Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


M adaniyat tizim i Sotsial tizim Xulq-atvor  organizm i Shaxs tizimi G Harakatning umumiy tizimi strukturasi1



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

1
M adaniyat tizim i
Sotsial tizim
Xulq-atvor 
organizm i
Shaxs tizimi
G
Harakatning umumiy tizimi strukturasi1
1 Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 241-242.
413


o'rtasidagi munosabatlar ham axborot almashinuvi sifatida, ya’ni 
qabul qilayotgan va uzatayotgan tizimlarda strukturaviy o‘zgarishlami 
keltirib chiqaruvchi ramzlar yig‘indisi sifatida olib qaraladi. Ramzlar 
axboroti 
bilan 
almashinuv 
vositasida 
tizim, 
bir 
tomondan 
integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi, boshqa tomondan esa o‘zining 
shaxsiy daxlsizligini ta’minlaydi, chegaralami qoilab-quvvatlaydi.
Keyingi o‘rinda Parsons har qanday tizim katta axborot kuchiga 
ega bo‘lgan va kamroq energiya talab etadigan quyi tizim bilan 
nazoratga olinishi tezisini asoslaydi; qanchalik kam energiya talab 
etib, ko‘proq axborot kuchiga ega bo‘lgan tizim tizimlar ierarxiyasida 
shunchalik yuqori joyni egallaydi va boshqa quyi tizimlar xulq- 
atvoriga ko‘proq ta’sir o‘tkazadi. Harakat tizimlari ichida biologik 
organizm eng ko‘p energetik kuchga ega hisoblanadi. U harakatni 
amalga oshirish sharoitlarini yaratadi, va shu bilan bir vaqtda unga 
eng kam boshqaruv ta’sirini o‘tkazadi. Eng kam energetik kuchga ega 
bo‘lgan madaniy tizim esa, aksincha, ko‘proq nazorat qilish 
mavqyeiga ega boiadi. Tizimlaming bunday ierarxiyasi va ulaming 
muvozanat holatiga intilishi qonuni real olamga o‘tishga va uni 
natijali tashkil etishga o‘tishga to‘sqinlik qiladi.
Parsonsda harakat strukturasi bir-biri bilan uzviy bogiiq, lekin 
bir-birini taqazo etmaydigan 
“tahliliy jihatdan farqlanuvchi” 
tizimlaming o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida namoyon boiadi. Ulaming 
hammasi harakatga bir xil ta’sir o‘tkazadi. U yoki bu tizimning ustun 
kelishi vaziyatga bogiiq. Har bir tizim boshqa tizimlar bilan axborot 
almasha turib, o‘z chegaralarini ushlab turishga va integratsiyaga 
intiladi. Tizimlar ierarxisiga muvofiq, nisbatan yuqoriroq axborot 
darajasidagi tizim boshqalarining xulq-atvori ustidan nazorat qilish 
vazifasini bajaradi.
Sotsial tizim konsepsiyasini qarab chiqishdan oldin Parsons 
tomonidan kiritilgan yana bir tushuncha - «tipik o'zgaruvchilar» 
tushunchasiga to‘xtalib o‘tish zarur boiadi. Awaliga uni Parsons 
“sotsial tizimda rollaming turlarini tasniflash” uchun qoilanilgan 
boisa, keyinchalik “sotsial harakat va sotsial tizimlami tahlil qilish 
uchun koordinatlaming asosiy nazariy tizimi” sifatida talqin etildi.
Ko‘rib 
o‘tganimizdek, 
harakat 
ongli-ratsional, 
maqsadga 
yo‘naltirilgan va tanlash xususiyatiga ega. Har biri aniq bir funksiyani 
bajaruvchi nisbatan mustaqil boigan to‘rtta harakat tizimlari unga 
ta’sir ko‘rsatadi. Lekin bunday yondoshuvda tanlov imkoniyati juda
414


kengayib ketadi. Parsons harakatlanuvchi insonning tanlovi doirasini 
toraytiruvchi koordinatlar o ‘qini tortadi, har bir o‘q eng quyi va eng 
yuqori darajadagi juft o'zgaruvchilarni bildiradi. Real voqyelikda ham 
u yoki bu tarafga og‘ish darajasi haqida gapirish mumkin bo‘ladi.
Tipik o‘zgaruvchilar - sotsial harakat va sotsial tizimni 
birlashtiruvchi tushuncha; sotsial harakat aktori duch keladigan 
fundamental dilemmalar.
1. Partikulyarizm — universalizm - aktorlar insonni umumiy 
kriteriylar bilan (universalizm) yoki konkret insongagina qo‘llash 
mumkin bo‘lgan unikal kriteriylar bilan baholash kerakligini hal 
qilishlari lozim (partikulyarizm).
2. Affektivlik - affektiv neytrallik - aktorlar hissiyotlariga ta ’sir 
qilmaydigan 
instrumental 
sabablar 
(affektiv neytrallik) 
yoki 
emotsional sabablarga (affektivlik) ko‘ra ma’lum bir munosabatlarga 
kirishishi mumkin.
3. Diffuzlik - o ‘zga xoslik - individlar har qanday vaziyatda 
boshqa individlar bilan bir qatorda amalga oshiriladigan keng 
doiradagi sotsial faoliyatga kirishish (diffuzlik) yoki birgina o‘ziga 
xos, strukturlashtirilgan maqsadlarga erishishga e'tibor qaratish 
orasida birini tanlashi lozim (spetsializatsiya).
4. Askripsiya (ko‘rsatma berish) — muvaffaqiyatga erishish -
individning ochiq va yopiq tanlovini aks ettirib, uning xatti- 
harakatlarini tabiat va jamiyat tomonidan berilgan sifatlariga qarab 
baholash kerakmi yoki yutuqlari asosida baholash lozimligini hal 
qilish lozim. Vaziyatga qarab me'yorlar, ehtiyojlar sifatga yoki 
yutuqlarga yo‘naltirilishi mumkin.
5. Guruhga yo‘nalish - o‘ziga yo‘nalish - sotsial guruh (jamiyat) 
oldidagi majburiyatlami bajarish (altruistik) yoki o‘z manfaatlariga 
qarab yo‘nalish olish (egoistik)1.
Shunday qilib, «yagona harakat» harakat qiluvchi inson, vositalar, 
maqsadlar, jismoniy, sotsial va madaniy ob'ektlar: me'yor va 
qadriyatlardan iborat. Barcha harakatlami bu tarzda abstrakt 
tushuntirish Parsonsning keyingi nazaraiyalari uchun asos bo iab
xizmat qiladi. Tizim g‘oyasi individual harakatdan sotsial tizimga 
o‘tish imkonini beradi.
1 Qarang: 
Кравченко 
А.И. 
Социология в 2 тг. 
К лассические теории через призму 
социологического воображения. - М.: Ю райт, 2014. - С. 541-542.
415


4. 
Sotsial tizimlar - inson xulq-atvorini boshqaruvchi va uni rol va 
statuslar tizimiga o‘zgartiruvchi qoidalar, me'yorlar, o‘mashmalaming 
barqaror 
komplekslari 
sifatida 
talqin 
etiluvchi 
institutsional 
tizimlardir.
Sotsial tizim o‘zaro bog‘liq boigan darajalardan tarkib topgan 
strukturaga ega: individ - guruh (jamoalar) - institutlar - yaxiit 
jamiyat. Yuqorida keltirilgan har bir darajaga o‘z ierarxiya turi to‘g ‘ri 
keladi: texnik, “menejerial”, institutsional va sotsietal.
Sotsietal darajada sotsial tizim to‘rtta quyi tizimning birlashuvi 
natijasi sifatida shakllanadi: iqtisodiy (adaptatsiya funksiyasi), siyosiy 
(maqsadga erishish funksiyasi), “sotsietal birlik” (integratsiya 
funksiyasi) va “fidutsiar” (latentlik funksiyasi).
Sotsietal birlik - butun bir sotsial tizimning yadrosi - yagona 
me'yoriy namunalar asosida tashkillashtirilgan va tartibga solingan 
jamoalar tizimi yoki yig‘indisi, me'yorlar, qadriyatlar va me'yoriy 
namunalami 
o‘z 
ichiga 
oladi. 
Insonlar 
o‘rtasidagi 
o‘zaro 
ayirboshlashning umumlashma vositasi sifatida pul, hokimiyat yoki 
qadriyatli xususiyatlar emas, balki “ta’sirlashuv” va “birdamlik” tan 
olinadi.
Parsons sotsial tizimlar haqida gapirar ekan, ulaming har biri 
uchun qolgan uchtasi muhit b o iib xizmat qilishini nazarda tutadi, 
ya’ni sotsial tizim uchun madaniyat, shaxs, organizm b o iib xizmat 
qilsa, shaxs uchun - sotsial tizim, madaniyat, organizm, madaniyat 
uchun - sotsial tizim, shaxs, organizm, biologik organizm uchun -
sotsial tizim, madaniyat, shaxs. Parsons bu to‘rtlikda asosiy o'rinni 
sotsial tizimga beradi, chunki aynan sotsial tizim “harakatni real 
empirik tashkil etish va nazariy tahlilning mustaqil markazi” 
hisoblanadi.
Sotsial tizimning quyi tizimlari quyidagilar:
A) iqtisodiy tizim - sotsial tashkilot va tabiiy muhit o‘rtasida 
bogiovchi zveno (adaptatsiya);
B) siyosiy tizim - maqsadga erishish funksiyasini bajarib, hukm 
chiqarish shakllarini, maqsadlami standartlashtirish va ularga erishish 
yoiida resurslami yo‘naltirishni o‘z ichiga oladi;
D) 
sotsietal hamjamiyat tizimi (sotsial nazorat) - integratsiya 
funksiyasini bajarib, sotsial nazoratning barcha institutlarini -
qonunlardan tortib norasmiy qoidalargacha - o‘z ichiga oladi;
4 1 6


E) 
fidutsiar tizimi (ijtimoiylashuv) - namunani qo‘llab-quvvatlash 
funksiyasini bajarib, insonni mavjud madaniy tizimlarga jalb etadi1.
Har qanday tizimning muhim xususiyati - unda strukturaning 
rnavjudligi. Struktura, deganda Parsons “elementlar o‘rtasidagi 
nisbatan barqaror standartlashtirilgan munosabatlar yig‘indisi”ni 
iushunadi.
Istalgan tizim muvozanatga intiladi, chunki u elementlaming bir- 
biriga moslashuviga asoslanadi; u doimo chetga og‘ishlarga ta’sir 
ko‘rsatib, ulami to‘g‘irlash va teng muvozanatli holatga qaytarishga 
harakat qiladi; tizim har qanday disfunksiyani yengib o‘tadi, uning har 
bir elementi esa barqarorlikni ta’minlashda u yoki bu vazifani 
bajaradi.
Parsonsda qismlaming o‘zaro ta’sirlashuvini tartibga solib 
turuvchi element sifatida struktura (doimiy harakatda b o ig an sotsial 
xatti-harakatlaming harakatsiz yaxlitligi). Struktura deganda sotsial 
me'yor va statuslar tizimi (yoki me'yoriy tartib) tushuniladi.
Me'yoriy tartib o‘z ichiga quyidagilami oladi: sotsial tartib va 
sotsial me'yorlar (qonuniy status berilganligi uchun ko‘pchilik 
msonlar tomonidan amal qilinadigan o‘zgarmas qoidalar).
Sotsial tartib ikki jarayonning ta’sirida yuzaga keladi.
sotsial tizimning o‘zini o‘zi saqlab qolishga qaratilgan 
tendensiyalari;
m aiu m bir chegaralami va muhitga nisbatan doimiylikni 
saqlab qolishga qaratilgan tendensiyalar (gomeostatik muvozanat).
Parsons ijodining yadrosi to‘rtta harakat tizimlarida namoyon 
boiadi.
Harakat tizimlari tahlili vaqtida Parsons tomonidan qilingan 
taxminlarda biz tartib muammosi bilan to’qnash kelamiz. So‘nggisi 
Parsonsning ustun keladigan qiziqishi boigan va uning ijodi 
tanqidining muhim manbai b o iib qolgan/
Ilk faylasuflaming hamma hammaga qarshi ijtimoiy urushiga 
to‘sqinlik qiluvchi Gobbs tartiboti muammosiga javoblari Parsonsni 
qanoatlantirmas edi2. Parsons bu muammoga javobni uning fikricha,
1 Qarang: 
К равченко 
А.И. 
Социология 
в 2 тт. 
К лассические теории через призму
социологического воображ ения. - М.: Ю райт, 2014. - С. 544-545.
2 Tartib m uam m osi Parsons uchun ham m adan ham k o ‘p nim a uchun harakat betartib yoki tuzilm aii 
degan savol bilan bog'liq. M uvozanat niasalasi Parsonsga k o 'p ro q empirik b o iib tuyulgan. Shunga qaramay, 
Parsonsning o ‘zi k o ‘pincha tartib va m uvozanat m uam m olanru birlashtirgan.
4 1 7


quyidagi taxminlar to‘plami doirasida amal qiluvchi strukturaviy 
funksionalizmdan topdi:
1. Tizimlar tarkibiy qismlaming tartibliligi va mustaqilligi 
xususiyatlariga ega.
2. Tizimlar 
o‘zini 
quwatlovchi 
tartib yoki 
muvozanatga 
moyillikka ega.
3. Tizim statik boiishi yoki tartibga soiingan o ‘zgarishlar 
jarayonida ishtirok etishi mumkin.
4. Tizimning bir qismi xarakteri boshqa qismlar olishi mumkin 
boigan shaklga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
5. Tizimlar o‘zining tashqi muhiti bilan chegarani ushlab turadi.
6. Taqsimot va integratsiya — berilgan tizimning muvozanat 
holati uchun zarur boigan ikkita fundamental jarayondir.
7. Tizimlar o‘zini quwatlovchi tartibga moyil boiib, bu 
qismlaming chegarasi va butunlik bilan o‘zaro munosabatlarini saqlab 
qolish, tashqi muhit modifikatsiyasi nazorati va tizimning ichki 
o‘zgarishga moyilligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi.
Bu taxminlar Parsonsni shunga olib keldiki, jamiyatning tartibga 
soiingan tuzilmasi tahlili uning uchun birinchi darajali ahamiyatga ega 
bo iib qoldi.
Shunday qilib, u ijtimoiy o‘zgarishlar masalasiga kam, hyech 
boimaganda, o‘z ijodidagi balog‘at davriga qadar murojaat qilardi.
“Biz, 
o‘zgaruvchanlik 
tizimidagi 
o‘zgarishlami 
to 
o‘zgamvchilaming o‘zi qismlarga boiinishi va ifodalanishiga qadar 
ifodalash tejamsiz deb hisoblaymiz, shuning uchun biz alohida 
o‘zgaruvchanlik kombinatsiyalarini o‘rganishdan boshlash va bunga 
mustahkam asos solingandan so‘nggina ushbu kombinatsiyalar 
o‘zgarishlarini ifodalashga o‘tishga qaror qildik” 1.
Parsonsni uning nazariyasi statik yo‘naltirilganligi uchun shu 
darajada tanqid qilishardiki, bundan u o‘zgarishlarga ko‘proq e'tibor 
qaratadigan b oiib qoldi.
Aslida, 
biz ko‘rayotganimizdek, 
u, 
oxir-oqibat, 
ijtimoiy 
evolyutsiyaga 
diqqat-e'tiborini 
jamladi. 
Biroq, 
aksariyat 
tahlilchilaming 
fikricha, 
xatto 
uning 
ijtimoiy 
o‘zgarishlarga 
bagishlangan ijodi yuqori statiklik va tuzilmaviylikka moyil boigan.
1 Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 244.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish