418
Sotsial tizim modeli
F u n k s iy a la r
Q u y i tiz im lar
S otsial in s titu tla r
A k to r la r
A daptatsiya
Iqtisod
Zavod, banklar
Tadbirkor-ishchi
M aqsadga
erishish
Siyosat
Partiya, harakatlar
Funksioner-oddiy
a ’zo
Integratsiya
Sotsial nazorat
D avlat apparati
A m aldor-fuqaro
Qadriyat
modelini
q o ila b -
q u w atlash
Ijtim oiylashuv
Oila, maktab, din
0 ‘qituvchi-
o‘quvchi
Strukturaviy funksionalizm:
• Sotsial voqyelikni universal jihatdan tushuntirishga qaratilgan
yuqori darajada abstraktlashgan, qat'iy kodlashtirilgan nazariy
qurilma;
• Sotsiologiya sotsial institutlaming funksiyalarini va jamiyat
sotsial strukturasida ma’lum bir o‘rin (status) egallovchi hamda
ijtimioy me'yorlar va qadriyatlar tomonidan belgilangan sotsial
rollami bajaruvchi individlaming sotsial harakatlarini o‘rganish bilan
shug‘ullanadi;
• Sotsial statika va sotsial dinamika, sotsial tizim va sotsial
struktura o‘rtasida uzviy bog‘liqlik.
Strukturaviy funksionalizmda jamiyat - jamiyat taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasi nuqtai nazaridan olib qaraluvchi har qanday voqyea-
hodisa, muassasa yoki institut.
Jamiyatga qo‘yiladigan talablar:
•
jamiyat muhitga moslashgan bo‘lishi shart;
•
jamiyat o‘z oldiga maqsadlar qo‘ygan bo‘lishi lozim;
•
jamiyatning barcha elementlari koordinatlashgan boiishi
lozim;
•
jamiyatda qadriyatlar saqlanishi lozim.
Strukturaviy-funksional tahlil - sotsial voqyea-hodisa va
jarayonlami tizim sifatida tadqiq etish prinsipi. Bunda strukturaning
har bir elementi m aium bir fimksiyani bajaradi. Sotsiologiyada
funksiya - m aium bir sotsial institut bajaradigan rol yoki yaxlitlikka
(davlatning, oilaning va h.k. jamiyatdagi funksiyasi) nisbatan amalga
oshiriladigan j arayon.
419
5.
Parsonsning sotsial tizimlari konsepsiyasini ko‘zdan kechira
turib, uning jamiyatni qanday tushunishi xususida to‘xtalib o ‘tish
lozim. Sotsiolog sotsial tizim va jamiyat tushunchalarini bir-biriga
bog‘lasa-da, ulami birlashtirmaydi. Uning fikricha, jamiyat sotsial
tizimning o‘ziga xos tipi hisoblanadi, ya’ni u mustaqillikka, o‘z
doirasida “o‘z muvozanati”ga erishgan. «Jamiyat, — deb yozgan edi
Parsons, — bu istalgan sotsial tizimlar universumi ichidagi shunday
sotsial tizim tipiki, u o‘z doirasiga nisbatan eng yuqori mustaqillikka
erishadi»1.
Jamiyatning «mustaqilligi» nima? Jamiyatning uni qurshab olgar
muhitga munosabati ko‘zdan kechirilganda, sotsiologda bu tushuncha
“ish beradi”. U ko‘rsatadiki, «muhitga nisbatan mustaqillik o‘zaro
almashuv munosabatlarinmg barqarorligini va o‘z faoliyatini ko‘zlab
o‘zaro almashuvni nazorat qilish qobiliyatini anglatadi». Bu ma’noda
sotsiolog muhitga awalambor jismoniy muhit sifatida qaraydi. Muhit
moddiy resurslar manbayi ekanligi ma’nosida jamiyat uchun adapti\
ahamiyatga ega. Bu resurslardan jamiyat ishlab chiqarish, texnologik
va iqtisodiy mexanizmlar orqali foydalanadi. Jismoniy muhitning
jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ikkinchi jihati ham bor. Unga
muvofiq, «samarali ijtimoiy maqsadga erishish ma’lum hudud
chegarasida harakatlar uzra nazoratga muhtojdir. Shuning uchun biz
jamiyat mustaqilligining ikki ko‘rinishi bilan ish ko‘ramiz. Ular
jismoniy muhit bilan munosabatlarda tegishli ravishda iqtisodiy va
siyosiy faoliyatga taalluqli boiadi. Harbiy va politsiya faoliyatini
amalga oshirish chog‘ida esa, bu texnologiya va kuchdan uyushqoqlik
bilan foydalanishni anglatadi».
Parsonsning umumiy harakat nazariyasi nuqtayi nazaridan.
jamiyat - individlaming yig‘indisi emas. Odamlaming tanalari va
shaxsiyatlari sotsial tizimlaming tashqi doirasi kabi namoyon bo‘laci;
va shu sababli jamiyat tushunchasiga kirishi mumkin emas. Sotsial
tizimning yadrosi esa, Parsonsga ko‘ra, me'yoriy namunalar tizimi
(«strukturalangan me'yoriy tartib»)dir. Ular vositasida individlaming
o‘zaro hayot faoliyati tartiblashtiriladi va tashkil etiladi. Parson
qarashlariga binoan, bu tizimning bosh jihatlari - odamlar o‘rtasidagi
5 П арсонс T
Понятие общества: компоненты и их взаимоотнош ения // Американская
социологическая мысль: Тексты. - М., 1996. - С. 499.
4 2 0
munosabatlaming tartibliligi
va ular hayotining jamoaviyligi
hisoblanadi.
Jamiyat
tipologiyasini
esa
Parsons
ijtimoiy
harakatlar
tipologiyasiga muvofiq ko‘zdan kechiradi. Ularning mezonlari bo‘lib,
o‘zgaruvchan mohiyatlaming to‘rt juffligi xizmat qiladi: universalizm
— partikulyarizm, muvaffaqiyatga erishish — ko‘rsatma berish,
affektivlik - affektiv neytrallik, diffuzlik — o‘ziga xoslik. Ilk ikki
juftlik chorrahasida jamiyatning to‘rt tipi paydo boiadi: universalistik
muvaffaqiyatga
erishish
namunasidagi
jamiyat,
universalistik
ko‘rsatma
berish
namunasidagi
jamiyat,
partikulyaristik
muvaffaqiyatga erishish namunasidagi jamiyat, paptikulyaristik
ko‘rsatma berish namunasidagi jamiyat.
Birinchi
tipga
universalistik
muvaffaqiyatga
erishish
namunasidagi jamiyatlar kirib, ular bu tipdagi mamlakatlardagi
ko‘pchilik aholining maqsadga erishishi va muvaffaqiyatga intilishi
bilan ifodalanadi. Aslida, bu ikki maqsad o‘z tevaragida butun
jamiyatni birlashtiruvchi ijtimoiy taraqqiyotning yagona maqsadiga
aylanadi. Bunday tipdagi jamiyat faoliyatining xarakteri awalambor
aniq foyda olishni ko‘zlagan odamlaming instrumental (vositaviy)
qadriyatlari va harakatlari bilan belgilanadi. Undagi mavjud ijtimoiy
stratifikatsiya tizimi, ijtimoiy qatlamlaming bir-biriga nisbatan
“joylashuvi” awalambor ular faoliyatining natijalari, real yutuqlari va
muvaffaqiyatlari bilan bogiiqdir. Instrumental qadriyatlar va
harakatlar shuningdek odamlaming maqomiy va rol xususiyatlarini,
ularning ko‘tarilish va karera imkoniyatlarini belgilaydi. Bunday
mamlakat namunasi sifatida Parsons, aw alo, AQSh ni hisoblashini
payqash qiyin emas.
Ikkinchi tip universalistik ko‘rsatma berish namunasidagi
jamiyatlami
qamrab
oladi.
Bunday
jamiyatlar
tegishli
mamlakatlaming totalitar va avtoritar rejimlami o‘matishga intilishi
bilan ifodalanadi. Bu rejimlar aholiga barcha hayot faoliyati
sohalarida me'yorlar va qadriyatlami buyuradi (ko‘rsatadi) va qattiq
ijtimoiy nazorat tizimiga asoslanadi. Bu tipdagi jamiyatning
maqomiy-rol xususiyatlari shaxsiy xizmatlar va muvaffaqiyatlami
e'tirof etishga emas, balki ayrim odamlaming o ‘z jamoalari bilan olib
borgan faoliyati natijalarini bir-biriga bogiashga asoslanadi. Buning
oqibatida qattiq ijtimoiy va g‘oyaviy dixotomiya, ya’ni, “biz bilan
birga boiganlar” va “bizga qarshi boiganlar” ga boiinish kelib
421
chiqadi. Odamlami biror guruhga kiritish birmuncha ixtiyoriy
xususiyatga ega boiishi mumkin, bu esa bunday tipdagi jamiyatlarda
huquqiy va ma’naviy me'yorlar tizimini muntazam buzish va hatto
noto‘g‘ri talqin etish ehtimolini nazarda tutadi. Parsons uchun bu
tipdagi jamiyatlarga taalluqli mamlakatlarga eng yorqin namunalar -
Sovet Ittifoqi va fashistlar Germaniyasi boiib, olim ulami ko‘p
jihatlardan bir qatorga qo‘yardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |