahamiyati haqida gapirib, davlatimiz rahbari quyidagilarni qayd etadi. “Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila budjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda”.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Inqirozga qarshi choralarning 2009–2012 yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish maqsadida aholi bandligi masalalariga katta ahamiyat berilib, 2010 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi qabul qilingan edi. Dasturda joriy yil oxirigacha mamlakat bo‘yicha 950 mingta ish o‘rni tashkil etish belgilangan. Ushbu Dasturni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirishning borishini o‘rganish mahalliy davlat hokimiyati organlari, mehnat va bandlikka ko‘maklashuvchi idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa organlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 2010 yilning birinchi yarmida 509 mingdan ortiq, shu jumladan, qishloq joylarda 350 mingdan ko‘proq ish o‘rinlari tashkil etilganligini ko‘rsatmoqda.

Aholi bandligini ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan mehnat va bandlikka ko‘maklashuvchi idoralar, ta’lim, moliya muassasalari, kasaba uyushmalari hamda boshqa tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish zarurligini alohida ta’kidlash muhim.. Xususan, joylarda yangi tashkil etilgan ish o‘rinlarida mehnat qilayotgan fuqarolarning mehnatga oid huquqlarining ro‘yobga chiqish darajasini tahlil qilishga, ular uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarni ta’minlash, mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga, ayniqsa, aholining ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan muhtoj qatlamlari vakillari, kasb-hunar kollejlarini tamomlab chiqayotgan yoshlar uchun ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar ajratish bo‘yicha tijorat banklarining faoliyatini yanada kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan izchil islohotlar zamirida aholining bandligini va turmush farovonligini oshirishdek ezgu maqsad mujassam. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida bu boradagi ishlar qamrovi yanada kengayib, salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi va bu xayrli ish izchil davom etmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar xususida quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.

Prezidentimizning 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risidagi 4516-sonli Farmonining qabul qilinishi viloyatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Farmonda Jizzax shahrining A-SANOAT hududida, yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga asosan 344 gektar maydonda turli sanoat korxonalari tashkil etilib, xorijiy investitsiyalar jalb etiladi. Ta’kidlash kerakki, “Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchilariga turli soliq va bojxona imtiyozlari berilgan.

Viloyatda aholi bandlik dasturi ijrosini ta’minlash bo’yicha joriy yilda 43915 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Jumladan, ish o’rinlarining 66,9% (29,4 ming) qishloq joylarda, 76.8% (34,2 ming) kichik biznes sohasida, shuningdek, yaratiladigan ish o’rinlari tarkibida ayollar uchun 21,2 mingta, yoshlar uchun 26,8 mingta, shu jumladan kasb-hunar bitiruvchilari uchun 15,0 mingdan ortiq ish o’rinlari  yaratilishi ko’zda tutilgan. Shu ma’noda sanoat salohiyati va xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish, mavjud sanoat korxonalarini to’la quvvatda ishlatish, bo’sh turgan binolarda ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni (chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik) rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Viloyatda Bandlik dasturining real ijrosiga erishish maqsadida chekka, olis tog’li hududida joylashgan, ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan Yangiobod tumanida qishloq aholisi, shu jumladan  ijtimoiy nochor toifalari, birinchi navbatda, ko’p bolali ayollar, nogironlar, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarni ishga joylashtirish, kasbiy qayta tayyorlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha faol va maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan joriy yilning mart oyida manfaatdor vazirlik va Respublika tijorat banklari tomonidan joyiga chiqqan holda tumandagi yangi ish joylari tashkil etish hohishi va imkoniyati bo’lgan tadbirkorlar bilan bevosita uchrashib, ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida qo’shimcha loyihalarni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dasturga muvofiq, joriy yil 2-chorakdan boshlab qiymati 2398,0 mln so’m bo’lgan 30 ta loyiha amalga oshiriladi va buning natijasida ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida qo’shimcha 310 ta ish o’rinlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, viloyatda homiylar hisobidan 600 ta kam ta’minlangan oilalarga 1 boshdan bepul qoramol berish hamda 2100 ta oilalarga 100 boshdan parranda  boqishni tashkil etish belgilangan.

2012-2013 o’quv yilida viloyatdagi 75 ta kasb-hunar kollejlarini 66 ta mutaxassislik (kasb) bo’yicha 18288 nafar o’quvchilar bitiradi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan har bir kollejlardagi yo’nalishlarga mutaxassisligiga mos bo’lgan 683 ta korxona, tashkilot, idoralar rahbarlari va har bir kollejga bosh mas’ul vakil sifatida ikki nafardan shahar va tuman  xalq deputatlari kengashlarining deputatlari biriktirildi.

Bandlik dasturi ijrosi doirasida mehnat resurslarining o’sishini hisobga olib, aprelь-dekabr oylarida 33812 ta yangi ish o’rinlari yaratilishini ta’minlash choralari ko’rilmoqda.

O`zbekistonda ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligining ba`zi masalalari

Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar soni 6 milliondan oshdi. Har bir oilada o`rtacha 5-6 nafar kishi istiqomat qiladi. Har yili 165 mingdan ortiq yangi oilalar paydo bo`ladi, 500-535 ming atrofida chaqaloqlar tug`iladi. Bu raqamlarni o`qir ekanmiz, avvalo ko`z o`ngimizda oila sohibasi, farzandlar onasi – ayol gavdalanadi. Ayolsiz oilani tasavvur etib bo`lmaydi. Farzandlarni dunyoga keltirishdan tortib, ularning mustaqil hayot bo`sag`asiga kuzatkunga qadar bo`lgan barcha zaruriy ishlar, oiladagi saranjom-sarishtalik, iqtisodiy ro`zg`ordagi muammolarni vaqtida ko`ra bilish ayol zimmasidagi asosiy ishlardir. Shu bilan bir qatorda XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ayollar ijtimoiy ishlab chiqarishda ham ishtirok eta boshladi.

Shunisi e`tiborliki, keyingi yillarda jamiyat ishlab chiqarishida band bo`lgan ayollar soni tez sur`at bilan oshib bormoqda. Masalan, 2000 - 2006 yillarda xalq xo`jaligida band bo`lgan iqtisodiy faol ayollar soni 3,9 milliondan 5,0millionga yetdi_. Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotga band aholining 47,8 foizini ayollar tashkil etadi. 2000-2006 yillarda ishchi va hizmatchilarning umumiy sonida ayollar salmog`i 43,1 foizdan 47,8 foizga yetdi. Quyidagi jadvalda O`zbekiston xalq xo`jaligining turli sohadagi ayollarning ishtiroki haqida aniq raqamlar keltirilgan.

Xalq xo`jaligi tarmoqlarida band bo`lgan aholi

tarkibida ayollar salmog`i (foiz hisobida)* 2-jadval



Xo’jalik tarmoqlari

2000y

2003y

2006y

Sanoat

30,8

42,8

42,8

Quriish

12,2

14,1

13,5

Тransport va aloqa

18,0

18,3

18,5

Qishloq va o’r.mon xo’jaligi

43,8

42,4

52,4

Savdo, Umumiy ovqatlanish, Moddiy texnika ta’minoti

28,2

43,6

54,7

Sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya

72,6

75,3

79,5

Ijtimoiy ta’minot , maorif

63,6

63,5

63,8

Fan va fan xizmati

48,7

50,7

51,4

Madaniyat va san’at

50,3

51,8

52,4

Keyingi yillarda sog`liqni saqlash, maorif, madaniyat sohalarida va xalq xo`jaligining aqliy mehnat talab etadigan ishlarida ayollar salmog`i ortib bormoqda. Ayniqsa ilm-fan, davlat va jamiyat tashkilotlari rahbariyati ichida ayollar salmog`ining oshib borishi e`tiborlidir.

Respublikamizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mutaxassislarining ham 40 foizdan ko`prog`i ayollardir. Fan doktorlari tarkibida va fan nomzodlari tarkibida ham ayollar salmog`i ortib bormoqda.

Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar hozirgi davrda respublikamiz xalq xo`jaligining turli sohlarida band bo`lgan aholining o`rtacha 40-45 foizini, ba`zi sohalar bo`yicha esa 70 foizga yaqinini ayollar tashkil etganligi haqida dalolat beradi. Bu holatning tarixiy, iqtisodiy va demografik omillari borki, ularning har biri alohida mavzudir...

Statistik ma`lumotlar ko`rsatishicha, O`zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida mehnat yoshidagi ayollarning 80 foizga yaqini ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashar ekan.

Oila yumushlari, farzandni dunyoga keltirish, uni tarbiyalash, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashib, farzandlarini oziq-ovqat, kiyim-bosh, bilim olishi, kasb tanlashi uchun kerak vositalar bilan ta`minlashida umr yo`ldoshi bilan barobar mehnat qilishi ayol uchun juda katta mas`uliyatdir. Bu mas`uliyat uning salomatligiga ma`lum darajada o`zining ta`sirini o`tkazmoqda. Ehtimol hozirgi davrda ayollar, ayniqsa, bo`lajak va yosh onalar o`rtasida kamqonlik, asab, yurak-qon tomir, oshqozon kasalliklarini ko`payishida, nogiron, chala chaqaloqlar tug`ilish hollarining uchrashida ayol zimmasidagi og`ir mas`uliyatning ham ma`lum darajada salbiy ta`siri bordir. Agar oilada ayol sog`lom bo`lsa, sog`lom farzand tug`ilishi, sog`lom farzanddan sog`lom avlod vujudga kelishi hammaga ayondir. Ayol salomatligi nafaqat sog`lom avlod yaratishda, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o`tish davridagi qator muammolarni hal etishda, moddiy ne`matlar ishlab chiqishda fan, madaniyat va san`at taraqqiyotida ham juda zarurdir.

Shuning uchun ham ayol salomatligi yo`lidagi barcha muammolarni hal etish, uni gullab-yashnab oila sohibasi, bahtli ona bo`lishi va o`zi hohlagan ijtimoiy ishlab chiqarishda faol qatnashishini ta`minlash jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan eng dolzarb vazifadir.

Sog’lom ona – sog’lom bola

Yoshlarimizning sog'lom va har tomonlama barkamol bo'lishi yurt kelajagini belgilab beradi. Shu boisdan ham mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Istiqlolning ilk yillaridanoq tug'ish yoshidagi ayollarning salomatligini muhofaza qilish, sog'lom avlodni dunyoga keltirish hamda o'sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog'lom va ma`nan yetuk bo'lib voyaga yetishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratila boshlandi.

Yaqinda «Oila institutini mustahkamlash masalalarini ilgari surishda O'zbekiston ommaviy axborot vositalari salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida bo'lib o'tgan «O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar» mavzuidagi davra suhbati ham aynan shu masalaga bag'ishlandi. O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg'armasi (YuNISYeF) hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda Sog' liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.



Tadbirda ta`kidlanganidek, 1991-2011 yillarda O'zbekiston Respublikasining sog'liqni saqlashga doir 14 ta qonuni, 30 ga yaqin farmon va qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 100 dan ortiq qarorlari qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlar aholi salomatligini yanada mustahkamlashda muhim rol o'ynamoqda. Mamlakatimizda sog' lom turmush tarzini yaratish, aholi farovonligini oshirish maqsadida 1998-2011 yillarda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilishda davlat byudjeti va jahon banki investitsiyalari jalb qilingan holda «Salomatlik-1» va «Salomat lik-2»  loyihalari amalga oshirildi. Respublikadagi 3192 ta qishloq vrachlik punktlari umumiy qiymati 76 million dollarlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari bilan ta`minlandi. Bundan tashqari, onalar va bolalarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda ularning Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi filiallari va barcha hududlarda bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazlari tashkil etildi.

- Sog'lom onadan sog'lom farzand dunyoga keladi, - deydi Sog'liqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig'i Saidmurod Ismoilov. - Davlatimiz rahbari qarorlari ijrosi bo'yicha o'tgan davrda fertil yoshdagi ayollar, o'smir qizlar va bolalarni sog'lomlashtirish haftaliklari doirasida malakali mutaxassislar tomonidan respublikaning shahar, tumanlarida va qishloq vrachlik punkt larida yiliga ikki martadan tibbiy ko'rik o'tkazildi. Respublikadagi 53 ta tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyalarida davlat byudjeti hisobiga 7,5 milliard so'mlik zamonaviy laboratoriya-diagnostika asbob-uskunalari o'rnatilmoqda.

Nodavlat va xalqaro xayriya tashkilotlari mablag'lari hisobiga imkoniyati cheklangan va kam ta`minlangan oilalarga yordam sifatida rekon struktiv-plastik operatsiyalar o'tkazilib, tug'ma nuqsoni bo'lgan bolalarni sog' lomlashtirishga imkoniyat yaratildi. Jumladan, «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg'armasi bilan Germaniyaning «Friyedenzdrof interneyshil» xalqaro xayriya tashkiloti va sog'liqni saqlash vazirligi o'rtasidagi uch tomonlama shartnoma doirasida bemor bolalar Germaniya klinikalariga davolanishga yuborildi.

- Ulug' bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino yozganidek, «Yer yuzining o'sishi uchun quyosh nuri qanchalik muhim bo'lsa, bolaning o'sishi uchun ona suti shu darajada zarur», - deydi Toshkent shahar Perinatal markazi chaqaloqlar bo'limi mudirasi Malika Usmonova. - Bugun bozorlarda chaqaloqlar uchun sun`iy taomlar ko'pa yib bormoqda. Bunday ovqatlar tug'ilganiga olti oydan oshmagan bolalarga berilganda diariya, turli allergik kasalliklar va shamollash holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, tadbirda sog'lom turmush tarziga zamin bo'luvchi boshqa bir qator masalalarga ham alohida to'xtalib o'tildi. Sog'liqni saqlash vazirligining ovqatlanish masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi, professor Anatoliy Xudoybergenovning ta`kidlashicha, to'g'ri ovqatlanishni tashkil etish - bola salomatligini muhofaza qilishning muhim omili. Shu jihatdan ham Sog'liqni saqlash tashkilotlari tomonidan sog'lom ovqatlanishning 12 ta tamoyili qabul qilingan. Yurtimizda ham bu masalaning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan bo'lib, jumladan, O'zbekistonda genetik o'zgartirilgan mahsulotlar iste`moli cheklangan.

Xulosa qilib aytganda, farzandlarimiz salomatligini saqlash yurtimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish deganidir.

Tibbiyotda ham yetakchi

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuq va marralar haqida so'z borganda boshqa muhim sohalar qatori sog'liqni saqlash, onalik va bolalikni himoya qilish borasida amalga oshirayotgan umummilliy dasturlarimiz, ularning ulkan amaliy natijalari ham birinchilardan bo'lib tilga olinadi.

Yaqinda O'zbekiston Milliy matbuot markazida respublika Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan o'tkazilgan «Sog'liqni saqlash tizimi infratuzilmasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, davolash muassasalarining moddiy texnika bazasining mustahkamlanayotganligi, kadrlar tayyorlash tajribasi va amaliyoti, muammo va yechimlar» mavzuidagi matbuot anjumani ham aynan shu masalalarga bag'ishlandi. Unda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosarlari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda sifat jihatdan yangi, jahon talablariga javob beradigan shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish markazlarini o'z ichiga olgan tibbiyot muassasalarining mukammal tarmog'i yaratildi. Tabiiyki, bunda davlatimiz rahbarining 1998 yil noyabr oyidagi farmoni asosida O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturining qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.

- Mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimidagi muvaffaqiyatlardan yana biri bu ixtisoslashgan tibbiyotdir,- deydi O'zbekiston sog'liqni saqlash vaziri birinchi o'rinbosari Asilbek Xudoyorov. - Ayni paytda davlatimiz rahbarining «Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni doirasida tizimda xirurgiya, urologiya, ko'z mikroxirurgiyasi, kardiologiya kabi yo'nalishlarda 10 ta respublika ixtisoslashgan markazlari tashkil etilib, ular eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.

Islohotlar samarasi natijasida o'tgan yigirma yil davomida yurtimizda bir yoshgacha bo'lgan go'daklar va onalar o'limi 3 barobar kamaydi, aholining o'rtacha umr ko'rish darajasi 7 yilga uzayib, erkaklar o'rtasida 73 yoshga, ayollar o'rtasida 75 yoshga yetdi.

Bugungi kunda sog'liqni saqlash tizimida jami 9 ta tibbiy oliy ta`lim muassasasi, shu jumladan, 1 akademiya, 5 institut va ularning filiallari hamda 78 tibbiyot kolleji va 13 tibbiyot oliy ta`lim muassasasi qoshidagi akademik litseylar faoliyat ko'rsatmoqda.

Bir qator xalqaro institutlarning e`tirofiga ko'ra, ayollarga qulay sharoitlar yaratish va onalikni himoya qilish bo'yicha O'zbekiston jahonning 125 ta davlati orasida yetakchi o'rinlardan birini egallagan. Bugunga kelib, ushbu ko'rsatkich Markaziy Osiyoda eng yaxshi, jahon miqyosida esa yuqori o'rinlardan birida hisoblanadi.

XULOSA

Kishilik jаmiyatining butun tаrixiy – аhоli bir аvlоdining ikkinchi аvlоd bilаn аlmаshinuvi, uning tinimsiz yangilаnib turishdаn ibоrаtdir. Tug`ilgаnlаr sоni o`lgаnlаr sоnidаn оrtiq bo`lgаndаginа, аhоli sоni оshib, ko`pаyib bоrаdi. Bu esа jаmiyat tаrаqqiyoti uchun muhimdir. Chunki, to`g`ilish o`limgа nisbаtаn kаmаyib kеtsа, аhоlining tаbiiy o`sishi to`xtаb qоlаdi, uning sоni qisqarib оqibаtdа insоn аvlоdi yo`qоlib kеtishi mumkin.

Biz yuqоridа аhоli bаrchа ishlаb chiqаrishning sub`еkti dеgаn edik. Ishlаb chiqаrishning nоrmаl dаvоm etish, uning kеngаyib bоrishi uchun аhоli sоnining o`sib bоrishi muhim аhаmiyatgа egа. Аhоli bаrchа ijtimоiy bоyliklаrning bunyodkоrdir. Shuning uchun hаm аhоlining аyniqsа uning mеhnаtgа yarоqli bo`lgаn qismining sоni, ulаrning bilim vа mаlаkаsi hаr bir mаmlаkаtdа ijtimоiy ishlаb chiqаrishni rivоjlаntirish uchun muhim аhаmiyatgа egа bo`lаdi.

Mazkur bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston aholisining demografik rivojlanishi, aholining yosh va jinsiy tarkibini shakllanish shart-sharoitlari, uning hududiy tarkibi, aholi bandligi muammolari va ijtimoiy infratuzilmalarning hududiy joylashuvi tahlil qilingan va unga xos rivojlanish xususiyatlari o’rganilgan.

Olib borilgan tadqiqotlar quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi :

1 Aholining ortib borishi uy-joy, ekologiya, aholi salomatligi va uning bandligi kabi iqtisodiy-ijtimoiy muammolari keskinlashishiga olib keladi. Shunday ekan aholi ko`payishini atroflicha o`rganish, uning istiqboldagi holatiga to`g`ri baho berish yuqoridagi muammolarni hal etishda muhim omil bo`lib hizmat qiladi.

Yoshlarimizning sog'lom va har tomonlama barkamol bo'lishi yurt kelajagini belgilab beradi. Shu boisdan ham mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ekologik nosog’lom Qoraqalpog’iston va Navoiyda tegishli sohalar rivojlantirishni taqozo etmoqda. Mintaqaning ekologik vaziyati mahalliy va xorij investitsiyalarini jalb etish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ekologik muammolarni hal etish yo`llarini takomillashtirishni talab etadi. Atrof-muhitning ifloslanishiga eng avvalo ishlab chiqarish tarmoqlarining joylanishi ta’sir etadi. Umuman olganda, barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ekologik bilim talab qilinadi.

Orol muammosidan tashqari, respublikamizning o’zida ishlab chiqarishni ekologik jihatdan noto’g’ri joylashtirilganligi хususida juda ko’p misollar keltirsa bo’ladi. Masalan, 2 mln-dan ortiq aholiga ega bo’lgan azim Toshkentning yonginasida joylashgan CHirchiq shahrida kimyo sanoati korхonalari, o’tga chidamli va qiyin eruvchi metallar kombinati va boshqalar bor. Natijada, bu sanoat markazi va uning atrofini ekologik holati uncha sog’lom emas. Deyarli shunga o’хshagan vaziyat Navoiy, Farg’ona, Olmaliq, Andijon, Oхangaron kabi shaharlarda ham kuzatiladi. Bunday holat ayniqsa Angren-Olmaliq tog’-kon sanoati majmuasida keskinroqdir.

2. Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish muammosi nihoyatda muhim masala ekanligini hisobga olib, O`zbekiston Oliy Kengashi 1992 yil 13 yanvarda "Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida" qonun qabul qildi. Mazkur vazifani amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat bozorlari mehnat birjalari muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni ro‘yxatga oladi, ularni kasbga yo‘llaydi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘laydi. har yili o‘rtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi.

Prezidentimizning uzoqni ko‘zlagan izchil siyosati sharofati bilan mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash masalalariga ustuvor darajada ahamiyat berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarida “aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda jiddiy sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor berilmoqda”, deb ta’kidlaydi. Ushbu muammoni hal qilishda kasanachilik mehnatini tashkil etishning alohida roli va ahamiyati haqida gapirib, davlatimiz rahbari quyidagilarni qayd etadi. “Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila budjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda”.

Mehnat resurslarini ish bilan ta`minlash, ularning mehnati unumdorligini oshirish maqsadida respublika Prezidenti I. Karimov sanoatni qishloqqa olib borish zarurligini asoslagan holda isbotlamoqdalar. Shu maqsadda uzoqqa mo`ljallangan turli xildagi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirishga alohida e`tibor berilmoqda. Bu siyosatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ahamiyatliligini quyidagilar isbotlamoqda: dastavval aholi juda zich joylashgan Andijon viloyatining Asaka tumanidagi qishloq hududida «O`zbekiston - Koreya» avtomobilsozlik qo`shma korxonasi qurilib, samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Qashqadaryo, Toshkent, Farg`ona, Navoiy viloyatlari qishloqlarida neft, gaz, to`qimachilik sanoatining yirik qo`shma korxonalari yaxshi faoliyat ko`rsatmoqda.

Keyingi yillarda yangi ish o`rinlarini yaratishga katta e`tibor qaratilmoqda. Masalan, birgina 2001 yilda 465,3 ming kishilik ish o`rinlari tashkil etilgan. Ularning asosiy qismi qishloq joylariga to`g`ri keladi. Bu borada ayniqsa Farg`ona, Samarqand va Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shunday qilib, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish mamlakat mintaqaviy siyosatining asosiy vazifalaridan biridir. Qolaversa, jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ham ko`proq aynan shu bandlik va ishsizlik mezonlari bilan o`lchanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori: « Mustahkam oila yili» Davlat

dasturi to`g`risida. Xalq so`zi gazetasi. 2012-yil 28-fevral, № 41(5461)

2. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni

bartaraf etishning yo`llari va choralari. –T.: O`zbеkiston, 2009

3. « Islohot – yosh avlod jismonan sog’lom ,ma’nan yetuk ».Jamiyat ijtimoiy-siyosiy

gazetasi. 2012-yil 17-oktabr

4. Aholi bandligi va farovonligini ta’minlash —davlat ijtimoiy siyosatining muhim



yo‘nalishi. “O’zbekiston ovozi” gazetasi. 2011-yil 6-dekabr

5. Abirqulov K.N. Iqtisodiy gеografiya (Darslik) –T.: TDIU, 2004

6. Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. -

T.: O`qituvchi, 1990.

7. Asanov G.,M. Nabixonov, I. Safarov. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy

Jo’g’rofiyasi: Pedagogika Oliy o`quv yurtlarining talabalari uchun o’quv

qo`llanmasi.-

T.: O`qituvchi, 1994.

8. Axmedov E.A. O`zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002

9. Muhammedov Odil .“Aholi tabiiy harakatining hududiy tafovutlari”. Avtoreferat.

Toshkent – 2007

10. Salimov X., Xatamov A., Mamajonov M. O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy

geografiyasi. O`quv qo`llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2008.

11. Soliyev A.S. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. O`quv qo`llanma/mas`ul

muharrir Z.Ahmadjonova. -T.: Universitet, 2003

12. Soliyev A. Nazarov M. Qurbonov Sh. “O’zbekiston hududlari ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi” Toshkent – “Mumtoz so’z” . 2010

13. Ro`ziyev A.R., Abirqulov Q.N. O`zbekiston iqtisodiy geografiyasi. -T.: "Sharq",

2002.

14. Vahobov H. Tillaboyeva M. Iqtisodiy geografiya asoslari. – T.: O`qituvchi, 2001.



15. O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 7-8-tom. -T.:2004.

Foydalanilgan mabaalar:

O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Internet saytlari;

www.gov.uz

www.stat.uz

www.ziyonet.uz

ILOVALAR


2-ilova

O’zbekiston aholisi soni va urbanizatsiya darajasi




Doimiy aholi soni yil bo’yicha

2011

2012


Aholi soni

Shahar aholisi:

Erkaklar soni

Ayollar soni

Qishloq aholisi:


Erkaklar soni
Ayollar soni

29 123 400

14 897 400
7 410 100
7 487 300

14 226 000


7 158 300
7 067 700

29 555 400

15 143 200
7540 200
7 603 000

14 412 200


7 252 300
7 159 900


3-ilova





2012

Shahar aholisi

Umumiy

ayollar

erkaklar




O’zbekiston respublikasi

15 143 200

7 603 000

7 540 200

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

839 500

422 600

417 000

2

Andijon viloyati

1 436 500

714 400

722 100

3

Buxoro viloyati

648 600

324 400

324 200

4

Jizzax viloyati

567 200

285 900

281 300

5

Qashqadaryo viloyati

1 203 200

599 400

603 800

6

Navoiy viloyati

429 000

208 300

220 700

7

Namangan viloyati

1 551 000

766 500

784 500

8

Samarqand viloyati

1 301 200

658 800

642 400

9

Surxondaryo viloyati

807 900

405 200

402 700

10

Sirdaryo viloyati

305 700

153 300

152400

11

Toshkent viloyati

1 319 600

667 000

652 600

12

Farg’ona viloyati

1 879 000

944 500

934 500

13

Xorazm viloyati

545 400

274 900

270 500

14

Toshkent shahri

2 309 300

1 177 800

1 131 500
Viloyatlar bo’yicha shahar aholisi jinsiy tarkibi
4-ilova

Viloyatlar bo’yicha qishloq aholisi jinsiy tarkibi








2012

Qishloq aholisi

Umumiy

ayollar

erkaklar




O’zbekiston respublikasi

14 412 200

7 159 900

7 252 300

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

853 200

423 700

429 500

2

Andijon viloyati

1 277 700

632 300

645 400

3

Buxoro viloyati

1 058 800

533 300

525 500

4

Jizzax viloyati

619 400

306 600

312 800

5

Qashqadaryo viloyati

1 574 600

782 500

792 100

6

Navoiy viloyati

452 200

226 500

225 700

7

Namangan viloyati

869 600

429 900

439 700

8

Samarqand viloyati

2 025 000

1 005 600

1 019 400

9

Surxondaryo viloyati

1 411 000

698 000

713 000

10

Sirdaryo viloyati

433 800

215 000

218 800

11

Toshkent viloyati

1 351 400

674 000

677 400

12

Farg’ona viloyati

1 401 800

689 800

712 000

13

Xorazm viloyati

1 083 700

542 700

541 000

14

Toshkent shahri

-

-

-

5-ilova

Aholining yosh guruhlari bo’yicha jinsiy tarkibi








2012

Umumiy aholi

Umumiy

ayollar

erkaklar






29 555 400

14 762 900

14 792 500




Yosh guruhlari:









1

0-2

1 895 000

914 900

980 100

2

3-5

1 788 500

868 900

919 600

3

6-7

1 056 400

513 700

542 700

4

8-15

4 311 200

2 101 500

2 209 700

5

16-17

1 274 700

624 400

650 300

6

18-19

1 313 200

644 000

669 200

7

20-24

3 188 900

1 572 200

1 616 700

8

25-29

2 807 800

1 396 500

1 411 300

9

30-34

2 263 700

1 128 700

1 135 00

10

35-39

2 014 100

1 005 200

1 008 900

11

40-49

3 385 400

1 738 000

1 647 400

12

50-59

2 452 200

1 263 400

1 188 800

13

60-69

948 800

497 200

451 600

14

70 va undan yuqori

855 500

494 300

361 200




1

Mehnat yoshidan kichik


9 051 100


4 399 000


4 652 100


2

Mehnat yoshidagi

18 184 600


8 857 000


9 327 600


3

Mehnat yoshidan katta

2 319 700


1 506 900


812 800



6-ilova






2012

Shahar aholisi

Umumiy

ayollar

erkaklar







15 143 200

7 603 000

7 540 200




Yosh guruhlari:









1

0-2

861 400

415 100

446 300

2

3-5

799 300

390 900

408 400

3

6-7

518 800

252 800

266 000

4

8-15

2 112 100

1 031 500

1 080 600

5

16-17

629 300

308 900

320 400

6

18-19

648 000

317 400

330 600

7

20-24

1 602 300

785 400

816 900

8

25-29

1 445 200

716 600

728 600

9

30-34

1 182 200

590 100

592 100

10

35-39

1 082 700

543 900

538 800

11

40-49

1 861 000

946 300

914 700

12

50-59

1 363 800

711 600

652 200

13

60-69

554 400

299 100

255 300

14

70 va undan yuqori

482 700

293 400

189 300
Aholining yosh guruhlari bo’yicha jinsiy tarkibi



1

Mehnat yoshidan kichik


4 291 600


2 090 300


2 201 300


2

Mehnat yoshidagi

9 518 300


4 624 000


4 894 300


3

Mehnat yoshidan katta

1 333 300


888 700

444 600



7-ilova


Aholining yosh guruhlari bo’yicha jinsiy tarkibi






2012

Qishloq aholisi

Umumiy

ayollar

erkaklar







14 412 200

7 159 900

7 252 300




Yosh guruhlari:









1

0-2

1 033 600

499 800

533 800

2

3-5

989 200

478 000

511 200

3

6-7

537 600

260 900

276 700

4

8-15

2 199 100

1 070 000

1 129 100

5

16-17

645 400

315 500

329 900

6

18-19

665 200

326 600

338 600

7

20-24

1 586 600

786 800

799 800

8

25-29

1 362 600

679 900

682 700

9

30-34

1 081 500

538 600

542 900

10

35-39

931 400

461 300

470 100

11

40-49

1 524 400

791 700

732 700

12

50-59

1 088 400

551 800

536 600

13

60-69

394 400

198 100

196 300

14

70 va undan yuqori

372 800

200 900

171 900



1

Mehnat yoshidan kichik


4 759 500


2 308 700


2 450 800


2

Mehnat yoshidagi

8 666 300


4  233 000


4 433 300


3

Mehnat yoshidan katta

986 400

618 200

368 200







Hududiy birlik

01.01 10 y holatigako’ra aholi soni

Mehnatga layoqatli aholi soni

%

Iqtisodiy faol aholi

Iqtisodiyotda band aholi

8-ilova


Aholi va mehnat resurslari





Hududiy birlik

01.01 10 y holatigako’ra aholi soni

Mehnatga layoqatli aholi soni

%

Iqtisodiy faol aholi

Iqtisodiyotda band aholi




O’zbekiston Respublikasi

26451

16046,8

60,6

12003,4

11466,3

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

1630,6

928,0

56,9

612,2

570,9

2

Andijon viloyati

2530,3

1490,9

58,9

1115,1

1079,1

3

Buxoro viloyati

1622,6

943,8

58,5

777,8

750,6

4

Jizzax viloyati

1117,3

614,1

54,9

387,7

370,8

5

Qashqadaryo viloyati

2589,6

1433,7

55,3

990,5

940,2

6

Navoiy viloyati

851,3

512,4

60,1

573,5

520,7

7

Namangan viloyati

2259

1285,3

56,8

833,1

784,3

8

Samarqand viloyati

3119,8

1725,8

55,3

1294,9

1211

9

Surxondaryo viloyati

2075,3

1129,5

54,4

796,7

752,1

10

Sirdaryo viloyati

708,2

405,9

57,3

312,4

311,7

11

Toshkent viloyati

2568,8

1489,4

57,9

1140,9

1128,5

12

Farg’ona viloyati

3075,2

1711,0

55,6

1384,1

1311,7

13

Xorazm viloyati

1561,7

868,2

55,5

591,4

588,2

14

Toshkent shahri

2220,7

1508,8

67,9

1193,1

1146,5



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish