«Aqliy hujum» ning qoidalari:
Birinchi qoida. Fikr va g`oyalar hech qanday cheklanmagan holda iloji boricha baralla aytilishi lozim.
Ikkinchi qoida. Bildirilgan fikr va g`oyalar takliflar berish to`xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi.
Uchinchi qoida. Bildirilgan har qanday g`oya va fikrlar hisobga olinadi. To`rtinchi qoida. Qancha ko`p g`oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi. Beshinchi qoida. Bildirilgan g`oya va fikrlarni to`ldirish va kengaytirish mumkin. Oltinchi qoida. Barcha aytilgan takliflar yozib boriladi.
Yettinchi qoida. Takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Bu usul barcha funksiyalarni bajaradi, lekin uning asosiy vazifasi muammoni mustaqil tushunish va yechishga ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini uyg`otishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |