Bogʻot tumani
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Bogʻot tumani
|
tuman
|
Tarkibida
|
Xorazm viloyati
|
Maʼmuriy markazi
|
Bogʻot
|
Asos solingan sanasi
|
1926-yil
|
Hokim
|
Raximov Jo'rabek
|
Aholi (2008)
|
↗131,0 ming [1]
|
Zichligi
|
297,7 kishi./km²
|
Millatlar tarkibi
|
Oʻzbeklar
|
Dinlar tarkibi
|
Musulmonlar
|
Maydoni
|
0,44 ming km²
(7,2 %)
|
|
Soat mintaqasi
|
UTC+5
|
Avtomobil raqami kodi
|
90
|
|
Bogʻot tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati tarkibidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1930 va 50-yillarda bir necha marta yondosh tumanlarga qoʻshib yuborilgan va qayta tiklangan, 1970-yil 7-dekabrda qayta tashkil etildi). Bogʻot tumani Xorazm viloyatining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Gʻarb va shimolda viloyatning Yangiariq va Xonqa tumanlari, Amudaryo bilan, sharqda Hazorasp tumani va janubida Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km2. Aholisi 130 ming kishidan ziyod (2008). Bogʻot tumanida 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshariq, Bogʻot, Dehqonbozor, Madaniyat, Nayman, Xitoy, Xoʻjalik, Qizilravot, Qipchoq, Qorayantoq, Qulonqorabogʻ) bor. Markazi — Bogʻot qishlogʻi[2].
Mundarija
1Aholisi
2Tabiati
2.1Iqlimi
2.2Ichki suvlari va hayvonot olami
3Qishloq xoʻjaligi
4Sanoati
5Ijtimoiy soha
6Adabiyotlar
7Manbalar
Aholisi[tahrir]
Aholisi 130 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2ga 297,7 kishi (2008), asosan oʻzbeklar; shuningdek boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Tabiati[tahrir]
Bogʻot tumani yer yuzasi uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davr boshlarida daryo keltirgan yotqiziqlarning toʻplanishidan vujudga kelgan. Allyuvial jinslar boʻr davrining tub jinslari ustini qoplab olgan. Yer yuzasi payettekislik boʻlib, shimoli-gʻarbga nisbatan, baʼzi joylarida sayoz botiq va qoldiq oʻzanlar uchraydi. Tumanning janubida qum relyef shakllari tarqalgan. Hozirgi zamon relyefining vujudga kelishida Amudaryo va uning tarmoqlari, sugʻorish shoxobchalari muhim rol oʻynagan.
Iqlimi[tahrir]
Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 4 °C dan — 6 °C gacha, iyulniki 28—30 °C. Yiliga 80–110 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190—210 kun.
Ichki suvlari va hayvonot olami[tahrir]
Tuman hududidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumandagi asosiy sugʻorish shoxobchalari Toshsoqa kanali va uning tarmoqlari — Bayramsoqa, Qizilrabot, Qorayantoqva Osyop ariqlaridir. Tumanda 50 dan ziyod koʻl (Otakoʻl, Shoʻrkoʻl, Koʻkkoʻl, Gajli, Toʻqaykoʻl va boshqalar) bor. Koʻllarning aksariyat qismi tumanning Qoraqumga tutash pastqam joylarida joylashgan. Tuproqlari oʻtloqi va oʻtloqi boʻz tuproqlardan iborat. Kuchli shoʻrlangan joylarda shoʻrxok va shoʻrtob tuproqpar, Qoraqumga tutash joylarida qumli va qumoqtuproqlar tarqalgan. Suvga serob joylarda namsevar oʻsimliklar, qumlarda kserofit oʻsimliklar uchraydi. Hayvonlardan sariq yumronqoziq, chiyaboʻri, nutriya, ondatra, parrandalardan oʻrdak, kulrang gʻoz, birqozon va boshqalar uchraydi.
Qishloq xoʻjaligi[tahrir]
Bogʻot tumani xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 22,9 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 18,5 ming ga; 8,5 ming ga yerga paxta, 3,8 ming ga yerga galla, 3,6 ming ga yerga sholi, 0,7 ming ga yerga polizsabzavot ekinlari, 0,2 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,2 ming ga yerga beda ekiladi. Kunjut va qand lavlagi ekish ham yoʻlga qoʻyilmoqda. Bogʻot tumania 13 jamoa xoʻjaligi, 81 dehqon va fermer xoʻjaligi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 35,8 ming qoramol, 30,5 ming qoʻy va echki, 100 ming parranda boqiladi (2000).
Sanoati[tahrir]
Sanoat korxonalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Tumanda 10 qurilish tashkiloti, 6 sanoat korxonasi bor. Tuman hududidan Qoʻngʻirot — Chorjoʻy temir yoʻli, Urganch — Hazorasp, Xiva — Hazorasp avtomobil yoʻllari oʻtgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi „Bogʻot“ tuman markazidan 12 km narida.
Ijtimoiy soha[tahrir]
1999/2000 oʻquv yilida 50 umumiy taʼlim maktabida 27 ming oʻquvchi, 2 litseyda 500 oʻquvchi taʼlim oldi. 2 sport maktabi va tennis korti faoliyat koʻrsatmoqda. 40 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 42 klub, 14 madaniyat uyi, 1 musiqa maktabi, 1 xalq ansambli, 39 sport zali, tennis korti, 204 sport maydonchalari ishlab turibdi. 10 ming kishiga moʻljallangan stadion mavjud. 510 oʻrinli 5 kasalxona, 10 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 30 feldsherlik punkti boʻlib, ularda 1469 vrach va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1971-yildan „Hurriyat“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 3,4 ming). Oʻzbekiston Qahramoni „Bogʻot“ jamoa xoʻjaligining raisi Masharif Quvokov shu tumanning Qulonqorabogʻ qishlogʻidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |