Ma’ruza darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Quyida ma’ruzaning o`zaro faol usuli, o`tkazish texnologiyasiga to`xtalamiz. Har qanday yuqori saviyada o`tkaziladigan ma’ruza, garchand u faktlarga boy bo`lsa ham, o`zoq vaqt bir maromda davom etaversa, tinglovchilarning eshitish qobilyati susayadi va charchaydi. Bu holat uni loqayd eshituvchiga aylantiradi. Ma’ruza qancha o`zoq davom etsa, samaradorlik shuncha kamaya boradi. Ma’ruzani samarali o`tkazish uchun nima qilmoq kerak?
Buning uchun ma’ruzani kichik pedagogik texnologiya darajasida biz yuqorida keltirgan talablar asosida quydagicha tashkil etish tinglovchilar uchun qulaylik tug`diradi.
Ma’ruzachi o`z ma’ruzasini bir nechta bloklarga bo`ladi. Har bir blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan so`ng to`xtab, mavzu bilan bog`liq qisqa savol-javob, fikr almashuv olib boradi. Tinglovchilarni kichik guruhga bo`lib, muhokama, munozara tashkil etadi.
Ma’ruza davomida ayrim muammolarni o`rgatga tashlaydi. Shu vaqt oralig`ida bu muammoga tinglovchilarning munosabatini aniqlaydi, ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Ammo uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlarini ham tinglaydi. Bu holat ma’ruzaga bo`lgan munosabatni ijobiy tomonga o`zgartiradi, ma’ruzaga befarq qaramaslikka sabab bo`ladi, tinglovchilar orasida o`zaro faollik paydo bo`ladi, muhokama etilayotgan mavzu bilan bog`liq muammolarga qiziqish ortadi. Tinglovchilarni yakka tartibda suxbatga tortish 5 minutgacha davom etishi mumkin.
Ma’ruzachi tinglovchilarni qiziqishi, intilishi, ma’suliyati oshib borishini kuzatib boradi. Ma’ruza davomida muntazam faol ishtiriok etuvchilar, teran fikr
bildiruvchilar ma’ruzachining tayanchiga aylanadi va ular ma’ruzachi tomonidan rag`batlantirib boriladi.
Ma’ruza davomida mavzuni asta-sekin tinglovchining kundalik faoliyatiga doir misollar bilan bog`lab boriladi (tarixdan dars o`tish jarayonida talabalarga har xil tarixiy davrlarda ilm oluvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ulardan ko`zlangan mafko`raviy maqsadlar va rag`batlantirilishlarning ko`rinishlari) va qisqa munozaralar orqali tegishli yechimlar topiladi va bundan esa o`z navbatida tinglovchi ma’ruza mazmunining kundalik hayotda naqadar zarurligini his etadi.
Shu holda kechgan ma’ruzalarda tinglovchilar vaqt qanday o`tganini bilmay qoladilar. Ma’ruzaning yana davom etishini xoxlab, befarqlik o`rnini hushyorlik, ichki intilish, yechim qidirish egallaydi, o`zlari ham yechimini topishda shaxsan ishtiriok etib, hissa qo`shishga intiladilar va ular ma’ruzani mazmunini hayotiy misollar orqali yoritishda ishtirokchilarga aylanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |